Њзбекистон Республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Xulosa……………………………………………………………………72-76-b



Download 359 Kb.
bet2/13
Sana28.04.2020
Hajmi359 Kb.
#47862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sherzod diplomi

Xulosa……………………………………………………………………72-76-b

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...………………………………….76-80-b

Ilovalar (illyustrasiyalar)

Kirish.

“Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishiortib bormoqda. Bu – tabiiy hol. Odamzod borki, avlod – ajdodi kimligini, nasl –nasabini, o’zi tug’lib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Shuning uchun ham “ Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”1. Bu purma’no fikrlar olimlarimizdan Vatan tarixini puxta o’rganish va bilish, yoshlarimizni millatimiz tarixi an’analari asosida tarbiyalashga chorlaydi.

Mustaqilliki yillarida yaratilgan imkoniyat tarixiy o’tmishni o’rganishga qiziqishni orttirdi. Mamlakatimiz, shuningdek, O’rta Osiyoning janubiy hududlarida qator arxeologik ekspeditsiyalar samarali tadqiqotlar olib bordi va bu ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Yuqoridagi hududlarning deyarli barcha tumanlarida odamzod jamoalarining tosh davrimakonu manzilgohlari topilib o’rganildi va buishlar davom ettirilmoqda. Bu yerda todh asrining deyarli barcha taraqqiyot bosqichlariga tegishli yodgorliklar topilib o’rganildi. Avvalgi va so’nggi yillarda qo’lga kiritilgan manbalar tosh asrida yashagan ajdodlarimiz o’z davriga xos va mos yuksak madaniyatga erishishi bilan bu jamoalar har doim yuksak taraqqiyot – sivilizatsiya sari intilib yashaganligidan guvohlik beradi. Xususan, O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida miloddan avvalgi VI ming yilliklarda yashagan neolit davri jamoalri o’lkada birinchi bo’lib, ilk marta o’troq dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik ishlab chiqarish xo’jalik jarayoniga o’tishganliklari isbotlangan. Bu taraqqiyot o’zgarishlari sivilizatsiyaning ilk, ko’hna ildizlaridan guvohlik bearadi. Bu hududlarda yashagan odamzod jamoalari peshma – pesh taraqqiyot tufayli metalldan foydalanishni kashf qildilar. Aslida joyli neolit jamoalarining vorislari mil. avv. IV ming yilliklarda misdan foydalanishni kashf qilishib, turmushda yana bir pog’ona taraqqiyotga erishdilar. Ammo mis buyumlar mo’rt bo’lganligi odamzotni qoniqtirmasdi. Demak, oqibatdatajriba va izlanishlar davom etib, mil. avv. III ming yillik oxiri va II ming yilliklarda mis, qalay, rux aralashmasidan jezni kashf qildilar va bu hodisa ibtidoiy inson jamoalarining hayotida keskin o’zgarishlarga omil bo’ldi va jamiyat taraqqiyoti yanada tezkorlik bilan rivojlandi. Oqibatda, qo’shimcha mahsulotning paydo bo’lishiga asos yaratildi. Metallurgiyaning tobora rivojlanishi sodir bo’layotgan sivilizasiyaning muhim iqtisodiy bazasi bo’lib xizmat qildi.

Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, sug’orma dehqonchilik Baqtriya va Marg’iyona hududlarida asosan mil. avv. II minginchi yilliklarning 1-choragidan boshlab keng yo’lga qo’yila boshlandi, ya’ni bir necha soy havzalarida sug’orib dehqonchilik qilish maydonlari paydo bo’ladi, ularning markazi sifatida yirik aholi punktlari, qishloq qo’rg’onlar, devorlar bilan aylantirib olingan qasr qo’rg’onlar va ilk shaharlar paydo bo’lib, ular vohalarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va mafkuraviy markazlar hisoblangan, jamiyat hayotida muhim o’rin tutgan. Shunday taraqqiyot jarayonida O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida qadimgi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bog’liq tarixiy-madaniy mintaqalar ancha erta shakllanadi. Arxeolog va etnograf hamda lingvinist olimlar «Avesto» ma’lumotlarini ko’p yillik qo’lga kiritilgan boy arxeologik ma’lumotlar bilan qiyosiy solishtirib o’rganib, ayni vaqtda, ya’ni ahamoniylar davrigacha O’rta Osiyoda ikkita yirik siyosiy birlashma «Katta Xorazm» va «Baqtriya podsholigi» bo’lganligi haqidagi birdamlik xulosaga kelishdilar. Aslida O’rta Osiyo, xususan, uning janubiy viloyatlari o’tmish tarixini o’rganishga qiziqish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan bo’lsa-da, biroq bu ishlar o’tgan asrning 30-yillaridan ancha keng tus oladi va kuchayadi. Bu hududlarda turli yillarda ko’pgina arxeolog olimlar samarali ish olib bordilar. Jumladan, P.Denike, M.Ye.Masson, M.M.Dyakonov, L.I.Albaum, G.A.Pugachenkova, V.I.Sarianidi, A.A.Asqarov, R.Sulaymanov, V.M.Masson,

A.S.Sagdullayev, Sh.R.Pidayev, Sh.B.Shaydullayev, A.F.Ganyalin, Ya.G’.G’ulomov, B.A.Kuftin, B.A.Litvinskiy, A.A.Maruщyenko, M.Mamedov, E.V.Rtveladze, T.Annayev, Z.Hakimov, I.S.Masimov, N.N.Negmatov, E.V.Sayko, S.P.Tolstov, B.N.Udeimo’roqov, T.Sh.Shirinov va boshqalar shular jumlasidan bo’lib, o’rganilayotgan davr tarixini tiklashga munosib hissa qo’shdilar.2

Qadimdan O’rta Osiyoning janubida, Kopetdog’ va Pomir tog’oldi hududlarida o’troq dehqonchilik madaniyatli qabilalar yashagan bo’lib, ular xo’jalik madaniy turmushda ancha ilgarilab ketishga erishgan edilar. Bunday ma’qul tabiiy geografik va ekologik sharoiti kelishgan dehqonchilik vohalar va tog’oldi pastqam hosildor joylarda Anovtepa, Namozgoh, Sopolli, Oltintepa, Gonur, To’g’oloq, Jarqo’ton, Dashli singari ilk shaharlar qad ko’tarib, ular o’z navbatida shu dehqonchilik vohalarining markazlari ham hisoblangan. Shuni aytish lozimki, bunday ilk shaharlarning ayrimlari mavsumiy suvga ega bo’lgan arid, ya’ni qurg’oqchilik bilan bog’liq joylarda ham vujudga kelgan. Masalan, O’rta va Yaqin Sharqda joylashgan Afg’oniston, Eron, Falastin, Suriya va boshqalarini shundaylar jumlasiga qo’yish mumkin. Umumiy miqyosda qaralganda janubiy O’rta Osiyoning o’troq dehqonchilik madaniyati, asosan, vohalar bo’ylab rivojlangan. Vohalar bo’ylab olib borilgan dehqonchilik xo’jaligida ham mavjud shart-sharoitlarga nisbatan biri ikkinchisidan ayrim holatlarda farq qilgan. Masalan, sersuv yoki doimiy oqar suvga serob bo’lgan vohalarda dehqonchilik keng tus olgan, natijada, bunday joylarda o’z davrining yirik makonlari – ilk shaharlar ertaroq tashkil topgan. Bunday shaharlarning atrofidagi shaharmonand shaharlar bilan uzviy rivojlangan bir necha dehqonchilik qishloqlari ham bo’lib, ular shu shaharlarga tobe bo’lib, madaniy xo’jalik aloqalarini yuritishganlar, qabilalararo kelishmovchiliklar tufayli vujudga kelgan bosqinchilik to’qnashuvlarda esa shu markaz shaharlar panohida omonlik saqlashganlar.

60-yillarda keng ko’lamda bajarilgan arxeologik tekshirishlar tufayli, arxeolog olimlarimiz qo’lida Qadimgi Baqtriya va Marg’iyona tarixiy viloyatlari o’tmish tarixi haqida katta hajmdagi manbalar to’plandi. Ayniqsa, O’zbekistonning janubiy vohalarida ish olib borgan olimlar A.A.Asqarov, A.S.Sagdullayev, Afg’onistonning shimoliy muzofotlarida tadqiqot olib borgan V.I.Sarianidi rahbarligidagi guruh, Marg’iyona sug’orma vohalarida tekshrish ishlari olib borgan V.M.Masson rahbarligidagi guruh I.S.Masimov, M.Mamedov kabi arxeologlar o’rganilayotgan tarixiy viloyatlarning ibtidoiy va antik davrlariga mansub katta hajmdagi arxeologik manbalarni qo’lga kiritishib, natijada yangi xulosalarga boy bo’lgan qator asarlar vujudga keldi. Shulardan A.A.Asqarovning «Janubiy O’zbekistonning jez davrida qadimgi dehqonchilik madaniyati» (1977), «Qadimgi Margush» (1990), A.A.Asqarov va T.Shirinovlarning «Janubiy O’rta Osiyoning jez davri ilk shahar madaniyati» (1993), V.M.Massonning «Oltintepa» (1981), A.S.Sagdullayevning «Qadimgi Baqtriyaning dala hovlilari» (1987) kabi mualliflar asarlarining joriy qilinishi Janubiy O’rta Osiyoda jez va ilk temir davrlarida sodir bo’lgan tarixiy jarayonlar haqidagi avvalgi tushunchalarni o’zgartirib yubordi.3

Mustaqillik olimlarimiz ixtiyoriga adolatli, ilmiy haqqoniy tariximizni yaratish imkoniyatini yaratib berdi. Shuni qayd etib o’tish lozimki, yuqorida eslatilgan va e’lon qilingan asarlarning aksariyati jez va ilk temir asrlari jamiyatlarining madaniyati, turmushtarzi, xo’jaligi va me’morchiligi haqidagi manbalarni bir tizimga solib, ularning chegara davrini aniqlash kabi masalalarni yoritishni o’z ichiga olgan holda, Shunday qilib, O’rta Osiyo arxeolog olimlarining muhim, dolzarb masalalardan biri ilk dehqonchilik va uning bilan bir vaqtda uzviy sodir bo’lgan ilk sinfiy munosabatlar, davlatchilik va sivilizasiyaning tashkil topish jarayonlari qonuniyatlarini o’rganishdan iborat bo’lib, ayni vaqtda bu haqda muhim kashfiyotlar qilindi, yakuniy xulosalar yaratildi. Ammo bu masala hamon o’zining dolzarbligini saqlab qolgan holda olimlarimiz qizg’in dala tekshiruv ishlarini davom ettirishmoqdalar.

Qadimgi Sharq tarixini o’rganishda olimlar orasida «birlamchi sivilizasiya» va «ikkinchi safdagi sivilizasiya» tushunchalari paydo bo’lib, shu vaqtga qadar «birlamchi sivilizasiya» o’chog’i Yaqin Sharq, xususan, Mesopotomiya va unga tutash mintaqalar hisoblanib kelinardi. O’rta Osiyo sivilizasiyasi go’yoki, «ikkinchi safdagi sivilizasiya» deb e’tirof qilardi. Ammo so’nggi yillarda O’rta Osiyoning janubiy tarixiy viloyatlarida va Shimoliy Afg’onistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlar O’rta Osiyo sivilizasiyasi Sharq sivilizasiyasi bilan bir vaqtda sodir bo’lmasa-da, ammo mustaqil sivilizasiya o’chog’i ekanligi isbotlandi. Bu hodisa O’rta Osiyo arxeologlarining o’ziga xos betakror katta yutug’i va fanga kiritgan yangi hissasi edi.

Bundan tashqari, O’rta Osiyoni ikkinchi safdagi sivilizasiya o’lkasi deb bilishning asosiy sababi, bu viloyatlar Qadimgi Sharq singari hali atroflicha o’rganilgan emas edi. Chunki bu jarayonni keyingi yillardagi tarixiy-arxeologik tadqiqotlar ham tasdiqlamoqda.4

Nima bo’lganda ham, Baqtriya va Marg’iyona arxeologik majmuasi bosqichi davrida, ya’ni ahamoniylargacha vujudga kelgan bu hududdagi davlatlar o’zlarining tashkil topish, madaniy xo’jalik kabi xususiyatlari bilan Sharqdan muayyan farqlansa-da, ammo Sharq sivilizasiyasining qo’shni viloyatlarga ijobiy ta’siri bo’lganligini aytish lozim, albatta. Xullas, jahonda bir-biriga aynan o’xshash shaharlar ham, davlatlar ham bo’lmagan. Bu masala haqida mamlakatimiz Prezidenti, davlat va siyosiy arbob I.A.Karimovning xulosaviy nazariy fikrlariga murojaat qilinsa, hamma muammo oydinlashadi. Jumladan, I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: «Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo’q. Dunyoda aynan bir-biriga o’xshash ikkita inson bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikkita davlat ham yo’q. Bunday bo’lishi mumkin ham emas. Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va madaniy taraqqiyotining hosilasidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir».5 Qaysi qit’ada tashkil bo’lmasin ularning rivojlanishi avvalo tarixiy geografik sharoitga ham bog’liq bo’lib, har biri betakror o’z xususiyatlariga ega bo’lganlar. Tariximiz shu qadar boyki, biz bilgan, bilmagan sahifalari shu qadar ko’pki, hali ko’p izlanishimiz, mehnat qilishimiz kerak bo’ladi.

Mustaqillikka erishgandan so’ng bu ishlar yangi pog’onaga ko’tarildi. Tadqiqot ishlari uchun nafaqat kichik, shuningdek, yirik yodgorliklarni qazib o’rganish ishlari qizg’in boshlanib ketdi, tarixning boshqa sohalari bilan bir qatorda ilk dehqonchilik manzilgohlarini muayyan darajada ochib bera olishga yetarli boy arxeologik manbalar qo’lga kiritilindi va ularni yangi yondashuv, mustaqillik g’oyalari asosida tadqiq va tahlil qilish ishlari yo’lga qo’yilib, o’z samarasini berdi. Shunday yirik shaharmonand va ilk shaharlar bo’lgan Marg’iyona va Baqtriyadagi Oltintepa, To’g’oloq-1, Gonur-1, Dashli-3 keng qamrovli qazish ishlari olib borilishi natijasida O’rta Osiyoning o’troq, sug’orma dehqonchilik vohalarini o’rganish bo’yicha arxeologik materiallar qo’lga kiritildi. Xullas, hozirgi vaqtda to’plangan manbalarning hajmi, xarakteri, mazmuni, nashr qilingan asarlar O’rta Osiyoning janubiy o’lkalarini o’z tarkibiga olib yotgan Baqtriya, Marg’iyona, yaqinroq aytilganda O’zbekiston va Turktmanistonning janubiy viloyatlarida ilk bor sug’orma dehqonchilikning vujudga kelishi xarakteri va tarixini tiklashga imkoniyat yaratildi.

“Janubiy Turkmanistonda sug’orma dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi” masalasi ilgari ham o’rganilgan bo’lsada men yana ushbu mavzuni tanlashimdan maqsad bu mavzuni mustaqillik davri va ruhida o’rganish. Mavzuni o’rganish jarayonida men Janubiy Turkmanistondagi Joyitun, Namozgohtepa, Oltintepa kabi tarixiy-arxeologik manbalarga boy yodgorliklar misolida kengroq o’rganib chiqishga harakat qildim.

Ushbu magistrlik dissertatsiya ishimda Janubiy Turkmanistonda sug’orma dehqonchilikning vujudga kelishi, bu dehqonchilik manzilgohlarning dastlabki shahar va davlatlarning paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qilganligi haqida yetarlicha yoritib berishga harakat qildim.




Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish