Ўзбкистон республикаси



Download 2,55 Mb.
bet5/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug‘atida quyidagicha ta’riflanadi:
Tadbirkorlik – (ingl. yenterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat о‘z nomidan, о‘z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’-uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xо‘jalik faoliyati, shu jumla-dan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog‘ozlar bilan ish olib borish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni kо‘zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag‘ bilan bog‘liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta’rifda tadbirkor­lik faqat ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish emas, balki bevosita faoliyat kо‘rsatishdan iboratligi ta’kidlangan. Tad­birkorlikka berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati kо‘rsatilmagan.
Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, tadbirkorlikning mu­him xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • xо‘jalik faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqil-ligi va erkinligi. Huquqiy meyorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin.

  • iqtisodiy manfaatlilik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni kо‘zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham о‘z hissasini qо‘shishdir.

  • xо‘jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik va tavakkalchilik bо‘lishi mumkin.

1.2. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy

va huquqiy asoslari


Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bо‘lgan taklif va talab; haridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bо‘lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya’ni sotib olish imkoniyatiga ta’sir kо‘rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imko-niyatlari, kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va о‘z ishbilarmonlik operatsiyalarini moliyalashtirish uchun olinmoqchi bо‘lgan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi.
Bu ishlarning barchasi bilan bozor infratarkibini tashkil qilgan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa о‘rnatib, tijorat operatsiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini kо‘rsatuvchi banklar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar; tovarni haridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik buxgalteriya xizmatlarini, vositachilik xizmatini kо‘rsatuv­chi firma va korxonalar; ishchilar kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan о‘quv yurtlari; reklama, transport, sug‘urta agentliklari; aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi.
Tadbirkorlikning shakllanishi iqtisodiy va ijtimoiy sharoit bilan chambarchas bog‘liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, haridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bi­lan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab о‘zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog‘liq bо‘lgan ahloqiy va diniy meyorlar jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Ushbu meyorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga bо‘lgan talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga bо‘lgan munosabatiga о‘z ta’sirini о‘tkazadi, bu esa, о‘z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bо‘lgan munosabatga ta’sir etadi.
Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodim-larni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini olib borishning zamonaviy uslublarini о‘rganishni tashkil etish, xodimlarni о‘qitish va qayta о‘qitish, ularni rivojlangan mamla-katlarga malaka oshirish uchun yuborish, ish-bilarmonlarni о‘qitish uchun о‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tad­birkor sektori uchun xodimlarni tanlash bо‘yicha maslahat markazlarini ochish kerak.
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni rо‘yxatdan о‘tish jarayonining qisqa va oddiy bо‘lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; О‘zbekiston va chet el ishbilar-monlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga kо‘maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, sta­tistika shakli va hisob-kitobini takomillashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyati-ning huquqiy kafolati masalasi bilan bog‘liq masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
AQShning tadbirkorlik sohasida kо‘p yillar mobaynida qо‘llab kelayotgan qonunlar tizimi bunga misol bо‘la oladi. Ulardan bir nechasiga e’tibor beraylik (1-jadval)8:

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish