Zo'r Kompyuter (ing computer — hisoblayman), ehm



Download 21,2 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi21,2 Kb.
#631409
Bog'liq
Nutq uslublari


Nutq uslublari

1. So’zlashuv uslubi

— Toshkentga Chingiz kelibdi. U “Toshkent” mehmonxonasida ekan. Men uni mehmonga chaqirdim, u keladigan bo‘ldi. Olib kel, gaplashib o‘tiramiz.
Men u payt Chingizni uncha yaxshi tanimas edim. Uni Pirimqul yaxshi bilar, ular Moskvada tanishgan ekan. Men unga telefon qildim. Shukrulloning iltimosini aytdim. U jon-jon deb rozi bo‘ldi. Uch kishi bo‘lib, shoirning “g‘arib kulbasi”ga kirib bordik.
Shunda Chingiz Shukrullo akadan nima yozayapsiz, oqsoqol, — deb so‘radi.
— Men xuddi shu bugun yangi dostonimni tugatib, nuqta qo‘ydim, — dedi shoir.
— Bo‘lmasa, bir bobini o‘qib bering, palov oldidan sho‘rva bo‘lsin, — dedi Chingiz.
Shukrullo aka ham xuddi shuni kutib turgan ekan, darhol o‘qishga kirishib ketdi.
“Eski shaharning eski hovlisi. Lekin bu eski hovlining o‘ziga xos betakror bir go‘zalligi bor. Hovli o‘rtasida katta supa. Supa atrofida sada rayhon va gultojixo‘rozlar o‘sadi... Kechalari bu gul va rayhonlar bilan shamol o‘ynashadi. Shunda butun hovli gul va rayhon hidiga to‘ladi. To‘g‘rirog‘i, ilgari shunday bo‘lgan. Endi-chi? Endi supa atrofidagi ariqchadan aroq shishalari-yu, mayda-chuyda axlat qoldiqlari oqib o‘tadi. Ularning qo‘lansa hidi gul va rayhon bo‘ylarini bosib ketadi. Shoir bundan larzaga tushadi. Aroq shishalarini oqizib yuborgan odamlarni qarg‘aydi. Ammo qarg‘ishi aroqxo‘rlar qulog‘iga yetib bormaydi...”
Parcha Chingizga ma’qul bo‘ldi. U shoirning yangi asariga oq yo‘l tilab, qadah ko‘tardi. Men esam, o‘qilgan parchani gazetada e’lon qilish uchun cho‘ntagimga solvoldim.

2. Ilmiy uslub




Zo'r Kompyuter (ing . computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng . EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi.

3. Rasmiy-idoraviy uslub




Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi « Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-3080-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommutatsiya texnologiyalarini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 200-soni Qaroriga, 2002 yil 7 noyabrdagi «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 385-son qaroriga hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2002 yil 18 noyabrdagi 156 -son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayerlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-soni qarorida belgilangan talablariga muvofiq holda ishlab chiqilgan.

4. Ommabop uslub




Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.
Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.
Respublikamizda joriy yilning 11-12 mart kunlari xayriya hashari sifatida e’lon qilinishida ham katta ma’no bor. Ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, unda xalqimizning barcha qatlami faol ishtirok etmoqda.
“O‘zstandart” agentligida ham xayriya hashariga o‘zgacha hozirlik ko‘rildi. Mazkur tadbir bahona agentlik va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarning hududlarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlari bajarildi.
E’tiborli tomoni shundaki, mazkur tadbirda “Axborot ma’lumot” markazi xodimlari alohida namuna ko‘rsatib, agentlikning kirish yo‘laklari va ko‘cha hududlarida uyushqoqlik bilan xayriya hasharida qatnashdilar. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakil berish ishlari sifatli tashkil etildi

5. Badiiy uslub




Payshanba - maosh kuni edi. Peshindan key in atrofi taxta devor bilan omonat o‘ralgan qurilish hovlisiga chang-to‘zon ko‘tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi. Chekkadagi ko‘chma vagoncha oldida voshillab to‘xtadi. Kabina eshigi ochilib, qoitig‘iga qora sumka qistirgan kassir qiz - Faya sakrab tushdi. Vagoncha zinasiga pildirab chiqib, baqirdi: - Yigitlar, kelig‘iz, zarplata olig‘iz! Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha tomonga birinchi bo‘lib yurdi. Ketidan payvandchimiz Ikrom aka. Uning ketidan Erkin degan takelajchi yigit... Saraton oftobi ayovsiz qizdirayotgan, oyoq ostida qum, beton qorishmasining kukunlari sochilib yotgan maydonchadan o‘tib, vagoncha soyasiga bordim-u, turib qoldim. Hozir dilsiyohlik boiishini bilib, yuragim g‘ash tortdi. Quruvchi xalqi - nozik. Maoshning barakasi uchdimi, darrov « 0 ‘z ixtiyori bilan» ariza beradi-da, smetasi «yeb bitirilmagan» boshqa obyektga o‘tadi-ketadi. Toshkentda nima ko‘p - qurilish ko‘p. To‘g‘ri, bizning yigitlar unaqa emas: o‘n uch kishi zilziladan buyon birga ishlaymiz: o‘n ikki yil bo‘ldi. Hammamiz aka-uka bo‘lib ketganmiz. Olti yil avval meni o‘zlari brigadir qilib «ko‘tarishgan». Shu kungacha naryadni o‘rtacha o‘n so‘mdan kam yopmasdim.
Download 21,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish