Yangi o’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muammolari Reja. Kirish


§ 1. Vazirlikning vazifa va funksiyalari



Download 74,19 Kb.
bet7/8
Sana30.04.2022
Hajmi74,19 Kb.
#598020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
73 Yangi o’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va ijtimoiy xavfsizlikni


§ 1. Vazirlikning vazifa va funksiyalari
11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish sohasida:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholashning zamonaviy indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;
inson kapitalini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlar va islohotlar amalga oshirilishining mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining o‘sishiga, ish o‘rinlarining yaratilishiga ta’sirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
b) kambag‘allikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini tahlil qilish va ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari me’yoriy asoslarini ishlab chiqish;
milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o‘zaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
v) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklari”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni o‘z muddatida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini ko‘rish;
hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
g) mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
mamlakatda kichik va o‘rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik va o‘rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kichik va o‘rta biznes subyektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, kreditlashning mavjud mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalish va loyihalarni amalga oshirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish;
d) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish borasida:
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bozor mexanizmlari asosida uzluksiz ta’minlashga qaratilgan strategiyani va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, “yashil iqtisodiyot” hamda energiya samaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyotini ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi bo‘yicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha tahlillar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;
e) davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib, hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri nuqtai nazaridan samaradorligi past bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish bo‘yicha takliflarni kiritish orqali yaxlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, xususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan xizmat va mahsulotlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan bog‘liq tarkibiy islohotlar bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;
davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qo‘llanilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
j) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida:
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat investitsiya dasturini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yo‘nalish va loyihalar bo‘yicha tegishli ichki hamda tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;
davlat investitsiya dasturlarini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan xulosalardan kelib chiqib, investitsiya yo‘nalishlarini belgilash;
davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan xususiy va xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimiga ta’sirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish.
z) infratuzilmani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda:
shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya ko‘lamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash;
yangi barpo etiladigan yo‘ldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish;
ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yo‘ldosh shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish;
uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joylar fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish;
i) biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari bo‘yicha:
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga ta’sirini baholash;
“O‘zstandart” agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan texnik reglament va talablarni o‘rnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
biznes ekotizimi, jumladan startap, biznes-inkubator, biznes-akseleratorlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida venchur fondlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
xalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
k) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:
mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan o‘rta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatni ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, EOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari xorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga ta’sirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik bitimlarini tuzish.
Vazirlik o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
12. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritishda, xususan:
a) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozi, iqtisodiy boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etishda:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, bozor islohotlari jarayonlarining tahlili asosida iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha tizimli monitoring va tahlilini amalga oshiradi;
iqtisodiyotning mavjud salohiyati hamda tashqi iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda iqtisodiy rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasi va makroiqtisodiy ssenariylarini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
mavjud tashqi sharoitlarni, monetar va fiskal siyosatning joriy holatini baholash asosida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarga hamda makroiqtisodiy siyosat yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritib boradi;
makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda iqtisodiyotdagi nomutanosiblik (disproporsiya)larni aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda muvofiqlashtirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshiradi;
Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshiradi;
makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning zamonaviy usullarini (modellarini) joriy etadi;
Markaziy bank, Moliya vazirligi bilan birgalikda (o‘zaro ma’lumot almashish orqali) muntazam ravishda choraklik makroiqtisodiy sharh tayyorlaydi va e’lon qiladi;
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va monitoring qilishni, respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
b) milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishda:
hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida o‘rta va yaqin muddatlarga mo‘ljallangan tovarlarning asosiy guruhlari bo‘yicha tashqi savdo prognozini shakllantiradi;
eksport tarkibi va hajmining chuqur tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ishlab chiqish, eksport mahsulotlari turlarini kengaytirish va hajmlarini oshirish rezervlarini aniqlaydi;
makroiqtisodiy parametrlar va to‘lov balansi bilan uyg‘unlashgan holda tashqi savdoni rivojlantirish prognoz parametrlarini, xususan tovar (ish, xizmat)lar importi ko‘rsatkichlarini va eksport prognozini ishlab chiqadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni va ularni rag‘batlantirish instrumentlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
import qilinayotgan mahsulot hajmi va turlarini tahlil qilish va uning asosida, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida bojxona to‘lovlari stavkalari bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;
v) inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kompleks tahlil qilish va ishlab chiqishda:
mehnat resurslari balansi, shuningdek, demografik ko‘rsatkichlarni, mehnat resurslari soni va tarkibida miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini, iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilish va prognoz qilish asosida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
ta’lim tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
rivojlanish konsepsiyalari, strategiya va dasturlarni, shuningdek, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tizimi muassasalari, fan, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mehnat va aholi bandligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat sohalarida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimida amalga oshirilayotgan davlat siyosatidagi turli chora-tadbirlarning iqtisodiy rivojlanish parametrlariga va biznes yuritish sharoitlariga ta’sirini baholaydi;
iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlab borish asosida har bir o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga (bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirib borishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
2) kambag‘allikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini tahlil qilish asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqadi va uning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dastur va “yo‘l xarita”larini ishlab chiqadi;
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini o‘lchashning milliy mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan uslubiyotni ishlab chiqadi;
ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari, yashash minimumi va minimal iste’mol savatchasi hamda daromadlar taqsimlanishida nomutanosibliklarni aniqlashning me’yoriy asoslarini ishlab chiqadi;
kambag‘allik va daromadlarning tabaqalashuvini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlaydi va tahlil qiladi;
qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning, davlat siyosatlarining kambag‘allik va daromadlarning tabaqalashuv darajasiga ta’sirini ekspertizadan o‘tkazadi;
makroiqtisodiy siyosatning aholining kambag‘al qatlamiga ta’sirini tahlil qiladi va tegishli choralar ishlab chiqadi;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlaydi;
ijtimoiy himoyaning manzilliligi va ta’sirchanligini monitoring qiladi, jahon tajribasini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishning innovatsion usullari va shakllarini amaliyotga joriy etadi;
mehnat bozori va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
3) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish orqali tarkibiy o‘zgarishlarning borishini belgilaydi;
hududlarda foydalanilmagan mehnat zaxiralarini va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlaydi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Bunda, tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida loyihalarni, xususan ishlab chiqarish kuchlari, infratuzilma va turar joylarni hududga tabiiy, iqtisodiy, arxitektura-qurilish, shuningdek iste’mol bozori kabi omillarni inobatga olgan holda maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni samarali va sifatli amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammoli masalalarni aniqlash choralarini belgilaydi;
hududlarning investitsiyaviy infratuzilma muhitini yaxshilash, sanoat zonalarining jozibadorligini oshirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi bitimlar va uzoq muddatli ijara shartnomalariga asosan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan o‘zlari qabul qilgan majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;
xomashyo zaxirasi mavjud hamda aholi zich joylashgan, tadbirkorlik tashabbuskorligi darajasi baland, infratuzilma yaqin shahar va tumanlar atroflarida sanoat zonalarini tashkil etish choralarini ko‘radi;
4) mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘lida iqtisodiyot tarmoqlari va kichik sanoat zonalarida xususiy sektorning ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali mamlakatda kichik va o‘rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritadi;
mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish va kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik va o‘rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida Vazirlik, Vazirlikning tuman va shahar bo‘limlari, Vazirlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi;
biznes muhitini yanada yaxshilash va qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, shuningdek, tadbirkorlik sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi;
kichik va o‘rta biznes subyektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va muvofiqlashtiradi;
tadbirkorlikni boshlash uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalarini takomillashtirish, kambag‘al aholini ishga olgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi;
tadbirkorlarga biznesni tashkil etish va kengaytirishda yordam beruvchi sun’iy intellekt bilan bog‘langan bepul axborot-tahlil tizimini yaratish, hududlarda “biznes-inkubatorlar” va “startap-platformalar”ni yaratish va aholini tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish uchun innovatsion vositalarni amaliyotga keng joriy etadi;
yirik ishlab chiqaruvchilar hamda kichik biznes va o‘rta biznes subyektlari o‘rtasidagi (kooperatsiya) elektron tizimni takomillashtiradi;
mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘z veb-saytlarida biznes yuritishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha batafsil yoritilgan qo‘llanmalar yaratilishini ta’minlaydi va muvofiqlashtirib boradi;
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari va ixtisoslashuvini aniqlash asosida, shuningdek, hududlarning “drayver”iga aylangan soha va tarmoqlardagi muammo va masalalarni tahlil qilgan holda tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi va takomillashtirib boradi;
xalqaro moliya institutlari ekspertlari, mahalliy ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, mahalliy ishbilarmon doira vakillari, mutasaddi vazirlik va idoralarning salohiyatli mutaxassislarini jalb qilgan holda tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi va uni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yadi;
5) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish, jumladan:
a) sanoat korxonalarini samarali joylashtirish, hududlarning tabiiy va iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini rivojlantirish strategiyasi (modeli)ni ishlab chiqish sohasida:
erkin bozor munosabatlariga asoslangan sanoat siyosatini ishlab chiqadi va yuritadi. Bunda, sanoat raqobatbardoshligini oshirish, uning salohiyatli drayvyerlarini aniqlash, baholash hamda ularni harakatga keltirishni nazarda tutuvchi sanoatni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyalari (modellari) ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
sanoatni rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish indikatorlarini yuritadi hamda respublikada mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish hajmlari, ichki bozor talabining qoplanish darajasi yuzasidan tahlillar o‘tkazadi va takliflar tayyorlaydi;
respublika sanoat tarmoqlarini hududlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlantiradi. Bunda, mavjud xomashyo resurslari va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan kelib chiqqan holda ichki va tashqi bozorda talab yuqori mahsulotlar bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish yo‘nalishlarini aniqlaydi;
sanoat tarmoqlarida raqobatbardoshlikni oshirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishda ishtirok etadi. Bunda, sanoat sohasidagi xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif usulda tartibga solish hamda noqonuniy va sifatsiz mahsulotlar importining oldini olish maqsadida mavjud texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini joriy etish, sinov laboratoriyalari tashkil etishni kompleks ravishda muvofiqlashtiradi.
sanoatda mehnat unumdorligini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini va YIMda uglerod sarfi hajmini kamaytirish, sof va ekologik xavfsiz texnologiyalarni sanoat jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi;
b) tovar bozorlaridagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
geologik tadbirlarni amalga oshirish va tabiiy yer osti boyliklaridan unumli foydalanish siyosatini yuritishda ishtirok etadi. Bunda, iqtisodiyotni mineral xomashyo resurslari bilan barqaror ta’minlashda foydali qazilma konlari zaxiralarini oshirishni nazarda tutuvchi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshiradi va takliflar tayyorlaydi;
foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha geologiya-iqtisodiy takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida bazaviy tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida sanoat va tarmoqlararo komplekslarni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
sanoatning rivojlanishini va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni baholaydi.
6) davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish va samaradorligi past bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda ishlab chiqarish dasturlari, yillik hisobotlar va yillik biznes-rejani, o‘rta muddatga va uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etadi;
davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq tarkibiy islohotlar yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
respublikaning iqtisodiy rivojlanishi asosiy yo‘nalishlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini rivojlantirish strategiyasini tayyorlash, monitoring va baholash bo‘yicha tartib-tamoyillarni belgilaydi;
Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar amalga oshirilishini va strategik tarmoqlarni isloh qilishni muvofiqlashtiradi;
7) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, xususan:
a) mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor sohalar va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan tarmoq va hududiy rivojlanish maqsadli dasturlari ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlikda investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
sohalarni rivojlantirish konsepsiyasini (strategiyasini) shakllantirish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari tomonidan, shu jumladan chet el konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilgan texnik shartlarni kelishadi;
b) milliy va hududiy investitsiyalarning yo‘nalish va loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirishda:
ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan budjet tizimining budjet mablag‘lari hisobidan investitsiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
milliy iqtisodiyotning o‘rta va uzoq muddatlarga barqaror rivojlanishini ta’minlovchi davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarini samarali va sifatli amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
v) davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish manbalarini tahlil qilish va prognozlashda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim qilingan budjet mablag‘larining limitlari doirasida davlat investitsiya loyihalari takliflarini shakllantiradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari tomonidan ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilma yo‘nalishlarida budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlari bo‘yicha shakllantirilgan manzilli ro‘yxatlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va moliyalashtirish manbalari asosida investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining mablag‘lari hamda xorijiy hamkorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni aniqlashda ishtirok etadi;
ishlab chiqarishni (bazaviy tarmoqlarni) rivojlantirish borasida davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, eng muhim va yirik investitsiya loyihalarining quvvatlari va manbalarini aniqlagan holda ularni joylashtirishni amalga oshiradi;
g) davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirishni monitoring va tahlil qilishda:
ijtimoiy soha bo‘yicha amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijalari, jumladan maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarining qamrab olish darajasi, sog‘liqni saqlash muassasalari qatnov darajasini tahlil qiladi;
infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, bunda ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlanganligi, yo‘llarning qurish va ta’mirlash darajasini tahlil qiladi;
ishlab chiqarishni (bazaviy tarmoqlarni) rivojlantirish borasida loyihalarning samaradorligini tahlil qiladi, loyihalarning quvvatlari va manbalarini aniqlagan holda ularni joylashtirishni amalga oshiradi.
d) mamlakatda umumiy investitsiyaviy faollikni tahlil qilish va prognozlashda:
davlat investitsiya dasturining samaradorligini tahlil qiladi, loyihalarni joylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining o‘sishi yuqori texnologik taraqqiyot va intensiv iqtisodiy o‘sishning omili sifatida yalpi ichki mahsulot va yalpi hududiy mahsulotlarga ijobiy ta’sirini tahlil qiladi;
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni tahlil qiladi;
mavjud moliyaviy-investitsiya salohiyatidan oqilona foydalanish kontekstida tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirishga va pirovard natijada yangi ish o‘rinlari yaratilishi orqali aholining turmush farovonligi oshirilishini ta’minlaydi;
8) infratuzilmani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda, xususan:
a) infratuzilmani rivojlantirishda:
infratuzilma sektorining investitsiyaviy jozibadorligi va samaradorligini oshiradigan, har bir hudud infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan qulay muhitni yaratish, davlat mablag‘laridan samarali foydalanish orqali uzoq muddatli strategik infratuzilmalarni rivojlantirish islohotlarini amalga oshiradi;
infratuzilma islohotlarini amalga oshirishda hududlarda yangidan tashkil etiladigan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarni infratuzilma mavjud bo‘lgan hududlarga joylashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay infratuzilma muhitini yaratish va eng samarali uslublardan foydalanishda davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish yuzasidan monitoring olib boradi;
hududlarda infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni muhimlilik darajasini aniqlash, samaradorligini oshirish, yo‘naltirilayotgan mablag‘lar o‘zini oqlash (qaytarilish)ning iqtisodiy muvofiqligini aniqlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
tranzit-transport salohiyatini rivojlanish ko‘rsatkichlari, mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga yetkazish hajmlari hamda narxlarini monitoring qilib boradi va ularni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
suv ta’minoti sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan iste’mol va ko‘rsatilgan xizmatlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishda takliflar ishlab chiqadi;
mamlakatda uzluksiz va ishonchli, amaldagi me’yorlar va qoidalarga mos ravishda taqdim etiladigan suv ta’minoti, kanalizatsiya hamda issiqlik ta’minoti xizmatlari bilan to‘liq qamrab olishga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga yo‘naltirilgan strategik loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yo‘l-transport sohalari faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, infratuzilma sohasini kompleks rivojlantirish uchun qisqa, o‘rta va uzoq muddatli maqsadli dasturlarni shakllantiradi;
temir yo‘l, avia va avto tashuvlarga xususiy sektorni jalb qilish va xizmatlar turini kengaytirish, aholining transport bilan ta’minlanganlik darajasini monitoring qilish va uni oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
b) urbanizatsiyani rivojlantirishda:
shaharlarni rivojlantirish va urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda urbanizatsiyani rivojlantirish bo‘yicha davlat konsepsiyalari va dasturlarini shakllantiradi hamda amalga oshiradi;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan birgalikda yangi sanoat korxonalarini kompleks joylashtirish orqali aholi punktlarida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlangan, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan kam va o‘rta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi uy-joy siyosatini amalga oshirishda urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor narxini aniqlash, hamda urbanizatsiya va yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
mavjud salohiyatni hisobga olgan holda korxonalarni joylashtirish hamda shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarining samarali sanoat tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida turar joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini va sanoat korxonalarini joylashtirishda hisobga olish maqsadida demografik sig‘im hisob-kitobini amalga oshiradi;
shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida uy-joy, ijtimoiy, muhandislik infratuzilmalari va sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilish va qurishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
aholi punktlari bosh rejalarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur loyihalarini ularning urbanizatsiya yo‘nalishlariga, shu jumladan uy-joy, sanoat obyektlarining joylashtirilishida ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band 8-kichik bandining yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 07/20/4936/1671-son)
urbanizatsiya jarayonlarini ustuvor rivojlantirish uchun mintaqalarni aniqlash va tanlash maqsadida vakolatli davlat organlari bilan birgalikda shaharlar va shahar posyolkalarini ularning demografik, mehnat, infratuzilma va ishlab chiqarish salohiyati jihatidan o‘rganish yuzasidan xatlovdan o‘tkazadi;
ishchi kuchlarning qishloqdan shaharga erkin harakatlanishi yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni aniqlaydi va vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
shahar aglomeratsiyalarini shakllantirish uchun istiqbollarni o‘rganish maqsadida yirik shahar chekkasida joylashgan shaharlashgan manzilgohlarning ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yo‘l-transport infratuzilmalari holatini baholash orqali tegishli davlat organlari bilan birgalikda yirik shaharlar chekkasida yo‘ldosh shaharlar tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
energiya jihatidan samarali va ekologik texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutuvchi aholi punktlarini “yashil shaharlar”ga aylantirish mexanizmini ishlab chiqadi va joriy etadi;
er bozorini rivojlantirish maqsadida yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablag‘larni jamlaydi;
xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatlarini shakllantirish tendensiyalarini o‘rganadi, suburbanizatsiya yo‘li bilan yo‘ldosh shaharlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
urbanizatsiya masalalariga oid xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
9) biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari bo‘yicha:
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga ta’sirini baholaydi hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z biznes faoliyatining erkin amalga oshirilishida to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan texnik reglament va talablarni o‘rnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar bo‘yicha vakolatli organlar bilan birgalikda o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshiradi;
biznes ekotizimi, jumladan startap, biznes-inkubator, biznes-akseleratorlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida venchur fondlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
mamlakatda biznes muhitini yaxshilash hamda xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga qaratilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ustidan monitoring ishlarini olib boradi;
“Biznes yuritish osonligi” indeksining alohida indikatorlari bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar ishlarini muvofiqlashtiradi, “Iqtisodiy erkinlik indeksi — 2020” yillik hisoboti natijalarini tahlil qiladi, salbiy ko‘rsatkichlar sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
10) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:
integratsiya uyushmalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishi jarayonlari ustidan tizimli monitoringida qatnashadi, shuningdek, tegishli ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishi yuzasidan muzokaralar tashkil etadi va qatnashadi, bu boradagi xalqaro hamkorlik shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qatnashadi;
Vazirlik vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishi uchun asos bo‘ladigan milliy qonunchilik normalarini integratsiya uyushmalari doirasidagi amaldagi va yangi qabul qilinadigan me’yoriy-huquqiy asoslarga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
respublika hududlari va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik orqali mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ishtirok etadi;
Vazirlikka nazorat qilish yuklatilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekiston qismlari faoliyatini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yadi;
11) Vazirlik tizimi faoliyatiga innovatsion yechimlarni tatbiq etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, axborot xavfsizligi va vazirlik faoliyatining shaffofligini ta’minlash, raqamli iqtisodiyot bo‘yicha xodimlarning bilim va malakasini oshirish sohasida:
Vazirlikda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Vazirlikning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda statistik va tahliliy ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi, axborot tizimlarini ishlab chiqadi va dasturiy mahsulotlarni joriy etadi;
raqamli iqtisodiyot doirasidagi munosabatlarni tartibga solish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
vazirlik va idoralar bilan birgalikda raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi hamda iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlari yaratilishiga ta’sirini baholaydi;
Vazirlik tizimining raqamli infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiradi, uning axborot va kiberxavfsizligini ta’minlaydi;
Vazirlik tizimi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni yuqori darajada yo‘lga qo‘yadi;
tizim xodimlarining raqamli iqtisodiyotga o‘tish va rivojlantirish bo‘yicha bilim va malakasini muntazam ravishda oshirish hamda ish yuritishda innovatsion mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari hamda mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda “Yaqin va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan kambag‘allikni qisqartirish dasturi va konsepsiyasi”ni ishlab chiqish yakunlanmoqda. Shu bilan birgalikda, 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
Darhaqiqat, kambag‘allik yo‘nalishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kambag‘allik tushunchasiga xalqaro tashkilotlar tomonidan bir qator ta’riflar berilgan. Ularning ichida BMT tomonidan taklif etilgan ta’rif keng qamrovli bo‘lib, unga ko‘ra kambag‘allik – bu insonning asosiy ehtiyojlarini, yani shu jumladan oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, sanitariya inshootlari, sog‘liqni saqlash, turar joy, ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq ehtiyojlarini to‘laqonli qondira olmaslik holati hisoblanadi. Ya’ni kambag‘allik nafaqat daromad yoki iste’mol, balki insonning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, moddiy ahvoli, sog‘ligi va hayot tarzidan mamnunligi bilan ifodalaniladi”
Xulosa
`Men ushbu kurs ishimni “Kambag’allikni bartaraf etishning zarurligi va asosiy yo’llari” mavzusi orqali keng yoritishga harakat qildim. Kurs ishimda kambag’allikni bartaraf etishdan bevosita hozirgi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishkar va yangiliklarni hamda chora va tadbirlarni to’liqligicha yoritishga harakat qildim.
Darhaqiqat, kambag‘allik yo‘nalishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kambag‘allik tushunchasiga xalqaro tashkilotlar tomonidan bir qator ta’riflar berilgan. Ularning ichida BMT tomonidan taklif etilgan ta’rif keng qamrovli bo‘lib, unga ko‘ra kambag‘allik – bu insonning asosiy ehtiyojlarini, yani shu jumladan oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, sanitariya inshootlari, sog‘liqni saqlash, turar joy, ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq ehtiyojlarini to‘laqonli qondira olmaslik holati hisoblanadi. Ya’ni kambag‘allik nafaqat daromad yoki iste’mol, balki insonning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, moddiy ahvoli, sog‘ligi va hayot tarzidan mamnunligi bilan ifodalaniladi.
Fikrimizcha, kambag‘allikni aniqlashga yordam beradigan omil sifatida daromadlarning shakllanishiga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Bunda daromad shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi sabablar va omillarni rivojlantirish yanada muhim deb hisoblayman.



Download 74,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish