Ўзбекистон республикаси оий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 190,29 Kb.
bet1/4
Sana17.03.2023
Hajmi190,29 Kb.
#919886
  1   2   3   4
Bog'liq
Битирув малакавий иш йурикномаси автомобиль


TASDIQLAYMAN”

Rektor _______ Han Jae Seok


«___» __________ 2023 yil

Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
Avtomobilsozlik muhandisligi” fakulteti
BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHDA BITIRUV
MALAKAVIY ISHINI BAJARISH BO‘YICHA
METODIK QO‘LLANMA




Farg‘ona - 2023 yil
Tuzuvchilar: Oh JaeKyoon, Avtomobilsozlik
muhandisligi fakulteti dekani,
muhandislik fanlari falsafa doktori
Baek Jong Jin, Avtomobilsozlik
muhandisligi fakulteti professori,
muhandislik fanlari falsafa doktori
……………, Avtomobilsozlik
muhandisligi fakulteti professori,
muhandislik fanlari falsafa doktori


Metodik qo‘llanma universitet kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan
Kirish
Bitiruvchi malakaviy ishini bajarish va shakllantirish o‘rta va oliy pedagogika muassasalaridagi eng muhim va istiqbolli ilmiy tadqiqot turi hisoblanadi. Talaba va o‘qituvchining hamkorligida bo‘lg‘usi muhandis siftada shakllanadi, dolzarb muhandislik muammolarni hal qilish, ilmiy va muhandislik adabiyotlarni mustaqil tushunish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi rivojlanadi.
Bajarilgan ishning natijalari sifatida tadqiqotda olingan bilimlarni tuzilmasini tahlil qilish, yangi natijalar va qonuniyatlarni shakllantirish tajribasini egallashdan iboratdir. Talabalaning kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
Ushbu metodik qo‘llanmada bitiruv malakaviy ishlarga bo‘lgan umumiy talablar, bitiruv malakaviy ishga rahbarlik, maslaxatchilik qilish, bitiruv malakaviy ishni bajarish, rasmiylashtirish, bitiruv malakaviy ishni ximoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar
Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari dekanat tomonidan belgilanadi. Talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni bitiruv malakaviy ishi mavzusi sifatida olishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi.
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun ta’lim yunalishi o‘quv rejasida alohida soatlar ajratadi. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda talabalarga quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) bir kurs doirasida referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarining ketma-ketligi;
b) bir-biriga yaqin fanlar: avtomobilsozlik muhandisligi, Dasturlash va boshqarish (LabVIEW), Ijodiy loyihalash muhandisligi (Catia 3, Aqlli avtomobillar va boshqa fanlari metodikasi kabi fanlardan talabalar tomonidan bajarilgan ishlari va turli vazifalarni muvofiqlashtirish;
v) ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotning barcha ko‘rinishlaridan foydalanish
Talabaning bitiruv malakaviy ishi ustidagi izlanishlari nazariyani chuqurroq o‘rganish, ilgari olingan bilimlarni sistemalashtirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, eruditsiyaning o‘sishi uchun xizmat qiladi.
Odatda bitiruv malakaviy ishining mavzusi talabaga uning so‘nggi amaliyotga ketishidan avval beriladi va tasdiqlanadi. Shu paytning o‘zida unga bitiruv malakaviy ishiga oid bo‘lgan, ilmiy rahbar tomonidan tuzilgan dekan tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar beriladi. Bunda ishni yakunlash muddatlari ham ko‘rsatiladi. Topshiriqda talabaning ismi, familiyasi, otasining ismi, o‘qiyotgan fakulteti va mavzusi yoziladi. So‘ng qanday masalalarni ishlab chiqish kerakligi, qanday tajriba- sinov ishlari rejalashtirilgani, bu ishlar qaerda o‘tkazilishi, bitiruvchiga maslahatlar berib boriladi. Talaba ishining kalendar rejasini tuzish bilan vazifalar aniklashtiriladi. Bu esa o‘z o‘rnida talaba faoliyatini tashkil etish, uni doimiy nazorat qilish va zarurat bo‘lganda, unga ko‘maklashish imkonini beradi.
Kalendar reja adabiyotlarni tanlash va o‘rganish, boshqa manbalar, tajribalar bilan tanishish, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash, xulosalar chiqarish, ilovalar tayyorlash, bitiruv malakaviy ishini uslubiy va texnik tomondan rasmiylashtirish, himoyaga tayyorlanish uchun sarflanadigan vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo‘yicha ish rejasini taxminan quyidagicha tuzish mumkin:

  1. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini aniqlashtirish.

  2. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.

  3. Muammoni belgilash, uning fan va amaliyotdagi o‘rnini tahlil qilish.

  4. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha tayanch tushunchalarni ajratish va tahlil qilish.

  5. Bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzish.

  6. Mavzuning dolzarbligini asoslash.

  7. “Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahliliga oid xulosalar” nomli matnni tayyorlash.

  8. Tajriba-sinov ishlarining tahlili, jadval, chizma, rasmlarni tayyorlash, natijalarni qayd etish.

  9. “Tajriba-sinovning dastlabki bosqichi” nomli matnni tayyorlash.

  10. Tahlil natijalarini jadval, chizma, diagramma, rasmlarda ko‘rsatish, tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichi bo‘yicha natija va xulosalarni yozish (material bunga imkon bersa).

  11. Umumiy xulosalarni yozish

  12. Adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.

  13. Ilovalarni (jadval, chizma, so‘rovnoma, rasm, dars yoki tarbiyaviy ishlarning reja-konspektlarini va h.k.) rasmiylashtirish.

  14. Bitiruv malakaviy ishining mundarijasini aniqlashtirish.

  15. Titul varag‘ini yozish.

Bitiruv malakaviy ishida tajriba jarayoni amalga oshirishda ilmiy rahbar tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish borasida bitiruv malaka ishidagi tajriba ishining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:



  1. Faraz hamda asosiy maqsad va vazifalarni belgilash.

  2. Tajriba dasturini ishlab chiqish.

  3. Tadqiqot natijalarini qayd qilish usullarini ishlab chiqish.

  4. Tajribani o‘tkazish.

  5. Natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.

  6. Natijalarni umumlashtirish, izohlash, xulosalarni yozish.

Bitiruv malakaviy ishining taxminiy tuzilishi va
bo‘limlarning mazmuni


  1. Bitiruv ishi quyidagilardan tashkil topadi: kirish - umumiy hajmning 10%; nazariy qism - nazariy masalalarni qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad, ularni o‘rganishning belgilangan darajasidan kelib chiqqan holda umumiy hajmning 25-30%; tahlil qismi - 15-20%; tajriba-sinov ishlari haqidagi qism - 30-35%; xulosalar - 5%; adabiyotlar ro‘yxati.

  2. Bitiruv ishining tuzilishi, undagi mundarija mutanosibligi har bir ishning mavzusi, ob’ekti, predmeti, maqsadiga bog‘liq holda alohida belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishining hajmi matn, jadvallar, illustrasiya materiallari bilan birga 40-60 sahifani tashkil etishi lozim.

  3. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanadi, muammo belgilanadi, tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi ko‘rsatiladi, tadqiqotning farazi, vazifalari yoritiladi, tadqiqot olib borish usullari, manbalar, dastlabki ma’lumot qisqacha tavsiflanadi. Kirish qismining so‘nggi varianti ishning boshqa qismlari tayyor bo‘lganidan keyin yoziladi.

  4. Bitiruv malakaviy ishining bosh qismida mavzuning asosiy masalalari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon etiladi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, ko‘rib chiqilayotgan sohada olib borilgan tadqiqotlar guruhlashtiriladi, turli metodik yondashuvlar baholanadi. Bitiruvchining o‘z qarashlari belgilanadi, bular asosida ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajribaga tayyorgarlik ko‘rish uchun metodik yondashuv tanlanadi.

  5. Tahliliy qismda bolalarga ishlab chiqarish korxonalarida, zavodlarda, loyihalash institutlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish, unda qo‘llanayotgan usullar, tajribalar va boshqalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologiyasi asosida ishlab chiqarish korxonalarda va loyihalashtirish institutlarda vujudga kelgan vaziyat tahlil qilinadi, ishning maqsad va vazifalariga muvofiq tanlab olingan hamda shakllantiruvchi tajriba-sinovni o‘tkazish metodikasini va mazmunini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tadqiq qilinadi va qayta ishlanadi.

  6. Tajriba qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: korxonalarda samaradorlikni oshirishning usulalarini takomillashtirish, ularni joriy etish bo‘yicha ishlanmalar, ishlab chiqarishni boshqarish ishlarini olib borish usullari; qo‘yilgan masala va vazifalarni hal etish yo‘llari; olingan natijalarni korxonalarga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida, shaxsiy tajriba va muhandislar tajribasining tahlili asosida mazkur korxonasida o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi ahvoli yoritilishi kerak (avval ahvol qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o‘zgardi, nimaning natijasida yutuqqa erishildi, miqdor va sifat o‘zgarishlari nimalarda namoyon bo‘ldi, qanday qiyinchiliklar duch kelindi va ular qanday bartaraf etildi va h.k.).

  7. Xulosa qismida talabalaning tadqiqot ishini olib borishdagi fikrini ko‘rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo‘yicha xulosalar beriladi. Shuningdek, tahlil natijalari, bolalar bilan, maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalarining jamoasi bilan, bo‘lajak tarbiyachilar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, ushbu tavsiyalarni joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi.


Download 190,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish