Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети


 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana16.09.2021
Hajmi0,98 Mb.
#176063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2

3 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari. 

 


Tarjima  usullari.  Sinhron  tarjima.  Lug`at  yordamida  tarjima.  Badiiy  tarjima. 

Erkin tarjima. Yozma tarjima. Og`zaki tarjima. 

Tarjima  amaliyoti  jarayonida  XX  asrning  o'ttizinchi  yillaridan  boshlab 

tarjimaning  bir  qancha  turlari  farqlanadigan  bo'ldi.  Turlarning  paydo  bo'lishi 

tarjima ishiga turlicha yondashish va munosabatlar yuzaga kelgani bilan izohlanadi. 

Adekvat tarjima. Bunda asl nushaning barcha qoyaviy-badiiy hususiyatlari tarjima 

tilida  to'la  saqlanadi,  originalga  to'la  hamohanglik  yaratiladi.So'zlarning 

ma'nolarini  anglatishda  behato  ekvivalentlikka  erishiladi.  Janrning  stilistik, 

lingvistik talablariga optimal darajada rioya etiladi. 

Erkin  tarjima.  Tarjima  tarihida  juda  ko'p  qo'llangan.  Asliyat  tarjima 

jarayonida  ancha-muncha  o'zgarishlar,  qisqartirishlar,  o'zgacha  talqinlarga 

uchraydi.  Asliyat  tarjimonning  irodasi  bilan  soddalashtiriladi.  Tarjima  uslubida 

bayon qo'llanadi. Ekvivalentlik bu holda juda nisbiy tarzda namoyon bo'ladi. Buni 

tarjima nazariyasida ADAPTATSIYA deb aladi. Badiiy tuzilishi soddalashtirilgan, 

bayon  qilib  berish  yo'lidan  borilgan  erkin  tarjimada  tarjima  o'quvchisining  uni 

qabul qilishi va oson tushunishi maqsad qilib olinadi. 

Erkin  ijodiy  tarjima.  Asliyat  tarjmasiga  tarjimonning  ta'siri  ancha  kuchli 

tarzda  namoyon  bo'ladi,  tarjima  asliyatga  nisbatan  badiiy  jihatdan  va  tuzilishiga 

ko'ra  ancha  boyib,  mukamallashadi.  Bunga  Navoiyning  Jomiy,  Attor,  hazrat 

Alidan  qilgan  tarjimalari  yorqin  misol  bo'la  oladi.  Erkin-ijodiy  tarjimada 

tarjimonning  individual  ijodiy  o'ziga  hosligi  hiyla  ko'zga  tashlanib  turadi.  Erkin-

ijodiy  tarjima  ayniqsa  she'riy  asarlar  tarjimasida  ko'p  yuzaga  chiqadi.  Tarjima 

asliyat  bilan  katta  musobaqaga  kirishgandek  bo'ladi.  Asliyatga  teng  yoki  undan 

ortiqroq  asar  tug`iladi.  Lermontovning  hetedan  qilgan  “Tog`  zirvalari  uhlar”, 

CHo'lponning  Pushkindan  qilgan  “Bulbul  va  Gul”,  Krilovdan  qilgan  “Bo'ri  va 

qo'zicho?”,  Mirtemirning  Nekrasovdan  qilgan  “Rusiyada  kim  yahshi  yashaydi”, 

Usmon  Nosirning  “Kavkaz  asiri”,  “Iblis”,  Erkin  Vohidovning  Sergey  Еsenindan 

qilgan  “Fors  taronalari”  kabi  tarjimalar  shunday  asliyat  darajasiga  ko'tarilgan, 

tarjima tilida huddi asl asarday qabul ?ilingan va o'qiladigan asarlardir. 

Bunday  erkin-ijodiy  tarjima  namunalarini  ideal  tarjimalar,  deb  ham  atash 

mumkin. Unda asliyatga teng va hatto undan ortiq badiiyat yaratiladi. 

Ko'rinib turibdiki, go'zal original asosida  yana ham go'zalroq tarjima tilidagi 

original  dunyoga  kelgan.  Agar  buni  Pushkindan    tarjima  deb  izohlanmasa,  huddi 

ona tilida yaryatilganday ravon ogangdor o'qiladi va hech narsa tarjima ekanligidan 

darak ham bermaydi. 

Endi asliyat bilan tarjimani solishtirishga harakat qiling. Tarjima asliyatning 

naqt  huddi  uzi.  Ayni  choqda  naqt  huddi  uzi  emas.  Krilovdagi  “kuchi  ko'p  odam 

doim  ojizni  aybdor  qiladi”,  degan  ajoyib  m'ano  Chulponda  “darahtning  mo'rtini 

qurt eydi doim” degan fikrga aylangan. Biz bu sh'erni bolalikda yod olganimizda 

“darahtning  mo'rtini  qurt  eydi  doim”  deb  yodlaganmiz.  Huddi  CHo'lpon  ruscha 

originaldan  juda  uzoqlashib  ketkandek  ko'rinadi.  Lekin  m'ano  Krilovga  mos  va 

muvofiq.  Bu  ekvivalentlikning  eng  oliy,  ya'ni  ijodiy  shakli.  O'zbek  tilidagi  masal 

rus  tilidagi  asl  masal  bilan  hamma  so'zlarda,  hamma  qollarda-ohangdorlik, 

uslubning lo'nda go'zalligida bahslashib, musoboqalashib turibdi. 




Erkin-ijodiy  tarjimalarda  ekvivalentlikning  eng  yuqori  badiiy  shakllari 

yuzaga keladi. 

So'zma-so'z  tarjima.  Buni  ruscha  termin  bilan  “podstrochnik”  deb  ham 

yuritadilar.  Taglama  tarjima,  gijjalab  tarjima  qilish,  degan  atamalari  ham  bor. 

Bunda  asliyatning  badiiy  hususiyatlari  saqlanmaydi.so'zlarning  yaqin  va  ilk 

ma'nolarini ifodalash bilan cheklaniladi. XX asrda taglama, qoralama tarjimalardan 

badiiy  tarjima  uchun  juda  ko'p  foydalanish  odat  tusiga  kirgan  edi.  Qardosh 

adabiyotlardan rus tiliga “podstrochnik”- taglama tarjima qilish keng tus olgan edi. 

Tarjima  zarurati,  milliy  qardosh  tillarni  yahshi  bilavermaslik  shunday  tarjima 

turidan  foydalanish  ,  mafkuraviy  va  boshqa  ehtiyojlarni    qondirishlikni  nazarda 

tutardi. Misol uchun A. Qaxxorning mashxur “Sinchalak” asarini taniqli tarjimon 

Odil Rahimiy so'zma-so'z tarjima qilgan, atoqli yozuvchi Konstantin Simonov esa 

uning  taglamasi  asosida  yuksak  badiiyatga  ega,  to'laqonli  tarjima  yaratgan  edi. 

Ammo  bu  tarjimaning  zamon  taqozosiga  ko'ra,  mafkuraviy  vazifalar  talablariga 

qo'llangan  yasama  usuli  edi.  Tarjimachilikda  bu  yo'l  ma'qul  emas.  Uni  yoqlab 

bolmaydi. U tarjima tarihida bir tajriba bo'lib qoldi. Uni mukammal tarjima uchun 

homaki matn, deb atash to'g`rirog bo'ladi. 

Ma'nolar tarjimasi. Buni SHarq tarjimachiligida tafsiv ham deb yuritishadi. 

Keyingi  yillarda  o'zbek  tiliga  ilohiy  kitob  “Qur'oni  Karim”  bir  necha  marotaba 

iqtidorli  mutahassislar  tomonidan  tarjima  qilindi.  U  tarjimalarga  “ma'nolar 

tarjimasi”  deb  yozib  qo'yildi.  “Qur'oni  Karim”ning    rus  tiliga  qilingan  Valeriya 

Porohova  tarjimasiga  ham  “perevod  smislov”  deb  yozildi.  Bu  ko'proq  muqaddas 

kitoblar  tarjimasida  qo'llanadigan  usul.  Ilohiy  muqaddas  kitoblarni  hech  qachon 

asliyatga teng tarjima qilib bo'lmaydi, asliyatning siri, fusunkorligini hech qachon 

boshqa tilda to'la o'ziday chiqarish mumkin bo'lmagan ish, degan diniy doiralarda 

rasm  bo'lgan  fikr  tufayli  shunday  yo'l  tanlandi.  Bu  bayon  qilish  -  tafsif,  ya'ni 

eksplikaciyaga yaqin usuldir. 

Tarjima shunday ijodiy sohaki, bunda ma'lum bir asarning tarjimasining turli 

davrlarda,  turli  mualliflarda  turli  versiyalari  yuzaga  kelishi  mumkin.  Bu  qonuniy 

hol  shu  bois  ham  har  bir  tarjimaga  o'z  davrining  va  unda  hukm  surgan  estetik 

qarashlarning  mahsuli  deb  qarash  o'rinli.  Tarjimada  versiyalar  -  mukammallikka 

erishish yo'li tuganmas bo'lishini ko'rsatadi va isbotlaydi. har bir muallif individual 

bo'lganidek,  har  bir  tarjimon  ham  individual  ijodiy  insoniy  hususiyatlarga  va 

qirralarga ega. 

Og`zaki  sinhron  tarjima.  Nutq  yoki  jonli  so'zlashuv  jarayonini  biror  tilga 

o'girish,  boshqa  bir  tilda  takrorlashni  og`zaki  tarjima  deyiladi.  Og`zaki  tarjima 

sinhron,ya'ni  nutqning  tugallangan  har  bir  gap  bo'lagini  izma-iz  tarjima  qilish  va 

nutqni u so'zlab bo'lingach, tekst bo'yicha tarjima qilish yo'llari mavjud. 

Sinhron  tarjima  tarjimondan  juda  katta  bilim,  madaniyat,  zakovat  va  fikrni 

tez  ilqab,  uni  ravshan  ifodalaydigan  so'z  topishni  talab  qiladi.  Bunda  notiq 

jumlalarining  ma'nosini  bir  zumda,  darhol  boshqa  tilda  qaytarish  talab  etiladi. 

Sinhron tarjimaga talab juda katta va uning mas'uliyati ham shu darajadir. 

Tarjimonlik  kasbini  tanlagan  kishilar  o'zlarini  sinhron  tarjimaga  chuqur  va 

keng tayyorlashlari kerak bo'ladi. O'zbekistonning halqaro aloqalari, munosabatlari 




ortgan, kuchaygan  sari  sinhron  tarjimaga  talab  zo'rayadi. Bunday  yuksak  ihtisosli 

tarjimonlarni etishtirish katta ahamiyatga ega. 

Sinhron tarjima uchun ikki yoki undan ortiq tillarni mukammal bilish, leksik 

talaffuz  normalariga  mukammal  rioya  etish,  tez  fahmlilik,  siyosiy,  sociologik, 

falsafiy,  iqtisodiytushunchalar  hamda  tilning  barqaror  birliklaridan,  maqol-

matallardan yahshi habardorlik talab etiladi. 

Mashina  yoki  tehnik  tarjiam.  Kompyuter  yoki  boshqa  tehnikaviy  vositalar 

yordamida  bajariladigan  tarjimalarni  mashina  yoki  tehnik  iarjima  deb  atash  rasm 

bo'lib  kelmoqda.  Mashina  tajimalar  cheklangan  lug`at  va  cheklangan  matnlar 

doirasida  amalag  oshiriladi.  Badiiy  matnlarni  mashinada  tarjima  qilishning 

hozircha imkoni yo'q. 

Asliyatdan tarjima. Tarjimaning  eng  maqbul  sanalgan  yo'li  bu- asl  tilning  o'zidan 

bevosita qilinadigan sifatli tarjimadir. 

Vositali  tildan  tarjima.  Tarjima  tarihi  va  amaliyoti  vositali,  ya'ni  ikkinchi, 

uchinchi  til  orqali  tarjima  qilishning  juda  boy  tajribalariga  ega.  Vositali  til  orqali 

bajariladigan  tarjimalar  bu  san'at  nazariyasi  va  amaliyotining  barcha  me'yor  va 

mezonlariga,  qoidalariga  rioya  etadi.  Bunda  ham  aniqlik,  muvofiqlik,  moslik, 

yuksak badiiy, ilmiy  hususiyatlarni saqlash va har jihatdan teng kuchka ega matn 

yaryatish    talab  qilinadi.  Albatta,  vositali  til  orqali  qilishda  asl  (original)  tilining 

ayrim  nozikliklari,  ifodaviylik  nyuanslari  boy  berilishi  mumkin.  Ammo  tarjima 

faqat asliyatdan bo'lsin deb, qarab o'tirish, har tomonlama bilimdon, tillarni chuqur 

egallagan  tarjimonlar  etilishini  kutish  madaniyatlar  aro  hamkorliklar,  yaqin 

aloqalarni orqaga surish bilan barobar bo'ladi. Hozirda qardosh tillar rus va Еvropa, 

SHarq  tillaridagi  asliyatdan  tarjimalar  qilish  birmuncha  jonlanib  boryapti.  Gomer 

dostonlarini  o'zbek  tiliga  tarjima  qilish  uchun  qadimgi  yunon  tilini  mukammal 

biladigan  mutahassislar  etilishini  kutib  o'tirish  kerakmi?  Qodir  Mirmuhamedov 

“Iliada”ni rus tili orqali ag`dardi. Erkin Vohidov “Faust”ni, Abdulla Oripov “Ilohiy 

komediya”ni rus  tili vositasida o'zbekchalashtirdi.  Bunday  misollar ko'p.  Hamma 

gap  badiiy  tarjimaning  sifat darajasida. Bunda  vositali  tildan  qilingan  tarjimaning 

badiiy qimmati ham hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 

Bu borada buyuk nemis adibi I.V. Getening odamni o'ylantiradigan bir fikri 

bor.  U:  Men  “Faust”ning  francuzcha va  lotincha  tarjimasini  rohatlanib  o'qiyman. 

Nemischasidan  shunchalik  lazzat  olmayman,  deydi.  Gap  qaysi  tildan  qilinmasin, 

tarjimaning jozibasida, muallif uslubi va badiiyatning shirasini saqlaganida. 

 

 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish