Zbekiston respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir



Download 351,5 Kb.
bet6/8
Sana08.11.2022
Hajmi351,5 Kb.
#862333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ

Mavzu: TURIZM: JАDАL RIVOJLАNАYOTGАN TАRMOQ


Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi boʻyicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda turizm jahon eksportida oʻzining ulkan hissasiga ega boʻldi va butunjahon yalpi ichki mahsulotining 11%ni tashkil qilmoqda. Soʻnggi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchi turistlar soni 20 martaga, turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd. dollarga yetdi1. Xususan, Oʻzbеkistоnda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zaminida iqtisоdiyotni libеrallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatni mоdеrnizatsiyalash, barcha sоhalarni, jumladan, xizmat koʻrsatish sоhasining yеtakchi tarmоqlaridan biri boʻlgan turizmni ham barqarоr rivоjlantirish yotibdi.
Mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega boʻla turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toʻliq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi, hamma oʻz bilganicha faoliyat yuritib keldi.
Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida belgilandi. Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri boʻldi. Ushbu qaror orqali ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda koʻplab vatandoshlarimizning yurtimiz boʻylab sayohat qilishiga keng imkoniyatlar yaratildi.
Ushbu qarorga koʻra “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi qabul qilindi va ushbu dasturning amalga oshirilishi mamlakatda sayyohlik madaniyatining rivojlanishiga sezilarli ta’sir koʻrsatdi. Mamlakatda ichki sayyohlarning umumiy soni 2016-yildagi 8,8 milliondan 2019-yilda 14,7 milliondan, 2021-yilda esa 15 milliondan oshgan2.
Soʻnggi yillar ichida Oʻzbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar: yirik, oʻrta va kichik mehmonxonalar foydalanishga topshirilgan. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetgan. Bunda xonalar soni – 33,4 ming donani tashkil etayotgan boʻlsa, undagi oʻrinlar – 71,2 taga yetkazilgan. Ayni paytda Oʻzbekistonda yuzlab yangi mehmonxona loyihalari barpo etilmoqda, ular yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
2022-yil mart oyida Oʻzbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va hostellarni oʻrtacha band qilish boʻyicha statistik ma’lumotlar tahlili ijobiy oʻzgarishlarni koʻrsatgan. Ya’ni 28-30-mart kunlari – uch kunlik davrdagi yuklama respublika boʻyicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpogʻistonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etgan. Bu juda yaxshi koʻrsatkichlar boʻlib, turizm industriyasining oʻsishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan darak beradi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda – 53,1 foizni, pandemiyaning oʻtkir davrida – 22,1 foizni, oʻtgan yili bandlik koʻrsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan.
2019-2022-yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan sayyohlar sonining tahlili sezilarli tiklanish dinamikasini koʻrsatmoqda, garchi 2022-yilda bu koʻrsatkich 15 foizga ortda qolayotgan boʻlsa-da, xonalar soni 2019-yilga nisbatan 26 147 oʻrindan 33 411 tagacha, ya’ni 7264 ta mehmonxona xonasiga (21,7 foiz) oshgan.
Oʻzbekiston mehmonlari orasida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar – 23,4 foiz, qozogʻistonliklar – 18,9 foiz, tojikistonliklar – 14,4 foiz, turkiyaliklar – 7,7 foizni tashkil etdi. Mehmonxonalarda yashovchi barcha xorijliklar: qirgʻizistonliklar – 6,3 foiz, belarusliklar – 4,6 foiz, xitoyliklar – 3,2 foiz, fransiyaliklar – 1,7 foiz.
2019-yilning pandemiyadan oldingi davrida 84,8 ming nafar chet el fuqarosi yashagan boʻlib, umumiy ulushda eng koʻp rossiyaliklar – 16,8 foizni, qozogʻistonliklar – 15 foizni, tojikistonliklar – 6,3 foizni, xitoyliklar – 6,1 foizni, afgʻonistonliklar – 5,7 foiz, turkiyaliklar – 5,5 foizni tashkil etgan.
2022-yil 19-sentabr kuni Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini taʼkidladi. Jumladan:
- sentabrgacha boʻlgan davrda yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga koʻpaydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;
- yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar boʻldi (2019-yil davomida 951 million dollar boʻlgan);
- yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati oʻrtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablagʻi 305 dollargacha koʻpaydi (bu 2019-yilda oʻrtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);
Ichki sayohat qiluvchilar soni ham oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oʻsib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.
Turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qoʻliga ish haqi boʻlib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi koʻrsatib oʻtildi. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish oʻrni turdosh tarmoqlarda qoʻshimcha ikkita ish oʻrni paydo boʻlishiga turtki beradi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Fargʻona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam boʻldi.
Lekin ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam boʻldi.
Chetdan kelgan turistlar uchun koʻrsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past boʻlib, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.
Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyoʻl, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.
Turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga yangi imkoniyatlardan foydalanib, kelgusi yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million ichki turistlarni jalb qilish vazifasi qoʻyildi.
Kelgusi yilda turizm eksportini kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.
Ayni paytda Oʻzbekiston chet el sayyohlari uchun toʻliq ochiq. Bu borada barcha cheklovlar olib tashlandi. Oʻzbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda va yuqoridagi raqamlar 2022-yil oxiriga kelib 4,5 million nafargacha xorijiy sayyohlar mamlakatimizga kirib kelishini koʻrsatmoqda.
Avvalroq Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va oʻzbek tilining xorij davlatlarida targʻibotiga 10 mlrd. soʻm ajratilishi mumkinligi, Oʻzbekiston va Rossiya turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Koʻplab xalqaro nashrlarning fikriga koʻra, mamlakatimiz 2020-yilda eng jozibador sayyohlik joylaridan biriga aylangan.
Ta’kidlash joizki, turizm industriyasi millionlab odamlarning tirikchiligini ta’minlaydi, milliardlab insonlarga esa oʻz xalqi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy oʻziga xosligini, shuningdek, tabiat boyligini qadrlash imkoniyatini beradi. Ayrim davlatlarda ushbu tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etadi va umuman olganda, turizm industriyasi jahon iqtisodiyotida yirik eksport tarmoqlardan uchinchi oʻrinni egallaydi.
2020-yilda COVID-19 pandemiyasi butun jahon iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi, biroq global yalpi ichki mahsulotning 70 foizga qisqarishi turizm sohasidagi yoʻqotishlar hisobiga sodir boʻldi.
Oʻzbekistonda 2021-yilning ikkinchi choragidan boshlab turizm sohasi asta-sekin tiklana boshladi va 2022-yil birinchi chorak koʻrsatkichlari 2021- yilning shu davr koʻrsatkichlariga nisbatan ancha yuqori boʻldi. Shu bilan birga, Britaniyaning “The Independent” internet nashri sayohatchilarning tavsiyalari asosida, 2022-yilda tashrif buyurish uchun eng mashhur 10 ta joyni tanladi. Roʻyxatga Norman orollari, Qohira (Misr), Janubiy-gʻarbiy Turkiya, Valensiya (Ispaniya), Oʻzbekiston, Belfast (Shimoliy Irlandiya), Butan, Turin (Italiya) va Britaniya Kolumbiyasi (Kanada) kiradi. Avstraliyaning “Lonely Planet” xalqaro nashriyot kompaniyasi esa Oʻzbekistonni may oyida katta boʻlmagan byudjetga tashrif buyurishga arziydigan davlatlarning “istaklar roʻyxatidagi moʻjizalar va sarguzashtlar ortidan sayohatlar” toifasidagi roʻyxatiga kiritdi. Nashriyot taʼkidlaganidek, ming yillar davomida Markaziy Osiyoning madaniy yuragi deb hisoblangan Oʻzbekistonga sayohatda inkor etib boʻlmaydigan romantik nimadir bor. Bu, ayniqsa, Oʻzbekistonning uchta tarixiy shahri – Samarqand, Buxoro va Xivaga tegishlidir. Ular hali ham qadim zamonlar haqida gapirib turadigan mozaikali maqbaralar, masjidlar va madrasalar bilan porlab turadi.
2022-yil yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga MDH davlatlaridan tashrif buyurgan chet el fuqarolari 578,58 ming kishini tashkil etdi, bu jami tashrif buyurganlarning 94,9 % ni tashkil etadi, boshqa davlatlardan 31,01 ming kishi (yoki 5,1 %) tashrif buyurgan. Pandemiya sababli kiritilgan karantin choralari va davlatlararo sayohatlarni taqiqlash 2021-yilning bahoriga qadar turistik oqimning qisqarishiga olib keldi. Turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlili 2021-yilning I choragida (238,86 ming kishi) 2020-yilning shu davriga (1 213,96 ming kishi) nisbatan 975,1 ming kishiga (80,3 %) keskin kamayganini koʻrsatmoqda.
Jahon sayyohlik tashkiloti Ijrochi direktori Zoritsa Urosevichning qayd etishicha, “Pandemiyadan oldin 2019-yilda dunyoda 1,5 milliard xalqaro sayohatlar amalga oshirilgan – turizm global yalpi ichki mahsulotining yetti foizini taʼminlagan. Aslida, 2020-yilda turizm sanoati 30 yil orqaga tashlandi. Oʻtgan ikki yil qiyin kechdi, lekin kelajakka nazar tashlaydigan boʻlsak, biz butun sektorning ishini toʻliq qayta koʻrib chiqishimiz mumkin deb hisoblaymiz va hatto imkoniyatlar ochilganini koʻramiz”3.



Koʻrinib turibdiki, Oʻzbekistonda turizm jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda va bu juda yaxshi yutuq hisoblanadi, chunki bizning dunyoga namoyish etadigan jihatlarimiz bor. Lonely Planet sayyohlik nashri 2020-yildagi sayohat qilish uchun “Best in Travel” – eng yaxshi joylar reytingini tuzib, uni 4 toifaga – mintaqalar, mamlakatlar, shaharlar va manfaatli takliflarga ajratdi. Birinchi toifada nashr oʻz oʻquvchilariga birinchi navbatda Buyuk Ipak yoʻlidagi Markaziy Osiyo mintaqasiga, xususan, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistonga borishni tavsiya etadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi oʻzining tarixiy shaharlari, gavjum bozorlari va betakror manzaralari tufayli xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida turadi. Ushbu hududdan oʻtgan afsonaviy Buyuk Ipak yoʻli har yili koʻproq sarguzashtlar va yangi yoʻnalishlar ixlosmandlarini oʻziga jalb qilmoqda.

Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish