Anorganik birikmalar nomenklaturasi
Kimyoviy birikmalarning benihoyatda ko’pligi hozirgi vaqtda ularni ma’lum tartibda aniq nomlashni talab qiladi. Tabiiyki, bularning ma’lum bir qismi o’zining xususiy nomiga (masalan, suv, ammiak kabi) ega. Lekin ko’pgina birikmalarni nomlashda har bir moddani informativ yoki sistematik ravishda nomlashga imkon beradigan ma’lum qoidalarga amal qilinadi.
Dastlabki nomenklatura sistemasi anorganik va organik birikmalardagi tafovutni ko’rsatish asosida tuzilagan edi. Vaqt o’tishi bilan bunday nomenklatura talabga javob bera olmay qoldi. Anorganik moddalar ko’proq jonsiz tabiatga, organik moddalar esa jonli tabiatga hamohang ravishda nomlangani ham ma’lum. Anorganik moddalar nomenklaturasida bunday birikmalar shartli ravishda ikki qismga: "musbat" va "manfiy" larga bo’linadi. Ion birikmalarda musbat va manfiy zaryadli atomlar yoki atomlar guruhlari mavjudligi ma’lum.
Bularda ionlar kation va anion sifatida mavjud bo’ladi. Oddiy kationlarni ko’pincha metall elementlari hosil qiladi. Ular element nomi bilan ataladi. Masalan, Na+ - natriy ioni, Ca2+ - kalsiy ioni, Fe2+ - temir (P) ioni, Fe3+ - temir (III) ioni va hokazo. Oddiy anionlarga F-- ftorid-ion, O2- - kislorod-ion, S2- - sulfid-ion, N3-- nitrid -ion va h.k.
Oksianionlarda kislorod kam bo’lganda ularning nomi – it, ko’p bo’lganda - at qo’shimchasi bilan tugaydi: NO2--- nitrat -ion;SO3-2 - sulfit -ion; NO-3 - nitrat- ion; SO-24 - sulfat-ion CO3-2 karbonat - ion PO4-3 - fosfat ion.7
Kislotalar uchun eski nomenklatura saqlanib qolgan. Bularni vodorod ioni (yoki bir necha shunday ionlar) va oddiy yoki kompleks aniondan tashkil topgan deb qaraladi. Agar kislotalar tarkibida oddiy anion saqlasa,uning nomi quyidagi misollarda keltirilgan singari bo’ladi:
Cl- anionidan HCl xlorid ( vodorod xlorid) kislotasi va S2- - anionidan esa H2S - sulfid kislotasi ( oltingugurt vodorod) hosil bo’ladi.
Muhim kislotalar nomi oksianionlar nomidan keltirib chiqariladi.
ClO- - gipoxlorit -ion, HCIO - gipoxlorit kislotani beradi. HCIO3 - xlorat kislota va HCIO4 - esa perxlorat kislota deb atalishi shundan kelib chiqqandir. Agar vodorod ioni bo’lsa, gidro so’zi qo’shib o’qiladi. Masalan: NaHSO4 - natriy gidrosulfat, Na2HPO4 natriy gidrofosfat, NaH2RO4 - natriy digidrofosfat va hokazo. Agar birikmalar tarkibida kation bilan birga gidroksil ionlari mavjud bo’lsa, kationni nomlangandan so’ng “gidrokso” so’zi qo’shib o’qiladi: Masalan: ZnOHCl – rux gidroksoxlorid, AlOH SO4 alyuminiy gidroksosulfat va x.k.
Qaytarish uchun savollar
Kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar to’g’risida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Kimyo fanini o’rganishda qanday tushinchalar va o’lchov birliklari qo’llaniladi?
Noorganik birikmalar qanday sinflarga bo’linadi va nomeklaturasi haqida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |