Њзбекистон Республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


III bob. Janubiy Turkmanistondagi eneolit va bronza davri dehqonchiligi manzilgohlari



Download 359 Kb.
bet6/13
Sana28.04.2020
Hajmi359 Kb.
#47862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sherzod diplomi

III bob. Janubiy Turkmanistondagi eneolit va bronza davri dehqonchiligi manzilgohlari.

3.1. Janubiy Turkmanistonda eneolit davri yodgorliklari.

1904- yili amerikalik R. Pompelli Janubiy Turkmanistonga ekspeditsiya uyushtirdi. Ekspeditsiya Kopetdog’ tog’oldi zonasiga joylashgan Anovtepada arxeolog G. Shmidt rahbarligida qazishmalar olib bordi. Arxe­ologik qazishma natijalari ko’p datlamli Anovtepani 4 ta xronologik etapga bo’lish imkoniyatini berdi. G. Shmidt bu etaplarni Anov I, II, III va IV deb atadi. Arxeolog olimlar Pompelli – Shmidt xronologik davriy sistemasidan rosa 50 yil foydalandilar.

Urushdan keyingi yillarda Janubiy Turkmanistonda qadimgi davr arxeologiyasinin o’rganish bo’yicha juda ko’p ishlar qilingan bo’lib, bular ichida eng muhimi 1948-1958-yillarda Namozgohtepada olib borilgan arxeologik ishlardir. Namozgohtepadagi ishlar natijasida Anovtepa bo’yicha qilingan davrlashtirishga biro z aniqlik kiritildi.25

1950 – yillarning boshlarida B. A. Kuftin Namozgohtepada (u ham Janubiy Turkmanistonda) arxeologik qazishmalar o’tkazib, Janubiy Turkmaniston o’troq dehqon jamoalari tarixining yangi xronologik davriy sistemasini taqdim etdi. Unga ko’ra qadimgi dehqon jamoalarining eneolit va bronza davri tarixi 6 bosqichga bo’lindi. B. A. Kuftin bu etaplarni Namozgoh I, II, III, IV, V, VI deb atadi.

Keyinroq, V. M. Masson B. A. Kuftin ishlarining davomchisi sifatida, uning xronologik davriy sistemasiga tub o’zgarishlar kirita olmasada, o’sha 6 etapning har birini ikkitadan bosqichga bo’lib o’rganish mumkinligini isbotlab berdi. G. Shmidt va B. A. Kuftin xro­nologik davriy sistemasi bir-biri bilan solishtirilsa, Anov I ning «A» fazasi neolitga tegishli bo’lib, Anov I ning «B» fazasi esa Namozgoh I ga tengdir. Shuningdek, Anov II Namozgoh II ga barobar; Anov III Namozgoh III, IV, V va VI ga tengdir. Anov IV ilk temir davriga taalluqlidir. O’rta Osiyo ibtidoiy jamoa tuzumi tarixining Namozgoh I-III etaplari Janubiy Turkmanistonda eneo­lit asri disoblanadi.

Janubiy Turkmanistonning dehqon jamoalari ta­rixida, V. M. Massonning fikricha, eneolit davri milo­diy eradan oldingi V minginchi yillikning oxirlaridan boshlab, u to III minginchi yillikning birinchi choragigacha davom etdi. Shuningdek, Namozgoh I ilk ene­olit, Namozgoh II o’rta eneolit va Namozgoh III esa so’nggi eneolit hisoblanadi. Eneolit davrida sug’orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo’jalikning asosini tashkil etgan.

Paleografiya nlmiy-tadqiqot kuzatishlariga ko’ra eneolit davrining ob-havosi, geografik iqlimi hozirgi davrdan ancha farq qilib, u vaqtda yog’ingarchilik nisbatan ko’p bo’lgan. Tog’osti soylari o’z suvlarini cho’l zonasining ichkarisigacha olib borgan. Ana-shu soy suvlarining o’rta oqimi rayonlarida eneolit davri qishloqlari qad ko’targan. Ular asta-sekin o’sha soylarning quyi oqimiga, hatto Janubiy Turkmanistonning Tejen singari azim daryolari quyi oqimigacha borib yetdilar. Yangi yerlarni o’zlashtirish protsessi, ayniqsa, Namozgoh I ning oxiri va Namozgoh II davrida aktivlashdi.

Eneolit davrida Geoksar vohasi keng o’zlashtirildi. Geomorfologik ilmiy dala tadqiqotlarining ko’rsatishicha, Geoksar vohasida eng qadimgi sun’iy sug’orish kanallari vujudga keladi.

Eneolit davri geoksar yodgorliklari 1960 - yillarda V. M. Masson, V. I. Sarianidi, I. N. Xlopinlar tomonidan keng o’rganildi. Ular o’sha davr qishloqlarining va uy-joylarining tipi haqida qimmatli materiallar to’pladilar.26 Geoksar vohasida o’tkazilgan arxeologik ish natijalariga ko’ra, ilk eneolit davrida (Namozgoh I) urug’ jamoalari maydoni keng makonlarda yashaganlar. Har bir qishloq, (masalan, Yassitepa) bir-biriga zich qilib qurilgan qator bir xonali uylardan tashkil topgan har bir uy juft oilalarga tegishli bo’lib, unda ona oila boshlig’i sifatida uni boshqargan. Boylik hali umumjamoaniki hisoblanib, uni yaratishda oilaga boshqa urug’dan vaqti-vaqti bilan kelib turuvchi erkaklar ko’maklashib turgan.

Namozgoh I davri uy-joy qurilishida birinchi bor xom g’isht ishlatilgan. Xona devorlari somonli loy bilan suvalgan. Uylar tor, kvadrat shaklida bo’lib, may­doni 10 m2 ga yaqin bo’lgan. Uyga kiraverishda, chap tomonda kvadrat shaklidagi g’ishtdan ishlangan o’choq joy­lashgan. Xonaning bir burchagi past devorcha bilan ajratib qo’yilgan. Bu xonacha oilaning g’alla «omborchasi» bo’lsa kerak. Namozgoh I davridagi bir xonali uy-joy qurilish sistemasi, ayniqsa, geoksar vohasining Dashtlitepa yodgorligida yaxshi o’rganildi. Shuning uchun ham bu davrni «dashtlitepa» deb ham yuritiladi. Dashtlitepa qishlog’ida arxeologlar uch qator madaniy qatlam borligini aniqladilar. Qishloqning chir atrofi mudofaa devori bilan o’rab olingan.

Namozgoh II davrida qishloqlarning maydoni avvalgidek keng, ammo yirik qishloqlar atrofida mayda qishloqchalar ham qad ko’taradi. Namozgoh II davri uy qurilish planlashtirilishi geoksar vohasining Yalang’ochtepa, Mo’lalitepa (arxeologik adabiyotlarda uni Mullalitepa deb yuritiladi, ammo bu xato bo’lib, aslida mo’la – bu burj demakdir, ya’ni burjlitepa ma’nosini anglatadi) kabi yodgorliklarida yaxshi o’rga­nilgan.

Geoksar vohasi uchun eneolit asrining bu davri «yalang’och davri» deb ham yuritiladi, Yalang’och davrida urug’ jamoalarining qishloqlari mudofaa devorla­ri bilan o’rab olina boshlaydi. Qishloqlarning hamma qismi devor ichiga olinmay, balki ularning markaziy qismigina devor bilan o’rab olingan. Namozgoh II davri mudofaa devorlari ko’p burchakli bo’lib, har bir burchakning uzunligi 8,5 – 10 metrga teng. Ikki burchak uchrashuv nuqtasida doira shaklida xona joy­lashgan. Ularning eshiklari qishloq ichiga qaratilgan. Mudofaa devor sistemasida joylashgan bu xonalarni V. M. Masson bo’lajak mo’la - burj bo’lsa kerak, deb hisoblaydi.27

Jamoa a’zolari yashaydigan xonalar avvalgidek tor, maydoni 10 m2 dan oshmaydi, ularning o’chog’i eshikdan kiraverishda, chap devor tagida joylashgan. Yalang’och davri uy-joy qoldiqlari birgina Mulali va Yalang’ochtepalar misolidagina o’rganilib qolmay, balki ular Oxchatepada, Oynatepada, Geokar 1, 7, 9 nomli tepalarda ham o’rganilgan.

Yalang’och etapi (Nomozgoh II) uy-joylarining tuzilishi jihatidan 3 guruhga bo’linadi: 1) o’choqsiz to’g’ri burchak shaklidagi uylar; 2) o’choqli to’g’ri burchak shaklidaga uylar; 3) dahlizli uylar. Bu esa Namozgoh II etapida ko’p xonali uy-joy qurilishi sistemasining paydo bo’layotganligidan guvohlik beradi.

Namozgoh II davri ko’p xonali uylari orasida maydoni keng doira shaklidagi xonalar ham uchraydi. Ular asosan urug’ jamoasi uylarining markazida joylashgan. Ularning devorlari ancha mustahkam, ularda ikki qismga bo’lingan to’g’ri burchakli o’choqlar uchraydi. Ba’zi bir yodgorliklarda (masalan, Anovtepa va Yassitepa) shunday o’choqli uylarning vujudga kelishi, hatto Namozgoh I etapining oxirlaridan kuzatiladi. Arxeolog olimlar bunday o’choqli uylarni «o’t og’asining uyi» deb hisoblamoqdalar.

Eng qadimgi olovga sig’inish ibodatxonalari deb atalgan bu xonalarning yuz tomoni kun chiqishga qaratil­gan. Ularning ichida xo’jalik o’choqlarining qoldiqlari va uy-ro’zg’or buyumlari uchramaydi. Demak, bunday uy­lar eneolit davrining yalang’och etapidan boshlab ibti­doiy urug’ jamoa a’zolarining eng qadimgi olovga topinish ibodatxonalari sifatida paydo bo’lgan.

Eneolit asrining so’nggi etapi Namozgoh III davrida qadimgi dehqonchilik qishloqlarining hududi yanada kengayadi. Bu davr uy-joy qurilish planlashtirishi geoksar vohasida Geoksar I va Cho’ngtepa, Artik rayonida esa Qoratepa misolida keng o’rganildi. Qora tepada Namozgoh III etapiga oid 130 dan ortiq ko’p xo­nali uy-joy qoldiqlari ochilgan. Bular alohida xonadonlarga mo’ljallangan xo’jalik komplekslarini tash­kil etgan.28 Ular asosan dahlizli bo’lib yotoqxona o’rtasida sandal o’rni saqlangan. Bu ko’p xonali uy tarkibi­da torroq kichik xona bo’lib, unda o’choq yoki sandal qoldig’i uchramaydi. Bunday xonalar oila «ombori» sifatida foydalanilgan.

Hamma joyda sodda qilib ishlangan geometrik shakllar o’rnida murakkab, jimjimador nozik gullar, “gilam gulli naqsh” deb yuritilgan bezak paydo bo’ldi. Sopol sirtiga dayvon va parraidalarning suratlarini tushirish odati yanada keng tus oldi. Sopollarda hayvon va qush suratlarining paydo bo’lishi - bu ibtidoiy urug’doshlik jamoasi diniy va ideologik taassurotlarining «totemlar» ko’rinishida namoyon bo’lishining guvohi edi.

Eneolit davri xo’jaligining asosini sug’orma dehqonchilk va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Namozgoh II etapidan boshlab sun’iy suv omborlari qurilgan. Ma­salan, Mulalitepa yaqinida qadimgi hovuz qoldig’i o’rganildi. Unnng hajmi 3500 m3 ekan. Namozgoh III dav­riga doir kanallar borligi aniqlandi. Geoksar I qishlog’i yaqinida daryo o’zani bo’lib, 1,5 km masofaga suv olib borilgani, u suv esa o’sha kanal etagidagi ekinzorlarni sug’orish uchun ishlatilgani aniqlangan.

Dehqonchilikda keng tarqalgan boshoqli o’simliklar arpa va bug’doy bo’lib, olimlar Janubiy Turkmaniston eneolit davri dehqonlarining ko’proq arpa ekkanliklarini aniqladilar.

Eneolit davri yodgorliklarini qazish vaqtida ko’plab hayvon suyaklari topildi. Paleozoologlarning fikricha, uy hayvoni sifatida qoramol, qo’y va echki boqish keng yoyilgan. Shunday qilib, Janubiy Turkmaniston ibtido­iy jamoalari dehqonchilik xo’jaligi bilan bir qatorda xonaki chorvachilik bilan dam shug’ullangan ekanlar.

Eneolit asri ijtimoiy munosabatlariga kelganda, hali bu davrda ona urug’i jamoada hukmron edi. Bunga mieol qilib xona va mozorlardan topilgan ayollarning haykalchalarini ko’rsatish mumkin. Ayniqsa, Namozgoh I etapida ayollarning mavqei kuchli ekanligi yaxshi na­moyon bo’ladi.29

Namozgoh II etapidan boshlab esa asta-sekin erkaklarning jamoada, oilada urni va roli sezila boshladi. Avvalgi urug’doshlik jamoalari o’rnida asta-sekin ishlab chiqarish jamoalari rasmiylashib borayotganini ko’ramiz. Ammo ayollar hali jamoada, oilada o’z o’rnini erkaklarga bo’shatib bermagan edi.

Namozgoh III etapiga kelib, ko’p xonali xo’jalik komplekslarining rasmiylashuvi bilan ishlab chiqarish jamoalari jamiyatning asosiy yacheykasiga aylannb bordi. Bu esa o’z navbatida jamoada, oilada erkaklar rolining oshib borishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Ishlab chiqarish jamoalarida bir oz bo’lsada, ortiqcha mahsulot paydo bo‘ldi. Ortiqcha mahsulot esa o’z navbatida ayriboshlashga yo’naltirildi.

Shunday qilib, jamoalararo natural mol ayriboshlash kuchaydi. Bu esa eneolit davri jamoasida yuz bergan progressiv yo’nalish edi.

Eneolit davri urf-odatlari va motam marosimlariga kelsak, bu davrda murdalarni qabrga yonboshi bilan oyoq-qo’llarini g’ujanak qilib qo’yish odati pay­do bo’ladi. Janubiy Turkmanistonda Namozgoh I etapi mozorlari kam o’rganilgan. Ammo Namozgoh II va Namozgoh III davriga oid qabrlar ko’p ochildi. Mozorlarda negadar qabr ashyoviy dalillari kam. Ba’zi bir qabrlarda ayollar ma’budasi uchraydi. Namozgoh III etapi­dan boshlab qabristonlarda kollektiv mozorlar uchray boshlaydi, xom g’ishtdan kvadrat va doira shaklida qu­rilgan mavzoleylar paydo bo’ladi. Bu mavzoleylar urug’ mavzoleylari bo’lsa kerak. Ularga o’lik har xil vaqtda qo’yilgan. V. M. Massonning yozishicha, Qoratepada Namozgoh III etapiga oid 4 ta mavzoleyda faqatgina ayollar skeletlari uchragan. Bu esa ayollarga nisbatan hurmat va e’tiqodning hali yuqoriligidan dalolat be­radi. Eneolit davri haykallarining deyarli hammasi ayollar ma’budasi. Faqat Namozgoh III etapining oxirlarida bitta-yarimta erkaklar haykali paydo bo’la bosh­laydi. Bu faktlar hali eneolit asri tom ma’noda matriarxat urug’doshlik jamoasi ekanligidan guvohlik beradi.30

Shunday qilib, O’rta Osiyoda eneolit asriga doir yod­gorliklar asosan Janubiy Turkmaniston dehqon jamoalarining Namozgoh I, II va III davri haqida tushuncha beradi.

Eneolit davri aholisi Janubiy Turkmaniston tog’oldi zonalarida, tog’ soylari va daryolari quyi havzasi tumanlarida tashkil topgan yirik qishloqlarda yashadilar. U qishloqlar bir necha yuz va ming yillar davomida qadimgi dehqon jamoalarining turar joylari bo’lgani uchun ularning hududi tabora kengayib, ko’p qatlamli yirik aholi punktlariga aylanib bordi. Ularning xo’jaligida dehqonchilik bilan birga xonaki chorvachilik ham rivojlandi. Ovchilik jamoada

yordamchi xo’jalik sifatida davom etdi. Bu davr hunarmandchiligining kulolchilik va tuqimachilik sohalari, metallurgayaning eng ibtidoiy formadagi ko’rinishlari rivojlandi.

Eneolit davrining so’nggi etapida, urug’doshlik jamoasida erkaklarning roli sezila boshlasada, lekni hali jamiyatni boshqarish ishi onalar qo’lida edi. Shuning uchun jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida matriarxat davri hukmron edi.

Ibtidoiy urug’doshlik jamoalarining shu davrga oid ba’zi bir qishloqlari Zarafshon daryosining quyi oqi­mida, Amudaryo deltasida qisqa muddatli makonlar tipida uchratiladi. Ammo ular Janubiy Turkmaniston eneolit davri qishloqlari singari o’sha jamoa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti haqida to’la-to’kis taassurot bera olmas edilar. O’rta Osiyoda olib borilgan arxeologik dala tadqiqot ishlarining natijalariga qaraganda, bu zonalarda ibtidoiy dehqon jamoalari metall bilan keng ko’lamda bronza davrida tanishadilar.


Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish