Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet64/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

Фойдаланилган адабиётлар



  1. “Болага йўналтирилган таълим дастурини ташкил этиш” Т.:”Квинта Принт” нашри 2012й, 263б




  1. “Сифатли мактабгача таълим-бола келажагининг пойдевори”Т.: 2014 й 14-бет

3.Ф.Қодирова ва бошқалар.”Мактабгача педагогика”-Т.:”Маънавият” 2013 йил, 160 б


4. «Мактабгача ёшдаги болалар таълим тарбиясини такомиллаштиришнинг муаммо ва ечимлари» мавзусидаги ЖДПИ нинг республика илмий-амалий анжуманнинг мақолалар тўплами.:-Жиззах “Иқтисод молия” 2009 йил ,211б


BO‘LAJAK PEDAGOGDA KASBIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VAZIFALARI

Amonova Maqsuda Savurovna




Buxoro tuman 18- umumiy òrta ta'lim maktab boshlanģich sinf òqituvchisi

Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar kasbiy rivojlanishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etishda talabalarning mavjud bilimlari, kasbiy mayllari, ehtiyojlarini o‘rganish lozim.


Pedagog-tarbiyachilar o‘z faoliyatlari davomida hamkasblari va bolalar jamoasi orasida sog‘lom muhitni vujudga keltira olishlari, jamoada obro‘ qozonishlari kerak.


Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar, birinchi navbatda, ijodkor, keng tasavvur, dunyoqarash va tafakkur, kuchli xotira, yuqori darajada hissiy o‘z-o‘zini boshqarish layoqatiga ega bo‘lishlari zarur. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarida bunday sifatlarning hosil bo‘lishida auditoriyadagi o‘quv jarayoni bilan bir qatorda pedagogik amaliyot ham muhim o‘rin egallaydi. Talabalarning pedagogik amaliyotda faol ishtirok etishlari, tajribali metodistlar va tarbiyachilarning ish faoliyatlari bilan tanishishlari, ulardan kasbiy mahorat sirlarini o‘rganishlari istiqbolda o‘z pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etishlari uchun zarur hisoblanadi. Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning ilg‘or tajribalarni o‘rganishlari ularning o‘z kasbiy rivojlanish darajalarini ob’ektiv baholashlari, mavjud bo‘shliqlarni o‘z vaqtida ko‘ra olishlariga ko‘maklashadi.


Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar kasbiy rivojlanishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etishda talabalarning mavjud bilimlari, kasbiy mayllari, ehtiyojlarini o‘rganish lozim.


Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda quyidagi kasbiy sifatlar shakllangan bo‘lishi lozim:

Bilimdonlik, vaziyatni o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholay olish, ijodkorlik, mulohazalilik, kuchli xotira va mustaqil fikrlash layoqatiga egalik tezligi, mantiqiy xulosa chiqara olish, diqqatning barqarorligi kabi intellektual sifatlar.


Fikrni to‘g‘ri va ta’sirchan bayon qila olish, nazokat bilan so‘zlash, xushmuomalalilik, hozirjavoblik, samimiylik, o‘zgalar fikrini tinglay olish, mustaqil fikrga ega bo‘lish, bolalar bilan dialog o‘rnata olish kabi kommunikativ sifatlar.


Qat’iyatlilik, jur’atlilik, shijoatlilik, mardlik, jasurlik, tartib-intizomlilik, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda oqilona qarorlar qabul qila olish, vazminlik, insonparvarlik, mehribonlik, mehr-shafqatlilik, mustaqillik, shijoatlilik, jismoniy barkamollik, faollik, sabr-toqatlilik, bardoshlilik, chidamlilik, harakatchanlik kabi irodaviy sifatlar.


Nafosat hissiga egalik, ozodalik, saranjom-sarishtalik, jozibadorlik, qaddi- qomatni to‘g‘ri tuta bilish, nutqning ta’sirchan bo‘lishiga erishish, emotsionallik, ijodkorlik, improvizatsiya va fantaziyaga moyillik kabi estetik sifatlar.


97
Shu bilan bir qatorda oliy pedagogik ta’lim jarayonida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar ijtimoiy-g‘oyaviy jihatdan yetuklik, ijtimoiy faollik, faol fuqarolik pozitsiyasi kabi sifatlarga ham ega bo‘lishlari kerak.


Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda kasbiy shakllanish jarayoni kommunikativ ko‘nikmalar va pedagogik mahoratni egallashdan boshlanadi. Bo‘lajak pedagog-tarbiyalarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga xizmat qiladigan bilimlarni ularga taqdim etishda zamonaviy yondashuvlar, konsepsiyalarga tayanish lozim. Shunga ko‘ra,bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarga zamonaviy kasbiy bilimlarni taqdim etishda xalqaro tajribalarni ham alohida hisobga olish kerak. Chunki maktabgacha ta’limning bugungi kungi taraqqiyot darajasi, uni ta’minlovchi pedagogik-psixologik bilimlarni o‘zlashtirmasdan turib, yetuk mutaxassis bo‘lish mumkin emas.


Abu Rayhon Beruniy insonni tabiatning uzviy ajralmas qismi sifatida talqin qiladi. Shunga ko‘ra, u o‘zining pedagogik qarashlarida inson, uning baxt-saodati, ta’lim- tarbiyasi va kamoloti kasbiy faoliyatning asosini belgilashini ta’kidlaydi.


Alisher Navoiy esa o‘zining bir qator “Hayrat-ul Abror”, “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” kabi asarlarida inson muayyan bir kasbni egallashi lozimligi, uning ustasi bo‘lishi zarurligini ijtimoiy ehtiyoj mahsuli ekanligini e’tirof etadi.


Ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda dastlab kasbiy ehtiyojni shakllantirish, ularning qiziqish va mayllarini aniqlash asosida ularga pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatish, bosqichma-bosqich kasbiy tayyorgarlik darajasini tahlil etish asosida o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritishi talab qilinadi.


Qobiliyat shaxsning muayyan faoliyatni egallashga layoqatlilik darajasini ifodalaydi. Layoqat-bu nasldan-naslga o‘tadigan irsiy xususiyat bo‘lib, insonda barcha turdagi faoliyatga nisbatan layoqat kurtaklari mavjud. Lekin bu layoqatlar o‘z-o‘zidan qobiliyat darajasiga ko‘tarilmaydi. Buning uchun qulay ijtimoiy-pedagogik muhit, sharoit va shaxsning faolligi zarur. Bularning barchasi kasbiy faoliyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Kasbiy- pedagogik qobiliyat tadrijiy tarzda rivojlanadi.


Bo‘lajak pedagog-tarbiyachi o‘z kasbini chuqur o‘zlashtirishi, pedagogik jarayonlarni samarali boshqarish san’atini egallashi lozim. Buning uchun u bolalarda yangi bilimlar va ko‘nikmalar hosil qilishi, ularning rang-barang faoliyatlari, bilish jarayonlarini samarali boshqarish mahoratini egallashi kerak. U, birinchi navbatda, tarbiyalanuvchilar orasida jamoani shakllantirishi, ularni mashg‘ulotlarga jalb qila bilishi, kasbiy ko‘nikmalaridan o‘z o‘rnida foydalana olishi talab qilinadi.


Pedagog-tarbiyachining muhim sifatlaridan biri bolalarni sevishdir. Bolalarni sevish tarbiyachilarga ularda muayyan ko‘nikmalarni osongina shakllantirish imkonini beradi.Bola qalbiga yo‘l topish, u bilan samimiy muloqotga kirishish, uni har tomonlama rivojlantirish ta’lim jarayoniga tayyorlashda tarbiyachilarga qulaylik tug‘diradi.


Pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar mashg‘ulotlar mazmunini bolalarga tushunarli tarzda bayon etishi, ularni mustaqil fikrlash, faollikka o‘rgatishi, qiyin topshiriqlarni oson bayon qilish usullarini topishi, bolalar bilan osongina muloqot o‘rnata olishi, maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasiga oid manbalar bilan tanishishi, ular ustida ishlay olishi, o‘zining kasbiy rivojlanishi yo‘lida mustaqil bilim olishi, tarbiyalanuvchilarning psixologik holatini his eta olishi, ularning qalbini zabt eta olishi, ertak va topishmoqlarni bolalarga jonli, obrazli o‘qib bera olishi lozim. Shu bilan bir qatorda, tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari, usullari va metodlarini puxta egallagan bo‘lishi zarur.


Adabiyotlar :





  1. Ahmadxo‘jayev H. T., Mirdadayev K.M., Qozoqov O.S. Menejment va strategiyani boshqarish. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2004. – 36-39-b.




  1. Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Voris,

2006. – 264 b.



  1. Zvereva V.I. Organizatsionno-pedagogicheskaya deyatelnost rukovoditelya shkolы. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: Novaya shkola, 1997. – 320s.




  1. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Ta’lim menejmenti. – Toshkent, 2006. – 73 b.




  1. Kalinin I.V. Strategiya podbora kadrov kak stilevaya xarakteristika upravlencheskoy deyatelnosti rukovoditelya: Diss kand. psixol. nauk. – M., 1996. – S. 33-36.




  1. Komilov N., Begmatov A., Quronov M. Rahbar va xodim. – Toshkent: Akademiya, 1998.

– 170 b.



  1. Murakayev I.U., Saifnazarov I.S. Menejment asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston,

  2. 2001. – 191 b.

98


  1. Petrovichev V.M. Regionalnoye obrazovaniye: organizatsiya, upravleniye razvitiyem. –

Tula: Priokskoye izd., 1994. – S.6.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish