Yo’nalishga kirish


I. Fanning maqsad va vazifalari



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

I. Fanning maqsad va vazifalari
Kalit so’zlar: yo’nalish, hayot, xavf, xavfsizlik, maqsad, vazifalar, tushuncha, 
bakalavr, mutaxassiz, davlat, inson, yashash, zaruriyat, holat, faktor, omil, 
xususiyat. 
Mamlakatimizda yoshlarni o’qitishning asl maqsadi belgilangan vazifalarni 
bajara oladigan, vatanparvar, davlat siyosatini tushinadigan, fan-texnikaning 
ilg’or yutuqlari to’g’risida bilimga ega bo’lgan, ijtimoiy-siyosiy hayotda 
mo’ljalni to’g’ri belgilay olish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari 
surish va hal etishga qodir hamda o’zi bilan boshqalarni yetaklay oladigan ziyrak 
va tadbirkor kadrlarning yangi va zamonaviy avlodini tayorlashdir. 
Yo’nalishga kirish fani inson va hayot bog’liqligida odamlarning 
yashovchanligini ta’minlash omillari to’g’risida o’quvchilarda tushuncha hosil 
qiladi, odamlarga ta’sir etuvchi faktorlarni o’rganadi. Shu bilan birgalikda fan 
yoshlarda oliy ta’lim faoliyati ko’nikmalarini shakllantirishni maqsad qilib 
qo’yadi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishning muhim xujjatlarida ko’rsatib 
o’tilganidek, oliy o’quv yurtlarining asosiy vazifalari o’rgatilayotgan fanlarni 
mukammal egallagan, o’z mutaxassisligi bo’yicha har tomonlama chuqur va 
mustahkam bilimga ega bo’lgan, mustaqil tafakkur qila oladigan, davlat siyosatini 
halq ommasi o’rtasiga targ’ibot qilishga layoqatli, g’oyaviy e’tiqodli, ijodkor va 
intizomda namuna bo’la oladigan yetuk kishilarni tarbiyalashdan iboratdir.
Ayniqsa, 
yoshlarimizning 
fan–texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirishda 
kompyuter, internet bilan ish yurita oladigan, bilimdon bo’lishlari davr talabi 
bo’lib qolmoqda. Buni har yili muntazam ravishda o’tkazilayotgan “Тalaba va fan-
texnika taraqqiyoti” olimpiadasi nomidan ham bilib olish qiyin emas. Oliy o’quv 
yurtlari halq xo’jaligini malakali mutaxassis bilan ta’minlash manbai bo’libgina 
qolmay, shu bilan birga mamlakat ilmiy tadqiqot majmuasining muhim tarkibiy 
qismi hamdir.
Davlatimizni qaror va ko’rsatmalaridan kelib chiqib, oliy ma’lumotli yetuk 
mutaxassislar tayyorlash, ularning sifatli va samarali bilim olishlarini ta’minlash 


uchun o’quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va jamoat ishlarini yuqori talablar 
darajasiga 
ko’tarish 
maqsadida 
talabalar 
bilan 
ta’limning 
dastlabki 
bosqichlaridayoq muntazam va astoydil shug’ullanish zarurligini kun tartibiga 
qo’ymoqda. Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, talabalarining ko’plari oliy 
maktab metodlarini juda sekinlik bilan o’zlashtiradi, o’z vaqtini to’g’ri rejalashtira 
olmaydi, undan unumli foydalanishni bilmaydi. Ba’zan esa o’z tanlagan kasbi 
haqida yetarli tasavvurga ega bo’lmaydi.
Ma’lumki xayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yo’nalishida bir necha yillardan 
beri “Yo’nalishga kirish” asosiy fan sifatida o’qitib kelinmoqda. Bundan 
ko’zlangan maqsad talabalarni oliy o’quv yurti hayotiga tezroq moslashtirish, 
uning sharoitini o’zlashtirib olishda ko’maklashish bo’lib, oqibat-natijada fanlarni 
yaxshi o’zlashtirishlarida yordam berish, o’zlashtirmaslikning oldini olishdan 
iboratdir.
“Yo’nalishga kirish” fani talabalarni hozirgi halqaro ahvol, davlatimizning 
ichki va tashqi siyosati, o’quv yurtlarining qisqacha taraqqiyoti tarixi, ularning 
tuzilishi va vazifalari, o’quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o’qitish 
jarayonining asosiy shakillarini, o’quv rejalari mazmuni, ilmiy tekshirish ishlari, 
o’qish va ilmiy ishlarni bajarishda texnika vositalaridan foydalanish, talabalarning 
huquq va burchlari, kunlik ish rejimi va mustaqil ishlashni to’g’ri tashkil etish, 
axborot resurs markazlaridan foydalanish, kitob ustida ishlash, tabiat muhofazasi, 
bibliografiya texnikasi kabilar bilan tanishtiradi.
Ushbu kursda materiallarning o’zlashtirilishi uchun nimalar qilinishi lozimligi, 
o’zlashtirishni hisobga olish, talabalarni reyting tizimi va test usullar orqali bilmini 
aniqlashga tayyorlash hamda ularni o’tkazishni tashkil etish, talabalar o’quv 
tadqiqot va ilmiy tekshirish ishlarining asosiy mazmuni, ularning turmushi, 
madaniyati va dam olishini tashkil etish, o’quv mehnati va turmush nafosati singari 
sohalarga ham alohida o’rin ajratiladi. 
Barkamol, komil shaxsni kamol toptirmay turib, jamiyatning moddiy bazasini, 
inteliektual boyligini yaratmay turib, demokratik jamiyatni takomillashtirib 


bo’lmaydi. Hukumatimiz qo’ygan bu vazifa har birimizning zimmamizga katta 
mas’uliyat yuklaydi.
Bu ulug’vor vazifani amalga oshirish uchun yangi kishini shakllantirish 
qonunlarini aniq va ravshan bilib olishimiz kerak. Ayniqsa yoshlarni o’qitish, va 
tarbiyalash ishida bevosita band bo’lgan kishilar buni chuqur bilishlari zarur.
Prezidentimiz Islom Karimov “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, 
dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”yana “Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni 
topib, ularni Vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir”deb 
ta’kidlaganlar. Ushbu murakkab vazifani ado etishlari uchun vatanga sadoqat va 
insonga xos bo’lgan fazilatlar-samimiylik, oddiylik, kamtarinlik, yuksak 
prinsipiallik, do’stona munosabat va talabchanlik, kishilarga hurmat va ishonch, 
ularning taqdiri uchun qayg’urish kabilarni o’zlashtirish, o’ziga singdirib borish 
har bir mamlakatimiz kishisi uchun ayniqsa yoshlarimiz uchun g’oyat muhimdir.
Yuqorida bayon etilgan yuksak insoniy fazilatlar o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, 
albatta. Buning uchun farzandlarimizga hayotning dastlabki qadamlaridan boshlab 
g’amxo’rlik qilishimiz lozim. Maktabgacha tarbiya muassasalari yildan - yilga 
ko’payib va takomillashib bormoqda. O’rta ta’lim maktablarining moddiy 
texnikasi 
va 
binolarining 
qurilishi 
zamonaviylashib, 
o’qitish 
tizimi 
takomillashmoqda. Oliy va o’rta maxsus kasb-hunar tizimida zamonaviy o’quv 
binolari bilan birgalikda laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar zamonaviy jihozlar 
bilan ta’minlanmoqda.
Yoshlarimizning umumiy saviyasini oshirish ko’p jihatdan ularning bo’sh 
vaqtdan oqilona foylanishlariga bog’liq. Chunki yoshlar bo’sh vaqtdan unumli 
foydalanishni bilishlari lozim. Ishyoqmaslik, dangasalik, vaqtni mayda-chuyda 
narsalarga sarf etish umrni behuda o’tkazish bilan barobar. 
Bugungi mamlakatimiz talabalari dunyoda yangi o’zgarishlar yuz berayotgan 
davrda, tub burilishlar davrida yashamoqda, o’qimoqda. Mamlakatimizda sog’lom 
va uyg’un barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar hamda shart 
sharoitlarni yaratish, ХXI asr - inteliektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr 
ekanligini e’tiborga olgan holda, Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama 


barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko’lamli chora tadbirlar 
kompleksi mamlakatimiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan 
dasturlar, ko’rsatmalar asosida olib borilmoqda. Shu sababli bugungi kun yosh 
mutaxassisi – bu mohir tashkilotchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish 
masalasini amalga oshira oladigan xodim hisoblanadi. U odamlar bilan ishlaydi, 
jamoani boshqaradi, jamoa tajribasiga tayanib ish ko’radi, o’z o’rtoqlarining 
maslahatiga quloq soladi, qo’lga kiritilgan yutuqlarga tanqidiy yondoshadi. 
Bunday kishi yuqori madaniyatli, keng mulohazali, tadbirkor, o’z ishining ustasi, 
qisqasi, jamiyatimizning haqiqiy ziyolisidir.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish