Yangi mahsulotlar yaratish xususiyatlari



Download 52,21 Kb.
bet1/5
Sana20.07.2022
Hajmi52,21 Kb.
#825609
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oziq ovqat sanoat korxonalarida yangi mahsulot yaratish va uni sotish tartibi


Mundarija


1 Kirish……………………………………………………………………………….


2 Oziq ovqat sanoat korxonalarida yangi mahsulot yaratish va uni sotish tartibi……………………………………………………………………………………
2.1 Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida……………………………………
2.2 Yangi mahsulotlar yaratish xususiyatlari…….........................................................
2.3 Yangi mahsulotni ishlab chiqish jarayoni ………………………………………..
3 Mahsulotlar va tovarlarni sotish bo’yicha Respublika yarmarkalarni tashkil etish va ularn o’tkazish to’g’risida…………………………………………………………….
3.1 Yarmarka tashkil va o'tkazish tartibi………….......................................................
3.2 Yarmarkadan tushadigan daromad………………………………………………..
3.3 Yarmarka ishini yakunlash va Yarmarkalar tugatish tartibi………………………

Kirish

Oziq-ovqat sanoati – xalq xo’jaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, keng tarmoqli sohasi hisoblanadi. Tarmoq tarkibida go’sht-sut, yog’-moy,baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sut-yog’, shakar, choy qadoqlash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqovbosdi ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Mamlakatimiz o’zining zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Tarmoq tarkibida 4000 ga yaqin korxonalar bor. Bu soha asosan mahalliy xom-ashyoni qayta ishlashga asoslangan va bu korxonalarda 200 dan ortiq mahsulot turlari tayyorlanadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” ning uchinchi ustuvor yo’nalishi bo’lgan “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” yo’nalishining ikkinchi bo’limi, 48-bandida “Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, meva-sabzavot, kartoshka va uzum ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, aholi talab darajasini hisobga olgan holda ichki bozorni yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, ularga bo’lgan narxlar keskin oshishining oldini olish” masalalariga alohida to’xtalib o’tilgan. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida e’tibor qaratilib, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash o’zlashtirilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni rag’batlantirish hamda qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, iste’mol bozorini sifatli, xavfsiz, arzon o’simlik yog’lari bilan to’ldirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi “Yog’-moy tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3484-sonli qarori qabul qilindi. Qabul qilingan mazkur qaror yog’-moy korxonalarini jadal rivojlantirishni ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lib, korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi.
2 Oziq ovqat sanoat korxonalarida yangi mahsulot yaratish va uni sotish tartibi
2.1 Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida

Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari bor.


Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o.s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o.yeda chuqur tashkiliy va iqtiso-diy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993 yil 5 may; 1994 yil 26 sentabrdan "Oziqovqatsanoat" va "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmalari), "Oʻzgoʻshtsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993 yil 6 aprel), "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994 yil 22 aprel), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil 28 noyabrdan), "Oʻzbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), "Oʻzbekbirlashuv" tarkibidagi O.-o.s. korxonalari ochiq turdagi
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axrli ehtiyojlarini respublikaning
oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002 yildaO.-o.s. korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsu-lotlari — 74,6, vino-araq— 6134 ming dal, pivo — 7853 ming dal, chanqovbo-sar ichimliklar — 12680 ming dal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent texnika universitetida, Samarkand, Yangiyoʻl oziq-ovqat, Toshkent texnologiya kollejlarida tayyorlanadi.O.-o.s. korxonalarida band boʻlgan xodimlar soni 100 ming kishi (2003).
Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko‘st to‘ldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol bozorini ular bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar ma’qullansin:
2009-yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab
chiqarishning asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan respublika viloyatlari bo‘yicha 2009-yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.2009-yilda respublika viloyatlari bo‘yicha go‘sht va sut yetishtirishning prognoz hajmlari 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan . Respublika viloyatlarida 2009 — 2011-yillarda go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalanadigan yangi korxonalar, shuningdek xom sut tayyorlash bo‘yicha servis punktlarini barpo etish dasturi 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
* 4 va 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan . 2009-yilda noan’anaviy moyli ekinlar ekiladigan maydonlar va ularni ishlab chiqarish, ana shu ekinlardan o‘simlik yog‘i tayyorlashning hisoblab chiqilgan hajmlari 5-ilovaga* muvofiq;
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan . Respublikada tomchilatib sug‘orish tizimini tatbiq etishning prognoz parametrlari ilovaga* muvofiq.
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2009-yilning 15-fevraliga qadar muddatda 2009-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirishning prognoz hajmlari asosida ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har bir qishloq tumanida mavjud issiqxonalarga qo‘shimcha ravishda yoqilg‘ining muqobil
manbalaridan foydalanadigan yengil konstruksiyali 5 tadan issiqxona
barpo etilishini ta’minlasin.Oldingi tahrirga qarang.(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 9-noyabrdagi PQ-1638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2009-yilning 1-iyulidan boshlab go‘sht-sut mahsulotini sanoat ko‘lamida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil qilingan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi;
go‘sht va sutni qayta ishlaydigan korxonalarga o‘z mahsulotini
avtofurgonlarda aholiga naqd pulga sotish huquqi beriladi, bunda naqd mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kuni inkassatsiya qilinishi shart.
6. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda tayyor go‘sht-sut mahsulotlari sifati ustidan kompleks nazorat o‘rnatish tizimini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha belgilangan tartibda quyidagilarga kreditlar berish va lizing xizmatlari ko‘rsatish uchun bank kredit portfelining kamida 20 foizi miqdorida (markazlashtirilgan resurslar va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlar hajmi bundan mustasno) maxsus kredit liniyalari ochish tavsiya qilinsin: Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan texnologiya uskunalari, xomashyo va materiallar sotib olish hamda tomchilatib sug‘orish tizimlarini xarid qilish uchun;
fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga — issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sug‘orish tizimini tatbiq etish uchun.
8. Asosiy faoliyat turi bo‘yicha go‘sht va sutni qayta ishlashga
ixtisoslashayotgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga 2016-yil 1-yanvargacha yagona soliq to‘lovi stavkasini 50 foizga kamaytirish shaklida soliq imtiyozi berilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarish korxonalarini texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan, yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga, shuningdek xomashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOVToshkent sh.,2009-yil 26-yanvar,PQ-1047-son
Oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2020-yilning 6 oyida 21,5 trillion so‘mga yetdi
O‘tgan 2019-yilda yalpi oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 35,3 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilning 6 oyida 21,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, sohaning sanoatdagi ulushi 16,7 foizni, yalpi milliy mahsulotdagi ulushi esa 4,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Bugungi kunda respublikada oziq-ovqat sanoati sohasida 12 mingdan ortiq turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, shu jumladan 109ta yirik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 1900 ta meva sabzavotni qayta ishlash va saqlash, 460 ta go‘sht va 800 ta sutni qayta ishlash, 2100 ta qandolat mahsulotlarni ishlab chiqarish, 250 ta yog‘-moy korxonlari va 6500 ta boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi o‘rtachadan ham past darajada, xususan, meva va sabzavotlarni qayta ishlashda – 42 foiz, sutni qayta ishlashda – 45 foiz va go‘shtni
qayta ishlashda – 55 foiz, un mahsulotlari ishlab chiqarishda – 55 foiz, yog‘ mahsulotlarida – 48 foiz quvvatlaridan foydalanilmoqda. Buning asosiy sababi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan qayta ishlash korxonalari o‘rtasida samarali hamkorlik tashkil etilmaganligi, shuningdek ayrim korxonalarning 60-70 foiz uskuna va jihozlari ma’nan eskirganligida”, – dedi Nigora Xo‘jayeva.
Shuningdek, sohani rivojlantirish uchun prezidentning 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821 qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra:meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi
yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish;

  • oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri chet investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;

  • zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini

kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat
ta’minoti jamg‘armasidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish
bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash, infratuzilmani tashkil etish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin, har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash belgilandi.Yangi mahsulotlar yaratish xususiyatlari. Yangi mahsulotni ishlab chiqish jarayoni va uni yangi mahsulotni rivojlantirish bozorini boshqarish jarayonida amalga oshirish jarayoni .Tashkilot yangi mahsulotni ikki yo'nalishda olishi mumkin: kompaniyani sotib olish, patent, litsenziya, nou-xau yoki o'z taraqqiyotlari bilan.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish - Bu asl mahsulotlar, takomillashtirilgan mahsulotlar va ularni modernizatsiya qilish, ularning yangi mahsulot markalarini ularning ilmiy-tadqiqotlarini tashkil qilish orqali yaratish.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish jarayoni sakkiz bosqichdan iborat:
Download 52,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish