Zaharli hayvonlarning zahari bilan zaharlanishlar Reja


Hayvonlarni ilon zaxri bilan zaxarlanishi



Download 46 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi46 Kb.
#890835
1   2   3
Bog'liq
Zaharli hayvonlarning zahari bilan zaharlanishlar (1)

Hayvonlarni ilon zaxri bilan zaxarlanishi.
Ilon zaxari Ofidiotoksin deb nomlanadi. Bu antitoksik zardoblar va dori moddalari (vipraksin, nayaksin, lebetoks)larning olinishida material bo‘lib xizmat qiladi.Ko‘pchilik zaxarli ilonlar Jomboy regionlarida cho‘l, saxrolarda ko‘proq bo‘ladi. Ilgari 58 turdagi ilonlar bo‘lgan. SHundan 11 tasi zaxarli ilonlardir. Masalan: qora ilon, kobralar, O‘rta Osiyo kobralari, charx ilon, ko‘lvor ilon, bo‘g‘ma ilonlar va boshqalar.
Kobra zaxari yangi olingan zaxar va uning suvdagi eritmasi turg‘in emas, 3-5 kunda toksik tarkibi yo‘qoladi. Biologik xususiyatda saqlash uchun muzlatilgan holatda ko‘p yilgi bo‘lsa ampulalarda saqlanadi. Kobra zaxari tarkibida albumin, globulin, kalsiy va magniy tuzlari, xloridlar, fosfatlar, fermentlar, albunozlar. Zaxar yaxshi eriydi, suvda, glitserinda, spirtda, kislotada, ishqorda eriydi.
Klinik belgilari. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida zaxarlanish belgilari zaxarning tushishi miqdoriga, tushish yo‘llariga va sezuvchanligina, jarohatlangan terida shish og‘riq bilan bo‘ladi, umumiy holat qo‘zg‘algan bo‘ladi. Nafas olish tezlashadi, og‘izdan, burundan ko‘pik oqishi mumkin, MNS funksiyasi buziladi, qaltiroq, tutqanoq bo‘ladi, temperatura oshadi, tomoqda shishi bo‘lishi mumkin.
Diagnoz. Anamnez, klinik zaxarlanish va laboratoriya analizi.
Davolash. Hayvonlarni jarohatlangan joylarini sovuq suv bilan yuvish, vena ichiga 40 %li glyukoza eritmasi (1 ml/kg). Tutqanoq bo‘lganda tinchlantiruvchi moddalardan, uxlatuvchi guruxlaridan, otlarga venaga 7 % eritma xloralgidrat 200-300 ml yirik shoxli hayvonlarga, 50-75 ml mayda shoxli hayvonlarga, barbituratlar beriladi. YAna qo‘llash mumkin antigistamin moddalar demidrol tiplaridan yaxshi effekt beradi vitamin preparatlarini yuborish kerak (vit. S, RR, K va boshqalar). Ichga shilliq moddalar, surgi dorilari qo‘llaniladi.
Toksikoz patogenezida neyrotoksik, gemolitik va qon tomirlarini kengayishiga zaxarning ta’siri aniqlangan, bundan tashqari sezilarli darajada arteriya qon bosimining pasayishi qo‘sish, uyqu kuzatiladi.
SHunday qilib bular ta’sirida patologik sharoitlar yurak sistemasining buzilishi, shaklli elementlar funksiyasini buzilishi, MNSning funksiyasining susayishi kuzatiladi.
Klinik belgilari. Kam qonlik xarakterlanadi, tishlangan, chaqqan joyi arteriya qon bosimi pasayadi. Tishlangan joyda shish paydo bo‘ladi. Hayvonlarda umumiy qo‘zg‘alish, qo‘rqish, tinchsizlanish, keyinchalik holsizlanish ko‘rinadi, qo‘sish va tutqanoq, koordinatsiya harakati buziladi, nafas olish markazining falajidan o‘lim sodir bo‘ladi.
Patanatomiyasi. O‘pka giperimiyasi va shishi, jigar, buyrak va boshqa ichki organlarda nekroz bo‘ladi. YUrakning ko‘rinishi qaynatilgan go‘shtga o‘xshaydi.
Og‘iz orqali tushganda ovqat hazm qilish organlarida yallig‘lanish chaqiradi. Sog‘aygan mollarda ham jigar, buyrak va boshqa organlar kasalliklari bilan azob beradi.
Davolash. Venaga 20-40 % glyukoza eritmasi (1ml/kg) va 10 % kalsiy xlor eritmasi yuboriladi.
CHaqqan joyini jarohatiga 1-2 ml 0,1 % kaliy permanganat yoki 2 % xlor ohak yoki 10 % perikis vodorod eritmasi qo‘llaniladi. Teri ostiga promedol, 2,5 % aminazin eritmasi, 10 % kalsiy glyukanat eritmasi, 10 tb insulin qo‘llaniladi. Bulardan tashqari qo‘llaniladi (5-10 ming tb) geparin, novokain, gidrokartizon, polivalentli zardob, buni birinchi 15-20 min. Ichida chaqqandan so‘ng qilinadi.



Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish