? mil av. 71) Qad. Rimda koʻtarilgan qullarning yirik qoʻzgʻoloni [mil av. 73 (yoxud 74) 71] rahbari. Frakiyalik shohlar xonadoniga mansub boʻlgan


Spartak qo‘zg‘olonining tor-mor etilishiga nima sabab bo‘lgan?



Download 74,12 Kb.
bet3/3
Sana09.08.2021
Hajmi74,12 Kb.
#142735
1   2   3
Bog'liq
Spartak

Spartak qo‘zg‘olonining tor-mor etilishiga nima sabab bo‘lgan?

Jahondagi eng katta qullar qo‘zg‘olonlaridan biri qadim Rimdagi Spartak boshchilik qilgan gladiatorlar isyonidir. Bu haqda o‘nlab kitob va kinofilmlar ishlangan bo‘lsa-da, o‘sha davrdagi tarixchilarning fikrlari qanday bo‘lgan? Darhaqiqat, Spartakning yaqin hammaslagi Kriksning uzoqni ko‘ra bilmasligi tufayli ushbu isyon rimliklar tomonidan bostirilganini bilamiz. Gladiatorlar maktabi xo‘jayini Lentul Batiat Spartakning sotib olib Kapuya shahriga, gladiator maktabiga jo‘natayotganida qachondir kelib uning bu yangi quli jahondagi qochoq qullar isyonining namoyandasi bo‘lib qolishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.

Rim yozuvchisi Flor Spartak qo‘zg‘olonidan yuz yillar o‘tgach dunyoga kelgan. O‘z asarlarida O‘rta Yer dengizi va Bolqon orasidagi hududda yashagan o‘sha frakiyalik yollanma askar - Spartak Rim armiyasi xizmatidan bo‘yin tovlagan qochoq, keyinchalik o‘z aqli, mahorati va kuchi bilan gladiatorga aylangan, deb yozgan.

Aynan u Kapuyadagi gladiatorlar maktabida Kriksni uchratadi. Tarixda Kriksning qul bo‘lishigacha nima bilan shug‘ullangani ma’lum emas. Ayrim tarixchilarning yozishicha, uning keltlarga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab galliyalik bo‘lgan deb taxmin qilishadi. Lotin tilida Kriks - "jingalaksoch" degan ma’noni beradi. Gladiatorlar Lentul Batiatning shaxsiy qullari hisoblanib, ularga hayvonlarcha munosabatda bo‘lishgan. Plutarxning yozishicha, ular biron bir yomon ish qilishmasa-da, o‘z xo‘jayini tomonidan to janggacha qafasda saqlangan. Eramizdan avvalgi 73 yilga kelib Spartak endi bunday hayot kechirishga toqat qilolmadi va qochish rejasini tuzib chiqadi. Dastlab Spartak 200 nafar qullar bilan quzg‘olon ko‘tarib, Apennin vodiysini kesib o‘tib, Rim hukmronlik qilgan yerlardan bosh olib ketishga qaror qilgan. Ammo uning rejasi nazoratchilarga ma’lum bo‘lib qolgach, voqealar jarayoni tezlashib ketadi. To‘satdan 78 kishidan iborat gladiatorlar qurollar saqlanayotgan omborxonaga hujum qilib, maktabdan qochib chiqishga urinadi. Soqchilarning qattiq qarshiliklarini yengib ozodlikka chiqqan qullar o‘zlariga Spartakni boshliq qilib olishadi. Unga esa Kriks va Enomay yordamchi bo‘ladi. 

O‘sha davrlarda rimlik erkin fuqarolar qullarning bosh ko‘tarishidan juda qo‘rqishgan. So‘nggi 50 yil ichida Rimda ikki marta qullar isyoni sodir bo‘lgan. Ikki marta ham ular shafqatsizlik bilan bostirilganiga qaramay oqibati juda ayanchli yakun topgan. Ayniqsa, aholisiga qaraganda qullarning soni ko‘p bo‘lgan shaharlarda, bu kabi isyonlar odamlar yuragiga g‘ulg‘ula solgan.

Shunday qilib, shahar chekkasida o‘rnashib olgan gladiatorlar atrofida qochoq qullardan iborat qo‘shin to‘plana boshlaydi. Spartakning qo‘lga kiritgan yutuqlari va qochoqlar orasida demokratik tartib-intizomga amal qilganligi tufayli ko‘proq qullar o‘z xo‘jayinlarini o‘ldirib, qo‘rg‘onlarini yoqib, qщllariga uchragan qurolarni olib qochoqlar qo‘shiniga kelib qo‘shiladi. Tez orada ularning soni 70 ming kishiga yetadi. Endi mamlakatdan qochish to‘g‘risidagi rejalar o‘zgarib, keng miqyosdagi harbiy harakatlarga aylanadi. Qullar o‘z xo‘jayinlaridan shafqatsiz qasos olishga harakat qilishadi. Ayrim tarixchilarning fikricha, aynan Kriks Spartakni yaqin-atrofdagi barcha qo‘rg‘onlarni talab, egalarini o‘ldirib, o‘zini yondirishga undagan deyishadi. Uning Spartak qo‘li ostida mardlarcha jang qilishiga qaramasdan ikkalasi o‘rtasida doimo kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. Rimliklar dastlab bir guruh qochoq qullarning harakatida jiddiy xavf borligini ko‘rmaganligi sabab ularni bostirish uchun general Gay Klavdiy Glabr boshchiligida kam sonli, tajribasiz askarlardan iborat qo‘shinni yuboradi. Senat legion soldatlarini ko‘rgach, qullar har tomonga qochib ketadi degan fikrda edi. Ammo, sobiq gladiatorlar boshchiligidagi qullar Glabr qo‘shinini birinchi jangdayoq mag‘lubiyatga uchratishadi. Ularning jangovor shashtini ko‘rgan Rim rasmiylari endi Publiy Variniy boshchiligidagi tajribali va ko‘p sonli qo‘shinni jo‘natadi. Ammo, Spartak askarlari Variniy qo‘shinini tor-mor qilib, o‘zini ham asir olishiga sal qoladi. Shundan so‘ng rimliklar hushyor tortishdi. Vaziyat juda qaltis ekanligini anglab, shumlik yo‘liga o‘tishdi. Sotqin qullar yordamida ikki yo‘lboshchi o‘rtasida o‘zaro qutqu solishga harakt qilashadi. Shundan so‘ng voqealar rivoji yalangoyoq qullarning jahonning eng qudratli imperiyasini yo‘q qilishdek orzusini chippakka chiqardi. Noma’lum sabablarga ko‘ra, qullar armiyasi ikkiga ajraldi. Uning bir qismiga Spartak, ikkinchisiga esa Kriks rahbarlik qila boshladi. Plutarxning fikricha, Kriksning o‘z kuchiga ortiqcha baho berishi va Spartakning maslahatlariga quloq solmasdan harakat qilishi ikki do‘st orasiga dushmanlik qutqusini solgan. Taxminlarga ko‘ra, Kriks o‘z kam sonli qo‘shini bilan Rimga yurish qilishni mo‘ljallagan ekan. Boshqa bir tarixchilarning fikricha, qo‘zg‘olonchilarning ikkiga bo‘linishiga rimliklar sabab bo‘lgan. Ular bundan foydalanib Kriksning 30 ming kishilik qo‘shinini tor-mor keltirdi. Kriksning o‘zi Gargan tog‘lari yaqinidagi jangda halok bo‘ldi.

Spartak o‘z safdoshining halok bo‘lganini eshitib juda xafa bo‘ldi va uning xotirasiga bag‘ishlab gladiator janglari tashkil etdi. Bu safar janglar asir olingan rim askarlari va lashkarboshilari o‘rtasida o‘tkazildi. Ko‘p o‘tmay yolg‘izlanib qolgan Spartakning o‘zi ham rimliklar bilan bo‘lgan kuchli janglardan birida halok bo‘ldi. Asir olingan qullar armiyasining 6 ming nafar askari Rimdan Kapuyagacha bo‘lgan yo‘lning ikki tomoniga chormixga tiriklayin tortildi.

Shunday qilib, insoniyat tarixidagi eng kuchli qullar qo‘zg‘oloni boshliqlarining harbiy sohada bilim va ko‘nikmalari yetishmasligi, shuningdek, xiyonat aralashgani sabab bostirilgan.




REFERAT
Guliston Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat Xotin qizlar fakulteti 90-20 gruruh

Mavzu: Qadimgi rusda va sobiq ittifoq davlatlarida jismoniy madaniyat

Bajardi:

Tekshirdi:



GULISTON 2021
Download 74,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish