1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi. Animatsiya shaxsning ijtimoiy faolligi shakli sifatida


-mavzu. Animatsion faoliyat tarixi



Download 364,16 Kb.
bet5/56
Sana21.07.2022
Hajmi364,16 Kb.
#833882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Animatorlik xizmatini tashkil qilish majmua

2-mavzu. Animatsion faoliyat tarixi
Reja
1. Qadimgi davrdan hozirga qadar xordiq chiqarishni tashkil etish.
2. Ommaviy bayram va marosimlarni nishonlash tarixi.
3. Turistik animatsiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi.


1. Qadimgi davrdan hozirga qadar xordiq chiqarishni tashkil etish. Animatsiyaning qadimgi manbalari sifatida urf-odatlar, an’analar, marosimlarni aytib o’tishimiz mumkin. Qadimgi davrda eramizdan avvalgi 3-4 ming yilliklarda insonlar hayoti va dam olishda o’zgarishlar kuzatila boshlandi. Doimiy turar joylar va davlatlar shakllana boshlandi. Natijada yangi kasblar yuzaga keldi (artist, rassom, musiqachi va boshqalar). Vaqt o’tishi bilan insonlar bo’sh vaqtlarini stol ustidagi o’yinlarni o’ynash bilan o’tkaza boshlashdi. Misol uchun qadimgi Hindistonda loto o’yini va keyinchalik shaxmat. Qadimgi hind adabiyotlarida musiqachilar, akrobatlar, janglyorlar, sehrgarllar, ilonbozlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qadimgi o’yin vositalaridan biri suyaklar bo’lgan. Ularning namunalari Misr, Gretsiya, Rimda topilgan. Rim yaqinidan topilgan 3 ming yil tarixga ega etrusk suyaklarini aytishimiz mumkin. Misr fir’avni Ramzes III Metinet Xabu ehromi devorlariga shuni chizib qo’yishni buyurgan. Suyaklarni shamanlar hayotga olib kirishgan.
Bu bilan ular kelajakni bashorat qilishgan yoki fol ochishgan. Shu bilan birga qadimda ochiq joylarda guruhli (Navzruz, Boysun bahori) chiqishlar boshlandi.
Qadimgi Sharq hududida miloddan avvalgi XI-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyati rivojlanishining ibtidosi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim jarayonlar ro‘y beradi. Bu davrda Sharqda madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, san’at, fan, birinchi jahon dini buddizm paydo bo‘ladi. Bu boshlang‘ich jarayonsiz insoniyat madaniyatining keyingi barcha taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin.
Qadimgi Sharq tushunchasi Sharq haqidagi hozirgi tasavvurlarga mos kelmaydi. Negaki, Qadimgi Sharq yer sharining Misrdan to Xitoygacha bo‘lgan keng mintaqasini o‘z ichiga olib, bu yerda mil. avv. VII ming yillikdan boshlab insoniyat tarixida dastlabki sivilizatsiya vujudga kela boshladi.
Madaniyatning shakllanishi eng yirik daryolar – Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi vodiysida, ya’ni dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo‘lgan joylarda ro‘y berdi.
Xuddi shu joylarda dastlabki davlatchilik tuzilmasi, siyosiy, diniy va savdo markazi sifatida shaharlar, yozuv vujudga kelgan. Bu yerda dastlab ma’naviy madaniyat ishlab chiqaruvchi mehnat faoliyatidan bevosita ajralib mustaqil faoliyatga aylanadi. Jamiyat hayotida alohida kishilar qatlami - boshqaruv, ta’lim, ma’lumotlarni to‘plovchi va uzatuvchi sohalarda shug‘ullanuvchilar ajraladi va ko‘payib boradi.
Misr, Mesopotamiya, Hind va Xitoy sivilizatsiyalari eng ko‘hna va yirik madaniyatlar edi. Bu madaniyatlar ta’sirida Urartu, Finikiya, Xett, Elam sivilizatsiyalari shakllanib, insoniyat madaniyati tarixida sezilarli ta’sirga ega bo‘ldi.

Download 364,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish