Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari jdpi talabasi. Majidov Humoyun Ilxom o‘g‘li



Download 25,76 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi25,76 Kb.
#792646
Bog'liq
Humoyunbek Majidov Maqolasi


Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari
JDPI talabasi. Majidov Humoyun Ilxom o‘g‘li.
Inson va jamiyat bir joyda turmaydi,doim o‘zgarib boradi. Biz yashab turgan hozirgi vaqtni Globallashuv davri deb nomlanishi odatiy holat bo‘lib ulgurgan. Ma’lumotlar uzatish vositalarining rivojlanishi,barcha davlatlarda kiritilgan yagona axborot tizimini yaratishiga xizmat qiladi.Aynan Internet tufayli Lokal axborot tarmoqlari yagona Global tarmog‘iga birlashadi.Keyingi vaqtlarda butun Dunyoda OAV,Internet tarmoqlaridan foydalanish judayam avj olmoqda.Internet tarmog‘i axborot sohasida tub burilishlar yasamoqda.Endilikda an’anaviy OAVning Informatsion texnologiyalar orasida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p jihatdan Global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Bu borada Yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyev “Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa Global axborot tizimlaridan kengroq foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi’’,- deya ta’kidlab o‘tganlar.Shuni alohida qayd etish lozimki,вiz yoshlarning kitob o‘qimasdan Internet va OAV dan keraksiz ma’lumotlarga kirib, o‘sha ma’lumotlar orqali miyamizda bo‘sh qolgan bo‘shliqni to‘ldirishimiz, har xil bo‘lar-bo‘lmas videolar, kino,kliplar,terrorizm va diniy ekstremizim g‘oyalariga chorlaydigan har xil ma’lumotlarni ko’rishimiz ayrim yoshlar hayotini virtiallashuviga,izdan chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Shu keraksiz ma’lumotlar o‘rniga kerakli ma’lumotlardan olib ma’naviyatimizni boyitsak,ko‘proq kitob o‘qisak bizni hechkim, hechqachon yenga olmaydi.Aksincha, bo‘shliqni har xil yod g‘oyalar,pornografik ma’lumotlar bilan to‘ldirsak,salbiy oqibatlarga olib kelishi,qolaversa o‘zimizni-o‘zimiz tubanlikka etaklashimiz mumkin.Shu sababli, biz yosh avlodni dunyoqarashini kengaytirish va bilimlarimizni oshirishda mazkur axborot manbaalaridan,ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri ma’noda foydalansakkina o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz.
,,Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan,zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakkam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi’’,- deya ta’kidlagan Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev. Haqiqatdan ham biz yoshlarni tarbiyalash judayam katta dolzarb masalaga aylanib qolmoqda.Shu o‘rinda yoshlarimiz ma’naviyatini,dunyoqarashini shakllantirishda,bilimini boyitishda ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy-merosini o‘rganish ham muhim hisoblanadi.
Zero, Yusuf Xos Hojib bobomizning ,,Qutadg‘u Bilig’’kitobida Bilim haqida juda ko‘plab fikrlar keltirilgan. Zero;
Uquv qut beradi,bilim-sharaf-shon
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Bunga ishonmasang shubha qilsang, ko‘zingni katta och.Ко‘zingni zakovat nuri bilan yoritib kо‘r. Menga donishmandlarning bitta hikmatli so‘zi yaxshi ma’lum; bilimdon o‘z bilimlari tufayli balo-ofatlardan omon qoladi.Telba nodon kishi o‘lsa, ajablanmaslik kerak; aslida ularning tirik chog‘lari ham o‘limdan farq qilmaydi. Uquv-idrok kishini pokiza qiladi.Bilim esa yuksaltiradi. Bilim va zakovat kishiga qo‘yilgan o‘ziga xos kishandir.Kishanlangan ot,odatda yovuz va yaramas narsalardan uzoq bo‘ladi. Shuningdek, suyukli, zo‘r otlar ham ko‘pincha tushovlangan bo‘ladi.Suyukli otning tushovlanishiga sabab-uning ehtiyotlanishi.
Kishanlik qocholmas,kerakcha yurar,
Tushoqlik ketolmas,turguncha turar.
Zakovat o‘zaro ont ichib do‘stlashgan kishilarga o‘xshasa, bilim yaqin qarindoshlarga o‘xshaydi.
Bilimsizga dushman bilim,qilig‘i,
Yetar ikkovining shu qilg‘ilig‘i.
Shunga o‘xshar endi bu turkcha maqol,
O‘qigin uni sen,dil-u jonga ol;
Uquvli kishiga zakovati esh,
Bilimsiz kishiga mukofot-so‘kish.
Bilimliga bilim tugal to‘n,osh-ey
Bilimsiz qilig‘i yovuz yo‘ldosh-ey.
Ey zakovatli inson. Ezgu yo‘lni-bilim yo‘lini tanlagin.Agar qahru g‘azab ishga tushadigan bo‘lsa, barcha tiriklig-u kechayotgan hayoting bekordur, deb ta’kidlaganlar.
Shunday ekan, biz yoshlar o‘z kelajagimizni yaratishimiz uchun,hozirgi kunda bizlarga berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib,vaqtimizni bekorchi narsalarga sarflamasdan, Internetdan va OAV dan to‘g‘ri yo‘llarda foydalansak,ma’naviyatimizni,bilimimizni boyitish uchun ko‘proq кitob o‘qisak,dunyoqarashimizni kengaytirsak bizga hechkim teng kela olmaydi.Biz o‘zimizni kelajagimizni o‘zimiz yaratamiz,uni qanday yaratish o‘zimizga bog‘liq.
Biz har tomonlama bilimli bo‘lsak kelajagimiz porloq bo‘ladi,Vatanimiz taraqqiyotiga, gullab yashnashiga o‘z bilimimiz,fikrlashimiz orqali hissa qo‘sha olamiz.Shunday ekan, o‘z kelajagimiz, maqsadimiz yo‘lida doimo o‘qib o‘rganmog‘imiz,izlanmog‘imiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1.Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ,,Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik’’ Toshkent-2021.
2.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov,,Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch’’ asari Toshkent-2008.
3.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida’’. Toshkent-1997.
4.Yusuf Xos Hojib ,,Qutadg’u bilig’’asari. Toshkent-2007.
5.OAV,Internet saytlari.,,ZiyoNet’’..
Download 25,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish