Yillarda psixologiya masalalari (I. P. Pavlov, oliy nerv faoliyati, Butun Ittifoq kengashi) Javob



Download 1 Mb.
bet158/162
Sana13.02.2022
Hajmi1 Mb.
#446395
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Bog'liq
JAVOBLAR

196. Yuridik psixologiya
Javob: Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
197. Z.Freyd va uning maktabi.
Javob: Zigmund Freyd 1856 yilning 6 mayida Avstriyaning Frayberg (hozirgi Chexiyaning Moraviya) shaharchasida tug’ilgan. U Jeykob Freyd va uning rafiqasi Amaliya Natansonning yahudiy oilasida o'sgan.U oilada yetti farzandning eng kattasi bo’lib, Freyd to’rt yoshga to’lganda uning oilasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Venaga ko’chib o’tgan. Freyd umrining oxirigacha Venada yashadi va 1938 yilda, o’limidan bir yil oldin Angliyaga ko’chib o’tdi. O’sha davrning barcha yoshlari singari Freyd klassik ma’lumot oldi: yunon va lotin tilini o’rgandi, buyuk mumtoz shoirlar, dramaturglar va faylasuflar - Shekspir, Kant, Gegel, Shopengauer va Nigsde asarlarini o’rgandi. 1873 yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetiga o’qishga kirdi. O’qish jarayonida mashhur psixolog Ernst Bryukke qarashlari ta’siriga berildi. Bryukke talqini bo’yicha, barcha tirik mavjudot dinamik energetik tizim bo’lib, moddiy olam qonunlariga bo’ysunadi. Freyd bu g’oyalarni jiddiy qabul qildi va keyinchalik ular Freydning psixik mavjudlik dinamikasi borasidagi qarashlarida aks etdi. 1881-yili Freyd universitetni tugatib, Miya anatomiyasi institutida ishlay boshladi hamda katta yoshdagi odam va homila miyasining qiyosiy tadqiqotlari bilan shug’ullandi. Oradan ko’p o’tmay u o’z ishini tashlab, nevropatolog sifatida faoliyat ko’rsata boshladi, bunga ilmiy faoliyatning unchalik taqdirlanmasligi va antisemit kayfiyat xizmat pog’onasidan ko’tarilishga imkon bermasligi sabab bo’ldi. 1885 yil Freydning taqdirida burilish yili bo’ldi. U Parijga borish va o’sha davrning eng mashhur nevrologlaridan bo’lgan Jan Sharkoning qo’lida to’rt oy shogird-tadqiqotchi bo’lib ishlashga imkon beradigan tadqiqotchilik stipendiyasini olishga muvaffaq bo’ldi. Sharko ko’plab turli-tuman somatik muammolarda namoyon bo’ladigan psixik buzilish - isteriyalarning sabablarini va davolash usullarini o’rganar edi. Parijda Freyd nevropatologiya bilan chuqur shug'ullangan. U isteriya va jinsiy muammolar o'rtasida ma'lum aloqalar mavjudligini isbotlay oldi. Gipnozni qo'llagan nevropatolog Gippolit Bernxaym ham Zigmundning dunyoqarashiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Biroz vaqt o'tgach, Zigmund asta-sekin gipnozning nomukammalligini tushuna boshladi. Amalda, uning samaradorligi ko'rinadigan darajada yuqori emasligi ma'lum bo'ldi.Bir qator hollarda gipnoz bilan davolash nafaqat natija bermadi, balki bemorga ham zarar etkazdi. Shu sababli Zigmund davolashning yangi samarali usullarini izlay boshladi. Bir kuni u tasodifan Lyudvig Bern ishining qo'liga tushib qoldi va u yerda quyidagi iborani o'qidi: "O'zingiz haqingizda o'ylagan hamma narsani yozing ... va 3 kundan keyin sizda qancha g'oyalar yashiringaniga hayron qolasiz."
1901-1905 yillar Freydning ijodiy faoliyatida alohida sermahsul davr bo’ldi. Freyd o’zining bir necha asarlarini, jumladan «Kundalik turmush psixopatologiyasi» (1901), «Seksuallilik haqida uch esse» (1905), «Yumor va uning ongsizlikka munosabati» (1905) kabi kitoblarini nashr qildi. «Uch esse...»da Freyd bolalar jinsiy mayllar bilan dunyoga keladilar va ota-onalar ular uchun dastlabki seksual obyektlar bo’lib xizmat qiladilar, degan fikrni ilgari surdi. Ushbu fikrga nisbatan darhol ijtimoiy norozilik paydo bo’ldi. Freydni seksual perversiyalardan (noto’g’ri tomonga yo’nalgan) aziyat chekadigan, axloqsiz odam sifatida ayblay boshlashdi. Ko’plab tibbiyot muassasalarining Freydning bolalar seksualliligi haqidagi qarashlariga toqat qilayotganligidan norozi bo’lgan odamlar ularga qatnamay qo’yishdi. 1909 yilda psixoanalitik harakatni o’lik nuqtadan qo’zg’atib, izolyasiya holatidan xalqaro obro’-e’tibor yo’liga olib chiqqan voqyea sodir bo’ldi. Stenli Xoll Freydni Massachusets shtatining Uorchester shahridagi Klark universitetiga ma’ruzalar o’qish uchun taklif qildi. Tinglovchilar ma’ruzalarni iliq kutib olishdi va Freyd faxriy doktor darajasi bilan taqdirlandi. Uning obro’si kundan-kun ortib borardi, odamlar dunyoning turli burchaklaridan unga maslahat so’rab murojaat qila boshlashdi. Lekin muammolar ham yo’q emas edi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish