Yer: joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish Reja: Iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer



Download 277,72 Kb.
bet5/5
Sana14.02.2022
Hajmi277,72 Kb.
#448371
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yer iqtisodiyoti

oltinchidan, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilardagi issiq-xona, baliqchilik hovuzlari, qurilishlari, inshootlari va hovlilar egal-lagan yer maydonlarini baholash mexanizmi yo‘qligi; ettinchidan, 1 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining hisoblangan (baholangan) mahsuldorligi hamda tuproq unumdorligi har xil yerlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining hisoblangan foyda me’yori tuproq unumdorligining bonitet baliga bog‘liq holda aniqlanadi. Shu munosabat bilan bozor sharoitida har bir omilning bir birligi hisobiga hisob-kitoblar qilinishini nazarda tutgan holda bonitet balining har biri uchun alohida foyda me’yorini hisoblash lozim. Chunki 10 birlikka hisobkitob qilish, masalan 51 balga ega fermer uchun og‘irlik qiladi, lekin 60 balli yerda faoliyat qilayotgan fermer uchun engilroq bo‘lishi mumkin, 61 balli fermer uchun umuman boshqa me’yor qo‘llanilmoqda. Bunday aniq hisob-kitobning amalga oshirilishi sub’ektiv yondashuvlarni bir qadar kamay-tirishi bilan bir qatorda soliq solishning adolatlilik tamoyiliga to‘liq rioya etilishiga olib keladi; sakkizinchidan, agar me’yoriy sof daromadning kapitallashuv darajasi 5% ni tashkil qilayotgani qaysi hisobdan kelib chiqqanligini tahlil qiladigan bo‘lsak, uning makroiqtisodiy mutanosiblik va kapitallashuv-ning umume’tirof etilgan nazariy asoslaridan chetga chiqilganligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki, hozirgi kunda davlat byudjetining taqchilligi YAIMga nisbatan 1%ni, inflatsiya darajasi 11-12 %ni, Markaziy bank takror moliyalashtirish stavkasi 14% ni tashkil qilayotganligini nazarda tuta-digan bo‘lsak yoki Davlat ehtiyojlari uchun qishloq Amaliyotda bunday ishonchlilik va ob’ektivlikka erishish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Bu yerda gap yer kadastri ma’lumotlarining yangilik darajasi haqida bormoqda, ya’ni yer kadastri ma’lumotlarini qancha vaqtda yangilash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday jarayonni moliyalashtirishning manbalari birinchi galda davlat byudjeti hisobidan bo‘lganligi sababli yerlar miqdor ko‘rsatkichlarini har yili yangilanishini ta’minlash ama-liyotini davom ettirish, boshqa yer kadastri ma’lumotlarini, ya’ni yerlarning sifati, qiymatini esa, kamida har besh yilda yangilash lozim. Lekin ko‘pchilik holatlarda bu muddatga rioya qilinmayapti. Shuning uchun, biz-ningcha, yer kadastri ishlarini buyurtma asosida har xil moliyaviy manbalar hisobidan amalga oshirishni amaliyotga kengroq qo‘llash lozim.
Yagona yer kadastri tizimiga doir bu kabi masalalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri echilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiyotini boshqarish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati be-qiyosdir. Ayniqsa, ishlab chiqarishni rejalashtirish va soliq solish muno-sabatlarining samarali mexanizmini yaratishda yer kadastri ma’lumot-lariga tayanish mamlakatimizda o‘zini oqladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalariga yer solig‘ini solish turli mamlakatlarda har xil bo‘lsada, umuman olganda, u yoki bu ko‘rinishda kadastr uslubi qo‘llaniladi. Bu uslub yerning unumdorligi va joylashuvi nuqtai nazaridan uning keltiradigan foydasini baholashga imkon beradi. Ilmiy va amaliy nuqtai nazardan bunday yondashuvning ahamiyati shundaki, yagona yer kadastri har bir elementining yer resurslaridan foydalanish munosabat-larini erkinlashtirishning iqtisodiy mexanizmini yanada takomillash-tirish, xususan soliq solishning rag‘batlantiruvchi vazifasini kuchaytirishga ta’siri va bog‘liqligi jihatlarini har tomonlama tadqiq etishning dolzarbligini e’tirof qilishdir.
Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda tuproq tabiiy-ekologik holati-ning buzilishi, qishloq xo‘jaligi bilan boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi noek-vivalent ayirboshlash mavjudligidan kelib chiqadigan yerdan foydalanuvchi-soliq to‘lovchining moliyaviy ahvolining og‘irlashishi, yerlarning asossiz ravishda soliq solish ob’ektidan, unumdor sug‘oriladigan yerlarning esa qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqarilishi, tuproq unumdorligini saqlash va amalda uni oshirishni rag‘batlantiradigan tartib-taomilning yo‘qligi kabi bir qator sabablar oqibatida rejalashtirilgan soliq tushum-lari yig‘ilmasdan qolmoqda.
Masalan, birgina Surxondaryo viloyatida faqat 2005 – 2017 yillarda viloyat mahalliy byudjetiga soliq tushumlari o‘rtacha 69,7 foizga bajaril-gan, sug‘oriladigan yerlar maydoni 33,8 ming gektarga, ularning o‘rtacha bonitet bali esa 5 balga tushib ketishi oqibatida o‘rtacha 3,8 mlrd.so‘m yagona yer solig‘i tushumi yo‘qotilgan.
Mazkur holatning muhim sabablaridan yana biri bu – yerning “me’yoriy qiymati”ni aniqlashda yer kadastri ma’lumotlarining ob’ektivligi va ishonchliligi, ayniqsa ularning muayyan vaqt o‘tishi bilan eskirishi bo‘lsa, qo‘llaniladigan oshiruvchi va pasaytiruvchi tuzatish koeffitsientlarining haqiqiy iqtisodiy, texnik va boshqa holatlarni to‘g‘ri va to‘liq hisobga olmasligi bo‘lmoqda. Bizningcha, bu borada yerlarning tabiiy-texnologik, xo‘jalik va boshqa sifatlarini ob’ektiv baholashni har yili tuzatish koeffitsientlari orqali amalga oshirish va yerlarning tegishincha “me’yoriy qiymati”ni ham har yili aniqlash imkonini beradigan normativ bazani shakllantirish lozim.
Download 277,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish