Zargarlik sanoati va uning O`zbekistondagi o`rni


Zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish shart-sharoitlari va istiqbollari



Download 300,58 Kb.
bet3/6
Sana13.03.2023
Hajmi300,58 Kb.
#918538
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
whcSMZdu-ZS4L4HVmG9EGjJRMoPMOE7Y

Zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish shart-sharoitlari va istiqbollari
O‘zbekiston Respublikasida hurmatli Prezidentimiz va Hukumatimiz rahbarligida iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish, tarmoq va sohalarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali mamlakatimiz salohiyatini orttirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Farmonda belgilangan muhim tadbirlardan yana biri bu tadbirkorlarga soliq va bojxona sohalarida yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar bo‘lib hisoblanadi. Farmonga muvofiq 2022 yilning 1 iyuliga qadar:
qimmatbaho metallar va mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish oboroti qo‘shilgan qiymat va aksiz solig‘idan;

belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilindi.

2019 yil 1 iyuldan boshlab navbatdagi yilga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari shakllantirilayotganda miqdorini har yili indeksatsiya qilgan holda, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarni chakana savdoda sotganlik uchun 1 grammiga 1 000 (bir ming) so‘m miqdorida yig‘im joriy etildi.
Farmonga muvofiq, bulardan tashqari, 2019 ― 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli kompleks chora-tadbirlar Dasturi (Farmonga 1-ilovaga muvofiq) tasdiqlandi.
Ushbu Dasturda zargarlik sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada legallashtirish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tarmoqda malakali kadrlarni tayyorlash va yuqori sifatli, xaridorbop zargarlik mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda marketing va xaridini tashkil etish kabi bir qancha aniq tadbir va vazifalar belgilandi.
Ushbu Farmonga muvofiq Namangan viloyatida 2020 yilning mart oyiga qadar tayyor zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish tadbirlari belgilandi.

Farmonda belgilangan yana bir muhim tadbirlardan biri bu «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi qoshida Zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish bo‘lib hisoblaniladi.


Jamg‘armaning mablag‘larini Farmonga asosan quyidagi maqsadlarda ishlatish belgilandi:
zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama, shu jumladan istiqbolli investitsiya loyihalarining loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish orqali qo‘llab-quvvatlash;
zargarlik tarmog‘i mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etish;
mahalliy zargarlik brendlarini ilgari surishga, shu jumladan mamlakatimizda va xorijda zargarlik ko‘rgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning shunday tadbirlarda keng ishtirokini ta’minlash orqali ko‘maklashish;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish shartlarida, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarini tahlil qilish va asillik darajasini nazorat qilish shoxobchalarini (mini-laboratoriyalarini) tashkil etish.
Bugungi kunda Farmonga asosan Namangan shahar, I.Karimov ko‘chasi
5-uy manzilda loyiha qiymati 3,5 mlrd.so‘m bo‘lgan Zamonaviy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni o‘z ichiga olgan markaz barpo etilmoqda.
Hozirda maydoni 900,0 kv.m binoda Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini yaratgan holda Namangan shahrida zargarlik klasterini tashkil etish bo‘yicha ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yakunlanib, pavilon olib kelish uchun buyurtma berilgan. Binoning 600,0 kv.m maydonida zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi, 300 kv.m maydonida zargarlik buyumlari savdosi tashkil qilinadi. Binoda 340 ta savdo nuqtasi hamda 100 ta ishlab chiqarish ob’ektlari joylashadi.
SHular bilan birga, shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, sohada olib borilayotgan ishlar mavjud imkoniyatlarga umuman mos kelmaydi, sohani rivojlantirish, mavjudlarini zamonaviy ishlab chiqarish asosida modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuqorida aytilgan Farmonning qabul qilinishi zargarlik sohasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, zamonaviy zargarlik tarmog‘ini shakllantirishning muhim ijobiy omili bo‘lib xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.


Download 300,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish