Zbekiston respublikasi oliy va o



Download 6,58 Mb.
bet1/14
Sana09.12.2021
Hajmi6,58 Mb.
#190458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qurbonova Nigina


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MATEMATIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI

ta'limda axborot texnologiyalari fanidan
Power Point dasturida slaydlarni yaratish

Mavzusidagi 8-laboratoriya mashg’uloti

HISOBOTI
2-kurs MO’M-203 guruhi talabasi
Bajardi: Qurbonova Nigina

Faxriddin qizi

O’qituvchi: Temirov Azizbek

Qo’yilgan baho: ___________

TOSHKENT-2020

8-laboratoriya mashg’ulot

Mavzu: Power Point dasturida slaydlarni yaratish

Ishdan maqsad: Ixtiyoriy mavzuda slayd yaratish




Savol va Topshiriqlar



Interfaol test yaratish amalini qanday tushundingiz?



Создать слайд ilovasidagi buyruqlarni (shablonlarni) aytib о‘ting.



Титульный слайд shabloni asosida yaratilgan slaydga qaysi mazmundagi matnlar kiritiladi?



Rasmdagi tugmalar nima vazifa bajarishini tavsiflang.



Заголовок и объект shabloni asosida yaratilgan slaydga qaysi mazmundagi matnlar kiritiladi?



WordArt obyektlarini о‘rnatishni izohlang.



Место в документе asosida qanday murojaat о‘rnatiladi?



Файл, веб-страницей asosida qanday murojaat о‘rnatiladi?



Новый документ asosida qanday murojaat о‘rnatiladi?



Ta’lim yо‘nalishingiz bо‘yicha, 10 ta savoldan iborat bо‘lgan testlovchi jarayonni tashkil qiling.



Ishni bajarish uchun nazariy ma’lumot.
Ushbu laboratoriya ishi orqali interfaol test yaratish, slayd(prezentatsiya) yaratish, yaratgan taqdimotimizni badiiy bezak berish orqali qo’shimcha funksiyalardan foydalanib takomillashtirish borasidagi tushunchalaringizni boyitishga harakat qilaman.
Kerakli jihozlar: kompyuter, dasturlar, WordArt, Excel va qo’shimcha dasturlar.
Ishning bajarish tartibi va masalaning yechimi:



  • 1. Interfaol (interaktiv) test yaratish amali.

O’quvchi yoshlar va talabalarni o'quv jarayoniga jalb qilishning turli usullari mavjud. Interfaol testlar ulardan biridir. Talabalar o'qituvchidan qog'oz testlarini tekshirishini kutib o'tirmasdan, kompyuter bilan dialogda test o'tkazishni va darhol natijani olishni yaxshi ko'radilar. Ushbu ish o'qituvchilarga ishlash uchun maxsus ko'nikmalarni talab qilmaydigan interaktiv testlarni yaratishga imkon beradi.


Interfaol testlarni yaratish maxsus bilim va ko'nikmalarni talab qilmaydi. Sinovlarni o'tkazishning soddaligi tajribali va yangi boshlagan foydalanuvchilarga o'zlarini sinab ko'rish imkoniyatini beradi.
Interfaol testlardan darsning turli bosqichlarida (kirish, joriy, yakuniy ko'rsatma), nazoratning turli bosqichlarida (kirish, joriy, oraliq, yakuniy) foydalanish mumkin. Ular xilma-xilligi, yorqinligi, mustaqil ravishda kompyuter uchun mini-dastur yaratish qobiliyati bilan o'quvchilar e'tiborini o'ziga jalb qiladi, bu nafaqat baholashni hisoblab chiqadi, balki sinfda o'quvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo'ladi.
Endi esa interfaol test yaratish tushunchasini o’rgangan ma’lumotlarim bo’yicha teranroq tushuntirishga urinib ko’raman.
Hozirgi kunda Word, Excel, PowerPoint dasturlari fan oʻqituvchilarining kundalik qurollariga aylanib ulgurdi. Taʼlim sohasiga kirib kelgan yangiliklardan yana biri bu — PowerPoint dasturida iSpring ilovalarining paydo boʻlishidir. Ushbu ilovalar PowerPoint dasturidagi animatsiyalar yaratishga, interfaol testlar tuzishga imkon beradi.
iSpring ilovalari tarkibiga iSpring Free, iSpring Pro, iSpring Suite, iSpring QuizMaker kabi komponentlar kiradi. Xususan, iSpring QuizMaker ilovasi interfaol testlar tuzish uchun moʻljallangan boʻlib, testologiya fanining deyarli barcha yutuqlari ushbu moʻjazgina dasturda jamlangan.
iSpring QuizMaker ilovasini PowerPoint dasturiga oʻrnatish iSpring Suite dasturidan boshlanadi. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics ilovalari jamlangan boʻlib, iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratish imkonini beradi.
iSpring QuizMaker dasturida pedagogik interfaol testlarning 11 xil shakli keltirilgan. Testlar uchun sozlamalarda bitta testga qayta-qayta bir necha marta javob berish va oʻzgartirish imkoniyati mavjud. Har bir testga muayyan ball belgilash mumkin. Shuningdek, qisman toʻgʻri javoblarni berish, savol va javoblarni aralashtirish, vaqt belgilash, har bir javobning natijasini koʻrsatib borish yoki bir yoʻla test yakunlanganda natijani koʻrsatish, xatolarni tahlil qilish ham mumkin. Bu imkoniyatlardan foydalanib nazorat testlarini oʻrgatuvchi testlarga aylantirish mumkin. Bu esa tezkor va samarali oʻqitish usullaridan biri hisoblanadi.
Testlarning savollari va javoblariga turli rasm, sxema va formulalarni biriktirish mumkin. Har bir shakl muayyan didaktik jihatlarga ega. Quyida ular QuizMaker dasturidagi ketma-ketlik boʻyicha keltirilgan.
1-shakl. “Toʻgʻri/notoʻgʻri” shaklidagi yopiq test — bunda berilgan savolga 2 xil javob qaytarish mumkin (“toʻgʻri/notoʻgʻri”, “ha/yoʻq” va h.k.). Bu testda talabaning axborotni bilishi sinaladi.
2-shakl. Bitta toʻgʻri javobli yopiq test — bir necha variatdan kerakli javobni tanlash. Bu testga anʼanaviy 4 javobli testlar misol boʻladi. Bu testda talabadan toʻgʻri javobni notoʻgʻri javoblardan farqlash talab etiladi.
3-shakl. Bir necha toʻgʻri javobli yopiq test. Bu test oldingisidan sal murakkabroq boʻlib, talabadan toʻgʻri javoblarni va ularning sonini aniq bilish talab etiladi.
4-shakl. Matn kiritiladigan ochiq test. Javobni satrga kiritish yoʻli bilan javob beriladi. Bu test oldingilaridan murakkabroq boʻlib, talabadan aniq javobni bilishi va uni toʻgʻri kiritishi talab etiladi.
5-shakl. Moslikni aniqlash testi. Talabadan javoblar yozilgan tugmachalarni harakatlantirib bir-biriga biriktirish talab etiladi. Bu testda navigatsiya elementlari ishlatilganligi uchun boshqalaridan ancha qiziqarli. Bu testda bitta savol ichida bir nechta muammo beriladi. Biroq, talaba oson javoblarni topsa, murakkab javoblar oʻz-oʻzidan maʼlum boʻladi. Bu vaziyat talabani mantiqiy fikrlashga oʻrgatadi.
6-shakl. Tartibga keltirish testi. Bu testda javoblar berilgan boʻlib, ularni muayyan ketma-ketlikda joylashtirish talab etiladi. Bu testda ham navigatsiya elementi qoʻllanilganligi sababli u boshqalariga qaraganda qiziqarliroqdir. Bu testda ham mantiqiy fikrlash talab etiladi, biroq moslik testidagi kabi javoblar oʻz-oʻzidan maʼlum boʻlib qolmaydi. Shu sababli bu test boshqalaridan ancha murakkab va qiziqarli hisoblanadi.
7-shakl. Son kiritiladigan ochiq test. Ochiq testning (4-turdagi testning) xususiy shakli boʻlib, talabadan aniq javobni bilishi va satrga sonni yozish talab etiladi. Biroq, bu testning oʻziga xosligi shundaki, unga javobni aniq, taxminiy yoki, maʼlum bir oraliqda berish mumkin. Bu test tuzuvchiga savolni toʻgʻri shakllantirishni, talabadan esa savoldagi ikkinchi yashirin maʼnoni anglagan holda toʻgʻri javob berishni talab etadi.
8-shakl. Boʻsh joylarga matn kiritiladigan ochiq test. Bu testni tuzuvchi javoblarni savol ichiga mohirlik bilan yashirishi zarur. Talaba esa gapni oʻqib, uning maʼnosidan kelib chiqib, undagi tushirib qoldirilgan bir nechta javoblarni bilishi va yozishi talab etiladi. Bu test talabaning yozma nutqini (leksika, grammatika, orfografiya) toʻgʻri shakllantiradi.
9-shakl. Boʻsh joylarga matn kiritiladigan yopiq test. Ushbu test 8-turdagi testga nisbatan osonroq, chunki, unda javoblar mavjud boʻladi, talabadan faqat mantiqiy fikrlash va javoblarni bir-biriga qiyoslab roʻyxatdan toʻgʻrisini tanlash talab etiladi.
10-shakl. Javoblarni bankdan tanlash testi. Bu test soʻzlar omboridan toʻgʻri javoblarni tanlab, harakatlantirib oʻzining joyiga qoʻyish talab etiladi. Bu test tuzuvchidan aniq javobni rejalashtirishni, boshqa toʻgʻri javoblar boʻlmasligini talab etiladi.
11-shakl. Faol sohani belgilash testi. Bu testda javoblar soni faol sohalar soniga mos boʻlishi talab etiladi. Ushbu testning oʻziga xosligi shundaki, talabaning grafik tasavvurlarini shakllantiradi.
Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlanganBu dasturlar-dan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi.

Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyu-terga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi.

Dastur o‘rnatib bo‘lingach Пуск menyusidan Все программы bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada 1-rasmdagi oyna paydo bo‘ladi.




Rasm-1.

ISpring modulining ilk interfeysi dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:



  • dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;

  • juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;

  • maxsus bilimlar talab etilmaydi;

  • testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;

  • test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;

  • test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi;

  • dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.

Kompyuterga Ispring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.

Bundan iSpring QuizMaker dasturi tanlanishi bilan 2-rasmdagi oyna ochiladi.





Rasm-2.

Bu oynadan Создать новый тест  bo‘limini tanlasak pedagogik testlarni tuzish uchun oyna ochiladi(3-rasm).

Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi.

Ishchi oynaning Добавить тест bo’limidan test yaratish amali boshlanadi.

Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:



  1. Bitta javobli test:   bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha добавить tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumki, удалить tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.

  2. Ko‘p javobli test:   bu test turi yordamida bir necha ma’lumot-lar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.



Rasm-3.



Rasm-4.

Ushbu oynaning вопрос oynachasiga savol kiritib, unga ko‘ra ответ oynasiga ikkita javob kiritib, savolga mos to‘g‘ri javobni tanlab qo‘yiladi. Dastur oynasining o‘ng qismida Изображение, Звук, Видео yozuvi turibdi, shular yordamida fayllardan tasvir, formula, ovoz, videolar tanlab savollar ham tuzish imkoniyati mavjud. Shu tarzda har xil test turlaridan tanlab testlarni yaratish mumkin.



  1. “To‘g‘ri/noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test:   bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;



Rasm-5.

Bunda kerakli test turini Добавить вопрос bo‘limidan tanlaymiz. Misol uchun yuqorida ko’rib o’tganimiz верно/неверно turi. Shunda dastur oynasi yuqoridagi ko‘rinishga keladi (5-rasm).



  1. Yopiq test:   bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;



Rasm-6.

  1. O‘zaro moslik o‘rnatish:   bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi;



Rasm-7.

  1. Javoblarni tartiblash:   savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;



Rasm-8.

  1. Sonni kiriting:   savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;



Rasm-9.

  1. Bo‘sh joylarni to‘ldiring:   matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;



Rasm-10.

  1. Javoblari keltirilgan savol:   savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.



Rasm-11.

10. So‘zlar banki:   Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.






Rasm-12.

  1. Faol hududni aniqlovchi savol:   Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud talaba tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.



Rasm-13.

Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanila-yotgan vaqtda katta ahamiyatga ega.

Buning uchun iSpring dasturining yuqori chap tomonida joylashgan Настройки tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.

Bu oyna ro‘yxatining birinchi bandi Основные deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin.




Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish