Yurak perkussiyasi. Sog'lom odamda va yurak qon-tomir kasalligi bilan bemorlarda yurakning nisbiy va mutloq bo'g'iqlik chegarasini aniqlash. Yurak konfiguratsiyasi. Rentgenogrammalar tahlili



Download 27,52 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi27,52 Kb.
#800092
Bog'liq
12 Yurak perkussiyasi. Yurakni nisbiy va mutloq bog’liqlik chegaras


Yurak perkussiyasi. Sog'lom odamda va yurak qon-tomir kasalligi bilan bemorlarda yurakning nisbiy va mutloq bo'g'iqlik chegarasini aniqlash. Yurak konfiguratsiyasi. Rentgenogrammalar tahlili.
Reja:

  1. Sog'lom odamda va yurak qon-tomir kasalligi bilan bemorlarda yurakning nisbiy bo'g'iqlik chegarasini aniqlash

  2. Sog'lom odamda va yurak qon-tomir kasalligi bilan bemorlarda yurakning mutloq bo'g'iqlik chegarasini aniqlash

  3. Yurak konfiguratsiyasi.

  4. Rentgenogrammalar tahlili.

Yurak muskuldan tuzilgan a'zo bo'lib , ko'krak qafasida joylashgan .Chap bo'lmacha bilan chap qorincha yurakning chap yoki arterial bo'lagini, ong bo'lmacha bilan o'ng qorincha esa yurakning o'ng yoki vena bo'lagini tashkil etadi. Yurak bo'lmachalari bir-biriga nisbatan o'rtada joylashgan devor-septum irtteratriarum bilan, qorinchalar esa septum interventricularis bilan ajralib turadi. Lekin o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha va chap bo'lmacha bilan chap qorincha o'zaro ostium atrioventriculare dextrum et sinistrum vositasida tutashgan bo'ladi. Normal anatomiya fani bo'yicha yurak ko'krak qafasida assemetrik joylashishga ega bolib, uning 2/3 qismi orta chiziqdan chapda joylashadi. Yurakka otkazilgan kondalang oq (yurak uchidan uning asosiga qarab) qiyshiq proyeksiyaga ega bo'lib, tepadan pastga qarab, chapdan onga, orqadan oldinga qarab notekis oringa egadir. Yurakning uchta yuzasi tafovut qilinadi: oldingi, pastki va orqa. Oldingi yuzasining katta qismini yurakning ong qorinchasi va kichik qismini chap qorincha soxasi, shuningdek bolmachalar tashkil etadi. Shu asnoda quyidagi konturlar tafovutlanadi:


O’ng kontur - aorta va ong bolmachadan tashkil topgan.
Chap kontur - chap bolmacha quloqchasi va chap qorinchadan tashkil topgan.
Yuqorigi kontur- aorta, yuqorigi kovak vena, opka arteriasi va chap qorincha quloqchasidan tashkil topgan.
Yurak chap qorinchasi bo'shlig'i konus shaklida bolib ikki teshigi bor, biri chap bo'lmachani chap qorincha bilan qo'shib turadigan oval shakldagi ikki tavaqali klapan , ikkinchisi chap qorinchani aorta bilan qo'shadigan uchta yarimoysimon klapanlidir. Atrioventrikular klapan (mitral) ikki tavaqalj bo’lib, chap tomonda orqaroqda ikkinchisi kattarog'i o'ng tomonda oldinda joylashgan. Sistola vaqtida 2 tavaqali klapanlar yopilib qonni qaytib o'tishiga to'sqinlik qiladi.
Tipik mushak tolalari ayrim qisqaruvchi mushak hujayralari shaklini silindrga o'xshatish mumkin. Uning uzunligi 50-100 mkm ; diametric 17-20 mkm ga yetadi. Kardiomiositlarning markaziy qismida oval shaklida yadro joylashadYurak mushagi sarkolemma bilan qoplangan. Elektron mikroskopda sarkolemma ichki -plazmolemma va tashqi bazal membranadan iboratligai aniqlangan. Sarkolemma oraliq plastinkalarning shakllanishida ishtirok etadi. Oraliq plastinkalar mushaktolasiga nisbatan ko'ndalangiga yo'nalib ,odatdagi preparatlarda to'q bo'yaluvchi chiziqlar tarzida ko'rinadi. Ular yurak mushagining eng xarakterli tuzilmalaridir.disklar yordamida kardiomiositlar bir-biri bilan bog'lanadi. Yuraktipik mushagi mitoxondriyalarga boy. Ular cho'ziq,oval shaklda bo'lib , miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Yurakda tipik mushak tolalaridan tashqari -atipik kardiomiositlarva ishchi kardiomiositlar mavjud.
To'qima bazofillari sitoplazmasida yirik donachalarni tutgani uchun semiz hujayralar nomini olgan donachalar o'zida biologik aktiv bo'lgan moddalar: geparin, gistamin, serotoninlar tutadi. Ular asosan qon tomir kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar yirik noto'g'ri dumaloq shaklga ega bo’lib, fiziologik holatlarda miqdori o'zgarib turadi. To'qima bazofillariga tuzilishi va kimyoviy tarkibi jihatidan qondagi bazofil leykositlar juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykositlarning qizil suyak ko'migidagi o'zak hujayralardan kelib chiqishi tasdiqlangan bo'lsa, to’qima bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq ko'rsatilmagan.
Joylashishiga qarab to'qima bazofillarni 3 turini ajratishadi:
1. Qon tomirlari atrofidagi to'qima bazofillari
2. Biriktiruvchi to'qimaning massivqavatlarida joylashgan to'qima bazofillari
3. Miositarya’ni alohida kardiomiositlarning oralig'ida joylashgan to'qima bazofillari
Bu topografik variantlar o'lchamlari va formasi bo'yicha ham farqlanadi.
1 tur to'qima bazofillari -14-24 mkm , oval shaklda
2 tur to'qima bazofillari -12-17 mkm, cho’zinchoq shaklda 3 tur to'qima bazofillari -6-10 mkm, yumaloq shaklda.

Perkussiya prinsipi yurakni atrofidan orab turgan, opka toqimasidan (havoli a'zo) yuzaga keladigan baland (chin opka tovushiga) asoslangan bolib, bunda yurak zich mushakli a’zo bolgani uchun bogiq tovush yuzaga chiqaradi. Shunday tovushlar farqi, yurakning nisbiy chegaralarini aniqlashda asosiy o'rin tutadi.


Yurak perkussiyasi asosan yurakning kattaligi, konfiguratsiyasi, yurakning holati va tomir tutami chegaralarini aniqlashda amalga oshiriladi. Aniqlanishicha yurakning oldi tomondan opka bilan tosilganligi sababli perkussiyada bogiqroq tovush beradi, bu soha yurakning "nisbiy chegarasi" bolib aniqlanadi. Keyingi soxa esa yurakning o'pka bilan umuman qoplanmagan ochiq soxasi bolib, perkussiyada absolut bog'iq tovush chiqaradi. Bu soxa oz navbatida yurakning "absolut bog'iqlik chegarasi" deb ataladi.
Yurak nisbiy chegaralarini perkussiyasi a'zoning aniq shaklini, kattaligini va ko'krak qafasidagi proyeksiyasini aniqlashda muhim orin tutadi.
Yurakning anatomik joylashish chegaralarini ozgarishini, yurakning ma’lum soxalarida yuzaga kelgan ozgarishlar asosida baholash mumkin yani (dillyatasiya, gipertrofiya). Shuni yodda saqlash lozimki yurak oz navbatida opka toqimasi bilan oralgan holda joylashadi va uning chegaralarini ozgarishi faqatgina yurak patologiyasida emas balki boshqa, o’pkaning patologik holatlarida kuzatilishi mumkin.
Perkussiyaning umumiy qoidalari.
Umumiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Xona yorug va temperatur normal holatda bolishi kerak.
2. Absolut tinchlik.
3. Vrach qollari iliq va tirnoqlari kalta kesilgan bolishi kerak.
4. Bemor beligacha yechingan bolishi kerak.
Perkussiyada eng asosiy ahamiyat bemorning holatiga qaratiladi. Perkussiya ko’proq vertical holatda otkaziladi. Bemor gorizontal emas balki ko’proq turgan vertical holatda bolishi darkor. Buni ahamiyati shundan iboratki, bemor holati o'zgartirilganda yurak holati ham diaphragmaga bogliq holda o'zgaradi.
5. Vrach bemoming oldi tomondan yondoshadi.
6. Bemor chetga nafas olib chiqaradi, nafas ritmi oddiy, yuzaki.
Buning ahamiyati shundaki, bemor chuqur nafas olishi natijasida opka toqimasining hajmi ortishi va bu oz navbatida yurakning nisbiy chegaralarini ozgarishiga olib keladi.
7. Plessimetr- barmoqning joylashuvi. Barmoq tanaga zich qo’yilib,doim aniqlanayotgan chegaraga parallel qoyilishi kerak.
8. Perkussiya o'tkazish kuchi o'z navbatida aniqlanayotgan chegaraga bog'liq holda beriladi, yani yurakning nisbiy chegaralarini aniqlash mobaynida - orta va sekin perkussiya, absolut chegaralarida esa juda sekin (tishayshaya) perkussiya qilinadi.
9. Perkussiyani aniq tovushdan bog'iqlashganlik tomonga qaratib, aniqlanayotgan a'zoga parallel olib boriladi.
10. Aniqlangan chegarani plessimetr barmoqning tashqi qirg’oq tomondan (aniq tovush tomondan) belgilanadi.
Yurakning nisbiy bog’iqlik cbegaralarini aniqlash qoidalari:
Yurak perkussiyasi quyidagi tartibda ofib boriladi: birinchi ong tarafdan, ikkinchi chap tarafdan va songi tepadan amalga oshiriladi.
Perkussiyani boshlashdan avval diafragmaning joylanishi haqida umumiy tasavvurga ega bolish darkor, chunki diafragmaning holati yurakning nisbiy bo'g'iqlik chegarasining o'zgarishiga ta'sir qiladi. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
1. Ong opkaning pastki chegarasini aniqlaymiz. Plessimetr barmoqni L. medioklavicularis dextra boyicha birinchi qovurg'alar oralig'iga joylashtiramiz bunda barmoq qovurg'aga parallel qoyiladi.
2. Plessimetr barmoq kokrak qafasiga zich joylashtiriladi.
3. Perkutor zarbaning kuchi o'rtacha.
4. Perkussiya aniq tovushdan bog'iq tovushga qarab (VI qovurg'agacha) qilinadi.
5. Belgi plessimetr barmoqning tashqi tarafidan qoyiladi.
Yurakning ong nisbiy bog'iqlik chegarasini aniqlash.
1. Plessimetr barmoqni IV qovurgalar oraligiga parallel ravishda joylashtiriladi.
2. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"
3. Perkussiya tosh suyagi tomon bog'iq tovush chiqqanga qadar o'tkaziladi.
4. Belgi plessimetr barmoqning tashqi tarafidan qoyiladi.
Normada sog'lom odamning yuragining ong bog'iqlik chegarasi to'sh qirrasidan 1- 1,5 sm tashqarida joylashadi. O'ng nisbiy bog'iqlik chegarasi yurakning o'ng bo'lmachasi sohasida yuzaga keladi.
Yurakning chap nisbiy bog'iqlik chegarasini aniqlash.
1. Palpator ravishda yurak uchki turtkisi aniqlanadi. Normada u nuqta V qovurga oralig'i sohasida 1. mediclavicularis dan 1-1,5 sm ichkarida joylashadi. Perkussiya shu nuqtaga qarab chapdan olib boriladi. Agar yurak uchki turtkisi aniqlanmasa, quyidagilar amalga oshiriladi:
2. Plessimetr barmoqni V qovurg'alar oralig'iga 1. axillaries anterior sohasida to'sh suyagiga parallel joylashtiriladi.
3. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich joylashtiriladi.
4. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"
5. Perkussiya aniq tovushdan bog'iqlik tomon olib boriladi, belgi plessimetr barmoqning tashqi (aniq tovush) tomonidan qoyiladi.
Normada sog'lom odamning yuragining chap bog'iqlik chegarasi 1. mediclavicularis sinistradan 1-1,5 sm ichkarida, yurak uchki turtkisi ustiga tog'ri keladi. Yurakning chap bog'iqlik chegarasi yurak chap qorinchasi tufayli yuzaga keladi.
Yurakning yuqorigi bog'iqlik chegarasini aniqlash.
1. Plessimetr barmoqni I qovurg'alar oralig'iga 1. parasternalis sinistradan 1 sm tashqaridan qovurgalarga parallel qoyiladi.
2. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich joylashtiriladi.
3. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"
4. Perkussiya aniq tovushdan bog'iq tovushga qadar qovurg'alar ustidan va qovurg'alar oralig'ida olib boriladi.
5. Belgi plessimetr barmoqning tashqi (aniq tovush) tomonidan qoyiladi.
Normada sog'lom odam yuragining yuqorigi bog'iqlik chegarasi III qovurg'a yuqorigi chekkasida joylashadi. Yuraknning yuqorigi nisbiy bogiqlik chegarasi yurakning chap bo'lmacha quloqchasi va o'pka arteriyasi o'zani asosida yuzaga keladi.
Yurak ko'ndalang kesimini aniqlash uchun yurakning chap va o'ng bo'g'iqlik chegarasidan linea media klavikularis mediagacha aniqlanadi. Normada u 3-4 sm va 8-9 sm ni tashkil etadi va yurakni ko'ndalang kesimi 11-13 sm teng bo'ladi.
Qon tomir tutami kengligini aniqlash bir qancha qiyinchilik tug'diradi chunki u to'shni yuqorigi soxasini ortida joylashgan. Perkussiyada shu soxa ham o'ziga xos bo'g'iq tovush chiqaradi. Perkussiya quydagi tartibda olib boriladi yani bunda qon tomir tutami o'ng chegarasidan boshlanadi.
1. Plessimetr barmoq 2 qovurga' oralig' linea media klavikularis dextra soxasiga to'shga parallel joylashtiriladi.
2. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich qo'yiladi.
3. Perkutor zarba kuchi past.
4. Perkussiyani aniq tovushdan bo'g'iqlashishga qarab olib boriladi.
5. Belgi plessimetr barmoqni tashqi qirg'og'i bo'icha aniq tovush tomondan qo'yiladi. Chap tarafdan ham huddi shu bosqichlar amallga oshiriladi.
1. Plessimetr barmoq 2 qovurg' oralig' linea media clavicularis sinistrae soxasiga to'shga parallel joylashtiriladi.
2. Plissimetr barmoq ko'krak qafasiga zich qo'yiladi.
3. Perkutor zarba kuchi past.
4. Perkussiyani aniq tovushdan bo'g'iqlashishga qarab olib boriladi.
5. Belgi plessimetr barmoqni tashqi qirg'og'I bo'icha aniq tovush tomondan qo'yiladi.
O'ng va chap qon tomir tutami chegaralari to'sh suyagining 2 tomoni bo'ylab joylashadi. Normada qon tomir tutamining kondalang kesim uzunligi ortacha 5-6 smni tashkil etadi. Qon tomirlar tutami Aorta, yuqorigi kovak vena va opka arteialaridan tashkil topgan.



Download 27,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish