Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida tarbiya berish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi



Download 1,02 Mb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#310826
  1   2   3   4
Bog'liq
referat Zilola



Reja:


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. O’zbekistonda musiqa san’atining rivojlanish tarixi.

  2. O’zbek xalq musiqasining qo’shiqlari badiiy mazmuni va hayotiy o’rni

  3. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllan-tirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar.

  1. Xulosa.

“YOSHLARGA MILLIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYA BERISH BUGUNGI KUNNING ENG MUHIM VAZIFALARIDAN HISOBLANADI”.


I. KARIMOV.

Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3907 qarorida mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, maktabgacha ta’limning zamonaviy tizimi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy qilinmoqda, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari hamda nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda.

Hayotimizning barcha jihatlarida, jumladan yosh avlod ta’lim tarbiyasida ham keskin o’zgarishlar sodir bolmoqda. Ma’naviyatimizni qayta tiklash yanada boyitish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy kamoloti yosh avlodni say harakatlariga bog’liq ekanligi hammamizga ma’lumdir. O’sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajagi ham ta’lim tarbiyaga jiddiy e’tibor berish asosida to’g’ri yo’naltirish mumkin.

Bir so’z bilan aytganda musiqa san’ati hayotni o’rgatadi, tasvirlaydi va ifodalaydi. Shu bois musiqa o’quvchilarda estetik g’oyalarni tarbiyalash orqali ularning ma’naviy va ahloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirishda, ularda oliyjanob fazilatlarini shakllantirishda ta’sirchan vosita bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilarning hayot tajribasi aql idrokini o’stirib borishida Vatan tuyg’usi kundalik odatdan e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e’tiqodga aylanishi har bir inson qalbida ichki ma’naviyatning ifodasini belgilab beradi.

Milliy Vatanparvarlik deganda esa, bu o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon, insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o’z eliga sadoqat axloqiy ma’naviy qadriyatlar, g’oyalar, qarashlar yig’indisi tushuniladi. Umumiy ta’lim maktablarida Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash musiqa ta’limining asosini tashkil etadi. Bunda musiqa ta’limining milliy asosi muhim rol o’ynaydi.



Garchi musiqa madaniyati fani dasturida o’zbek xalq musiqasi og’zaki an’anadagi o’zbek musiqasi ma’lum tartibda berilgan bo’lsada shunga qaramay boy musiqa madaniyatimizni mahalliy uslublarini hisobga olgan holda har bir dars mazmunida milliy musiqa tavsiya etilgan. Bunda ayniqsa vocal xor mashqlari sifatida xalq kuy va qo’shiqlaridan parchalar berilganligi maqsadga muofiqdir. Musiqaning bu fazilatlari har bir sinfda o’quvchilrning yosh xususiyatlari, hayotiy tajribalari, musiqiy bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda foydalaniladi.

O’rta sinflarda o’quvchilarni hayotiy tajribalari boyigan aniq (konkret) fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyoqarashlari tarkib topayotgan davri bo’ladi. Shunga muofiq o’rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib boradi.

Xalq musiqasi ohanglari o’zbek kompazitorlari ijod etgan Ona vatanimiz, jonajon O’zbekistonimiz go’zalligini ularga mehr-muhabbatni madh etishga bag’ishlangan xilma-xil musiqiy asarlar juda katta tarbiyaviy ahmiyatga ega. Vatanparvarlik eng avvalo kindik qoni tokilgan joyga qarindosh urug’, el-yurt, ona zaminga bolgan hurmat e’tibor mehr- muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirishda O’zbekistonning davlat ramzlari bayroq,gerb, madhiya, o’zbek tili, konstitutsiya o’quvchilarni o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi. Dasturga kiritilgan turli vocal va musiqiy xususiyatga ega bo’lgan qo’shiqlarni ahmiyati kattadir. O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi qo’shiq kuylashdir, chunki musiqaga bo’lgan qobilyatini o’stirish, musiqa san’atiga bo’lgan mehr va qiziqishini oshira borish vazifasi o’quvchilarning o’z faolligi jarayonida muvafaqqiyatli bajariladi.

Xalqimiz yaratgan musiqa durdonalari, har soniyada- tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada o’z fidoiysini topadi. Milliy musiqa atrofdagi hodisalarni go’zallikni idrok etishga va qadrlashga o’rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiradi. Ma’naviy olamni kengaytiradi. Shu bois musiqani tilsiz falsafa deb bejizga aytishmagan.

O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va merosga ega.Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati, oliy insoniy fazilatlari, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi tasvirlanadi. Bu buyuk ma’naviyatimizni, yosh avlodlarga yetkazishda, milliy tafakkurni shakllantirishda benazir vositadir.”O’zbek musiqasi” keng mazmunli, serko’lam tushuncha bo’lib,u o’z ichiga musiqiy merosning ikki qatlamini: xalq musiqasi va kasbiy musiqa hamda zamonaviy ijodiyot (bastakorlik)sohalarini qamrab oladi.O’zbek musiqasining maqsadi, yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan madaniyatli inson darajasiga yetkazishdan iborat. Ma’lumki, musiqa san’ati estetik idrokning bitmas tuganmas manbaidir, inson qalbi va yuragini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Inson doimo go’zallikka intilishi va kundalik hayotda shu go’zallik qoidalariga amal qilishi kerak. Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi juda zarur. Bu yosh avlodni o’zbek xalqining musiqa an’analari bilan tanishtirib, uning nafosatli his-tuyg’ularini rivojlantirishimiz,musiqa ta’limimizni saviyasini oshiradi. O’quvchilar, kuy-qo’shiqlar orqali milliy musiqa san’atini o’rganadilar.O’zbek xalqi ko’p asrlik taraqqiyot tarixiga bo’lgan an’analar soxibidir. O’zbek musiqa san’atini ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadim madaniyatning ko’pdan-ko’p obidalari buyuk o’zbek mutafakkirlari, yozuvchilari, shoirlari Al Farobiy, Abdurahmon Jomiy, NIzomiylar lirikasida keyinchalik ma’rifatparvarlar Muqimiy, Furqat, Hamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish sohasida talaygina qiziqarli fikrlar bild irilgan.Musiqa ta’limining katta e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o’qitish masalalariga ko’plab ilmiy va amaliy g’oyalar bildiradi.U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisidir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O’zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san’ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo’lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”, “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.

O’zbek xalqining professional musiqa madaniyati xalq va ijod maxsuli bo’lgan musiqa asarlari, og’izdan-og’izga o’tib kelayotgan an’analar zamirida rivojlangan. U bizgacha xofizlar, musiqachilar, baxshilar orqali yetib kelgan. Unga xalq ijodining eng yaxshi na’munalari, hamda professional ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan. So’ngi yillarda olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari XVIII asrda o’ziga xos nota yozuvi bo’lganidan dalolat beradi. 1920-yilda professional musiqa og’izdan-og’izga o’tib tarqalgan.

Xalqning bayram marosimlari masalan;bahorda kun vat un barovarlashuvi –Navruz keng tarqalgan. O’rta asr yozuvchilari musiqani olam tuzulishi bilan, tabiatdagi o’lish va tirilish haqidagi miflar bilan bog’lashga bo’lgan intilishlarini ham ko’rsatib o’tganlar.






Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish