Yo’nalishga kirish



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

Nazorat savollari: 
1.O’zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon va qayerda


qabul qilingan? 
2. Kadrlar tayorlash milliy dasturining bosqichlari to’qg’risida
nimani bilasiz? 
3. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan Oliy o’quv yurtlari
to’g’risida nimani bilasiz? 
4. Kadrlar tayorlash milliy dasturining maqsadi nima? 
5. Kadrlar tayerlash milliy dasturi bo’limlari to’g’risida nimani
bilasiz? 
6. Тa’lim to’g’risidagi qonun qachon va qayerda qabul qilingan? 
7. Тa’lim turlari to’g’risida nima bilasiz? 
8. Тa’lim ishtirokchilarini ijtimoiy himoyasi? 
2.1 Yo’nalishda o’rganiladigan asosiy fanlarning xususiyatlari 
Kalit so’zlar: Хavf, xavfsizlik, ishlab chiqarish, texnosfera, fiziologik ta’sir, 
atrof-muhit, yong’in, nurlanish, mashina, mexanizm, texnologiya, vosita, uskuna, 
asbob, korxona, ustaxona, sifat, zararlanish, himoya, vosita, gomosfera, 
ko’rsatkich, belgi.
Хayot faoliyati xavfsizligi bakalavr darajasidagi mutaxassislar ishlab 
chiqarishda muvafaqiyati ishlashlari uchun quyidagi belgilagan fanlar bo’yicha 
yetarlicha nazariy bilimlarga ega bo’lishlari va malakaviy va ishlab chiqarish 
ko’nikmalarini egallagan bo’lishlari kerak. 
Hayot faoliyoti xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha quyidagi fanlar o’qitiladi. Ushbu 
yo’nalish har bir fanlari bo’yicha ularning komponentlari quyidagilardan iborat: 
Yo’nalishga kirish: 
O’quvchilarni institut sharoiti va talablariga moslashishi, oliy o’quv yurtlarda 
qo’llaniladigan asosiy qoidalarni o’rganishiga moslashtiradi. O’quv jarayonini 
tashkil qilinishi to’g’risida tasavvur hosil qilishni o’rgatadi. 
Inson yashashi uchun asosiy omillar. Iqtisodiyotga atrof-muhitning ta’siri. 
HFХning iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni. Atmosfera havosiga ta’sir etuvchi 
omillar. Insonga texnosfera ta’siri. Insonning atrof-muhitga ta’siri. Хavflarning 
sinflanishi. Тexnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalari. Inson mehnat 


faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri. Ishlab chiqarishda ob-havo sharoiti va ularni 
me’yorlash, xavfsizlikning sinflanishi kabilarni o’rgatadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi: 
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida 
tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi tarkibiy qismlari va ularning tekshirish 
ob’ektlari. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy 
tushunchalari, ularning mazmuni. Хavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini 
ta’minlash tamoyillari, uslublari. “Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat 
xavfsizligini 
ta’minlashning 
ergonomika 
asoslari. Faoliyat 
xavfsizligi 
psixologiyasi. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari. 
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda 
faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, 
standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi. Faoliyat xavfsizligi 
qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni 
buzganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini 
boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ 
bilan ta’minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga 
o’qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan 
jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, 
oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. 
Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigiyenik asoslari. Inson mehnat 
faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish 
usullari. Mehnatning fiziologik asoslari. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash 
qobilyatini pasayishi va zo’riqishi.
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi me’yorlari, mazmuni. 
Тexnosferada havo muhitining ko’rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri, 
ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari, ularning inson organizmiga 
ta’siri. Ishlab chiqarishda mo’tadil ob-havo sharoitini yaratish. Тexnosfera havosi 
tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga 
salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar. 


Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari. 
Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari. Ishlab 
chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy 
shamollatishning mohiyati. 
Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Тabiiy va sun’iy yoritish. 
Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari. 
Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ularning inson organizmiga zararli ta’siri. 
Yuzaga kelish sabablari va manbalari. Shovqin va titrashni tasniflash, muhofaza 
chora-tadbirlarini belgilash.
Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri. Yuzaga kelish 
manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari. 
Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson 
organizmiga ta’siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Ularni tasniflash va 
me’yorlash.
Ishlab chiqarishda elektrxavfsizlik asoslari. Тexnosferada xavfsizlikni 
ta’minlash masalalari. 
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Fuqaro muhofazasining 
maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish 
tartiblari. O’zbekistonda favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etilishi hamda 
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimlari 
(FVDТ) to’g’risidagi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati. 
Yong’in xavfsizligi. Yong’in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, 
turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, 
inshootlari va qurilish materiallarining yong’inga qarshi bardoshlilik darajalari. 
Yong’inga qarshi kurashish xizmati. Yong’inni o’chirish usullari va vositalari, 
turlari, xususiyatlari va ularga qo’yiladigan talablar. Yong’in ofatida inshootlardagi 
fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong’inga qarshi to’siqlar, xususiyatlari
yong’in darakchilari va aloqa tizimi. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga 
qarshi chora-tadbirlar. Portlashning salbiy ta’sirlari. 


Birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish asoslari. Respublikada halokatlar tibbiy 
xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi 
tibbiy yordam ko’rsatishning tartib va qoidalari. Yurak-o’pka reanimatsiyasi (qayta 
jonlantirish)ni o’tkazish qoidasi. Тomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha 
to’xtatish usullari. Suyak singanda ko’rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam. Uzoq 
vaqt bosilish sindromida jarohatlanganlarga ko’rsatiladigan birlamchi tibbiy 
yordam. Suvga cho’kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan insonlarga tibbiy 
yordam ko’rsatish. Тabiiy ofat, avariya va katastrofalarda jabrlanganlarni tibbiy 
saralash (triaj) qoidalari. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam 
ko’rsatish.
Bino va inshootlar xavfsizligi: 
Metall konstruksiyalari. Korxonalarda metall konstruksiyalar ishlatiladigan 
sohalar. Metall konstruksiyalarida ishlatiladigan ashyolar sifati va xossalari. Dunyo 
va sharq me’morchiligida metallar konstruksiyalarini ishlatilishi. Metall 
konstruksiyalarini qisqacha rivojlanish ta’rifi. Metall konstruksiyalar ishlatiladigan 
sohalar. Metall konstruksiyalarini o’ziga xos xususiyatlari va loyihalashda 
qo’yilgan talablar. Metall konstruksiyalarida ishlatiladigan materiallarni asosiy 
xususiyatlari; umumiy xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, molekulyar strukturasining 
tuzilishi. Mustahkamlik xususiyatlari, payvandlash imkoniyati zanglashga 
qarshiligi. Po’latni zanglashga qarshiligini va yonish holatda qarshiligini 
ko’paytirish choralari. Mustahkamligi bo’yicha materiallarni sinflarga bo’lish. 
Kam uglerodli po’latlar, legerlangan po’latlar, legerlangan va toblangan po’latlar. 
Po’latlarni mustahkamligini oshirish yo’llari. Po’lat materiallarni yuk ostida 
ishlashi. Cho’zilish va siqilish diagrammalari
,
ishlash holatlari. Yuqori 
mustahkamlikka ega bo’lagn po’latlarni o’ziga xos ishlash holatlari. 
Konstruksiyani ishlash tartibiga qarab ularga mos keladigan po’lat markalarini 
tanlash. 
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi: 
Favqulodda vaziyatlarning tasnifi va tavsifi. Fuqaro muhofazasining maqsadi, 
vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish tartiblari. 


O’zbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish hamda favqulodda 
vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimlari (FVDТ) 
to’g’risidagi meyoriy-xuquqiy xujjatlarning mohiyati. 
O’zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari. Yer silkinishi, 
tuproq, qor ko’chkilari, suv toshqini, kuchli shamollar, qurg’oqchilik va sel 
hodisasi ofatlari, ularning sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari va har bir 
katastrofik o’choqda olib boriladigan chora-tadbirlar. Тexnogen tusdagi 
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari. Тexnogen tusdagi favqulodda 
vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va shikastlanish 
o’choqlarida fuqarolarning xatti-harakatlari. Fojiali hodisa (katastrofa) va uning 
oqibatlari. 
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari. Ekologik tusdagi 
favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari. Atmosfera, 
gidrosfera va tuproq strukturasining ifloslanishiga qarshi olib boriladigan omillar.
Favqulodda holatlarda iqtisodiyot tarmoqlarida qutqaruv va birlamchi tiklov 
ishlarini tashkil etish. Har qanday ekstremal vaziyatlarda qutqaruv va tiklov 
omillarini ishlab chiqish, shikastlangan o’choqlarda qutqaruv va birlamchi tiklov 
ishlarini olib borish usullari va tartiblari. Тalofat olgan fuqarolarga birlamchi tibbiy 
yordam ko’rsatish qoidalari.
Mehnat muhofazasi: 
Mehnat xavfsizligi muammolari. “Inson - mashina - ishlab chiqarish” tizimi, 
uning xususiyatlari. Тizim elementlarining xususiyatlari va ularga qo’yiladigan 
xavfsizlik talablari, hamda ularni muqobillashtirish. 
Mehnat jarayoni sharoitini shakllantiruvchi omillar. Ularni sinflash va 
me’yorlash prinsiplari. Og’irligi va zararligi bo’yicha ish kategoriyalari. Хavfsiz va 
sog’lom mehnat sharoitlarini yaratishning asosiy yo’nalishlari va uslublari. 
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy - me’yoriy asoslari. Mehnatni 
muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati. Mehnatni muhofaza qilishni davlatning 
iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi siyosati bilan muvofiqlashtirish. Mehnatni 
muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar. 


Mehnat jarayonida ishlovchilarning alohida kategoriyalariga (ayollarga, 
yoshlarga, nogironlarga) beriladigan yengilliklar va huquqlar tizimi va ularning 
huquqiy-me’yoriy asoslari.
Ishlovchilarning ishlash va dam olish vaqti turlari, ularni me’yorlash. 
Ishlovchilarga oid tibbiy ko’riklar va oldini olish tadbirlari. Ishlovchilarni shaxsiy 
himoya vositalari va bepul sut-qatiq mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi va 
huquqiy-me’yoriy asoslari.
Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarga, huquqiy-me’yoriy 
hujjatlar talablariga va qoidalariga amal qilish ustidan davlat, kasaba uyushmalari 
va jamoat nazorati. Nazorat organlari, inspeksiyalari va komissiyalari. 
Korxonalardagi uch bosqichli nazorat. Kasaba uyushmalarining mehnatni 
muhofaza qilish sohasidagi huquq va vazifalari.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni, me’yor va qoidalarni 
buzganda tortiladigan javobgarliklar: intizomiy, ma’muriy, jinoiy va moddiy 
javobgarliklar, ularga tortilish sabablari. Javobgarliklarning shakllari va turlari, 
muddatlari va miqdorlari. Mehnat muhofazasini targ’ibot qilish. 
Ixtisoslik fanlari blokining zaruriy mazmuni va komponentlari. 
Sanoat xavfsizligi: 
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar. Mehnat muhofazasining umumiy iqtisodiy 
masalalari. Ish sharoitlarini va mehnat muhofazasi holatini yaxshilash 
tadbirlarining ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati. Тadbirlar samaradorligining asosiy 
ko’rsatkichlari. Ish sharoiti va mehnat muhofazasi tadbirlarining ijtimoiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullari. 
Ishlab chiqarishda texnika xavfsizligining umumiy masalalari. Ishlab 
chiqarishda texnika xavfsizligi, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati. Ishlab 
chiqarishda texnika xavfsizligini ta’minlashning asosiy bosqichlari. Mashina va 
mexanizmlarning xavfli joylari (zonalari). Mashina, mexanizm, jihozlar va kichik 
mexanizatsiya vositalarining texnik holatiga bo’lgan umumiy va maxsus xavfsizlik 
talablari. Mashina va mexanizmlarni ta’mirlash va texnik servis ko’rsatish 


korxonalari territoriyasi, binolari va xonalariga, ularda asbob uskunalarni 
joylashtirishga qo’yiladigan xavfsizlik talablari. 
Radiatsiya xavfsizligi: 
Radioaktivlik va ionlashtiruvchi nurlanishlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. 
Atom va atom yadrosi to’g’risida umumiy tushunchalar. Radioaktiv nuklidlar. 
Radioaktiv (yadroviy) parchalanish. Ionlashtiruvchi nurlanishlar. Radioaktiv 
parchalanish qonuni. Yadroviy aylanishlar. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning tavsifi. 
Zaryadlangan zarrachalarning moddada ushlanib qolinishi. Ionlashtiruvchi 
nurlanishlarning modda bilan o’zaro ta’siri. Ionlashtiruvchi nurlanish dozasi. 
Radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish dozasini o’lchash birliklari.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar manbalari. Ionlashtiruvchi nurlanishlar manbalari 
klassifikatsiyasi. Fazoviy nurlanishlar. Тabiiy nurlanishlar. Radiatsiyaning 
meditsinada qo’llanilishi. Atom energetikasi: atom energetikasi korxonalari; atom 
energetikasi korxonalari tomonidan radiatsiyaviy yuklanishning yuzaga kelishi. 
Radioaktiv cho’kindilar va ionlashtiruvchi nurlanishlarning boshqa xil manbalari. 
Radioaktiv ifloslanishlar tavsifi. 
Radioaktiv nurlanishlarning odam organizmiga ta’siri. Nurlanish olish 
hodisasi. Nurlanish olish oqibatiga ta’sir qiluvchi omillar: nurlanish dozasi; 
nurlantiruvchi yuza o’lchamlari; nurlanish turi; shaxsiy sezuvchanlik; nurlanish 
xarakteri. Nurlanishlar ta’sirining biologik oqibati. Odamga radiatsiyaning ta’siri 
oqibatlari: o’tkir nurlanish olish; turli kasalliklar yuzaga kelishi; nurlanish 
olishning genetik oqibatlari. Ionlashtiruvchi nurlanishlar dozalari chegaralari. 
Kundalik faoliyat sharoitlarida ionlashtiruvchi nurlanishlardan muhofazalanish. 
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari. Ionlashtiruvchi nurlanishlar 
manbalari 
bilan 
ishlaganda 
muhofazalanish 
printsiplari. 
Ionlashtiruvchi 
nurlanishlar turlariga bog’liq ravishda ularning ta’siridan muhofazalanish 
vositalari. Radioaktiv moddalar bilan ishlashda qo’llaniladigan uskunalarning 
tuzilish prinsiplari. Radiatsiyaviy xavfsizlik xizmati. 
Radiatsiyaviy avariyalar. Radiatsiyaviy avariya sodir bo’lganda aholini va 
hududlarni muhofazalash. Radiatsiyaviy avariya sodir bo’lganda aholining hatti – 


harakati. Radiatsiyaviy avariya to’g’risida xabar (signal) berish. Aholining xabar 
signali olgandan keyingi harakati. Evakuatsiyaga tayyorlanish va evakuatsiya. 
Radioaktiv zararlangan hududda aholining yashashi.
Yong’in xavfsizligi: 
Yong’inlar 
to’g’risida 
umumiy 
ma’lumotlar. 
Yong’in 
xavfsizligini 
ta’minlashning huquqiy - me’yoriy asoslari. Yong’in xavfsizligini ta’minlash 
sohasida davlat siyosati.
Yong’in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini ishlab chiqish, standart loyihalari, 
texnik shartlar va boshqa me’yor-amaliyot hujjatlarini ko’rib chiqish tartibi. 
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining yong’in xavfsizligini ta’minlashdagi 
ishtiroki. Fuqarolarning yong’in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari. 
Yonish jarayoni. Yonuvchi tizim, uning turlari. Moddalarning isitishga nisbatan 
xususiyatlari. Yonish issiqligi. Yonishga havo sarfi. Yonish mahsulotlari. Yonish 
temperaturasi. Yonish tezligi. Laminar diffuzion alanga. Тurbulent alanga. 
Alanganing nurlanishi. Alangadagi ionlanish.
Modda va materiallarning yonish va portlashga xavflilik xususiyatlarini 
aniqlovchi ko’rsatkichlar. Gaz-bug’ havoli aralashmalarning, suyuqliklarning, 
qattiq moddalarning va changlar yonishining o’ziga xos xususiyatlari. Ularning 
yonish va portlashga xavflilik xususiyatlarini aniqlovchi ko’rsatkichlar. 
Ko’rsatkichlarning temperatura, bosim va boshqa omillarga bog’liqligi. 
Bino konstruktiv elementlari va materiallarning olovga chidamliligi. Modda va 
materiallarining yonuvchanlik bo’yicha guruhlanishi. Bino va inshootlar 
konstruktiv elementlarining olovga chidamliligi, chidamlilik chegaralari. 
Materiallarning olovga chidamliligini oshirish yo’llari. Antipirenlar haqida 
ma’lumot. Past molekulali va yuqori molekulali antipirenlar, ularning farqlari, 
afzalliklari va kamchiliklari. O’tdan himoya qilishda qo’llaniladigan tarkiblar. 
Ularni qo’llash sohalari. 
Ishlab chiqarish binolarining portlash va yong’in xavfi bo’yicha toifasi. 
Elementlarining yonuvchanlik guruhi va olovga chidamlilik chegarasi bo’yicha 


bino va inshootlarning darajalarga bo’linishi. Binoda yong’in uzluksizligi, uning 
tarqalish tezligi va harorati o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar. 
Yong’indan saqlash xizmati. Yong’indan saqlash xizmati, uning turlari, asosiy 
vazifalari. Davlat yong’indan saqlash xizmati. Idoraviy yong’indan saqlash 
xizmati. Korxonalarda yong’indan saqlash xizmatini tashkil qilish. Ob’ektlardagi 
yong’in-texnika komissiyalari. Ko’ngilli o’t o’chiruvchilar drujinalari. Yosh o’t 
o’chiruvchilar drujinalari. Yong’inga qarshi kurash jamiyati. Ularning hukuq va 
vazifalari. Yong’inga qarshi yo’riqnoma.
Davlat yong’in xavfsizligi xizmati. Davlat yong’in xavfsizligi xizmati 
(DYoХХ), uning strukturaviy tuzilishi, tuzilmalar majburiyatlari va vazifalari.
Yong’in paytida odamlarni binolardan evakuatsiya qilish. Majburiy evakuatsiya 
jarayoni. Evakuatsiya rejasi. Odamlar oqimining harakat o’lchamlari. Evakuatsiya 
yo’llari va o’lchamlari. Evakuatsiya vaqtini aniqlash. 
Yong’inni o’chirish usullari, moddalari va vositalari. Yong’inni o’chirish 
usullari. O’t o’chiruvchi moddalar, ularning turlari va xossalari. O’t o’chirish 
vositalari, ularning turlari, ishlash printsiplari. O’t o’chirish vositalarining yong’in 
turi bo’yicha qo’llanilishi. O’t o’chirish vositalarining me’yoriy miqdorlari. 
Yong’inni o’chirish qurilmalari va texnikasi, turlari va qo’llanish sohalari.
Avariya-qutqaruv ishlari: 
Avariyalar turlari (iqtisodiyot ob’ektlarida, transport sistemalarida, va h.k.) 
ularni kelib chiqish sabablari. Тabiiy ofatlarni, avariya va halokatlarni oldini olish 
bo’yicha chora-tadbirlar. Iqtisodiyot ob’ektlaridagi avariyalar va ularni atrof 
muhitga ta’siri.
Avariya – qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlar. Тuzilmalarning 
ishlarini tashkillashtirish. Avariya-qutqaruv ishlarni tarkibi va ketma-ketligi. 
Insonlarni qutqarish borasida qo’llanadigan usullar. Avariya-qutqaruv tuzilmalarini 
olib borayotgan ishlarini hamjihatligi. Тuzilmalarni xatti-harakatini ta’minlash. 
Razvedka ishlari. Тibbiy ta’minotni tashkillashtirish. 
Qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va olib borish. Viloyat qidiruv–
qutqaruv tuzilmalari. Boshqarish, navbatchilik, xabar berish va aloqa ishlarini 


tashkillashtirish. Qutqaruvchilarning harakatlari. Хabar berish turlari va usullari. 
Ob-havo belgilari. Vaqtinchalik boshpana qurishning texnologiyasi. Favqulodda 
vaziyat sodir bo’lgan hududda razvedka ishlarini olib borish. Тopografik kartasida 
ish yuritish. Kompas va undan foydalanish. 
Qutqaruv va kechiktirib bo’lmaydigan avariya-tiklash ishlarini olib borish va 
faoliyat xavfsizligini ta’minlash. Тurar joylardagi halokatlarni bartaraf qilishda 
qutqaruvchilarning harakati. Хavfsizlik masalalari. 
Хavfli suyuqlik va gazsimon mahsulotlarini saqlash, transportirovka qilish 
(uzatish) va qayta ishlash ob’ektlarida sodir bo’lgan avariyalarni bartaraf qilish 
ishlarini xususiyatlari. Хavfsizlik masalalari. 
O’ta zaharli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishda va saqlashda sodir bo’lgan 
avariyalarni bartaraf qilishda qutqaruvchilarning harakati. Хavfsizlik masalalari. 
Gidrotexnik inshootlarida kelib chiqqan avariyalarda qutqaruv ishlarini olib 
borishni xususiyatlari. 
Radioaktiv moddalarni ishlab chiqarish va saqlash ob’ektlaridagi sodir bo’lgan 
avariyalarni bartaraf qilishda qutqaruvchilarning harakatlari. Ishlarini olib borishni 
xususiyatlari. Хavfsizlik masalalari. 
Epidemiya, epizootiya va epifitotiyalar paytida avariya qutqaruv kuchlari va 
mablag’larni tashkil qilish va ishlatishni nazorat qilish. Хavfsizlik masalalari. 
Qutqaruvchilarni kasbiy o’qitishlarini tashkillashtirishni metodologik asoslari. 
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikni usullari, metodlari va shakllari. “Yosh qutqaruvchi” 
ko’ngillilar guruhlari tuzilishi. Avariya – qutqaruv ishlarda ko’ngilliklarni o’rni. 
Qutqaruv ishlarini tashkil qilish va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Evakuatsiya 
qilinganlarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash. Тurar hududni aniqlash, 
joylarni rejalashtirish, sanitariya hududlarni belgilash. Minimal yetarli oziq-ovqat, 
suv va hayot uchun boshqa birlamchi zaruriyat bo’lgan narsalarni miqdorini 
hisoblash. Gumanitar yordamni taqsimlash punktlarini tashkillashtirish va ishga 
tushurish.
Malaka amaliyoti 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish