Yozuv – insoniyatning buyuk kashfiyoti Ilk yozuvning paydo bo‘lishi



Download 20,44 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi20,44 Kb.
#796431
Bog'liq
Yozuv – insoniyatning buyuk kashfiyoti


Reja:


  1. Ilk yozuvning paydo bo‘lishi

  2. Qadimgi yozuvlar va ularning turlari

  3. Alifboning vujudga kelishi

Yozuv – insoniyatning buyuk kashfiyoti


Ilk yozuvning paydo bo‘lishi
Yer yuzida ilk yozuv belgilari dastlab Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) xalqlari tomonidan yaratilgan.
O‘tmish tarix, odamlar yaratgan hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib keldi.
Yozuv – kishilar o‘rtasidagi aloqaga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimidir.
Yozuv bugungi shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘lgunicha uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Misr iyerogliflari
Olimlar dastlabki yozuvlarni uzoq vaqtgacha o‘qiy olmadilar. Chunki, bu yozuvlar bugungi yozuvlardan keskin farq qilgan. Ular aslida harf bo‘lmasdan, biror ma’noni anglatuvchi qandaydir belgilardan iborat bo‘lgan. Ikkinchidan, ular bugungi kunda hech kim gaplashmaydigan tillarda yozilgan. Shunday bo‘lsa-da, olimlar tinimsiz izlanishlari natijasida ularning ko‘pchiligini o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.
Qadimgi yozuvlar va ularning turlari
Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turlarga bo‘lganlar. Ulardan dastlabkisi «eslatuvchi belgilar» deb yoki chig‘anoqlardan foydalanilgan. Ajdodlarimiz yozuvning «buyumli yozuv» deb ataluvchi turidan ham foydalanganlar. Masalan, qo‘rg‘on rasmi marhum ko‘milgan joyni, nontuz esa do‘stlikni anglatgan. Qadimgi yozuvning yana bir turi «rasmli yozuv» edi. Qadimgi ajdodlarimiz turli hayvonlarning rasmlarini toshlarga, suyaklarga va g‘orlarning devorlariga o‘yib tushirganlar. Ular faqat rasmgina
bo‘lib qolmay, biror holatni anglatuvchi o‘ziga xos axborot ham edi.
Hayot rivojlanib borgani sari rasmli yozuvlar kishilar ehtiyojini qondira olmay qoldi. Ular ancha mukammalroq yozuvga ehtiyoj seza boshladilar. Natijada yozuvning yangi turi – «So‘z yozuvi» shakllandi. Qadimgi Misr hamda Xitoy iyerogliflari, Shumer mixxati va boshqalar buning dastlabki namunalari bo‘ldi.
Xitoy iyerogliflari
Biroq, iyerogliflar bilan yozish oson ish emas, chunki ko‘p miqdordagi iyerogliflarni
yodda saqlab qolish og‘ir edi. Hayot endi «alifboli yozuv» kashf etilishini talab qila boshladi.

Alifboning vujudga kelishi
Siz maktabingizning 1-sinfiga qabul qilinganingizda qo‘lingizga ushlagan birinchi kitobingiz «Alifbe» bo‘lganligini eslasangiz kerak. U boshlang‘ich savod chiqarish kitobi edi. Alifbo arabcha «alif» va «bo» harflarining o‘zbek tilida qo‘shib aytilishidir.
Alifbo – biror tilning yozuvi uchun qabul qilingan va qat’iy ketmaketlikda joylashtirilgan yozma belgilardir. Bu belgilar harf deyiladi. «Alifbo» so‘zi esa arab alifbosining birinchi harfi (alif) va ikkinchi harfi (bo)ning qo‘shib aytilishidan hosil bo‘lgan so‘zdir.
Dunyoda birinchi alifboni, ya’ni harfli yozuvni miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalarida qadimgi finikiyaliklar yaratishdi va u finikiy yozuvi deb ataldi.[1]
Finikiy alifbosi
Finikiy alifbosi 22 ta harfdan iborat bo‘lib, u o‘ngdan chapga qarab yozilgan. Finikiy tilidagi so‘zlarni shu 22 ta harf bilan yoza olish ulkan hodisa edi. Finikiy yozuvi boshqa mamlakatlarda ham tez tarqala boshladi. Ular finikiy alifbosini o‘z tillariga moslashtirib oldilar. Dunyodagi hozirgi yozuvlarning beshdan to‘rt qismidan ko‘prog‘ining asosida finikiy yozuvi yotadi.
Hatto hozirgi kundagi lotin va kirill yozuvlari ham finikiy yozuvidan kelib chiqqan.
Miloddan avvalgi IV–III asrlarda lotin alifbosi yaratildi.[2] U bir necha asrlardan so‘ng G‘arbiy
Yevropaning ko‘plab xalqlari yozuviga asos bo‘lib xizmat qildi. Keyinchalik esa arab alifbosi yaratildi. Rus alifbosi kirillitsa deb atalgan eski slavyan alifbosi asosida vujudga keldi. Eski slavyan alifbosini qadimgi Vizantiyalik aka-uka Kirill va Mefodiylar IX asrda qadimgi yunon alifbosi asosida yaratdilar. Yaratilgan yangi alifbo Kirillning sharafiga kirillitsa deb ataldi. X asr oxirlarida qadimgi Kiyev Rusi davlati ham bu yangi alifboni qabul qildi va u rus tiliga moslashtirildi. Hozirgi zamon kirill-rus alifbosida 33 ta harf va 2 ta belgi mavjud.
O‘zbekistonda yozuv
O‘zbek xalqi qadim zamonlardan beri turli yozuvlardan foydalanib keldi. Bular xorazm, sug‘d, urxun-yenisey, arab, kirill-rus va lotin alifbolariga asoslangan yozuvlardir.
Xorazm va sug‘d yozuvlaridan ajdodlarimiz deyarli ming yil davomida foydalandilar. Sug‘d alifbosi dastlab 23 ta harfdan iborat bo‘lgan. Bu alifboda so‘zlar o‘ngdan chapga qarab yozilgan. O‘zbekistonda bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanilmoqda.
Download 20,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish