Yengil atletika turlarining ta’rifi va tasnifi


Ishning o‘rganish darajasining qiyosiy tahlili



Download 157,33 Kb.
bet4/12
Sana14.06.2022
Hajmi157,33 Kb.
#671063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yuqori sinif o’quvchilarini yengil atletika sport turiga qiziqishini oshirish yo’llari

Ishning o‘rganish darajasining qiyosiy tahlili.


Yuqori sinflarning jismoniy sifatlarini yengil atletika mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda rivojlanish yo‘llarini tajribali murabbiylar, kabilar tomonidan ishlab chiqib, tahlil qilinib va yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar.

Ilmiy yangiligi.


Yengil atletika bilan shug‘ullanuvchilar texnik, taktik, psixologik tayyorgarlik bilan birga jismoniy tayyorgarlikka ham e’tibor qaratib, tajribali murabbiylarning ish uslublarini ommalashtirishdan iboratdir.

Predmeti va ob’ekti.


O‘quvchilarning yengil atletika mashg‘ulotlari asosan umumta’lim maktablarida va shu bilan birga oliy ta’lim muassalarining yengil atletika bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari hisoblanadi.

Ilmiy ahamiyati.


Jismoniy sifatlarni rivojlantirish uzoq muddatli va murakkab jarayon bo‘lib, jismoniy sifatlarni proporsional rivojlantirish ilmiy ahamiyatga ega.






I-BOB. YENGIL ATLETIKA TURLARINING TA’RIFI VA TASNIFI

    1. Yengil atletikaning ta’rifi va tavsifi

Yengil atletika - bu o‘zbekchada shartli bo‘lib, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiyavaayrim mamlakatlarda track and field athletics
ya’ni yo'lka va maydonlardagi kurash deb, AQSHda athletics ya’ni atlet kurash, kurashuvchi degan ma’nolarni bildiradi.Rossiyada “Легкая атлетика” 4 ya’ni og‘ir atletika mashqlariga qaraganda yengil ko‘ringanligi sababli “Yengil atletika” deb nom- langan. O’‘zbekistonga yengil atletikaning zamonaviy ko‘rinishi sport turi sifatida XX asrning boshida kirib kelgan.Yengil atletika atamasi shartli bo'lib, bu sport turiga kiradigan hamma mashqlarning tabiiy ahamiyatini yoritib bera olmaydi. Shu bilan birga yengil atletika qadimiy yunoncha “atletika” so‘zidan olingan bo‘lib, “mashq”, “kurash”, “bellashuv” m a’nosini anglatadi. Qadimiy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar.Hozirgi kunda jism oniy kamolotli kishilar atlet deyiladi. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani “Atletika” (Fransiyada), “yo'lka va maydondagi mashqlar” (AQSH va Angliyada) deb ataydilar.
Yengil atletika hayotda keng tarqalgan eng kerakli mashqlar — yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashgan eng ommaviy sport turi hisoblanadi.Ko'pgina yengil atletika mashqlarini umumiy omma - eng kichik yoshdagi bolalardan boshlab kattalargacha bu mashqlar kundalik hayotda har-xil turda uchraydi vaturlicha me’yorlanadi. Yengil atletika bilan-yil davomida shug‘ullansa boMadi. Shu sabablarga ko‘ra yengil atletika mashqlari (yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish) Respublika maxsus testlar majmuasini “Alpomish va Barchinoy” ko'pchilik qismining amaliy m e’zonlarini tashkil etadi. engil atletikani ko‘pincha “Sport malikasi” deb atashadi. Respub- lika xalqaro musobaqalar Olimpia o'yinlarining hamma dasturlariga kiritilgan, shu bilan birga o'ynaladigan medallarning majmuasi va soni bo'yicha eng ko‘p hisoblanadi.Jismoniy tarbiya instituti, Universitetlar va pedagogik institutla- rining “jismoniy madaniyat” fakultetlari dasturida yengil atletika asosiy o‘quv fani bo'lib, “jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.Yengil atletika yurish yugurish, sakrash, uloqtirish va ko'pkurash turidir. Maxsus jismoniy tarbiya o‘quv yurtlarida va pedagogika insti- tutlarida, jismoniy madaniyat fakultetlarida esa yengil atletika mazkur sport turining nazariyasidan, amaliy ishlardan hamda uni o'qitish metodikasidan iborat darsdir.Yengil atletika shu sohada ilmiy tadqiqotlar o'tkaziladigan fandir. Yugurish: insonning joydan joyga ko'chishini tabiiy usulidir. Bu jismoniy mashqning tarqalgan turi bo‘lib juda ko‘p sport turlari (futbol, basketbol, qo‘l to‘pi va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko‘p xillari yengil atletika har xil turlarining organik qismi hisoblanadi. Yengil atletikada yugurishning yengil yugurish, to'siqlar osha yugurish, estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari bo‘ladi. Yugurishning xillari va masofa uzoqligi va yaqinligiga qarab yaqin masofaga, o‘rta masofaga va marafoncha yugurishlar kiradi.Sakrash: - to‘siqlardan o'tishning tabiiy usuli bo'lib, qisqa vaqt ichida asab muskul kuchiga maksimal zo‘r berish bilan harakterlidir. Yengil atletika, sakrash mashg'ulotlarida sportchilaming o'ztanalarini idora qila bilish, kuchlarini yig‘a bilish qobiliyatlari takomillashadi. Kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik orta boradi. Sakrash-oyoq va tana muskullarini kuchaytirish va sakrovchanlikni hosil qilish va eng yaxshi mashqlardan biri bo‘lib, faqat yengil atletikachilarga emas, sportning boshqa turlariga ham zarurdir.
Yengil atletikada sakrash ikki turga bolinadi.

  1. Imkon boricha balandrok sakrash maqsadida vertikal to‘siqlardan o ‘tish-balandlikga sakrash va langarcho‘p bilan sakrash.

  2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to‘siqlardan o'tish-uzunlikga sakrash va uch hatlab sakrash.Sakrash turlari turli joydan va yugurib kelib ijro etiladi.Uloqtirish: maxsus saryadlarning uzoqlikka irg‘itish va uloqtirish mashqlaridir.

  3. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab muskul kuchlanishi qisqa vaqt maksimal boMishi bilan harakterlidir. Yengil atletikada uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo'linadi:

  1. Bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata).

  2. Aylanib uloqtirish (disk bosqon)

  3. Itqitish (yadro)

Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarnig shakli va og‘irligiga bog'likdir. Yengil ushlash qulay boMgan snaryadlarni tug‘ridan yugurib kelib bosh ortidan boshlab uzoqa uloqtirish mumkin. O g‘irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish qulayroq. Maxsus tutqich bo'lm agan og‘ir snaryad yadroni esa itkitish qulayroq. Ko’pkurash; yugurish ,sakrash va uloqtrishning har xil turlarini o’z ichiga oladi. Ko’pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi. Uchkurash, to‘rtkurash, beshkurash. oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash. Ko'pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun - o‘nkurash va ayollar uchun ettikurash va o‘spirinlar uchun oltikurash va sakkizkurash. Musobaqa esa ikki kunda o‘tkaziladi. Yengil atletika besh bo’limdan (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko'pkurashdan) iborat bo‘lib, ularning har qaysisi ham xilma xil turlarga bo‘linadi.Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 47 turi Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan.

Download 157,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish