Ўзбкистон республикаси



Download 2,55 Mb.
bet65/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

5.4. Chiziqli–shtabli tarkib


Chiziqli-shtabli tarkib har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisos-lashgan xizmatchilar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish yо‘li bilan tashkil etiladi.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni о‘rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bо‘lishiga sabab korxonalarda funksiya-larning murakkabligidir.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yо‘lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas’ul bо‘lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bо‘lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslaxat berish funksiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar о‘z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi – boshqaruv tizimida ortiqcha bо‘g‘inlarning paydo bо‘lishiga, natijada boshqaruv tezkorligining susayishiga, boshqaruv xarajatlarining о‘sishiga olib kelishidir.

5.5. Funksional tarkib


Funksional boshqaruv tarkibi rahbarlar va tarkib bо‘g‘inlari-ning boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bо‘g‘iniga muayyan funksiyalar biriktirib quyiladi.
Boshqaruv apparatini funksional ixtisoslashtirish samarador-ligini ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma funksiyalarini bajari-shi lozim bо‘lgan universal rahbarlar о‘rniga о‘z sohasini puxta biladigan, о‘z shtatiga ega bо‘lgan, о‘ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bо‘ladi.
Funksional bо‘linmalar bevosita barcha quyi tarkib bо‘linma-larining faoliyatini boshqaradi. Funksional boshqarish u yoki bu funksiya vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bо‘yicha quyi bosqichning organlari va bо‘linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bо‘limi sexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funksional bо‘limlar rahbarlarining vertikal bо‘yicha iyerarxiyasi va bо‘ysunishi mavjud. Ammo, chiziqli tarkibdan farqli о‘laroq, bunday bо‘ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bо‘ysunishdir. Masalan, korxona reja bо‘limining boshlig‘i sex reja byurosi boshlig‘iga, xatto aynan shu vazifaga doir masala bо‘yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori sex boshlig‘iga berishi mumkin, sex boshlig‘i esa sex reja byurosi boshlig‘iga shunday buyruq bera oladi.
Funksional tarkib ham о‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Funksional tarkibning ijobiy tomonlari:
- bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining kasb mahorati darajasining о‘sishini ta’minlaydi. Masalan, marketing bо‘yicha mutaxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi;
- funksional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xodimlar bunga tez kо‘nikma hosil qiladilar;
- moddiy xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorla-nishlarga chek qо‘yadi va hokazo.
Funksional tarkibning salbiy tomonlari:
funksional organlar о‘ziga topshirilgan vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bо‘lib, «begona» vazifalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar о‘z vazifasi bо‘yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning bо‘shashiga olib keladi. Chunki har bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha boshliqqa bо‘ysunadi, kо‘pincha ulardan bir-biriga zid kо‘rsatmalar oladi.
Chiziqli-funksional tarkibda asosiy boshqaruv – chiziqli boshqaruv bо‘lib hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlarida va uchastkalarni mustaqil boshqarishda chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab-chiqarish xо‘jalik faoliyatini yakkaboshchilik tamoyil-lariga kо‘ra boshqarish huquqi berilgan bо‘lib, ular olingan natija-larga tо‘liq javob beradilar.
Boshqaruvnig chiziqli-funksional tarkib sharoitida ishlaydi-gan rahbarlarga malakali yordam kо‘rsatish uchun funksional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlarning vazi-fasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat bо‘ladi.
Mazkur tarkibning kamchiliklari:
- chiziqli va funksional xodimlar о‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bо‘ladi;
- tadbirkorga funksional xodimlar faoliyatini muvofiqlashti-rish qiyinroq kechadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish