Yelka kamari suyaklari Qo‘lning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar


Yelka bo‘g‘imi (articulatio humeri, 43-rasm



Download 391,5 Kb.
bet7/9
Sana16.02.2023
Hajmi391,5 Kb.
#912081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qo‘l-oyoq suyaklari

Yelka bo‘g‘imi (articulatio humeri, 43-rasm) yelka suyagining sharsimon boshi bilan kurak suyagining bo‘g‘im chuquri qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bo‘g‘im boshchasi bo‘g‘im yuzasiga qaraganda taxminan uch baravar katta. Shuning uchun bo‘g‘im yuzasining qirrasidan boshlangan lab tog‘ayi (labrum glenoidale) bo‘g‘im yuzasini kattalashtirib bo‘g‘im boshchasiga moslashtiradi. Bu bo‘g‘im atrofida boylamlar kam, kapsulasi yupqa bo‘lganligidan bo‘g‘imni mustahkamlaydi. Kapsulaning tepa qismi qalinlashib tumshuqsimon – yelka boylami (lig. coracohumerale) ni hosil qiladi. Bu boylam tumshuqsimon o‘siqdan boshlanib, yelka suyagining anatomik bo‘yniga yopishadi. Bo‘g‘imni uning atrofida joylashgan muskullar, ayniqsa bo‘g‘im xaltasining ichidan o‘tgan ikki boshli yelka muskuli uzun boshining payi mustahkamlab turadi.




rasm. Yelka bo‘g‘imi.
1–acromion; 2–lig. coracohumerale; 3–lig. coracoacromiale; 4–processus coracoideus; 5–scapula; 6–capsula articularis; 7–humerus; 8–tendo m. bicipitis brachii (caput longum) payi; 9–vagina synoivialis intertubercularis; 10–m. subscapularis.

Yelka bo‘g‘imida ikkita sinovial xaltacha bo‘lib, biri do‘mboqlar oraliq sinovial xalta (vagina synovialis intertubercularis) dir, u yelkaning ikki boshli muskuli uzun boshning payini o‘rab turadi. Shu bilan muskul payining harakatini osonlashtiradi. Ikkinchi kurak osti muskul payi xaltasi (bursa subtendinea m. subscapularis) shu muskul payini namlaydi. Yelka bo‘g‘imi sharsimon bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. Shu sababli erkin va har tomonlama harakat qiladi. Frontal o‘q bo‘ylab yelkani oldinga va orqaga, sagittal o‘q orqali tanadan uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, vertikal o‘q atrofida yelkani ichkariga va tashqariga burish mumkin. Bundan tashqari, yelka bo‘g‘imi atrofida aylanma harakat ham bo‘ladi.
Tirsak bo‘g‘imi (articulatio cubiti) yelka suyagining pastki uchi bilan bilak va tirsak suyaklarining yuqori uchlari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi (72-rasm).




rasm. Tirsak bo‘g‘imi (old tomoni).
1–capsula articularis; 2–lig. collaterale ulnare; 3–chorda obliqua; 4–ulna; 5–radius; 6–tendo m. bicipitis brachii; 7–lig. anulare radii; 8–lig. collaterale radiale; 9–humerus.

Tirsak bo‘g‘imi tarkibida yelka-bilak, yelka-tirsak va bilak bilan tirsak suyaklari yuqori uchlarining bo‘g‘imlari tafovut etiladi. Bu bo‘g‘imlar bitta kapsulaga o‘ralib, paylar bilan tutashib turganligidan tirsak bo‘g‘imi deb ataladi. Ulardan biri – yelka-tirsak bo‘g‘imi (articulatio humeroulnaris) yelka suyagining pastki uchidagi g‘altaksimon qismning bo‘g‘im yuzasi bilan tirsak suyagining tepa uchidagi g‘altak kemtigi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. G‘altaksimon yuzaning botig‘i bir tomonga sal qiyshayganligidan bo‘g‘im vintsimon harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Yelka-bilak bo‘g‘imi – articulatio humeroradialis yelka suyagining pastki uchidagi sharsimon boshcha bilan bilak suyak boshchasi ustida fovea capitis radii ning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘im o‘zi alohida bo‘lmaganidan (bilak suyagi bilan tirsak suyagi o‘rtasidagi bo‘g‘im xalaqit beradi) harakat faqat bitta (ko‘ndalang) o‘q atrofida bo‘ladi.
Articulatio radioulnaris proximalis – bilak suyagi boshchasi atrofidagi aylanma bo‘g‘im yuzasi (circumferentia articularis radii), bilak-tirsak suyagidagi bilak kemtigi (incisura radialis ulnae) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgani uchun silindr shaklidagi bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Tirsak bo‘g‘imi ikki yon tomonidan xuddi yo‘g‘on kanop ip singari yumaloq va pishiq boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Bu boylamlarning ichki (medial) tomondagi yonlama tirsak boylami ligamentum collaterale ulnae deb atalib, yelka suyagi ichki do‘ng usti do‘mbog‘ining (epicondylus medialis) pastki chetidan boshlanadi va tirsak suyagidagi katta kemtikning ichki qirg‘og‘iga yopishadi.
Ikkinchi boylam, yonlama bilak boylami – ligamentum collaterale radiale yelka suyagi distal uchining tashqi do‘ngidan boshlanib, bilak suyagining boshini halqa singari o‘ragan boylam – ligamentum anulare radii ga qo‘shilib ketadi. Bu so‘nggi boylam tirsak suyagidagi kemtik (incisura radialis ulnae) chetidan boshlanib, bilak suyagining boshchasini aylanib o‘tadi va kemtikning orqa (qarama-qarshi tomonidagi) chetiga yopishadi. Bu aylanma boylam suyakning boshchasiga birikmaganligi uchun bilak suyagi o‘zining vertikal o‘qi atrofida erkin aylana oladi. Tirsak suyagining incisura radialis ulnae qirrasi bilan bilak suyagi bo‘yni oralig‘ida ko‘ndalang tortilgan lig. guadratum joylashgan.
Tirsak bo‘g‘imidagi harakat asosan bitta o‘q (ko‘ndalang o‘q) atrofida sodir bo‘ladi (bukilish va yozilish). Shuning uchun u bir o‘qli bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Bunday harakat vaqtida ikki bo‘g‘im, ya’ni articulatio humeroradialis bilan articulatio humeroulnaris qatnashadi. Bukilish hadeb davom etavermaydi. Tirsak suyagidagi toj o‘sig‘i (processus coronoideus) yelka suyagidagi shu nomli chuqurchaga kirib taqalgach, bukilish to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, yozilish ham ma’lum chegaragacha davom etadi. Bunda tirsak suyagining katta o‘sig‘i (olecranon) yelka suyagining orqa tomonidagi tirsak chuquri (fossa olecrani) ga kirib taqaladi va yozilishga to‘sqinlik qiladi.

Download 391,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish