Zaripova Matluba Qulfitdinovna


yangi  davr  o‘qituvchilari



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
книга

yangi  davr  o‘qituvchilari
 
rivojlantiruvchi o‘qitish texnologiyalariga ega bo‘lishadi.    
 “
Yangiliklarni joriy qilish
” tushunchasi, bizningcha, ham yangilik, ham 
ana  shu  yangilikni  amaliyotga  joriy  etish  jarayonidir.  Yangilik  –  bu  alohida 
olingan  shaxs  uchun  yangi  bo‘lgan  g‘oyadir,  bu  g‘oyaning  ob’ektiv  ravishda 
yangi  yoki  yangi  emasligi  ahamiyat  kasb  etmaydi,  biz  uni  vaqt  bo‘yicha  –  bu 
yangilik  ochilgan  payt  yoki  undan  birinchi  marta  foydalanilgan  payt  bo‘yicha 
aniqlaymiz. 
Yangiliklar  joriy  qilishni  turli  asoslar  to‘plami  bo‘yicha  guruhlash 
mumkin.  
Predmet  mazmuniga  ko‘ra 
yangiliklar  joriy  qilish uchta  asosiy  guruhga 
bo‘linadi:  
1) texnik-texnologik;  
2) mahsuliy;  
3)  ijtimoiy,  bularga  quyidagilar  kiradi:  iqtisodiy,  tashkiliy-boshqaruv, 
xususiy-ijtimoiy, huquqiy. 
Oldingi  vositaga  nisbatan:
  “o‘rnini  bosuvchi”  va  “bekor  qiluvchi” 
yangiliklar  joriy  qilish.  Yangiliklar  joriy  qilishdagi  bu  farqlar  ularni  amalga 
oshirishning tezkorligi va to‘laqonliligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb 
etadi.  
Amalga  oshirish  usuliga 
ko‘ra,  yangiliklar  joriy  qilish  sinov,  ya’ni 


21 
 
aprobatsiya, tekshirish bosqichidan o‘tuvchi va bevosita, ya’ni sinovlar amalga 
oshirilmaydigan yangiliklarga ajratiladi.  
Hajmiga ko‘ra
: nuqtaviy, tizimli, strategik yangiliklar joriy qilish bo‘ladi. 
Belgilanishiga  ko‘ra: 
yangiliklar  joriy  qilish  ishlab  chiqarish 
samaradorligi,  mehnat  sharoitlarini  yaxshilash,  tashkilotni  boshqarish  sifatini 
oshirish, mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Ijtimoiy  oqibatlariga  ko‘ra
:  ijtimoiy  xarajatlar  keltirib  chiqaruvchi  va 
ijtimoiy daromad keltiruvchi yangiliklar joriy qilish bo‘ladi. 
Faollik  darajasiga  ko‘ra
: «nofaol»,  ya’ni birdaniga yuzaga kelgan yoki 
oldingilari 
keltirib 
chiqargan 
o‘zgarishlarga  moslashish  maqsadida 
qo‘llaniladigan; «tashabbuskor», ya’ni istakdagi jarayonni mustahkamlash uchun 
mustaqil o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqiladigan yangiliklar joriy qilish.  
Rejalashtirish manbaiga ko‘ra
: markazlashgan, lokallashgan (mahalliy), 
spontanlashgan (o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan) yangiliklar joriy qilish. 
Samardorligiga  ko‘ra
:  joriy  qilingan  va  to‘liq  foydalaniladigan;  joriy 
qilingan va qisman foydalaniladigan; joriy qilinmagan. 
Jarayonning  davomiyligiga  ko‘ra
:  ishlab  chiqish  va  loyihalashtirishga 
ketadigan vaqt xarajatlari; loyihadan iste’molchigacha, shu jumladan joriy etish 
uchun sarflangan vaqt oralig‘i [28]. 
Pedagogik yangiliklarning uch ko‘rinishi ajratib ko‘rsatiladi: 
1)  yangilik  deb  butunlay  yangi  va  ilgari  ma’lum  bo‘lmagan  ta’lim 
g‘oyalari va harakatlarini aytishimiz mumkin. Bunday butunlay yangi va o‘ziga 
xos yangiliklar juda kam; 
2)  eng  ko‘p  uchraydigan  yangiliklarga  moslashtirilgan,  kengaytirilgan 
yoki qayta shakllantirilgan g‘oya va harakatlar kiradi, ular ma’lum  muhitda va 
ma’lum vaqt oralig‘ida o‘ziga xos dolzarblikka ega bo‘ladi;  
3)  pedagogik  yangiliklar  o‘zgargan  sharoitlarda  maqsadlarni  qaytadan 
qo‘yish bilan bog‘liq ravishda ilgari mavjud bo‘lgan harakatlar qaytadan yuzaga 


22 
 
chiqishi  tufayli  vujudga  keladi,  zero  yangi  shart-sharoitlar  ma’lum  bir  ijobiy 
g‘oyalarning muvaffaqiyatini kafolatlaydi.  
 Innovatsion  jarayon  mikrotuzilmasini  ko‘rib  chiqqan  holda  olimlar 
yangiliklar joriy qilishning “hayotiylik bosqichi” tamoyilini qayd etib o‘tadilar, 
chunki  yangiliklar  joriy  qilish  vaqt  davomida  kechadigan  jarayondir  [24].Bu 
jarayonda  faoliyat  ko‘rinishi bo‘yicha  yangilikni  yaratish  va  amalga  oshirishni 
ta’minlovchi bir qator bosqichlarga ajratiladi.  
Birinchi  bosqich  –  yangi  g‘oyaning  tug‘ilishi  va  yangilik  tamoyilining 
vujudga  kelishi,  uni  shartli  ravishda  ochilish  bosqichi  deb  atash  mumkin.  Bu 
bosqich odatda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijasi hisoblanadi.  
Ikkinchi  bosqich  –  ixtironing  yaratilishi,  ya’ni  qandaydir  ob’ektda  o‘z 
ifodasini topgan moddiy yoki ma’naviy mahsulot – namuna. 
Uchinchi  bosqich  –  yangilikni  joriy  qilish,  bu  bosqichda  yangilik 
amaliyotda  sinab  ko‘riladi, oxiriga  yetkaziladi  va  yangilikdan  barqaror  samara 
olish bilan yakunlanadi. 
To‘rtinchi  bosqich  –  yangilikning  tarqalishi,  ya’ni  uni  keng  ko‘lamda 
joriy qilinishi, yangilikning boshqa sohalarga ham kirib borishi. 
Beshinchi  bosqich  –  yangilikning  aniq  bir  sohada  hukmronlik  qilishi, 
muqobil yangilikning yuzaga kelishi yoki yana ham samaraliroq yangilik bilan 
almashtirilishi orqali yakunlanadi.  
Oltinchi bosqich – yangi mahsulot bilan almashtirilishi munosabati bilan 
yangilikdan foydalanish ko‘lamining qisqarishi. [38] 
Bizning  fikrimizcha,  innovatsion  jarayonning  ushbu  navbatma-navbat 
bir-birini o‘rnini bosuvchi chiziqli tuzilmasi uni haqiqatda amalga oshirishning 
soddalashtirilgan sxemasini aks ettiradi.  
 Innovatsion  jarayon  innovatsion  tizimda  amalga  oshiriladi. 
Innovatsion 
tizim
 – bu bir-biri bilan o‘ziga xos ravishda bog‘langan insoniy, moddiy-texnik, 
axborot,  me’yoriy-huquqiy  va  boshqa  komponentlarni  o‘zgartirish  g‘oyalari, 


23 
 
maktab pedagogik tizimidagi maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirishlar jarayonlari 
hamda ana shu o‘zgarishlar natijalari yig‘indisidir [23].
 
Ta’lim  tizimidagi  innovatsion  jarayonlarning  o‘ziga  xos  xususiyati 
shundaki,  ular  amalga  oshirilishi  davomida  ana  shu  jarayonlar  amalga 
oshirilayotgan  innovatsion  ijtimoiy-pedagogik  muhitga,  hech  shubhasiz, 
tuzilmaviy o‘zgartirishlar kiritadi.  
 
Pedagogik  innovatsion  faoliyat 
–  prinsipial  ravishda  pedagogik  jamoa 
tomonidan  amalga  oshiriluvchi  maqsadga  yo‘naltirilgan  harakatlar,  ijod  va 
turmush  tarzidir.  Bu  pedagoglarning  tashabbusi  (yangi  g‘oyalari,  loyihalari, 
rejalari,  aniq  bir  harakatlari  va  boshqalar)  bo‘lib,  bu  tashabbus 
tashabbuskorlarning  o‘zlariga  va  ana  shu  tashabbusda  ishtirok  etishni 
istaganlarga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.  Bu  joriy  vaziyatga  jonli  ta’sir  etuvchi, 
jarayonning  barcha  ishtirokchilari,  eng  avvalo,  uning  tashabbuskorlari  ongi  va 
tushunchalarining  o‘zgarib  borishini  nazarda  tutuvchi  pedagoglarning  ijod  va 
turmush tarzidir [33]. 
 Pedagogning  innovatsion  faoliyati  har  bir  tarbiyalanuvchining  ijod 
jarayoni va butun pedagogik jamoaning ijod jarayoni bilan uyg‘unlashgan holda 
olib borilishi kerak. Pedagogning ijodiy harakatlari butun jamoaning izlanishlari 
bilan muvofiqlashtirilmasa, pedagogik yangiliklar joriy qilish yaxlit, sermahsul 
jarayon bo‘la olmaydi.  
Ta’lim muassasalarida ham innovatsion faoliyatga zaruriyat tug‘iladi. Bu 
faoliyat hamisha ziddiyatli bo‘lib, uning o‘zi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi va 
bu ziddiyatlarni hal etish orqali rivojlanib boradi. Shuning uchun maktab xodimi 
–  innovator  “xavfsiz  sinovlar  o‘tkazish”  psixologiyasining  bilimdoni  bo‘lishi 
kerak.  
 Ta’limning zamonaviy sharoitdagi rivojlanishi o‘qituvchidan innovatsion 
xulqni, ya’ni pedagogik faoliyatda faol va tizimli ijodni talab qiladi. 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish