Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети


 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana16.09.2021
Hajmi0,98 Mb.
#176063
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2

4 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari 

Lug`atdan to`g`ri foydalanish. Shanxayda chop etilgan Xitoycha-ruscha

Ashanin (4 tom) Xitoycha – Ruscha; Si Xay (3 tom) - Entsiklopеdik lug`at 

Xitoy tilida; Si Yuan lug`atlari. 

Reja: 

1.  Eramizdan  avvalgi  III  asrdan  eramizning  XX  asrigacha  xitoy  tili 

lug‟atlarida ierogliflar guruhi tizimining transformatsiyasi. 

2.  Xitoy tili lug‟atlarining tarjima jarayonidagi ahamiyati. 




3.  Xitoy tili lug‟atlarida ierogliflarni qidirishning asosiy tizimi. 

Xulosa. 


Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati. 

 

Xitoy  tili  hozirgi  mavjud  tillar  orasida  eng  qadimgilaridan  biri  hisoblanadi. 



Shuningdek u o‟ziga hos yozuvga – ieroglifik yozuvga ega.  

Bu  yozuv  eramizdan  avvalgi  bir  yarim  ming  yil  oldin  yaratilgan  bo‟lib, 

hozirgi paytda ham keng qo‟llanilmoqda. 

Hamon ko‟pchilik uchun birinchi qarashda bunday murakkab va tushunarsiz 

tilni o‟rganish va tushunish jumboq bo‟lib qolmoqda.  

Aynan:  minglab  ierogliflar  manosini  eslab  qolish,  ularning  yozilishi  va  eng 

muhimi  so‟z  manosi  uchun  muhim  bo‟lgan  ieroglifning  qanday  va  qaysi  tonda 

talaffuz  qilinishi.  Yana  shuni  esda  tutish  kerakki,  xitoyliklarning  so‟zlashuvi  

boshqa  tillarga  nisbatan  bir  necha  barobar  tezroq.  Bu  esa  muloqotda  ko‟plab 

qiyichiliklarni keltirib chiqaradi. 

Ko‟pchilikning  fikricha,  xitoy  tilini  o‟rganish  inson  ongi  imkoniyatlaridan 

yuqori  turadi.  Agar  shunday  bo‟lsa  dunyodagi  eng  katta  millat  shu  tilde 

gaplashishini qanday izohlash mumkin? Javob bitta: xitoy tilini o‟rganish mumkin 

va bu bilan turli davlatlardagi insonlar shug‟ullanib kelmoqda. 

Bunday  murakkab  ishda  nafaqat  mavjud  grammmatik  ,  fonetik  ,  kollegrafik 

darsliklar va qo‟llanmalar, balki lugátlar ham yordam bermoqda. 

Aytish  kerakki,  lugátlar  barchaga  kerak,  boshlangích  lingvistlardan 

tarjimonlargacha  ular  xitoy  tili  bilan  bog‟liq  barcha  ishlarning  ajralmas  qismi 

hisoblanadi. 

Bu  shu  bilan  izohlanadiki,  lugátlar  nafaqat  qidirish  funksiyasini  bajaradi, 

balki  lugát  tarkibining  boyishiga,  tog‟ri  orfografik  va  talaffuzni  ko‟rsatishga 

hizmat qiladi.  

Ular  shuningdek,  o‟quv  qo‟llanma  sifatida  qo‟llanilib,  o‟zida  grammatik 

malumotlarni jamlashi mumkin.  

Hozirgi kunda ko‟plab xitoycha- ruscha va ruscha xitoycha lugátlar mavjud. 

Ularning ajralib turadigan qismi bitta formada kuzatiladi va foydalanuvchiga 

malumotni yetkazib berishga hizmat qiladi. 

1.Eramizdan avvalgi III asrdan eramizning XX asrigacha xitoy tili lug‟atlarida 

ierogliflar guruhi tizimining rivoji. 

Xitoy  tilida  qadimiy  ierogliflar  manosini  anglatuvchi  birinchi  lugát  尔雅 

hisoblanadi. 

Lug‟at  keng  qo‟llaniladigan  va  qadimiy  yodgorlik  xatlarini  o‟z  ichiga  o‟z 

ichiga  oladi.  Sin  sulolasi  davrida  bu  lug‟at  yoq  qilib  yuborilgan.  Xan  sulolasi 



davrida  asta  sekin  qayta  tiklanga  va  xitoy  filologiyasining  rivojiga  o‟z  hissasini 

qo‟shgan. 

尔雅 lug‟atida tizimli ierogliflarning tematik prinsipi berilgan. 

方言  lug‟ati  Xan  sulolasi  davrida  xitoy  tilidagi  dealiktik  lug‟atlarning  eng 

birinchisi hisoblanadi. 

Bu lug‟at eramidan avvalgi I asrda Yan Syun tomonida tuzilgan. 

Lug‟at  to‟qqiz  mingdan ortiq ierogliflarni o‟z ichiga olgan. 

Eramizdan  avvalgi  121-yilda  Sharqiy  Xan  sulolasi  davrida    Syuy  Shenem 

tomonidan  yaratilgan  说文解子  lug‟atida  ierogliflar  grafik  klassifikatsiya  qilib 

yozilgan. 

Yozuvchi hamma ierogliflarni sinflarga bo‟ladi. U birinchi navbatda so‟zlarni 

hosil  qiluvchi  semantik  sinfga  bo‟ladi.  Ko‟pincha  ierogliflarni  bildiradigan 

umumiy semantik qismlarga ega. 

Masalan, 木 elementi daraxtdan yasalgan predmet  yoki taxtali buyumlarning 

nomlari bilan ishlatiladi. 

III-VI asrlardan beri ierogliflarning soni to‟xtovsiz  ko‟paydi, ular adabiyotga 

oid matnlarda va yangi davr ieroglif lug‟atlarining ko‟payishiga sabab bo‟ldi. 

字林 lug‟atining tashkil topishi nomalum, taxmiman eramizdan avvalgi 265-

420 yilda yozuvchi Lyu Zhen tomonidan yozilgan. 

Lug‟at 说文解子  turiga  mansub,  u  yettita  bobdan  va  540  ta  kategoryaga 

bo‟lingan va quyidagi farqlarga ega bo‟lgan. 

U ko‟proq belgilarga ega bo‟lgan, deyarli o‟n uch mingta ieroglifdan tashkil 

topgan. 

Bazilari grafik variantlarga va umumiy belgilarga ega bo‟lgan. 

Lug‟at Sun va Yuan sulolasi davrida tarixiy voqealar rivojida yo‟qolgan. 

Anologik  lug‟at  玉篇  543-  yilda  Lyan  sulolasi  davrida  Guevan  tomonidan 

tuzilgan. 

U  birinchi  navbatda  o‟zida  o‟n  yetti  mingta  ieroglif  belgilaridan  tashkil 

topgan,  lekin  bizning  davrimizgacha  lug‟atga  bir  necha  o‟zgarishlar  kiritilgan. 

O‟sha  davrning  ierogliflar  soni  zamonaviy  lug‟atda  yigirma  ikki  ming  besh  yuz 

oltmish bitta belgidan iborat.  

Fonetika xitoyda Hindistondan buddizm tasirida nutq jarangi va she‟r qofiyasi, 

tovushi va musiqiyligiga katta etibor qaratilgan. Shuningdek, hind tilining alfavit -

lug‟at yozuvida tuzilgan.  




V  asrdan  boshlab  normativ  rifm  lug‟atlari  yozila  boshlangan.  Unda 

she‟rlarning keng tarqalishida, davlat imtihonlarida keng qo‟llanilgan. 

Bu lug‟atning paydo bo‟lishida ton sistemasini kashf qilmay bo‟lmasdi. 

Birinchi  lug‟at  beshta  tovush  turidan  iborat  bo‟lgan:  har  bitta  tovush  beshta 

turdan birini bosh unli sinfdan biriga kirgan. 

1.  Labda 

2.  Til uchida  

3.  Til orqasida  

4.  Bo‟g‟izda  

5.  Affirikat 

声类  Li  Den  tomonidan  tuzilgan,  1520  ta  belgidan  tashkil  topgan.  O‟nta 

bobdan iborat bo‟lib, har birining ichida leksik materiallar rifmlarga bo‟lingan. 

声类 lug‟ati asosida Lyu Sin yun zi lug‟atini tuzadi, u beshta bobdan iborat.  

Boshi unli besh sinfga taluqli qilib yaratilgan. 

Keyingi  davrlarda  tarix  asta  –sekinlik  bilan  eski  narsalar  lug‟atlari  yangi 

fonetik  va  nofonetik  lug‟atlarni  kashf  qildi  .  Ular  sistema  to‟lishiga  va 

mukammallashiga  va  sinflarga  bo‟linib  sekin-  astalik  bilan  mukammallashgan, 

Lug‟atlar boshqa talablarga javob bermagan, lug‟atlar boshqa malumotlarga javob 

bermagan.  

XIX-XX asrlar Xitoy va Rossiyada lug‟atlar keng rivojlanga davr hisoblanadi. 

1888- yilda Rossiyada birinchi xitoycha- ruscha lug‟at paydo bo‟lgan.  

1910- yilda yepiskop Innokentiy xitoycha- ruscha lug‟atni yozib tugatgan va 

bu  lug‟at  Innokentiy  lug‟ati  deb  nom  olgan,  ushbu  lug‟atda  o‟n  olti  ming  sakkiz 

yuz  qirq  besh  xitoy  ierogliflari  mavjud  va  bir  yuz  ellik  ming  iboralar  va 

dialoglardan tashkil topgan. Lug‟at xitoy tili va xitoy adabiyotini o‟rganishda keng 

qo‟llanilmoqda. 

Lug‟at ikki qismga bo‟lingan har bitta qism yigirma ikkita belgilardan tashkil 

topgan. Har bir guruh ierogliflari bir nechta ieroglif belgilaridan iborat. 

Bu lug‟at Xitoyda ilk marotaba nashr etilgan va 国语典 deb nom olgan.  

Ushbu  lug‟at  1936-yil  Li  Zin  va  boshqa  ensiklopedik  lug‟atlar  辞 海   va 

boshqa  ko‟pgina  lug‟atlar  shu  yilda  yaratilgan.  Ushbu  lug‟atda  ierogliflar  lotin 

alfaviti  bo‟yicha  joylashgan  va  kalitlar  ham  kiritilgan,  juda  qulay  lug‟at 

hisoblanadi. 

汉俄- bu Shanhai lug‟ati juda ko‟p qiyinchiliklar bilan 1979- yilda yaratilgan. 

Ierogliflar sinflar tartibi bilan joylashtirilgan. 

Sobiq  SSSR  paytida  大汉俄词典 IM.Oshanin  1983-yilda  yaratilgan,  ushbu 

lug‟atning 4 ta tomi mavjud. O‟n olti mingta ieroglif ikki yuz ellik mingtadan ortiq 



so‟z va iboralar va shuningdek alfavit bo‟yicha ierogliflar joylashtirilgan va kalitlar 

ham kiritilgan.  

Lug‟atning  tuzilish  tarkibida  o‟rtacha  ierogliflarning  mos  kelishi  leksik  va 

frazeologik birliklar 白话 va 文言 milliy xitoy tiliga mos kelishi nazarda tutilgan. 

Har  bir  tarjimon  tarjima  jarayonida  bevosita  lug‟atlarga  murojat  qiladi. 

Lugátlar tarjima jarayonida muhim vosita hisoblanadi. 

2.Ma‟lumki, xitoy yozuvi ieroglif xisoblandi va uning alifbodan grafik farqi 

“ieroglif  yozuvi  alifbo  belgilaridan  bir  muncha  qiyin  va  ular  bir  necha  mingni 

tashkil  etadi”.  Tarjima  vaqtida  ieroglifli  matnlar  bir  qancha  qiyinchiliklarni 

keltirish mumkun. Ayniqsa uning 1-etapi tarjima qilinayotgan matnni analiz qilish. 

Gazetadagi  matnni  tarjima  qilish  uchun  tarjimon  judda  katta  so‟z  boyligiga  ega 

bo‟lishi  kerak.  Nashrda  o‟rtacha  to‟rt  yarim  mingdan  ortiq  ieroglif  ishlatilinadi. 

Ayrim ierogliflarni adashtirib yubormaslik uchun tarjimon juda diqqatlik bo‟lishi 

kerak, chunki ayrim hollarda ular orasidagi farq katta etiborga muhtoj bo‟lmasligi 

mumkun. 

Masalan, mashhur xitoylik demograf olim Sun Ye Fang  孙冶方 o‟rtadagi 冶 

(Ye)  治   (Zhi)  ieroglifidan  faqat  bitta  imlo  bilan  farq  qiladi.  Juda  ko‟p  yangi 

tarjimonlar ularni adashtirib ism-sharifni Sun Zhi Fang deb atashadi. Juda o‟xshash 

ierogliflar  乌  (wu)  va  鸟  (niao)  乌古兰(wu  gu  lan)  Ukrainaning  o‟qilishida  juda 

ko‟plar bu ierogliflarni adashtirib yuborishadi va niao gu lan deb o‟qishadi. Aynan 

mana  shu  hatolik  xitoy  dorilari  kompaniyasining  Rossiyadagi  vakilligida  bo‟lib 

o‟tgan  yig‟ilishda  avtor  dorining  istemol  qilish  yo‟riqnomasini  o‟qiyotganida 

uchragan.  乌药  (wu  yao)  “qush  dorisi”  deb  tarjima  qilingan,  umuman  esa  bu 

o‟simlik nomi bo‟lgan.  

Ism-shariflarni,  joy  nomlarini  ierogliflik  matndan  tarjima  qilishda  ko‟p 

muamolar  yuzaga  keladi.  Shaxs  nomidagi  bir  ieroglifning  bir  qancha 

transkripsiyalari  bo‟ladi,  yagona  yozuvga  kelishdan  oldin  ism  bir  qancha 

metamorfozalarni  engib  o‟tishi  mumkun.  Masalan,  sharif  “Stalin”  oldin  shunday 

yozularga ega bo‟lgan  斯太林 (si tai lin), 史达林(shi da lin),  史丹林(shi dan 

lin),  史太林  (shi  tai  lin),    va  oxir  oqibat  斯大林(si  da  lin),  yozuviga  kelib 

to‟xtadi. 

Xujjatlar  bilan  ishlashda,  nashr  ishlarida,  transkripsiyalarda  xatolilar 

bo‟lmasligi uchun tarjimon juda etiborli bo‟lishi kerak. 

Shaxslarning  ismini  tarjima  qilsihda  uchraydigan  xatoliklardan  biri  g‟arb 

mamlakatlarida  ism-sharif  yozilganida  oldin  ism  keyin  sharif  keladi  xitoyliklarda 



esa  teskarisi  oldin  sharif  keyin  ism  keladi,  aynan  shu  narsa  tarjima  vaqtida  bir 

qancha mushkulliklarni olib keladi. G‟arb urf-odatlariga suyangan holda AQSH da 

yashovchi  xitoylik  mashhur  filologning  ismini  ingliz  tilida  Yuen  Ren  Zhao  xitoy 

tilida  esa  赵 元 任 ( Zhao  yuan  ren )   bir  necha  xitoy  tilini  bilmaydigan  rus 

lingvistlari  rus  transkripsiyasida  g‟arbliklardek  Yuan  Ren  Zhao  deb  saqlab 

olishgan.    Xitoyda  esa  yevropaliklarning  ism-shariflari  qanday  bo‟lsa 

shundayligicha yoziladi.  Walt Disney  华尔特狄斯尼 (Hua er te Di si ni). Ayrim 

ismlar  ieroglifda  yozilganda  o‟qilishi  o‟zgaradi  va  u  qanday  ism-sharif  ekanligini 

aniqlash  qiyin  bo‟ladi.  Masalan,  “Chapayev”  xitoy  tilida  复伯阳(Xia  bo  yang) 

yoziladi. 

Bunday  talafuzda  uning  Chapayev  ekanligini  bilish  juda  qiyin  chunki  xitoy 

tilidagi  transkripsiyasi  rus  tilidagi  talafuzidan  tubdan  farq  qiladi.  Taxmin 

qilishlaricha  bunday  yozuv  tarjimon  sharifni  ingliz  tilidagi      ev  ni  en  bilan 

yanglishtirib unga 阳 (yang) ieroglifini bergan deyishadi. 

Ierogliflik  yozuv  ism  va  so‟zni  farqini  berkitadi,  shuning  uchun  tarjima 

qilinayotgan  matnning  analizida  mavjud    bo‟lgan    shaxs  nomi  va  mavjud  so‟z  

bilan    adashtirib  yuboriladi.  Bir  gazetadagi  nashrda  shu  holatga  misol  keltirilgan, 

xitoy  maktabidagi  o‟quvchilarga  " 项 羽 拿 破 仑 论 ”  (xiang  yu  na  po  lun  lun) 

mavzusida insho yozish vazifasi berilgan. O‟quvchilardan biri gap Napalion haqida 

ketayotganini tushunmay Xiang Yu ni kuchli botirga qiyoslab qo‟ygan, go‟yoki u 

hech qanday qiyinchiliksiz “singan g‟ildirakni ko‟tardi” deb  tarjima qilgan (拿 na 

ning ma‟nosi ko‟tarmoq, 破 po ning ma‟nosi esa singan, 仑 lun ieroglifini o‟quvchi 

轮  lun  g‟ildirak  bilan  adashtirgan).  Bu  holatda  xitoylik  o‟quvchi  chet  tilidagi 

ma‟nosini  bilmaganligi  uchun  adashtirgan.  Shu  bilan  birga  xitoy  ismlari    ham 

unchalik  tanish  bo‟lmasligi  mumkin  shunday    holatda  xitoy  tilini  o‟rganayotgan 

talabalar  ham  adashtiradilar  va  shunday  xatoliklarni  qiladilar.  Masalan,  庄 子 

(zhuang  zi)  lug‟atda  “qishloq”  degan  ma‟noni  beradi,  shu  bilan  birga  Zhuang  Zi 

(369-286y. m.av) qadimgi hitoy faylasufining ismi hamdur. Bu ism bilan notanish 

bo‟lgan  talabalar  “ 庄 子 ”ni  “Qishloq  asari”  deb  tarjima  qilishgan.  Bunday 

hatoliklarni qilmaslik uchun L.Eydlin aytganidek “Ierogliflar ortidan quvib o‟tgan 

asrlarning ko‟p qavatlik madaniyatiga kirib boorish kerak” . 

Xitoy  tilida  nomlar    ma‟noga  ega  so‟zlar  bilan  yozilsa,  so‟z  o‟yinlarida 

ishlatsa  bo‟ladi  unda  gapning  hech  bir  qismida  so‟zlarning  ma‟nosini  yoqotmay 



tarjima qilsa bo‟ladi. Tian‟an men maydonida 1976 yili aprelda nishonlangan 清明

节 (O‟tganlarni eslash kuni)dagi she‟r misol bo‟la oladi. 

向总理请示                                       Xiang zongli qingshi      

黄埔江上有座桥,                            Huangpu jiangshang you zuo qiao, 

江桥腐败已动摇.                             Jiangqiao fubai yi dongyao. 

江桥摇,                                             Jiangqiao yao

眼看要垮掉:                                    Yankan yao kuadiao: 

请指示,   是拆还是烧?                   Qing zhishi,  shi chai haishi shao? 

Bu  she‟r  “uyushgan  jinoyatchilar  to‟rtligi”  ga  qaratib  yozilgan  edi.  Uning 

ichiga  江青  (jinag  qing)  张春桥  (zhang  chun  qiao)  va  姚文元(yao  wen  yuan) 

(guruhning to‟rtinchi vakili 王洪文 (wang hong wen) u she‟rda tilga olinmagan). 

Agar she‟rdagi har bir ieroglif o‟z ma‟nosi bilan tarjima qilinsa unda bu odamlarga 

umuman tegishli bo‟lmaydi. 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish