Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[140].  Diversifikatsiya  so„zi  lotincha  «diversificatio»  iborasidan 

olingan bo„lib o„zgarish, xilma-xil, taraqqiyot ma‟nosini, ya‟ni korxona 

(birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari 

turining kengayishi, yangilanib turishini bildiradi. 

Investitsiya  portfelini  diversifikatsiya  qilish  –  bu  investitsiya  bilan 

bog„liq  risklarni  kamaytirish  usullaridan  biridir.  Diversifikatsiya  qilish 

natijasida  investitsiya  portfelida  turli  xil,  ko„pdan-ko„p  qimmatli 

qog„ozlar  jamlanadi.  Diversifikatsiya  usulida  investitsiya  siyosatini 

amalga  oshirishda  qimmatli  qog„ozlarning  turli  xususiyatlarini  hisobga 

olish lozim. Bular: 

 

ularning  to„lash  muddati  va  sifati  (ta‟minlangani),  emitentning 



salohiyati, qimmatli qog„ozlarning sifati bo„yicha diversifikatsiya qilinishi; 

 



qimmatli  qog„ozlarning  geografik  tarqalishi  bo„yicha  diversifi-

katsiya qilinishi; 

 

qimmatli  qog„ozlarning  to„lanish  muddati  bo„yicha  majburiyat-



larning turi va boshqalar. 

Yuqoridagi  belgilar  bo„yicha  ta‟minlanganligiga  ko„ra  diversifi-

katsiya qila turib investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi. 

Tijorat  banklarining  qimmatli  qog„ozlar  portfelini  diversifikatsiya 

qilishning quyidagi turlari mavjud. Bular qimmatli qog„ozlarning turlari, 

muddati  bo„yicha  diversifikatsiya  qilish,  qimmatli  qog„ozlarning 

emitentlari bo„yicha diversifikatsiya qilish va boshqalar. 

Qimmatli qog„oz sifatiga doir diversifikatsiyaning asosiy maqsadi – 

bu riskni minimallashtirishdir (u emitentning o„z majburiyatlarini bajara 

olmay  qolish  ehtimoli  bilan  belgilanadi).  Shu  munosabat  bilan  aksiya 

sifatining  ta‟minlanganlik  darajasi  bo„yicha  diversifikatsiya  usuli  ham 

mavjud  bo„lib,  nazariyotchilar  fikricha,  u  bir  qator  omillarni  o„rganib 

chiqishni  talab  qiladi.  Bular  emitent  qanday  faoliyat  bilan  shug„ulla-

nishini,  aksiya  daromadi,  dividend  miqdori,  kompaniya  aksiyasining 

joriy  narxi,  zaxirasi,  kompaniyani  kim boshqarayotganligi  va  boshqalar 

bo„lib,  ko„rsatilgan  savollarga  javobni  emissiya  prospekti  va  birja 

axborotnomalaridan olish mumkin. 

Qimmatli qog„ozlarning geografik tarqalishiga nisbatan diversifika-




 

228 


tsiya  maqsadi  –  tegishli  tumanlardagi  iqtisodiy  qiyinchiliklar  ro„y 

berganda yuzaga keladigan risklarni kamaytirishdan iborat. 

Qimmatli  qog„ozlarning  to„lash  muddati  bo„yicha  diversifika-

tsiyasidan maqsadi – foiz stavkalarining tebranishi bilan bog„liq risklar-

ning oldini olishdan iborat. Bu investitsiya siyosatini amalga oshirishda 

tijorat  banklari,  odatda,  qimmatli  qog„ozlarning  tugatilish  muddati 

bo„yicha pog„onali strukturadan foydalanadi.  

Qimmatli  qog„ozlarning  foiz  darajalari  prognozi  amaliyotda 

nazariyadan  farq  qiladi.  Shuning  uchun  tijorat  banklari  prognoz 

natijalarining  ishonchlilik  darajasini  oshirish  maqsadida  foiz  stavkalari 

tarkibini tahlil qiladilar. 

Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o„z investitsiya siyosatini 

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus 

investitsiya  bo„limlarini  tashkil  qilishadi.  Bo„limdagi  xodimlar  soni  bir 

qator omillarga bog„liq bo„lishi mumkin. Bu omillar: qimmatli qog„ozlar 

portfeli kattaligi, bo„lim tomonidan qimmatli qog„ozlarni sotish va sotib 

olish  bo„yicha  bajariladigan  funksiyalarga,  bankning  mijozlariga 

ko„rsatadigan  xizmatlarga,  qimmatli  qog„ozlar  turi  va  sifatiga  va 

boshqalarga  bog„liq  bo„ladi.  Bo„lim  ishchilarining  malakasi  qanchalik 

yuqori  bo„lsa,  ular  bajarayotgan  vazifa,  ishning  sifati  ham  shunchalik 

yuqori  bo„ladi.  Mutaxassislar  investitsiya  dasturida  ko„zlangan  maqsad 

va  vazifalarni  yaxshi  tushunishlari,  investitsiya  xizmatlari  bo„yicha 

ma‟lumotlarga  ega  bo„lishlari,  moliyaviy-iqtisodiy  ma‟lumotlardan 

xabardor  bo„lishlari,  qimmatli  qog„ozlar  bozorini  mustaqil  tahlil  qila 

olishlari,  qaysi  qimmatli  qog„oz  turlari  bankka  to„g„ri  kelishi  yoki 

kelmasligini aniqlashlari, daromadlilik egri chiziqlarining ko„ra olishlari, 

bu bilan investitsiya faoliyatini boshqarishni ta‟minlashlari lozim. 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish