Њзбекистон Республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги



Download 351,5 Kb.
bet1/13
Sana05.04.2023
Hajmi351,5 Kb.
#925178
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
janubiy turkmaniston



Mavzu: Janubiy Turkmanistonda sug’orma dehqonchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi.

Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………..3-8-b

I bob. Turkmanistonning tabiiy sharoiti va geografik joylashuvi…....9-17-b.

II bob. Janubiy Turkmanistonda dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi va Joytun madaniyati…………………………………………..…..18-b

Janubiy Turkmanistonda dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi………………………………………………..……..18-25-b

Joytun urug’ – jamoalarining dehqonchilik

madaniyati………………………………………………....26-35-b

III bob. Janubiy Turkmanistondagi eneolit va bronza davri dehqonchiligi manzilgohlari………………………………………………………………..36-b

3.1. Janubiy Turkmanistonda eneolit davri yodgorliklari….....36-42-b

3.2. Janubiy Turkmanistonda bronza davri sug’orma dehqonchiligi tarixi (Namozgohtepa, Oltintepa, Gonur, To’g’aloq manzilgohlari misolida)……………………...……………………………………..43-71-b

Xulosa……………………………………………………………………72-76-b

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...………………………………….76-80-b

Ilovalar (illyustrasiyalar)

Kirish.

“Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishiortib bormoqda. Bu – tabiiy hol. Odamzod borki, avlod – ajdodi kimligini, nasl –nasabini, o’zi tug’lib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Shuning uchun ham “ Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”1. Bu purma’no fikrlar olimlarimizdan Vatan tarixini puxta o’rganish va bilish, yoshlarimizni millatimiz tarixi an’analari asosida tarbiyalashga chorlaydi.

Mustaqilliki yillarida yaratilgan imkoniyat tarixiy o’tmishni o’rganishga qiziqishni orttirdi. Mamlakatimiz, shuningdek, O’rta Osiyoning janubiy hududlarida qator arxeologik ekspeditsiyalar samarali tadqiqotlar olib bordi va bu ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Yuqoridagi hududlarning deyarli barcha tumanlarida odamzod jamoalarining tosh davrimakonu manzilgohlari topilib o’rganildi va buishlar davom ettirilmoqda. Bu yerda todh asrining deyarli barcha taraqqiyot bosqichlariga tegishli yodgorliklar topilib o’rganildi. Avvalgi va so’nggi yillarda qo’lga kiritilgan manbalar tosh asrida yashagan ajdodlarimiz o’z davriga xos va mos yuksak madaniyatga erishishi bilan bu jamoalar har doim yuksak taraqqiyot – sivilizatsiya sari intilib yashaganligidan guvohlik beradi. Xususan, O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida miloddan avvalgi VI ming yilliklarda yashagan neolit davri jamoalri o’lkada birinchi bo’lib, ilk marta o’troq dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik ishlab chiqarish xo’jalik jarayoniga o’tishganliklari isbotlangan. Bu taraqqiyot o’zgarishlari sivilizatsiyaning ilk, ko’hna ildizlaridan guvohlik bearadi. Bu hududlarda yashagan odamzod jamoalari peshma – pesh taraqqiyot tufayli metalldan foydalanishni kashf qildilar. Aslida joyli neolit jamoalarining vorislari mil. avv. IV ming yilliklarda misdan foydalanishni kashf qilishib, turmushda yana bir pog’ona taraqqiyotga erishdilar. Ammo mis buyumlar mo’rt bo’lganligi odamzotni qoniqtirmasdi. Demak, oqibatdatajriba va izlanishlar davom etib, mil. avv. III ming yillik oxiri va II ming yilliklarda mis, qalay, rux aralashmasidan jezni kashf qildilar va bu hodisa ibtidoiy inson jamoalarining hayotida keskin o’zgarishlarga omil bo’ldi va jamiyat taraqqiyoti yanada tezkorlik bilan rivojlandi. Oqibatda, qo’shimcha mahsulotning paydo bo’lishiga asos yaratildi. Metallurgiyaning tobora rivojlanishi sodir bo’layotgan sivilizasiyaning muhim iqtisodiy bazasi bo’lib xizmat qildi.

Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, sug’orma dehqonchilik Baqtriya va Marg’iyona hududlarida asosan mil. avv. II minginchi yilliklarning 1-choragidan boshlab keng yo’lga qo’yila boshlandi, ya’ni bir necha soy havzalarida sug’orib dehqonchilik qilish maydonlari paydo bo’ladi, ularning markazi sifatida yirik aholi punktlari, qishloq qo’rg’onlar, devorlar bilan aylantirib olingan qasr qo’rg’onlar va ilk shaharlar paydo bo’lib, ular vohalarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va mafkuraviy markazlar hisoblangan, jamiyat hayotida muhim o’rin tutgan. Shunday taraqqiyot jarayonida O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida qadimgi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bog’liq tarixiy-madaniy mintaqalar ancha erta shakllanadi. Arxeolog va etnograf hamda lingvinist olimlar «Avesto» ma’lumotlarini ko’p yillik qo’lga kiritilgan boy arxeologik ma’lumotlar bilan qiyosiy solishtirib o’rganib, ayni vaqtda, ya’ni ahamoniylar davrigacha O’rta Osiyoda ikkita yirik siyosiy birlashma «Katta Xorazm» va «Baqtriya podsholigi» bo’lganligi haqidagi birdamlik xulosaga kelishdilar. Aslida O’rta Osiyo, xususan, uning janubiy viloyatlari o’tmish tarixini o’rganishga qiziqish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan bo’lsa-da, biroq bu ishlar o’tgan asrning 30-yillaridan ancha keng tus oladi va kuchayadi. Bu hududlarda turli yillarda ko’pgina arxeolog olimlar samarali ish olib bordilar. Jumladan, P.Denike, M.Ye.Masson, M.M.Dyakonov, L.I.Albaum, G.A.Pugachenkova, V.I.Sarianidi, A.A.Asqarov, R.Sulaymanov, V.M.Masson,

A.S.Sagdullayev, Sh.R.Pidayev, Sh.B.Shaydullayev, A.F.Ganyalin, Ya.G’.G’ulomov, B.A.Kuftin, B.A.Litvinskiy, A.A.Maruщyenko, M.Mamedov, E.V.Rtveladze, T.Annayev, Z.Hakimov, I.S.Masimov, N.N.Negmatov, E.V.Sayko, S.P.Tolstov, B.N.Udeimo’roqov, T.Sh.Shirinov va boshqalar shular jumlasidan bo’lib, o’rganilayotgan davr tarixini tiklashga munosib hissa qo’shdilar.2

Qadimdan O’rta Osiyoning janubida, Kopetdog’ va Pomir tog’oldi hududlarida o’troq dehqonchilik madaniyatli qabilalar yashagan bo’lib, ular xo’jalik madaniy turmushda ancha ilgarilab ketishga erishgan edilar. Bunday ma’qul tabiiy geografik va ekologik sharoiti kelishgan dehqonchilik vohalar va tog’oldi pastqam hosildor joylarda Anovtepa, Namozgoh, Sopolli, Oltintepa, Gonur, To’g’oloq, Jarqo’ton, Dashli singari ilk shaharlar qad ko’tarib, ular o’z navbatida shu dehqonchilik vohalarining markazlari ham hisoblangan. Shuni aytish lozimki, bunday ilk shaharlarning ayrimlari mavsumiy suvga ega bo’lgan arid, ya’ni qurg’oqchilik bilan bog’liq joylarda ham vujudga kelgan. Masalan, O’rta va Yaqin Sharqda joylashgan Afg’oniston, Eron, Falastin, Suriya va boshqalarini shundaylar jumlasiga qo’yish mumkin. Umumiy miqyosda qaralganda janubiy O’rta Osiyoning o’troq dehqonchilik madaniyati, asosan, vohalar bo’ylab rivojlangan. Vohalar bo’ylab olib borilgan dehqonchilik xo’jaligida ham mavjud shart-sharoitlarga nisbatan biri ikkinchisidan ayrim holatlarda farq qilgan. Masalan, sersuv yoki doimiy oqar suvga serob bo’lgan vohalarda dehqonchilik keng tus olgan, natijada, bunday joylarda o’z davrining yirik makonlari – ilk shaharlar ertaroq tashkil topgan. Bunday shaharlarning atrofidagi shaharmonand shaharlar bilan uzviy rivojlangan bir necha dehqonchilik qishloqlari ham bo’lib, ular shu shaharlarga tobe bo’lib, madaniy xo’jalik aloqalarini yuritishganlar, qabilalararo kelishmovchiliklar tufayli vujudga kelgan bosqinchilik to’qnashuvlarda esa shu markaz shaharlar panohida omonlik saqlashganlar.

60-yillarda keng ko’lamda bajarilgan arxeologik tekshirishlar tufayli, arxeolog olimlarimiz qo’lida Qadimgi Baqtriya va Marg’iyona tarixiy viloyatlari o’tmish tarixi haqida katta hajmdagi manbalar to’plandi. Ayniqsa, O’zbekistonning janubiy vohalarida ish olib borgan olimlar A.A.Asqarov, A.S.Sagdullayev, Afg’onistonning shimoliy muzofotlarida tadqiqot olib borgan V.I.Sarianidi rahbarligidagi guruh, Marg’iyona sug’orma vohalarida tekshrish ishlari olib borgan V.M.Masson rahbarligidagi guruh I.S.Masimov, M.Mamedov kabi arxeologlar o’rganilayotgan tarixiy viloyatlarning ibtidoiy va antik davrlariga mansub katta hajmdagi arxeologik manbalarni qo’lga kiritishib, natijada yangi xulosalarga boy bo’lgan qator asarlar vujudga keldi. Shulardan A.A.Asqarovning «Janubiy O’zbekistonning jez davrida qadimgi dehqonchilik madaniyati» (1977), «Qadimgi Margush» (1990), A.A.Asqarov va T.Shirinovlarning «Janubiy O’rta Osiyoning jez davri ilk shahar madaniyati» (1993), V.M.Massonning «Oltintepa» (1981), A.S.Sagdullayevning «Qadimgi Baqtriyaning dala hovlilari» (1987) kabi mualliflar asarlarining joriy qilinishi Janubiy O’rta Osiyoda jez va ilk temir davrlarida sodir bo’lgan tarixiy jarayonlar haqidagi avvalgi tushunchalarni o’zgartirib yubordi.3

Mustaqillik olimlarimiz ixtiyoriga adolatli, ilmiy haqqoniy tariximizni yaratish imkoniyatini yaratib berdi. Shuni qayd etib o’tish lozimki, yuqorida eslatilgan va e’lon qilingan asarlarning aksariyati jez va ilk temir asrlari jamiyatlarining madaniyati, turmushtarzi, xo’jaligi va me’morchiligi haqidagi manbalarni bir tizimga solib, ularning chegara davrini aniqlash kabi masalalarni yoritishni o’z ichiga olgan holda, Shunday qilib, O’rta Osiyo arxeolog olimlarining muhim, dolzarb masalalardan biri ilk dehqonchilik va uning bilan bir vaqtda uzviy sodir bo’lgan ilk sinfiy munosabatlar, davlatchilik va sivilizasiyaning tashkil topish jarayonlari qonuniyatlarini o’rganishdan iborat bo’lib, ayni vaqtda bu haqda muhim kashfiyotlar qilindi, yakuniy xulosalar yaratildi. Ammo bu masala hamon o’zining dolzarbligini saqlab qolgan holda olimlarimiz qizg’in dala tekshiruv ishlarini davom ettirishmoqdalar.

Qadimgi Sharq tarixini o’rganishda olimlar orasida «birlamchi sivilizasiya» va «ikkinchi safdagi sivilizasiya» tushunchalari paydo bo’lib, shu vaqtga qadar «birlamchi sivilizasiya» o’chog’i Yaqin Sharq, xususan, Mesopotomiya va unga tutash mintaqalar hisoblanib kelinardi. O’rta Osiyo sivilizasiyasi go’yoki, «ikkinchi safdagi sivilizasiya» deb e’tirof qilardi. Ammo so’nggi yillarda O’rta Osiyoning janubiy tarixiy viloyatlarida va Shimoliy Afg’onistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlar O’rta Osiyo sivilizasiyasi Sharq sivilizasiyasi bilan bir vaqtda sodir bo’lmasa-da, ammo mustaqil sivilizasiya o’chog’i ekanligi isbotlandi. Bu hodisa O’rta Osiyo arxeologlarining o’ziga xos betakror katta yutug’i va fanga kiritgan yangi hissasi edi.

Bundan tashqari, O’rta Osiyoni ikkinchi safdagi sivilizasiya o’lkasi deb bilishning asosiy sababi, bu viloyatlar Qadimgi Sharq singari hali atroflicha o’rganilgan emas edi. Chunki bu jarayonni keyingi yillardagi tarixiy-arxeologik tadqiqotlar ham tasdiqlamoqda.4

Nima bo’lganda ham, Baqtriya va Marg’iyona arxeologik majmuasi bosqichi davrida, ya’ni ahamoniylargacha vujudga kelgan bu hududdagi davlatlar o’zlarining tashkil topish, madaniy xo’jalik kabi xususiyatlari bilan Sharqdan muayyan farqlansa-da, ammo Sharq sivilizasiyasining qo’shni viloyatlarga ijobiy ta’siri bo’lganligini aytish lozim, albatta. Xullas, jahonda bir-biriga aynan o’xshash shaharlar ham, davlatlar ham bo’lmagan. Bu masala haqida mamlakatimiz Prezidenti, davlat va siyosiy arbob I.A.Karimovning xulosaviy nazariy fikrlariga murojaat qilinsa, hamma muammo oydinlashadi. Jumladan, I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: «Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo’q. Dunyoda aynan bir-biriga o’xshash ikkita inson bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikkita davlat ham yo’q. Bunday bo’lishi mumkin ham emas. Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va madaniy taraqqiyotining hosilasidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir».5 Qaysi qit’ada tashkil bo’lmasin ularning rivojlanishi avvalo tarixiy geografik sharoitga ham bog’liq bo’lib, har biri betakror o’z xususiyatlariga ega bo’lganlar. Tariximiz shu qadar boyki, biz bilgan, bilmagan sahifalari shu qadar ko’pki, hali ko’p izlanishimiz, mehnat qilishimiz kerak bo’ladi.

Mustaqillikka erishgandan so’ng bu ishlar yangi pog’onaga ko’tarildi. Tadqiqot ishlari uchun nafaqat kichik, shuningdek, yirik yodgorliklarni qazib o’rganish ishlari qizg’in boshlanib ketdi, tarixning boshqa sohalari bilan bir qatorda ilk dehqonchilik manzilgohlarini muayyan darajada ochib bera olishga yetarli boy arxeologik manbalar qo’lga kiritilindi va ularni yangi yondashuv, mustaqillik g’oyalari asosida tadqiq va tahlil qilish ishlari yo’lga qo’yilib, o’z samarasini berdi. Shunday yirik shaharmonand va ilk shaharlar bo’lgan Marg’iyona va Baqtriyadagi Oltintepa, To’g’oloq-1, Gonur-1, Dashli-3 keng qamrovli qazish ishlari olib borilishi natijasida O’rta Osiyoning o’troq, sug’orma dehqonchilik vohalarini o’rganish bo’yicha arxeologik materiallar qo’lga kiritildi. Xullas, hozirgi vaqtda to’plangan manbalarning hajmi, xarakteri, mazmuni, nashr qilingan asarlar O’rta Osiyoning janubiy o’lkalarini o’z tarkibiga olib yotgan Baqtriya, Marg’iyona, yaqinroq aytilganda O’zbekiston va Turktmanistonning janubiy viloyatlarida ilk bor sug’orma dehqonchilikning vujudga kelishi xarakteri va tarixini tiklashga imkoniyat yaratildi.

“Janubiy Turkmanistonda sug’orma dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi” masalasi ilgari ham o’rganilgan bo’lsada men yana ushbu mavzuni tanlashimdan maqsad bu mavzuni mustaqillik davri va ruhida o’rganish. Mavzuni o’rganish jarayonida men Janubiy Turkmanistondagi Joyitun, Namozgohtepa, Oltintepa kabi tarixiy-arxeologik manbalarga boy yodgorliklar misolida kengroq o’rganib chiqishga harakat qildim.

Ushbu magistrlik dissertatsiya ishimda Janubiy Turkmanistonda sug’orma dehqonchilikning vujudga kelishi, bu dehqonchilik manzilgohlarning dastlabki shahar va davlatlarning paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qilganligi haqida yetarlicha yoritib berishga harakat qildim.

I bob. Turkmanistonning tabiiy sharoiti va geografik joylashuvi.

Turkmaniston hududining aksariyat qismi takislikdan iborat bo’lib, qariyib 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum cho’li)da joylashgan. Faqat janubda tepaliklar va o’rtacha balandlikdagi tog’lar bor. Kaspiy dengizining Turkmanistonga qarashli janubiy qirg’oqlari kam parchalangan, shimolda Qorabo’g’ozgo’l, Krasnovodsk, turkman qo’ltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va qum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli Turkmaniston janubida kopetdog’ tog’lari (eng baland cho’qqisi 2942 m – Rizo cho’qqisi), undan shimoli-g’arbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) tog’lari joylashgan. Janubi-sharqdagi bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) o’rtasidan Mug’rob daryosi oqib o’tadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Ko’hitang tarmog’i (balandligi 3139 m) bor. Turkmanistonning g’arbida Krasnovodsk platosi, shimoli-g’arbda Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubda esa Orqa O’zboy burmali rayonlari yotadi. Kaspiy bo’yi pasttekisligida Nebitdog’ (39 m), boyadog’ (134 m), Qumdog’, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar ko’tarilib turadi. Kopetdog’ tekisligidan shimol va shimoliy-sharqda Qoraqum cho’li, Amudaryo va Tajan daryolari oralig’ida Janubiy-Sharqiy Qoraqum cho’li jaylashgan. Turkmanistonning janubiy qismida tez-tez zilzila bolib turadi. Muhim qazilma boyliklari-neft va gaz; ko’mir, mirabalit, oltingugurt, qora va rangli metal, alyuminiy, simob, molibden konlari aniqlangan.

Iqlimi keskin kontinental, qurg’oqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yog’adi. Yanvarning o’rtacha harorati shimoli-sharqda-5º dan Atrek daryosi atrofida 4º gacha, ba’zi yillari Toshhovuz viloyatida absolyut minimal harorat -32º gacha. Iyulda shimoli-sharqda 28º, janubda 32º, absolyut maksimal harorat 49,9ºgacha yetadi. Turkmaniston hududining 80% ida doimiy oqar suv yo’q; janub va sharqiy hududlardagina daryolar bir. Eng katta va sersuv daryo – Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha brogan-900 km. ko’llarning aksariyati sho’r. chuchuk suvli Yasxan ko’li Nebitdog’ shimolini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Tuproqlari – Ustyurt, Krasnovodsk, Orqa Unguz platorlarida sur-qo’ng’ir, tog’etaklari, tog; yonbag’irlarining quyi qismida, tog’ oldi tekisliklarida, tog’larning quyi mintaqasida bo’z tuproq, yuqoriroqda to’q bo’z, tog’ tepalarida tog’-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum cho’lining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, sho’rxok, daryo vodiylarida o’tloqli-bo’z va allyuvial-o’tloqli tuproqlar bor. Turkmaniston hududining taxminan 2% i sug’oriladi. Turkmaniston hududida Badxiz, Krasnovodsk, repetek va boshqa qo’riqxonalar joylashgan.6

Janubiy Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklari geografik joylashuviga ko’ra turli – tumandir. Bizning tadqiqotimizdagi eng muhim manzilgohlar Geoksar vohasi, shuningdek, Hapuztepa va Seraxs ovuli, shu bilan birga Anov sharqiy Parfiya, Ariya madaniyatini o’z ichiga oladi. Yodgarliklarning katta qismi Tajan vodiysi va Kopetdog’ etaklarini birlashtiradi.

Shimoliy Kopetdog’ etagidagi tekislik M.K.Gerasimovning fikricha, sharqda Dushaq stansiyasi va Tajan daryosigacha yetadi, g’arbda kichik Balxanninhg janubiy qiyaliklariga to’g’ri keladi, shimolda esa Qoraqumning qadimiy rayonlari bilan chegaralanadi. Yuqorida berilgan hududlardagi tog’ etagi tekisliklarini Dushaq, Naurek-Chashma, Charlik, Archinyan-Su,Lain-Su, Kazganchay, Dorungyar, Bobodurmaz, Sherloq, Kelta-Chinar va Sharqiy Ashxabadning Qorasu tog’ daryolari sug’oradi. Bu daryolar yuqori qismi Eron hududida joylashgan. Bahorda qorlar erishi va yomg’irlar hisobiga daryolar to’ladi va katta hajmdagi sel oqimlarini hosil qiladi. Yozda esa bu daryolar deyarli butunlay quriydi.

Cho’l iqlimida joylashgan tog’ etaklaridagi tekisliklar keskin kontinental iqlimi, kunlik va yillik temperaturaning o’zgarishi, intensiv mexanik nurashni hosil qiladi. Shimoliy tog’ etaklari tekisliklari va qiyalari yog’ch beradigan o’simliklardan mahrum edi. Bir xil kul rang fondagi tekislikda kichik vohalar alohida yashil dog’lar bilan ajralib turadi. Masalan: Dushak vohasi, Kaaxkin vohasi va boshqalar. Faqat bahor faslida yomg’ir yog’ishi tufayli tog’ etagi tekisliklari qalin ko’m-ko’k o’tlar bilan qoplanadi.7

I.P.Gerasimov shuni ko’rsatib o’tadiki, Tajan daryosi Sharqiy Kopetdog’ etaklaridan oquvchi daryochalar, hozirgi Akmaza va Chaacha suvlari bilan qoshilib katta daryoni hosil qiladi. Meana-Chaacha qishloq maydoni o’zining turli davrga oid arxeologik yodgorliklari bilan ajralib turadi, ular orasida eng kattalaridan ikkitasi Janubiy Turlmanistonda joylashgan. Bular: Oltintepa va Ilginlitepa(ilk eneolit va so’nggi bronza davrigacha mavjud bo’lgan). Xuddi shu maydondan Chagilli va Chaqmoqli ovullari ham topilgan.

1960-1963-yillarda A.A.Marushenko, A.F.Ganyalin, O.K.Berdiyevlar tomonidan Chagilli va Chaqmoqli ovulining madaniyat qatlamlari o’rganilgan.8 Chaqmoqli ovulida 2,85 metrdan 5,1 metrgacha chuqurlikda madaniy qatlam ochilib o;rganilgan. Chagilli ovulining madaniy qatlami esa 5,8 metr chuqurlikni tashkil etadi. Oltintepada 1962-yili A.A.Marushenko va A.F.ganyalinlar tomonidan chuqurligi 6 metr bo’lgan transheya qo’yilgan.

Qadimgi odamlarning manzilgohlari daryo va soylarning qirg’oqlarida qurilgan, chunki manzilgoh oldidan o’tayotgan ariq yoki daryolar yerlarni sug’orish uchun juda qulay bo’lgan. Paleobotanik materiallarning ko’rsatishicha bu yerda keng to’qayzorlar bo’lgan, bu esa aholini qurilish va yoqilg’i xomashyosi bilan ta’minlagan. Kopetdog’ etagi tekisligi va Tajan deltasi oralig’ida maydon o’zining tabiiy shart-sharoiti va tarixiy gidrografik tarmog’ining rivojlanishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham V.A.Masson va V.I.Sarianidi Meana-Chacha va Geoksar vohasini umumiy tarixiy-arxeologik rivojlanishini e’tiborga olib to’laqonli to’g’ti birlashtirdi.

Kopetdog’ etagi maydoni paleografik jihatdan juda yomon o’rganilgan. Bunga sabab o’rganilayotgan maydonning tog’ etago burilishida joylashganligidir. Ayni mana shu uchun qidiruvimizning muhim ob’ekti bu Tajan daryosining o’ng sohilida joylashgan Geoksar vohasi hisoblanadi. Tajan daryosi Turkmanistonning boshqa uch daryosi kari Siax-Kux va Sefid-Kux tog’laridan boshlanadi. Uning umumiy uzunligi 850 kilometr bo’lib, 320 kilometri Turkmanistonga to’g’ri keladi va ikki katta vohani-Saraxs va Tajan vohalarini sug’oradi, 300 kilometri Herirud tog’ daryolariga xos, Afgo’nistondagi qismi Hirot vodiysini sug’oradi. Bu daryo Saraxs shahrida ikkiga ajraladi va Saraxs hamda Tajan deltalarini hosil qiladi. Yozda, yilning eng issiq faslida, daryo odatda quriydi va ko’l zanjirini hosil qiladi. N.V.Simonov Tajan suvining ishlatilishini hisoblab chiqdi: toshqinlar davrida (mart-aprel oylarida) 60-70 dan va hatto 300 m3/sekund, o’sish davrida esa 10-15 m3/sekund. Lekin bu ko’rsatkichlar hozirgilariga to’g’ri kelmaydi. Gerasimov belgilaganidek Tajan loyqalari och malla yoki kremniy rangli og’ir loydan iborat. Sidorenkoning ko’rsatishicha Tajan svitasi kulrang tezda almashadigan o’rtacha va katta qumliklardan , qumli tuproqdan, shimoliy qismi esa yupqa donasimon qumlardan va loydan hosil bo’lgan. Mineralogik tarkibiga ko’ra u Qoraqum va Qizilqum svitasiga yaqin, farqi rangi va har xil temir gidrooksidi darajasida. Grave esa qadimiy Tajan deltasidan Ashxabod shahri meridianigacha tarqalgan deb hisoblaydi. Feodrovich qadimiy yog’ingarchilik viloyatini janubda Saraxs shahridan cheklaydi, shimoyi-g’arbda chegaralari Esengal o’zanidan, shimolda Kopisal va Chatkel qudug’idan chegaralaydi. Bu yerdan u janubi-sharqqa Changil tepaligiga buriladi va murg’ob bilan deyarli bir-biriga tegib o’tadi va keyin janubga, O’rta Osiyo temir yo’li, Sho’rkalla, Uchkuyu, Niyozrabot quduqlariga boradi.9 Fedrovich hisobi bo’yicha maydonning sathi 22000-26000km2 , Tajan deltasining zichligi 140 m ga teng. Geoksar vohasiga suv o’tkazish tarixi III etapga bo’linadi Yalang’och fazasi, Geoksar I, Geoksar II, Geoksar III fazalaridir. Geoksar I va II fazalarining aniq vaqtini aniqlash unchalik imkonli emas. O’zani loyqa bilan to’lgan Geoksar II fazasi yoshroq bo’lganligi uchun Yalang’och fazasiga qiyoslab o’rganiladi. O’rganish qulay bo’lishi uchun Yalang’och va Geoksar I va II fazasidan olingan quyidagi indekslar keltiriladi.


Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish