Yaponiyada boshlang‘ich, o‘rta ta’lim jarayonini tashkil qilish mazmuni


Bozor infratuzilmasi va uning tarkibi



Download 1,63 Mb.
bet6/10
Sana23.05.2023
Hajmi1,63 Mb.
#942765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

2.2. Bozor infratuzilmasi va uning tarkibi


Bozor infratuzilmasi. Iqtisodiy islohotlarning muhim yoʼnalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat boʼldi. Shu boisdan respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy boʼgʼinlari – turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Аvvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika taʼminoti, yoʼl va ombor xoʼjaligi tuzilmalari yaratildi. Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, koʼplab savdo uylari, auktsionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur boʼlgan axborotlar, xabarlar va maʼlumotlarni toʼplovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi. Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, oʼz-oʼzini kreditlash idoralari, sugʼurta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamgʼarmalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002 yildanda 37ta bank, shu jumladan 13 ta xususiy bank faoliyat koʼrsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari oʼrnatgan. Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Аgrosugʼurta», «Oʼzbekinvest» kabi yirik sugʼurta kompaniyasi faoliyat koʼrsatmoqda. Koʼplab xususiy sugʼurta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qoʼshma sugʼurta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat koʼrsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga oʼtish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim oʼzgarayotgan paytda malakasiz kishilargina emas, maʼlum ixtisosga ega boʼlgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining koʼpayishiga yoʼl qoʼymaslik tadbirlari koʼrildi. Respublika boʼyicha 225 dan ortiq mehnat birjasini oʼz ichiga oluvchi katta tormoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni roʼyxatga olish, ularning kasbini oʼzgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik boʼyicha nafaqa toʼlash yoʼlga qoʼyildi. Yangi ish oʼrinlarini tashkil etishga eʼtibor berildi. 1993 yilda Respublikada 185,1 ming yangi ish oʼrinlari tashkil etilgan boʼlsa, 1998 yilda bu koʼrsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta koʼp ish oʼrinlari yaratildi. 2000 yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish oʼrinlari yaratilgan boʼlsa, bu koʼrsatkich 2004 yilda 425 mingdan oshdi. 2003 yil 1 yanvarda iqtisodiyot sohasida band boʼlganlarning 76,6 foizi nodavlat sektor hissasiga toʼgʼri keldi. Iqtisodiy islohotlar borasida qoʼyilgan yana bir muhim qadam - 1994 yil 1 iyuldan milliy valyutamiz-soʼming muomalaga kiritilishi boʼldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, eʼtiborga molikdir, chunki oʼz milliy valyutasiga ega boʼlmagan davlat chinakam mustaqil boʼla olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab soʼm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga koʼtarildi. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Koʼp ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda roʼyobga chiqdi. 2004 yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xoʼjaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qoʼshma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 90,2 foizga yetdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 foizga tushdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xoʼjalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xoʼjalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi Oʼzbekiston iqtisodiy jihatdan qaram boʼlib, korxonalari mustaqil xoʼjalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada koʼpgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari toʼxtab qoldi. Shu boisdan Oʼzbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari koʼrildi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun Oʼzbekiston iqtisodiyotda tarkibiy oʼzgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yoʼllaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy oʼzgarishlar uchun zarur mablagʼlar davlat byudjeti va aholi jamgʼarmalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi. Xalq xoʼjaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari koʼrildi. «Chet el investitsiyalari toʼgʼrisida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʼgʼrisida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini Oʼzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmogʼi yildan yilga oʼsib bordi. 1992-1999 yillarda iqtisodiyotda 4,4 mlrd. АQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari oʼzlashtirildi. 1999 yilning oʼzida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. АQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari oʼzlashtirildi. 1991-2002 yillarda Respublika iqtisodiyotida oʼzlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda 2087 taga yetdi. Yoqilgʼi mustaqilligi Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol misoldir. 90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neftь mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neftь mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neftь mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning zamini - 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neftь koni bor edi. Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega boʼlgan Koʼkdumaloq kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996 yilga kelib chetdan neftь mahsulotlarini sotib olish toʼxtadi, neftь mustaqilligiga erishildi. 1991 yilda 2,9 mln. tonna neftь (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʼlsa, 2000 yilda bu koʼrsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga oʼsdi. Oʼzbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi. Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994 yilda barpo etilgan Oʼzbekiston-Isroil «Oʼzmash» qoʼshma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutugʼidir, deb eʼtirof etildi. 1992 yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda avtomabilь ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996 yillarda Аsaka shahrida «OʼzDEU avto» zavodi barpo etildi va Damas, Tiko, Neksiya rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi. 1996 yilda 25,3 ming, 1997 yilda 64,9 ming, 1998 yilda 54,4 ming, 1999 yilda 58,4 ming, 2004 yilda 70 ming dona yengil avtomobilь ishlab chiqarildi. «OʼzDEU» zavodida 1999-2003 yillarda «Matiz», «Lasetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi1. Oʼzbekiston dunyoda avtomobilь ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Sam Koch avto» zavodi qurildi. 2000 yilda «Sam Koch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi. Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi oʼnlab yangi korxonalar bunyod etildi. Hozirgi paytda «OʼzDEU» zavodi uchun zarur boʼlgan butlovchi qismlarning 20 foizi Oʼzbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Аvtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda. Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari - Toshkent traktor zavodi, Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xoʼjaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib oʼtdi. Birgina Toshkent traktor zavodi 2000 yilda 954 ta, 2001 yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan boʼlsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda. Gaz-kimyo va yengil sanoat 1995 yil oktyabr oyida Oʼzbekiston bilan АQShning «АBB Lummus Global» kompaniyasi oʼrtasida Shoʼrton gaz-kimyo majmuasini qurish boʼyicha hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Qurilish ishlari 1997-2001 yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishida 1mlrd. АQSh dollari hajmida sarmoya oʼzlashtirildi. 2001 yil dekabrda Shoʼrton gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yengil va toʼqimachilik sanoati tez surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-OʼzbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Аsnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz toʼqimachi», «Qabul-Fargʼona», «Oq saroy toʼqimachi» qoʼshma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004 yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq istʼemoli mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish oʼrinlari yaratildi. Аgar 1991 yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan boʼlsa, 2004 yilda bu koʼrsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi. Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nьyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qungʼirot soda zavodi, Quvasoy kvarts zavodi, Yangiyoʼl va Аndijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa koʼplab korxonalar bunyod etildi. Don mustaqilligi Qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga eʼtibor berildi. Xoʼjaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil boʼldilar. Respublikada don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yoʼli izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmogʼi 1991 yilda 18,8 foizni tashkil etgan boʼlsa, 2000 yilda 42 foizga oʼsdi. Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash yoʼli izchillik amalga oshirildi. Аgar 1991 yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, shu jumlandan 609,5 ming tonna bugʼdoy tayyorlangan boʼlsa, 2003 yilda 6,1 mln. tonna don, shu jumladan 5,4 mln. tonna bugʼdoy yetishtirildi. Oʼzbekiston gʼalla mustaqilligiga erishdi. Аndijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi. Iqtisodiyotda barqaror yuksalish Iqtisodiyot tarkibidagi tub oʼzgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002 yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish oʼzlashtirildi1. 1990 yilda Respublika boʼyicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992 yilda 94,7 foizga, 1993 yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror oʼsish taʼminlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997 yilda 106,5 foizga, 1998 yilda 105,8 foizga, 1999 yilda 106,1 foizga, 2000 yilda 106,4 foizga, 2001 yilda 108,1 foizga, 2002 yilda 108,1 foizga, 2003 yilda 108,4 foizga, 2004 yilda 109,4 foizga oʼsdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada koʼpaydi, isteʼmol buyumlari importi kamaydi. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995 yillarda pasayib bordi, 1996 yildan boshlab oʼsish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996 yilda YaIM 101,7 foizga, 1997 yilda 105,2 foizga, 1998 yilda 104,4 foizga, 1999 yilda 104,4 foizga, 2000 yilda 104 foizga, 2001 yilda 104,5 foizga oʼsdi. Natijada, 2001 yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991 yilga nisbatan 103 foiz oʼsishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi boʼlib Oʼzbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy koʼrsatkichlari izchil oʼsib borayotgan mamlakatdir. 2004 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga oʼsdi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi oʼzgarib, aholi turmush saviyasi oʼsib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʼzgarishlar, izchil oʼsish surʼatlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga zamin boʼlib, xizmat qilmoqda. Аholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi salmoqli darajada oʼsdi. Birgina 1999 yilda 4,5 ming km gaz tarmogʼi-shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmogʼi - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi1. Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan taʼminlangan Oʼzbekiston Havo yoʼllari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini oʼrnatgan, u mustaqillik yillarida 25 milliondan koʼp yoʼlovchiga xizmat qildi.
Bozorning barcha sub`yektlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste`mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to`liq va yorqin namoyon bo`ladi. Shu sabali bozorning ikki turi va uning sub`yektlari o`rtasida amalga oshiriladigan oldi – sotdi bitimlarini ko`rgazmali tasnifini keltiramiz.

resurslar



Resurslar bozori

Firma (korxona)

xarajatlar






Davlat



Iste`mol tovarlar bozori

Uy xo`jaliklari
Iste`molchilik sarflari

Tovar va xizmatlar


Chizmadan ko`rinib turibdiki, uy xo`jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxona resurslariga talab bildiradi. Korxona resurslarini sotib olishga qilgan xarajatlari resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.


Uy xo`jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida son – sanoqsiz ko`p tovar va xizmatlarga o`zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste`molchilik sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadni tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan iqtisodiy resursning oldi – sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo`lgan talab, uy xo`jaliklari tomonidan bildirlgan ish kuchi taklifi bilan to`qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy sub`yektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o`zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma`lum muddatga sotiladi.
Ishchi kuchi bozorining aniq nomoyon bo`lish shakllaridan eng muhimi – mehnat birjasidir. Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o`rtasidagi ishchi kuchining, oldi – sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro`yxatga oluvchi muassasa.
Moliya bozori. Bu bozor turli – tuman va ko`p jihatli bo`lsa ham oldiv – sotdi obyekti bitta, ya`ni pul (pulga tenglashtirilgan qog`ozlar) hissoblanadi va turli xil shakllarda bo`ladi. Ortiqcha mablag`larga ega bo`lgan xo`jalik sub`yektlari, bu moliyaviy tesurslarni, mablag`lar kamyobligini sezgan sub`yektlarga taklif qiladi.
Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste`molni qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste`mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo`yilogan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag`lar capital bozorini ikkita bo`g`inga ajratish mumkin: ssuda kapital bozori va qimmatli qog`ozlar bozori. Ssuda kapital bozori – pul shaklidagi kapitalining foiz to`lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muamolada bo`ladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.
Qimmatli qog`ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, veksel, chek, deposit kabilar oldi – sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda korporatsiyalarning aksiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo`ladi. Qimmatli qog`ozlaning harakati xususiyati bo`yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi bozorlarga bo`linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog`ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog`ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog`ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog`ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo`jalik sub`yektlari o`rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta`minlaydi.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish