Yong‘in xavfsizligi profilaktikasi


YONG‘INLARDA ODAMLARNI XAVFSIZ YO‘NALISH BO‘YICHA YO‘NALTIRISH



Download 323,5 Kb.
bet17/33
Sana29.01.2022
Hajmi323,5 Kb.
#415459
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
2 5298571058515808880

YONG‘INLARDA ODAMLARNI XAVFSIZ YO‘NALISH BO‘YICHA YO‘NALTIRISH.


BIRINCHI O‘QUV SAVOLI:
ZINAPOYALAR VA YO‘LAKLAR O‘RNATILISH TARTIBI.
Zinapoyalar va yo‘laklar o‘rnatilish tartibi. Evakuatsiya uchun mo‘ljallangan zina shu jumladan zina kataklari joylashgan zinalar eni undan istalgan evakuatsiya chiqishi joyi (eshik) enidan kam bo‘lmasligi lekin odatda:
a) 1,35 m dan - F1.1 sinfga mansub bino uchun;
b) 1,2 m dan - birini qavatdan tashqari, istalgan qavatda mavjud odamlar soni 200 kishidan ko‘p bo‘lgan binolar uchun;
v) 0,7 m dan – yakka ish joylarini olib beruvchi zinalar uchun;
g) 0,9 m dan – qolgan hamma xonalar uchun kam bo‘lmasligi kerak.
Evakuatsiya yo‘llarida zina qiyaligi, odatda 1:1dan ortiq; pog‘ona eni, odatda 25 sm dan balandligi esa 22 sm dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Yakka ishchi o‘rinlariga o‘tish joylari uchun zinalar qiyaligi 2%gacha ko‘paytirish mumkin. Egri chiziqli tantanavor zinalar tor qismida pog‘onalar enini 22 sm gacha, faqat umumiy ish o‘rinlari 15 kishidan kam bo‘lgan xonalar (A va B toifadagi F5 sinfga mansub xonalardan tashqari) olib boruvchi zinalar pog‘onalari eni 12 sm gacha kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
Uchinchi turdagi zinalar odatda K1 sinfga mansub, yong‘inbardoshlik chegarasi REI-30 dan kam bo‘lmagan devorlarning tuynuksiz (yorug‘lik tushish bo‘shliqlari) qismida yonmaydigan ashyolardan tayyorlashish lozim. Bu etajlar evakuatsiya chiqish joylari satxida 1,2 m balandlikda to‘siqli maydonlarga ega bo‘lishi va daraja bo‘shlig‘idan 1 m dan kam bo‘lmagan masofada joylashishi lozim.
Zina maydonlari eni, zinapoya enidan kam bo‘lmasligi, kengaytirilgan eshikli liftlarga chiqish oldida zinapoya eni va lift eshigi enining yarimi yig‘indisidan, ammo 1,6 m dan kam bo‘lmasligi bo‘lishi shart. To‘g‘ri zinapoyalarda ora maydonchalar eni 1m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Zina katagiga chiquvchi eshiklar ochiq holda zina maydonlarini va zina poyalarni enini kamaytirmasligi kerak.
Zina kataklarida gaz quvurlari va yonuvchi suyuqliklar quvur o‘tgazgichlarini, tirkash shkaflarni, kommunikatsiya va yong‘in jumraklari uchun shkaflardan tashqari, elektr kabellari va simlari (yo‘laklar zina kataklarni yoritish uchun elektr o‘tkazgichlar bundan mustasno) istalgan xonalarni jipslashtirib qurish, yuk liftlari va yuk ko‘targichlaridan chiqish joydarini nazarda tutish, hamda devor satxida pog‘ona va zina maydonchasi yuzasidan 2,2 m gacha balandlikda, bo‘rtib chiqib turuvchi jixozlar joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Balandligi 28 metrdagi bo‘lgan binolarda odatiy zina kataklarida axlat o‘tkazgichlar va xonalarini yoritish uchun elektr o‘tkazgichlar nazarda tutishga yo‘l qo‘yiladi.
Oddiy zina kataklarning xajmida faqat saqlash xonalarni joylashtishga ruxsat beriladi.
Birinchi yoki ertula qavatning zina katagining ostida isitish, suv o‘lchagich, elektr asboblarni tekshirish uchun xonalarni joylashtirish lozim.
Zina kataklaridan tutun qolmaydiganlaridan tashqari 1-qavatda pastga tushmaydigan ikkidan ko‘p bo‘lmagan lift joylashiga ruxsat etiladi.
Tutun qoplamaydigan zina kataklarida birinchi qavatdan pastga tushmaydigan, lift shaxtarini to‘suvchi qurilmalari yonmaydigan ashyolardan bo‘lgan, ikkitadan ko‘p bo‘lmagan lift joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Binolar tashqarida joylashtirilgan lift quduqlari faqat yonmaydigan konstruksiyalardan to‘suvchi qurilmalarini ishlatish mumkin va ularning yong‘in bardoshlik chegarasi me’yoriy qoidalarga teng bo‘lishi shart emas.
Tutun qoplamaydigan zina kataklarida faqat isitish jihozlari joylashtirish mumkin.
Zina kataklari bevosita tashqariga bino atrofidagi hududga chiqishi kerak. Zina kataklaridan, shuningdek vestibyulga chiqish mavjud bo‘lsa, u holda vestibyul yo‘laklari va yonidagi xonalardan 1-turdagi yong‘inga qarshi par devorlar bilan ajratilgan bo‘lishi lozim
Ikkita zina kataklaridan evakuatsiya chiqish joyilar bo‘lganda va ular umumiy vestibyul tomondan chiqish joyi orqali bevosita tashqariga chiqishi lozim.

Download 323,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish