Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish, korxona ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi bozorini prognoz qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi.
Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan iboratdir:
Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi.
Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi kichik personal.
Do'stlaringiz bilan baham: |