Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi



Download 117,32 Kb.
bet4/19
Sana08.06.2022
Hajmi117,32 Kb.
#645087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
YuMB kimyosi laboratoriyaya 2021-2022 y

1-Topshiriq. Chiziqli polimerlarning miqdori aniqlansin.
2-Topshiriq. Polistirol bir necha fraksiyalarga ajratilib, ularning solishtirma qovushqoqligi va molekulyar og’irligi topilsin.
1-Rasm. Qaytarma sovutgich va qorg’ich bilan jihozlangan reaksion probirka.
3-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: METILMETAKRILATNI TURLI ERITUVCHILARDA POLIMERLANISHI
Isdan maqsad: Erituvchining tabiatini polimerlanish reaksiyasiga, polimerning hosil bo’lish miqdoriga ta’sirini o’rganish.
Reaktivlar: Metilmetakrilat, azobisizobutironitril, CCl4, benzol, petroley efiri, xloroform.
Jihozlar: 100 sm3 li yumaloq kolba (3 ta), sovutgichlar (3 ta), 100 sm3 va 250 sm3 hajmli stakanlar, fosfor chashkalari (3 ta), viskozimetr, sekundomer, termostat, quritgich shkaf, soat shishasi.
Ishning bajarilishi: Stakanga 30 gr metilmetakrilat va 0,3 gr inisiator solinadi. Olingan eritmani uch teng hajmga bo’lib, kolbalarga quyiladi. Har bir kolbaga 40 gr dan erituvchilardan birortasi quyiladi (CCl4, benzol, aseton). Kolbalarni sovutgichi bilan aralashtirilib 700C li termostatga o’rnatiladi. Reaksiya 3 soat olib boriladi. Har bir eritmadan stakanda petroley efiriga polimer cho’ktirilib olinadi. Polimerlarni farfor chashkalarida quritilib, polimer eritmasi tayyorlanadi va viskozimetrik usul bilan polimerlarning molekulyar massasi topiladi.


4-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: ADIPIN KISLOTASINI DIETILENGLIKOL BILAN POLIKONDENSATLANISHI
Ishdan maqsad: Polikondensatlanish reaksiyasiga haroratning ta’sirini o’rganish.
Reaktivlar: Adipin kislotasi, dietilenglikol, n-toluolsul’fokislota, xloroform, etil spirti, KOH (0,1 N spirtli eritmasi), fenolftalein, inert gaz (yoki azot).
Jihozlar: 100 sm3 sig’imli 4 og’izli kolba, mexanik aralashtirgich, termometr (2000C li), sovutgich, shisha tayoqcha, stakan yoki kolba, rezina nok (kapillyarlik), soat oynasi.
Ishning bajarilishi: Reaksion kolbaga 9,5 ml (0,1 mol) adipin kislotasi va 0,152 gr (0,8 mol) n-toluolsul’fokislota solinadi. Dastlab qizdirilgan Vud qotishmali hammomga kolba o’rnatiladi. Naychadan inert gaz o’tkazib qo’yiladi va polikondensatlanishni 1500C da olib boriladi. Termometr o’rnatilgan joydan reaksiya davomida namuna olib turiladi. Birinchi namuna 45 minutda, keyingilari esa har 15 minutda olib turiladi. Shunday ishni 1600C, 1700C va 1800C larda ham o’tkaziladi. Kolbadan namuna olayotganda aralashtirgich to’xtatib turiladi va kapilyarli rezina noki bilan 1 ml cha namuna olinadi. Olingan namuna juda tezlik bilan avvalo tortilgan stakanga puflab tushuriladi. So’ng stakanga 10 ml xloroform quyiladi va ustiga 10 ml etil spirti quyilib, polimer eritmasi hosil qilinadi. Eritma 0,1 N KOH ning spirtli eritmasi bilan titrlanadi.
Reaksiya uchun balans tenglamasi yozilsa, quyidagi ifoda hosil bo’ladi:
W=SNo+(1-P)18No+190rNo
W-reaksion aralashmadan olingan namunaning og’irligi, gr; No-namunadagi zvenolarning mollar soni, P-reaksiyaning tugallanish darajasi, r-katalizatorni mollar sonini zvenoning mollar soniga nisbati. 190- n-toluolsul’fokislotaning molekulyar massasi. r=0,004 ga teng, S esa bir efir bog’iga to’g’ri kelgan polimer zvenosining molekulyar og’irligi.
S=Ma+Md-2Mb*H2O/2=108
Ma – adipin kislotasining, Mb – esa dietilenglikolning molekulyar massasi. Olingan namunani titrlash uchun sarf bo’lgan ishqorni miqdori B quyidagi ifoda bilan xarakterlanadi:
B=(1-P)No+rNo
B ning ma’lum qiymatlarida polimerning molekulyar massasi hisoblanadi.
Pn=1/1-P=E-18/S+190*r-rE
Bu erda E=W/B; tekshirilayotgan sistemaga yuqoridagi ifoda shunday yoziladi:
1/1-P=E-18/108,76-0,004E
Olingan natijalar asosida 1/(1-p) ni vaqt bilan o`zgarish grafigi chiziladi. Hosil bo`lgan to`ri chiziqning tgα sidan reaksiyaning tezlik konstantasi topiladi. Shu grafik yuqorida qayd etilgan 4 xil haroratga chizilib, har biri uchun tezlik konstantasi topiladi. So`ng lgK=f(l/T) grafigidan E (aktivlanish energiyasi) topiladi. (E=tgα R kJ/mol, E=19,15 tgα* kJ/mol)

Download 117,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish