Zbekiston respublikasining qonuni xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi


-modda. Deputatning daxlsizlik huquqi



Download 78,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana30.03.2022
Hajmi78,73 Kb.
#519219
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
706-II-сон 02.12.2004. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida

11-modda. Deputatning daxlsizlik huquqi
Deputat o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy
javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy
jazoga tortilishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chog‘ida fikr bildirganligi yoki
nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda o‘z vakolatlarini amalga oshirishi bilan bog‘liq boshqa
harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shu jumladan, vakolatlari muddati
tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-harakatlar
munosabati bilan deputat haqorat qilishga, tuhmat qilishga yoki qonunda javobgarlik nazarda
tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan
taqdirda javobgarlikka tortiladi.


(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala tegishincha viloyat,
tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq
deputatlari Kengashi tomonidan o‘n kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni
daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida
belgilangan tartibda hal etiladi.
Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida quyi prokuror tomonidan kiritilgan
taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga
nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi prokuror
taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish
masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish
tamomlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida tegishli xalq deputatlari Kengashiga
ishni tergov qilish, sudda ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida xabar qilishi shart.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga
rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan
ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni istisno
etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo‘ladigan holat hisoblanadi.
Xalq deputatlari Kengashining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, yuqori turuvchi prokuror
tegishincha yuqori Kengashga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qarorni bekor qilish va masalani tegishli xalq
deputatlari Kengashi qayta ko‘rib chiqishi uchun topshirish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga
haqlidir.
Agar deputat o‘zi xalq deputatlari Kengashi deputati bo‘lgan viloyat, tuman yoki shahar
hududidan tashqarida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, deputatni jinoiy
javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida
beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish talab qilinmaydi.

Download 78,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish