Yurak ishi, to'xtashining belgilari, sabablari. Yurakning ochiq va yopiq massaji. Tez yordam


Nafas olishning to'xtashi, belgilari. Tez yordam, sun’iy nafas oldirish usullari (Amaliy mashg'ulotlarni bajarish)



Download 20,76 Kb.
bet3/4
Sana13.07.2022
Hajmi20,76 Kb.
#792423
1   2   3   4
Bog'liq
Yurak ishi, to\'xtashining belgilari, sabablari. Yurakning ochiq va yopiq massaji. Tez yordam

1. Nafas olishning to'xtashi, belgilari. Tez yordam, sun’iy nafas oldirish usullari (Amaliy mashg'ulotlarni bajarish)
Ko'p hollarda nafas olishning buzilishi terminal holatlarga olib keladi.
O'tkir yetishmovchilik deganda, shunday holat nazarda tutiladiki, bunda organizmning hamma himoya kompensator sistemalarining yuqori kuchlanishi arterial qonning normal oksidlanishi va karbonat angidrid gazining chiqarilishini ta’minlay olmaydi.
O'tkir nafas olishning buzilishi sabablari: og'riq, nafas olish biomexanikasining buzilishi, traxeobronxial tutilish sindromi, nafas markaziy regulyatsiyasining buzilishi, alьveolalarda diffuziya jarayoni va o'pkada qon almashishning buzilishidir.
Tashqi nafas olishning buzilishi, uchta asosiy sindromlar bilan ko'rinuvchi gaz almashinuvining buzilishiga olib keladi. Bular gipoksemiya, to'qimalardagi gipoksemiya va gipoksiyalardir (O2 yetishmasligi) nafas yetishmovchiligining boshlang'ich davrida klinik ko'rinish kasalliklarning butunlay passivligi, tez-tez yuzaki nafas olish, kuchli terlash va yurak urushining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Bunda yurak urushining kuchayishi, yurak faoliyatining yetishmovchiligiga nisbatan, arterial bosim oshishi bilan namoyon bo'ladi. Muhim simptomlardan kuchli xirillash, chala yo'tal yoki butunlay yo'talmaslik hisoblanadi. Keyinchalik giperkapniya rivojlanishi natijasida ikkilamchi yurak faoliyati yetishmovchiligi yuzaga keldi: yurak urishi tezlashadi, arterial bosim tushib ketadi, nafas maromi buziladi, bemor alaxsiray boshlaydi va gipoksemik komaga tushib qoladi. Tashqi nafasning buzilishi oxir oqibatda yurak faoliyati va nafas olishning to'xtab qolishiga olib keladi. Nafas olishning to'xtashi - bu asorat. Nafas yo'liga qattiq yoki suyuq yot jismlarning tushishida (suvga cho'kish, qusganda, ovqatlanishda); astma (bo'g'ma) kasalligida, zahar bilan zaharlanishda va boshqa holatlarda yuzaga keladi. Sabablarga ko'ra klinik ko'rinishi har xil bo'ladi.
Suvga cho'kish. Suvga cho'kish - baxtsiz hodisa. Bunda nafas yo'llari suyuqlik yoki suyuq massalar (balchiq, loy, o't), bilan to'lishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. Odam suv ostiga tushib qolganda kuchli harakatlanish holatiga keladi va suv yuzasida turishga harakat qilib tez-tez moslashmagan harakatlar qiladi. Cho'kish vaqtida cho'kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga chiqadi va havo olib, yana suvga botadi. Maromsiz nafas olish va nafasni tutib turish qonda karbonat angidrid to'planib qolishiga sabab bo'ladi. Bu vaqtda suv ko'p miqdorda traxeya, bronx va alьveolalarga tushadi, suv nafas yo'llarini to'ldirib, o'pkaga havo kirishiga to'sqinlik qiladi. Bunday hollarda cho'kayotgan odamning teri va shilliq qavatlari ko'karib ketadi. Og'zi va burnidan ko'pikli suyuqlik (ko'pincha qon aralash) keladi.
Cho'kish vaqtida birinchi yordamni ko'rsatish har bir insonning, ayniqsa tibbiyot xodimlarining burchidir. Birinchi yordam bera turib, cho'kuvchining xushidan ketgan-ketmaganligi yurak faoliyati va nafas olishini aniqlash kerak. Yordam ko'rsatish hodisa yuz bergan joydan boshlanib, yo'lda davom ettiriladi. Kasalni transportirovka qilish faqat terminal holatdan chiqarilgandan keyingina mumkindir.
Agar zaharlanuvchi hushidan ketmagan bo'lsa, tinchlantirib, xo'l kiyimlari yechiladi va isitilib, choy, kofe, spirt yoki valeriana nastoykasi beriladi. Bunday kishini kasalxonaga yotqizgan ma’qul.
Zaharlanuvchilar suvdan hushsiz, lekin yurak va nafas faoliyati saqlangan holda olib chiqilsalar ularga novshadil spirti hidlatilib, badani isitiladi, nafasini yaxshilash uchun tilini tez-tez tortib turish lozim. Ular eng yaqin davolash muassasiga jo'natiladi.
Yurak urmayotgan va nafas to'xtagan bo'lsa, organizmni tiriltirishning oddiy usullari qo'llaniladi, avvalo, iloji boricha tezlik bilan nafas yo'llaridagi suyuqlikni chiqarib tashlash kerak. Yordam berayotgan odamning bukilgan tizzasiga shikastlangan kishi qorni bilan yotqiziladi. Yuqori nafas yo'llari va me’dadan suv oqib tushishi uchun boshi pastga osiltirib qo'yiladi va bo'sh qo'l bilan shikastlanuvchining orqasiga bosiladi. Suvni chiqarib yuborgandan keyin darxol sun’iy nafas oldirishga kirishiladi.
Cho'kkan odamga (qay ahvolda bo'lmasin) oyoq-qo'llarini ishqalash, massaj qilish va isitish choralari ko'rilishi lozim.
Sun’iy nafas. Sun’iy nafas - sun’iy yo'l bilan o'pkaga havo kiritish va chiqarish. Sun’iy nafasni boshlashdan oldin shikastlangan kishining og'zi va burni so'lak, shilliq qusuq qoldig'i, qum, balchiq va tuproqdan tozalanadi (ko'rsatkich barmoqni tomoqqa va burniga kiritib). Jag'lar bir-biriga qattiq qisilib qolgan bo'lsa, nafas oldirish og'izdan-burniga qilinadi. Havo burun orqali o'tmasa, og'iz tezda ochilishi kerak. Og'iz ochuvchi asbob bo'lmasa, og'izni har qanday yupqa metallda ochish va uni ochiq holda biror-bir buyum bilan ushlab turish mumkin.
Shikastlangan odamning qisib turgan kiyimlari bo'shatib qo'yiladi. Sun’iy nafas berish vaqtida yurakni massaj qilish kerakligi tufayli shikastlangan kishi yoki bemorni birorta qattiq va tekis yuzaga: yer, pol, qattiq skameyka yoki taxtaga yotqizilishi kerak. Shikastlangan kishining kuragi tagiga yostiq, birorta material yoki kiyimni dumaloq qilib qo'yiladi.
Sun’iy nafasni «og'izdan-og'izga» nafas berish usuli bilan amalga oshirishda yordam berayotgan kishi bemorning bosh tomonida turib, uning boshini orqaga engashtiradi oyog'ini maksimal ko'tarib, og'zini ochadi. Shikastlangan kishining jag'lari bir-birlariga yopishib qolgan bo'lsa, ikkala ko'rsatkich barmoq bilan yuqori jag'ga bosgan holda pastgi jag'ni oldinga siljitadi va shu holatda ushlab turib, barmoqlar bilan iyakka bosib, pastka tortib borilsa, shikastlangan kishini og'zi ochiladi. Bir qo'l bilan bemorning boshini orqaga engashtirib ushlab, ko'rsatkich va bosh barmoq bilan uning burnining ikkala katagini qisadi. Chuqur nafas olib og'zini bemor og'ziga (dastro'mol yopib) qo'yib qattiq nafas chiqaradi, ya’ni bemor o'pkasiga puflab havo yuboradi. Sun’iy nafas naf berayotgan bo'lsa nafas berilgan paytda ko'krak qafasining kengayishi yaxshi ko'rinib turadi. Yurak faoliyati saqlanib turgan mahalda berib boriladigan sun’iy nafas tezligi minutiga 20-25 martagacha yetkaziladi. Sun’iy nafas berish bilan bir vaqtda yurak ustidan massaj ham qilinayotgan bo'lsa – zo'r bilan nafas berib turishni minutiga 10-15 marta tezlik bilan bir maromda takrorlab borish, ya’ni ko'krak qafasi 4-5 marta qisilganida bir marta nafas berib borish kerak bo'ladi.
Og'izni burunga qilib nafas berish metodi ham shunga o'xshaydi, bunda bemorning og'zi yoki kafti bilan berkitiladi yoki pastki labi ustki labiga barmoq bilan bosib turiladi va chuqur nafas olib bemorning burniga (dastro'mol yopib) og'zini qo'yib havo puflanadi. Bemor nafas chiqarganda o'pka yetarli puchqaymasa og'zini ochish kerak. Sun’iy nafas oldirish jarayonida vaqti-vaqti bilan nafas yo'llaridan suyuqlik va ko'piklar tortilib turiladi. Bu jarayon bemor mustaqil nafas ola boshlaguncha davom ettiriladi.
Elektr jarohati yoki tok urishi
Elektr tokining odam organizmidan o'tishi yurak faoliyati va nafas olishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi. Hayot uchun eng xavfli tok kuchi 100 milliamper va undan ortiq tok hisoblanadi. Bunday tok organizmda 110 V kuchlanishida paydo bo'ladi. Tok kuchlanishi yuqorilashib borgan sari, uning xavfligi ham ortib boradi. Tok qanchalik uzoq ta’sir etsa, shunchalik kuchli shikastlaydi.
Tok urishi sanoatda, qishloq xo'jaligida, transportda va turmushda kuzatiladi. Kishi atmosfera elektri, ya’ni yashindan ham shikastlanishi mumkin.
Organizm tok ta’siridan mahalliy yoki umumiy shikastlanadi. Mahalliy shikastlanishda bir oz og'riq sezilishi, hatto tok urgan kishining biror joyi qattiq kuyishi mumkin. Umumiy shikastlanishda markaziy nerv sistemasi, nafas organlari faoliyati, qon aylanishi buziladi. Tok urganda kishi hushidan ketishi, nutqi buzilishi (hatto to'xtab qolishi), og'ir hollarda esa shok yuz berishi mumkin. Tok kuchli urganda kishi darhol nobud bo'ladi. Elektr tokidan kuygan terining sim tekkan joyi berch bo'lib, bilinib turadi. Yashin urganda esa terida qizil yo'l qoladi). Tok urganda kiyim-bosh yongan bo'lsa, terida oddiy kuyish alomati kuzatiladi.
Sog'lom odamning elektr jarohatlanishi vaqtida klinik o'lim davri 8-10 minut davom etadi. Muolajalari tez o'tkazilsa, yurak faoliyati va nafas olishni tiklash, ya’ni bemorni hayotga qaytarish mumkin.

Download 20,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish