Yer: joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish Reja: Iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer


YERDAN FOYDALANGANLIK UCHUN HAQ TO‘LASH. YER



Download 277,72 Kb.
bet4/5
Sana14.02.2022
Hajmi277,72 Kb.
#448371
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yer iqtisodiyoti

YERDAN FOYDALANGANLIK UCHUN HAQ TO‘LASH. YER
SOLIG‘I VA YER IJARASI HAQI, ULARNING IQTISODIY ASOSLARI
VA METODOLOGIYASI
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligidagi yer resurslari va ulardan foyda-lanish tizimi bir qator xususiyatlari bilan boshqa resurslar va ulardan foydalanishdan farq qiladi. Bu esa, qishloq xo‘jaligida yer resurslarini tasarruf qilish, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish munosabat-lari bilan bog‘liq ilmiy-uslubiy masalalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va ularning amaliy qo‘llanishiga tegishli o‘zgartishlar kiritishni taqozo qiladi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligida yer resurlaridan foyda-lanish va uning natijalari bevosita boshqa resurslardan foydalanish bilan ham funksional tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir, u absolyut xarak-tyerga ega. Bundan tashqari ushbu jarayon kapital aylanishi, narx-navo, bank foizi, valyuta kurslarining kon’yunktura darajasiga bog‘liq tarzda kechadi. Bunday holat ob’ektiv qonuniyat hisoblanadi va u yer solig‘i tizimi, ayniqsa “yagona soliq-” ning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi va amaliy jihatdan u soliq solish mexanizmi asosida tatbiq etilishi lozim.
Shu nuqtai nazardan, bizningcha, ushbu ob’ektiv qonuniyat qishloq xo‘jaligida yer resurslariga asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida yondash-gan holda soliq solish mexanizmini belgilashni taqozo qiladi. Albatta ushbu mexanizmni qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va roli va ijtimoiy ahamiyatini, ushbu tarmoqda yer resurslarining, ayniqsa sug‘oriladigan yerlarning cheklanganligini, e’tiborga olib, shuning-dek davlat va soliq to‘lovchi-yerdan foydalanuvchilarning manfaatlarini uyg‘unlashtirish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishini nazarda tutgan holda shakllantirish zarur. Bunday mexanizmning moddiy asosini qishloq xo‘jaligida shakllanadigan renta daromadlari tashkil qiladi va eng muhimi bu yerda yer solig‘i, yer ijarasi va yer rentasining o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanishi orqali yerdan foydalanishning to‘lovliligini amalga oshirishning adolatli va samarali tizimi joriy qilinadi. Bunda, birinchidan, yer solig‘ini va yer ijarasi haqini yer rentasi miqdori ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda o‘rnatish lozim va, ikkinchidan, o‘rta va nisbatan yaxshi sharoitlardagi yerdan foydalanuvchilar uchun belgilangan to‘lovlar differensial rentaga bog‘liq holda hisoblanishi lozim Bizning fikrimizcha, ushbu mexanizm qishloq xo‘jaligida yer rentasi va uning turlari bilan uning hosilalari bo‘lmish yer ijarasi haqi va yer solig‘i o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikni ta’minlabgina qolmasdan yerdan foydalanish tizimi iqtisodiy mexanizmining tub masalalaridan birini ham ifodalaydi. Ushbu mexanizmning amaliy mazmunmohiyati shundaki, yerga xususiy mulkchilik sharoitida yer ijarasi haqi yer rentasi bilan teng bo‘lishi, yer solig‘i esa ijara haqidan oshmasligini taqozo etsa, yerning xususiy mulkdori yerdan o‘zi foydalangan taqdirda esa, yer solig‘i yer rentasidan katta bo‘lmasligi yerga xususiy mulkchilikni amalga oshirishning iqtisodiy maqbul va adolatli mexanizmi shakllanishiga zamin yaratadi. Yerga davlat mulkchiligi amal qilganda ushbu mexanizmning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat bo‘ladi degan savol tug‘iladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida yerga davlat mulkchiligi mavjudligi nuqtai nazaridan qaraganimizda yer rentasi munosabatlarining moddiy asosini ilmiy jihatdan tavsiflash taqozo qilinadi. Demak, bunda yer rentasi bilan yer ijarasi haqi va yer solig‘i bir-biriga o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Bunday ilmiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida (28-modda) ham kuzatiladi. Lekin ushbu Kodeksda “yer ijarasi haqi bilan yer solig‘i tenglashtiriladi” deyilgan bo‘lsada, ularning yer rentasiga tengligini ifodalaydigan norma qayd etilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ”Soliq stavkasini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan 283-moddasida esa “SHaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to‘lanadi” deyilgan.
Bunday holat, birinchidan, Yer va Soliq kodekslari me’yorlarini har xil talqin qilish va qo‘llashga olib keladi, ikkinchidan, ushbu me’yorlarni ilmiy asosini ishlab chiqishni taqozo qiladi va, uchinchidan, nafaqat yerdan foydalanuvchiga, Qolaversa yerning mulkdoriga ham yer resursi hisobidan olinadigan daromad va qilinadigan xarajatlarning maqbul va adolatli nisbati shakllanishini ta’minlamaydi, balki ularning o‘z jamg‘arishini amalga oshirishni ham gumon ostiga olishiga asos bo‘ladi. Bu esa, tegishincha davlat yer munosabatlari va, ayniqsa, yer mulkchiligi iqtisodiy mexanizmi-ning aniq va shaffof xarakterini ta’minlashga imkon bermaydi.
Qishloq xo‘jaligida yer uchun haqning ushbu xarakterini ta’minlash tarmoqda yerdan foydalanish tizimini erkinlashtirish yuzasidan tegishli meyorlarning ishlab chiqilishi, qo‘llanilishi uchun shart-sharoitlar yaratib-gina qolmasdan, balki yerdan xo‘jalik faoliyatida foydalanishning iqtiso-diy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni ham belgilab olishga xizmat qiladi. Albatta, bu boradagi axborot bazasi vazifasini yer kadastri malumotlari bajaradi.
Amaliyotda ushbu ma’lumotlardan yer rentasining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi ulushini aniqlash, qishloq xo‘jaligini ixtisoslash-tirish va rejalashtirishni amalga oshirish, yerlarning qiymat bahosini hisoblash, yer resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, tak-ror ishlab chiqarishni amalga oshirish va iqtisodiy nomaqbul tabaqalashish-ning oldini olish maqsadida yerdan foydalanuvchilarga bir xil boshlang‘ich xo‘jalik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish, holati buzilgan yerlarni tiklash va boshqa jarayonlarning asosnomalarini yaratishda foydalanish mumkin.
Masalan, qishloq xo‘jaligida o‘ta yaxshi yerlarda, shuningdek alohida monopol darajada qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchi yerdan foydalanuvchilar yer uchun haqni monopol renta miqdoridan kelib chiqib amalga oshirish, nisbatan yomon yerlardan ham foydalanilishini nazarda tutgan holda ushbu yerlarda faoliyat qilayotgan yerdan foydalanuvchilar yer uchun haqni absolyut yer rentasi talablariga ko‘ra qat’iy belgilangan miq-dorda hisoblab chiqarish, nisbatan yaxshi yerlarda faoliyat qilayotganlar esa, differensial renta xususiyatlarini e’tiborga olib hisoblash lozim. Lekin masalaning ikkinchi tarafi shundaki, “...differensial rentaning qaysi qismini soliq yoki yer ijarasi haqi sifatida olish lozimligi haqidagi masala ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘lganligi bois u muhim ahamiyatga ega. Iqtisodchi tahlilchi va olimlarda bu xususda yagona fikr yo‘q. Ularning ayrimlari differensial renta-I ni davlatga soliq yoki yer ijarasi haqi sifatida berish lozim, differensial renta-II ni esa xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirish uchun yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida qoldirish iqtiso-diy samara beradi desalar, ayrimlari esa, aksincha tartib ma’qulligini isbotlashishadi. Uchinchilari esa, differensial rentani to‘liqligicha soliq yoki yer ijarasi haqi sifatida davlatga to‘lash lozimligini ma’qulla-shadilar Bizning fikrimizcha, ushbu fikrlarning barchasida ham iqtisodiy mantiq va asoslar mavjud, gap faqat masalaga qanday yondashishga bog‘liq, ya’ni bunda, birinchidan, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini, ikkinchidan yer mulkchiligining xarakterini, uchinchi-dan, yerdan foydalanuvchining tashkiliy-xo‘jalik daromadini differensial renta va differensial daromaddan farqlash muhimligini va, to‘rtinchidan, mazkur fikrlarni amalda miqdor jihatidan hisob-kitob qilishning murakkabligini e’tiborga olish lozim.
Masalan, prinsip jihatidan shu muhimki, yerga xususiy mulkchilik sharoitida yerdan foydalanuvchi differensial renta-I ni yer mulkdoriga yer ijarasi haqi sifatida, agar yerning xususiy mulkdori yerdan o‘zi foyda-lansa, davlatga differensial renta-I ni yer solig‘i sifatida to‘laydi. Yerga davlat mulkchiligi sharoitida esa, yerdan foydalanuvchi differensial renta-I ni va ham differensial-II ni yer ijarasi haqi sifatida davlatga to‘laydi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlariga faqat davlat mulkchiligi mavjudligi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu yerda yer solig‘i munosabatlari mavjud emas, chunki soliq munosabatlari yerga xususiy mulkchilik mavjud bo‘lsagina shakllanadi. Shuning uchun bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yerdan foyda-lanish sohasida davlat bilan bo‘ladigan munosabatlar uzoq muddatli yer ijarasi shaklida, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlari esa, yer ijarasi haqi ko‘rinishida bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Boshqacha aytganimizda qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanuvchilarning davlat oldidagi majbu-riyatlari yuzasidan bo‘ladigan tushunchalarni yerlarning huquqiy ahvolini e’tiborga olgan holda ilmiy asoslangan tarzda shakllantirish lozim. Ya’ni, bugungi kundagi tushunchalar bilan fikrlaydigan bo‘lsak, qishloq xo‘ja-ligida davlat o‘zidan o‘zi soliq olayotgan hisoblanadi.
Shu o‘rinda qishloq xo‘jaligida yagona yer solig‘i tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, uning miqdori qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydala-nayotgan korxona yerining “me’yoriy qiymati”ga nisbatan hisoblanmoqda. Albatta ushbu “me’yoriy qiymat” tushunchasiga, uning ilmiy asoslariga e’tibor va ahamiyat qaratishimiz lozim. Masalaga tanqidiy qaraydigan bo‘lsak, birinchidan, ushbu tushunchaning qanday iqtisodiy nazariyaga asosan ishlab chiqilganini aniqlash lozim, ikkinchidan, ushbu tushunchani ifoda-laydigan ko‘rsatkichlar qanday iqtisodiy-moliyaviy mazmunga egaligi va qo‘llanish doirasini aniqlash lozim, ya’ni “me’yoriy qiymat” faqat soliq solish maqsadida hisoblanadimi yoki undan boshqa maqsadlarda ham foy-dalansa bo‘ladimi, uchinchidan, ushbu “me’yoriy qiymat” haqiqiy iqtisodiy holat, vaziyatga, ya’ni bozor kon’yunkturasi va raqobat talablariga qanchalik moslasha olishi mumkin, to‘rtinchidan, yagona yer solig‘i stavkasining o‘zgarmasdan turganida ushbu “me’yoriy qiymat”ning qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanadigan korxonaning faoliyatini rag‘batlantirish xarakteri nima-larda namoyon bo‘ladi va, beshinchidan, “me’yoriy qiymat”ni hisoblashda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari hisobga olinadimi yoki yo‘qmi kabi savollar paydo bo‘ladi.
Bunday savollarga to‘g‘ri va xolisona javob berish asosan yerning “me’yoriy qiymati”ni aniqlash uslubini tanlash, uning ob’ektivligiga va ishonchligiga bog‘liqdir. Bunday uslubni tanlashda, bizningcha, renta naza-riyasi qoidalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining absolyut xususiyat-lari, ayniqsa uning tabiiy omillar (noqulay ob-havo)ga bog‘liqligi, korxo-nani ixtisoslashtirish darajasi, bozor kon’yunkturasi holati (investitsiya-lar sig‘imi va qaytimi, foiz stavkasi va boshqalar), raqobatning talab va shartlari kabi muhim omil va sharoitlar e’tiborga olinishi lozim. Mustaqillik yillarida yer solig‘iga tortish tartib-taomillari yerdan, ayniqsa qimmatli sug‘oriladigan yerlardan maqsadli va samarali foydalanishni to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish nuqtai nazardan amalga oshirila boshlandi. 1990 yilda qabul qilingan “Yer to‘g‘risida”gi, 1993 yilda qabul qilingan “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari o‘sha davrning eng murakkab va ziddiyatli muammolaridan hisoblangan yer va u bilan bog‘liq bo‘lgan soliq munosabatlarini o‘zgartirishning dastlabki huquqiy me’yorlarini aks etgan bo‘lsa, 1997 yilda O‘zbekiston Respublika-sining Soliq kodeksi, 1998 yilda esa Yer kodeksi qabul qilinishi mam-lakatimizda yer-soliq munosabatlari tizimining ta’sirchan va samarali tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari shakllanishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, keyingi yillarda unga va Yer kodeksiga kiritilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar ushbu tizimni yangilash va modernizatsiya qilish masalalarini qamrab oldi.
Ushbu qonun hujjatlarining hamda ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi yerlarini, ayniqsa sug‘oriladigan yerlarni noqishloq xo‘jaligi maqsadlariga ajratishning huquqiy-iqtisodiy choralarini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratish, ayniqsa yer-soliq tizimining rolini oshirish, mazkur tizimda islohotlarni yanada erkinlashtirishga xizmat qiladigan me’yorlarni joriy qilish va bu boradagi munosabatlar sub’ektlarining manfaat va javobgarligini yanada aniq balgilash edi. Ana shu maqsadlarga erishish uchun bu boradagi tashki-liy-iqtisodiy mexanizmni yanada aniqlashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilindi. Masalan, 1998 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 dekabrdagi 539-son Qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarining byudjet oldidagi majburiyatlarini amalga oshirish mexanizmi soddalashtirildi va u yagona yer solig‘i shaklida belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish-ning mazkur mexanizmi yerni xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatida emas, balki yerni resurs sifatida soliqqa tortish ob’ektiga aylantiradi, ya’ni yagona yer solig‘ining tizimi, ayniqsa uning miqdori, yerdan foydalanish, soliq to‘-lovchi-qishloq xo‘jalik korxonasining xo‘jalik-moliyaviy faoliyati nati-jalariga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllanadi. Boshqacha aytganimizda, qish-loq xo‘jaligida soliq yuki mehnat, daromad, investitsiya va tadbirkorlik zimmasidan yer va u bilan bog‘liq resurslar zimmasiga o‘tkaziladi.
Mazkur mexanizmning iqtisodiy mazmun-mohiyati shundaki, soliq to‘lovchi – qishloq xo‘jalik korxonasi yerdan foydalanishni moliyaviy zarar bilan yakunlasa ham soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilinmaydi yoki aksin-cha, uning rentabellik darajasi yuqori bo‘lgan sayin, soliq to‘lovining miq-dori shuncha pasayib boradi.
Yagona yer solig‘i tizimi qishloq xo‘jaligi yerla-ridan, ayniqsa, sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlan-tirish, yerdan foydalanuvchilar – qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish, tabaqalashgan tarzda soliqqa tortish oqibatida ular uchun bir xil sharoitlarni ta’minlash, byudjet daromad-larini barqarorlashtirish hisobidan yerlarning unumdorligini oshirishga qaratilgan choralarni ko‘rish va, eng muhimi, qishloqda yer munosabatlarini ijtimoiy adolatga tayangan holda tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi.
Lekin tahlillar ko‘rsatmoqdaki, yuqorida nomi keltirilgan qaror bilan amaliyotga joriy etilgan yagona yer solig‘i tizimining ta’kidlab o‘tilgan muhim qulaylik va engilliklari bilan birga muayyan kamchiliklari ham mavjud. Masalan, birinchidan, yerdan foydalanuvchi-qishloq xo‘jaligi korxonasining avval to‘lab kelgan soliqlari yig‘indisini faqat ma’lum foizga oshirilishi sifatidagi uslub ekanligi, ikkinchidan, uning ilmiy-nazariy asoslarining sayoz ekanligi va, uchinchidan, keyingi yillarda yerning “me’yoriy qiymati”dan olinadigan soliq summasiga har xil yig‘im va to‘lov-larning ham kiritilishi oqibatida uning asl mazmun-mohiyati o‘zgarib ketganligi va hokozo.
Yagona soliq tizimining yuqorida qayd qilingan va boshqa kamchilik-larini bartaraf qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 19 aprelda №1563 bilan qayd qilingan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash bo‘yicha vaqtinchalik Yo‘riqnomasi” ning joriy etilishi qishloq xo‘jaligi yerlari-dan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini shakllantirishga yangicha yondashuvni ifoda qilibgina qolmasdan, balki tarmoqda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini yanada oshirishga, byudjet bilan munosa-batlarni to‘g‘ri tashkil qilishga ham xizmat qildi. Lekin mazkur Yo‘riqnomada belgilangan mexanizmni tanqidiy o‘rganish natijasida uni takomillashtirish nuqtai nazaridan o‘z fikrlarimizni bayon qilmoqchimiz.
Ular, birinchidan, ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq, 1 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerning “me’yoriy qiymati” formulasi bilan aniqlanadi. bu yerda: Mq – 1 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining “me’yoriy qiymati”, ming so‘m;
SDh – 1 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlaridan olinadigan hisoblangan sof daromad, ming so‘m;
P – me’yoriy sof daromadning kapitallashuvi foizi;
Ka – qishloq xo‘jaligi intensivligi va xo‘jalik yuritish darajasini hisobga oluvchi mintaqaviy koeffitsient;
Kb – baholash ob’ektining joylashgan joyini hisobga oluvchi koeffitsient; Kv – sug‘orish suvini uzatish usulini hisobga oluvchi koeffitsient.
Bunda 1 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlaridan olinadigan hisoblangan sof daromad (SDh) quyidagicha aniqlanadi:



bu yerda: Hm – 1 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining hisoblangan (baholangan) mahsuldorligi, ming so‘m;
HFm – tuproq unumdorligi har xil yerlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining hisoblangan foydasi me’yori.
Ushbu formulalarning iqtisodiy mazmunini tahlil qilish shunday xulosalarga olib kelmoqdaki, ularda bozor iqtisodiyoti talablari, shuning-dek alohida olingan yerlardan foydalanuvchi (fermer yoki boshqa sub’ektlar) larning xo‘jalik yuritishidagi o‘ziga xos muayyan shart-sharoitlarini hisobga olishning hamma vaqt
ham imkoni bo‘lmaydi; ikkinchidan, uning vaqtinchalik va ichki normativ hujjatligi, ya’ni u shirkat
xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga takror tashkil qilishdan oldin yirik qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallan-ganligi; uchinchidan, asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘rtacha yillik sotish
hamda ishlab chiqarishda foyda me’yorlari manbalarining yo‘qligi; to‘rtinchidan, hisob-kitoblarni amalga oshirishda katta maydonlarga ekilgan qishloq xo‘jalik ekinlari hisoblanganligi, kichik ekin maydonlari hisoblanmaganligi; beshinchidan, xo‘jalik faoliyatini cheklovchi tuzatish koeffitsent-larining
mavjud emasligi (qishloq xo‘jalik yerlarini suv muhofaza minta-qasi hamda
sanitar-muhofaza zonalarida joylashuvi);

Download 277,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish