1 – mavzu. Qurilish kimyosi faniga kirish. Noorganik birikmalar va ularni qurilishdagi axamiyati



Download 78,35 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi78,35 Kb.
#903608
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 – mavzu. Qurilish kimyosi faniga kirish. Noorganik birikmalar

Murakkab moddalar yoki kimyoviy birikmalar ma’lum nisbatlarda ikki yoki undan ortiq elementlarning o’zaro birikishi natijasida vujudga keladi. Bunday moddalar keng tarqalganligi bilan xarak terlanadi.
Aralashmalar ham tabiatda ko’p tarqalgan moddalardan hisoblanadi. Bular o’z xossalari bilan kimyoviy birikmalardan farqlanadi. Ba’zi aralashmalardagi mazkur modda miqdorini mikroskoplarda ham aniqlab bo’lmaydi. Aralashmalarga tog’ jinslari, loyqa va mineral qazilma boyliklar misol bo’la oladi.

Kimyo tarixidan qisqacha ma’lumot


Eramizdan 5-6 ming yil ilgari kishilar oltin, kumush, misni bilganlar, ularni keyinchalik rudalardan ajratib olib, bronza tayyorlashda foydalanganlar. 4,5 ming yil ilgari kishilar shisha tayyorlashni, sharob, sirka, dori-darmon teri oshlash, kulolchilikni bilganlar. 2 ming yil ilgari rudadan temir ajratib olishni o’rganganlar.
Kimyoning dastlabki asoslari SHarq mamlakatlari bo’lgan Xitoy,Xindiston va Misrda vujudga kelganligi hakida malumotlar bor.
VIII-asrdan boshlab olimlar kimyo amaliyoti ustida izlanishlar olib bordilar. O’sha davrda mashhur bo’lgan arab olimlaridan Jobr ibn Xayyot, O’rta Osiyolik Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Muso Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar kimyo sohasida dunyoga ma’lum va mashhurdir. Beruniyning 150 dan ortiq asari bo’lib, ko’pi minerallarga oiddir. XVII asrga kelib olim Robert Boyl murakkab moddalarning parchalanishidan hosil bo’lgan oddiy moddalarni element deb atadi va uning xaqiqiy ma’nosini fanga kiritdi. Buyuk olim M.V.Lomonosov dastlab kimyoni "aralash jismda bo’ladigan o’zgarishlar" haqidagi fan sifatida ta’rifladi. Olim modda tuzilishining korpuskulyar nazariyasini yaratib, hozirgi zamon atom - molekulyar ta’limotiga asos yasadi. Bu bilan o’zining zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketdi.M.V.Lomonosov o’zining laboratoriyasida ko’pgina tajribalar o’tkazib, natijada 1748 yili massa (og’irlik)ning saqlanish qonunini kashf qildi:Reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi (og’irligi) reaksiya natijasida hosil bo’luvchi moddalar massasi (og’irligi)ga tengdir. V.M.Lomonosov o’z qonunini yopiq ampulalarda metallarni kuydirib o’tkazgan tajribalarida isbotladi.
Oradan qirq yil o’tgach, massaning saqlanish qonunini fransuz olimi Lauaze o’z tajribalarida yana bir bor tasdiqladi. U kimyoviy reaksiyalarda moddalarning umumiy massasigina emas, balki o’zaro birikayotgan modda-lar tarkibiga kiruvchi har bir element massasi ham saqlanishini isbotladi. 1905 yili A.Eynshteyn jism massasi (m ) bilan uning energiyasi (E) orasida quyidagi nisbat bilan ifodalanuvchi bog’lanish borligini ko’rsatdi:
E = mc2
bu erda s - nurning vakuumdagi tezligi, 2,997925.10580m.s-10(yoki tahminan 300 000 km.s). Bu Eynshteyn tenglamasi3 nomi bilan ma’lum bo’lib, makroskopik jismlar va mikrozarrachalar (elektron, proton va boshqalar)ga tegishlidir.
1861 yili A.M.Butlerov tomonidan tuzilish nazariyasining yaratilishi va 1869 yili D.I.Mendeleev tomonidan elementlar davriy sistemasining e’lon qilinishi kimyoning rivojlanishiga bebaho hissa bo’lib qo’shildi. Ushbu kashfiyotlar orqasida 40 dan ortiq yangi element topildi, ming-minglab yangi sintezlar amalga oshirildi, tabiat yaratmagan ajoyib xossali birikmalar vujudga keltirildi. O’tda kuymaydigan polimerlar, hosilga hosil qo’shuvchi organik va mineral o’g’itlar, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi ishlatiluvchi o’nlab gerbitsidlar, dori-darmon, sintetik kiyim-kechak, suv ostida xizmat qiluvchi kabelu-simlar kimyo tufayli vujudga keldi.
40-yillardan boshlab Vatanimizda o’g’it sanoati asosi bo’lgan ammiakning millionlab tonnada ishlab chiqirilishi, ko’plab sement, qurilish materiallari, meditsina va qishloq xo’jaligi preparatlari yaratilishi partiya va hukumatimiz qabul qilgan qarorlar tufayli amalga oshirildi. Hozir kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlardan foydalanmayotgan biror sohani ko’rsatish qiyin.
Kimyo fani va sanoatining katta odimlar bilan rivojlanayotganligini O’zbekistonning boshqa sohalarining rivojiga ham ijobiy ta’sir etmoqda. Qator yirik kimyo ishlab chiqarish birlashmalari, o’nlab zavodlar, sex va korxonalar, turli xil mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar chet ellarda ham ma’lum va mashhurdir. Respublikamizda joylashgan 5 ta kimyo yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot instituti, oliy o’quv yurtlaridagi fakultet, kafedra va tarmoq ilmiy tashkilotlarida kimyo muammolari hal qilinmoqda.
Mamlakatimizda kimyoni yanada rivojlantirish, uning yutuqlaridan samarali foydalanish vazifalarini qoydi. Kimyo korxonalari quvvatini yanada oshirish, mahsulot sifatini ko’tarish, oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirishda kimyo yutuqlaridan amaliy foydalanish zarur vazifalardandur. Tabiiy gaz, ko’mir, neft, kondensat va boshqa xom ashyolardan foydalanish samarasi yuqori ko’tariladi. Biotexnologiya rivojlantiriladi, chiqitsiz texnologiyaga keng yo’l ochilib, chorvachilik mahsulotlari mahsuldorligi, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va dasturxonimizni to’kin-sochin qiluvchi kimyoviy vositalarni ishlab chiqarishga ahamiyat kuchayadi. Qisqacha qilib aytganda kimyo yutuqlaridan xalq xo’jaligining barcha sohalarida borgan sari ko’p va samarali ravishda foydalanladi.

Download 78,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish