Yuridik shaxslarni ro’yxatga olish, ularga stir raqamini berish tartibi



Download 1,98 Mb.
Sana20.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#831299
Bog'liq
Asqar

Yuridik shaxslarni ro’yxatga olish, ularga STIR raqamini berish tartibi

Qurbonov Asqar

Yangi tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatidan o'tkazish

1. Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi so‘rovnomani va unga biriktirillgan ilovalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi, tadbirkorlik sub’ektini noyob identifikatorini beradi so‘ng ma’lumotlarni Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestriga kiritadi va YAIDXP orqali yuboriladi

Vazirlar Mahkamasi 27 dekbar kuni aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Hujjat Lex.uz ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish arzonlashtiriladi. Ilgari ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini olishda yig‘im BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) bo‘lsa, endilikda BHMning 20 foizi (54 ming so‘m) miqdorida belgilandi. Tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan 5 ish kuni ichida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lamasdan murojaat qilinishi mumkin. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirilganda yig‘im 10 foizga — 48 600 so‘mgacha kamaytiriladi.

Bundan tashqari, yuridik konsalting firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirildi. Adliya organlari ro‘yxatdan o‘tgan firma tomonidan taqdim etilgan maslahatchilar to‘g‘risidagi hujjatlarni uch kunda emas bir kunda ko‘rib chiqishi kerak. Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish osonroq bo‘ladi — ariza 10 ish kuni (ilgari 20 ish kuni) ichida ko‘rib chiqiladi, litsenziya dublikatini berish uchun 2 ish kuni (ilgari 3 ish kuni) davom etadi. Bundan tashqari, bir qator xizmatlarni olishda yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi talab qilinmaydi. Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamentlariga nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar davlat boji va yig‘imlarini 50 foizlik chegirma bilan to‘lashi mumkinligi bo‘yicha qoida ham qo‘shildi.


Qarorga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi 2020 yil 1 iyulga qadar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni masofadan turib ro‘yxatga olish uchun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi mobil ilovani ishlab chiqadi va joriy qiladi:
  • buyurtmalarni qabul qilish va ko‘rsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
  • yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;
  • mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu ma'lumotlardan keyinchalik, shu jumladan, kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;
  • ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va iste'molchilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish.

O‘rnatilayotgan yangi tartibga muvofiq:
  • joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub'yektlarini davlat tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda xabar berish tartibini qo‘llagan holda bekor qilinadi;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi
  • yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.

  • Qarorda belgilanishicha, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2021 yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni osonlashtirish, shu jumladan, quyidagilarga imkon yaratuvchi servislardan real vaqt rejimida foydalanishga yordam beradigan «Biznes navigator» axborot tizimini joriy qiladi:
  • tadbirkorlik faoliyatining tegishli hududdagi raqobatbardosh turini tanlash;
  • kredit olish uchun zarur bo‘lgan biznes-reja loyihasi va hujjatlar to‘plamini shakllantirish;
  • tegishli tadbirkorlik faoliyati uchun taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida ma'lumot olish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk obektlarini tanlash.

Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutadi:
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdorini o‘rnatish;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilariga yollanib ishlash asosida mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar uchun o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibini tatbiq qilish.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish