Zbekiston respublikasi oliy va



Download 4,18 Mb.
bet129/171
Sana25.01.2022
Hajmi4,18 Mb.
#408367
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171
Bog'liq
Ўзбек тили мажмуа

18-MAVZU. ILM SARI YO’L




Reja:

  1. Ilmning poydevori oiladan boshlanadi.

  2. Maktab davri ilmi.

  3. Oliygoh kasb va hayotga tayyorlaydi.

Beshikdan to qabrgacha ilm izla.

Hadis

Tayanch tushunchalar: Ilm, asar, muallif, g’oya, olim, farzand, kadr tayyorlash, qobilyat.

Nimaga muhtojmiz?

Asalari bilan inson bolasi o‘rtasidagi farq haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yigirma kunlik asalarini guldan gulga qo‘nib, asal yig‘ayotganini ko‘p ko‘rgandirsiz. Inson farzandi esa faqatgina ikki yoshdan oyoqqa turadi, gapirishni o‘rgana boshlaydi. 6-7 yoshida maktabga boradi. O'qishni, yozishni o‘rganadi. Litsey, universitetni tugatguniga qadar ko‘p o‘qiydi, o‘rganadi, intiladi, izlanadi. Chunki yashash uchun hayotni, insonlarni o‘rganishga muhtojdir. Foyda, zararni bilishga majburdir. Biroq asalari bolasi-chi? U asal yig‘ishni o‘rganishi uchun na o‘qishga, na oliy o‘quv yurtini bitirishga ehtiyoji bor. U dunyo hayotiga mukammal holda yuborilgan. Inidan chiqar chiqmas ishini boshlaydi. Biz esa yigirma kun yoki yigirma yil, umr bo‘yi o‘rganishga muhtojmiz. Shuning uchun beshikdan qabrgacha ilm olishga, o‘rganishga buyurilganmiz. Inson qobiliyatini bilim va tajriba bilangina oshiradi.

Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Bilimsiz inson o‘ziga eng katta yomonlikni qilgan bo‘ladi. Johil kishining tik tura olmaydigan qopdan farqi yo‘q. Sa'diy bilimsizlikni urush dovuliga o‘xshatadi. Ovozi baland ichi esa bo‘sh. Go‘zal tushunchalar, bilim javharlari bilan to‘ldirilmagan zehn sandiq foydasiz va zararli narsalar bilan to‘ladi.

Insonning qadri ilm bilan yuksaladi. Ilmli kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi.

Ilm o‘rganish faqat maktabga xos emas. Maktab insonga kalit beradi. U kalit bilan ilm xazinalarini insonning o‘zi ochadi. Nima qilsa o‘zining g‘ayrati bilan amalga oshiradi. Maktabni bitirar bitirmas kitob daftarni bir burchakka uloqtirish katta xatodir. Holbuki, ilm olishning na yoshi, na vaqti, na joyi bor. Har yoshda, har yerda, hamma vaqt o‘rganiladi, ilm eng katta sarmoyadir, inson har yoshda, har yerda va har vaqt sarmoyasini ko‘paytirishni istaydi. Ilm bilan o‘zingizni tarbiyalang. Balki muammolarga duch kelarsiz. Ba'zi qiyinchiliklarni boshingizdan o‘tk

azasiz, ammo unutmang: Har qanday qiymatli narsa osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi.



Og’zaki nutq:

Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.

Matnni qisqartirib so’zlab berish. Ilmiy ishlarning fan va soha rivojiga qo’shadigan hissasi haqida gapirib berish.

Zavq manbai

Bu darajada ulug‘ va sharafli bo‘lgan ilmning zavq va lazzatini to‘liq his qilganimizda bir zum bo‘lsa ham o‘zimizni qo‘yishga joy topolmadik. Shuning uchun, ilmning zavqini bilganlar bu huzurni boshqa hech narsaga tenglashtira olmaydi. Kecha-kunduz demasdan butun umrlarini ilmga bag‘ishlaydilar. Hatto uxlashga, ovqatlanishga ketgan vaqtlarini katta yo‘qotish, deb biladilar. Chunki ilmning mazasini boshqa biror narsada topa olmaydilar. «O'qishni boshqa hech bir xazinaga almashtirmayman», degan Ye.Gibbon, har holda bu haqiqatni oz bo‘lsa-da ifodalay olgan.

Buyuklar o‘qishni shirin meva, deb bilishgan. Toza, musaffo havoga o‘xshatishgan. U bilan nafas olib, ruhiy tushkunliklarini, dard-alamlarini, jahllarini unutishgan. Montesk «Chorak soatlik o‘qish bilan barcha tushkunlik va g‘amginligim tarqab ketadi» - deya shu haqiqatni e'tirof etgan edi.

Savol so'rash

Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki: «Savol so‘rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo‘ldir. Savol kitobni, mavzuni yoki darsni yaxshi anglab yetishni ta'-minlaydi. Savol ilmimizni oshiradi. Chunki, so‘rab javobini izlaymiz. Savol so‘rash o‘zimiz sezmagan holda bizni bilim egasiga aylantiradi».

Savol beraman, deb aqlga kelgan bo‘lar-bo‘lmas narsalar so‘ralmasligini unutmaslik lozim. Savol insonning saviyasini ham ko‘rsatadi. Mantiqli va qiziqarli savollar berish kerak.


Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish