1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi. Animatsiya shaxsning ijtimoiy faolligi shakli sifatida



Download 364,16 Kb.
bet1/56
Sana21.07.2022
Hajmi364,16 Kb.
#833882
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Animatorlik xizmatini tashkil qilish majmua


1-mavzu. «ANIMATORLIK XIZMATINI TASHKIL ETISH» fanining maqsad va vazifalari Ma’ruza hajmi - 4
Reja
1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi.
2. Animatsiya shaxsning ijtimoiy faolligi shakli sifatida.
3. Animatsion faoliyatning ijtimoiy-madaniy servis va turizmdagi ahamiyati.
1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi.
Sivilizatsiyaning rivojlanishi dam olishning uzayishi va uning davomli tarkibiy o‘zgarib turishi bilan chambarchas bog‘liq. Ayni damda ish suratining oshishi, hayot ritmining tezlashishi, ekologik holatning o‘zgarishi insonni tang holatga solmoqda, jismonan hamda ruhan toliqtirmoqda. Shu sababli animatsiyaga ehtiyoj sezilmoqda, ya’ni uning yordamida kishining ichki va jismoniy kuchini qaytadan tiklash mumkin. Shu sababdan u keyingi yillarda barqirab rivojlanib bormoqda.
Kishining ma’naviy, ruhiy, jismoniy tiklanishida ko‘ngil ochar dasturlar yuqori saviyada, mohirlik bilan ijro etilishi talab etiladi. Xordiq chiqarish professional va oilaviy masalalarni hal etishda, o‘ziga ishonch hosil qilishda, hayotga ijobiy qarashda, shu bilan birga inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yaqindan yordam beradi.
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi animatorlik xizmatlari zamonaviy xizmat turlari sifatida talqin qilinib, unga talab turistik firmalar tomonidan ortib bormoqda. Bunda teatr va folklor guruhlari tomonidan tashkil etilayotgan turli xildagi dasturlar fikrimizning isbotidir. Hozirgi zamonda turizm nafaqat tinchlik elchisi, balki xalqlar o‘rtasida madaniyat va san’at namunalarini targ‘ib qiluvchi kuch hisoblanadi.
Mustaqillikka erishgach boshqa sohalarda bo‘lgani kabi turizm sohasida ham malakali kadrlarni yetishtirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan respublika oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu fan dasturi animatorlik xizmatini tashkil etishning asosiy tushunchalarini yoritishga qaratilgan.
«Animatorlik xizmatini tashkil etish» fanini o’qitishdan maqsad – animatorlik xizmati mohiyatini ochib berish, uning rivojlanishi, hozirgi kundagi ko‘rinishlarini aniqlab olish, animatorlik xizmatining iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish, mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda animatorlik biznesining yo‘lga qo‘yilganini o`rgatish hamda egallangan bilimlar bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan bo`yicha o`qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o`zlashtirish, fanning boshqa fanlar bilan bogliqligini aniqlash va bugungi sharoitda oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida, animatsiyaning tipologiyasi, tarixi, ijtimoiy-madaniy servis va turizmdagi o‘rnini belgilab berish. Animatsiya turlari va animatsiya dasturi tarkibiy qismlarini izoxlashdan iborat. Shu bilan birga animatsiyaning texnologiyasini ishlab chiqish bilan birga animatsion dasturini ishlab chiqishdan iborat. Jumladan, yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar hamda nuroniylarga qaratilgan animatsion dasturlarni o‘rgatish vazifa sifatida aks ettirilgan. Bundan tashqari animatsiya dasturini mehmonxona, restoran, bar, muzey, park va xiyobonlarda tashkil etish haqida chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi.
«Animatsiya» so‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, (anima-shamol, havo, jon; animatus – jonlantirish) ya’ni jonlantirish, ruhlantirish, hayotiy kuchga rag‘batlantirish, faollikka undash degan ma’noni anglatadi.
«Animatsiya» atamasi birinchi marta XX asrda Fransiyada turli assotsiatsiyalar tuzish haqidagi qonun joriy etilishi munosabati bilan badiiy ijodiyotga, madaniyatga jonli qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan faoliyat sifatida talqin etildi.
Animatsiya – bu o‘ziga xos xizmat turi bo‘lib, u xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadini nazarda tutadi va shu bilan birga u mehmonlarni ularning tanish bilishlarini qayta jalb etib, turistik biznesning foydali va daromadligini oshirish uchun turizm bozorida turistik mahsulotlarning sotilishini tezlashtirish maqsadini ko‘zlagan o‘ziga xos reklamaning biror shakli bo‘lib hisoblanadi.
Turizm sohasida animatsiya o‘zida animatorlarning turistlar bilan birga bo‘ladigan bo‘sh vaqtida rasmiy va norasmiy rahbarlikning qo‘shilishi asosida o‘zaro hamkorlikni amalga oshiruvchi mutaxassislar yo‘l boshchiligini anglatadi. Bunday o‘zaro hamkorlik natijasida ushbu jarayon ishtirokchilarining sog‘lomlashtirish, madaniy-ijodiy, ta’limiy ehtiyojlari va qiziqishlari qondiriladi.
Shaxsning atrof-muhit voqeyligini o‘zida his etish unga munosabatini shaklalntirishda ijtimoiy faolligi uchun sharoit yaratadi.
Animatsiya – bu turistik faoliyatning xilma-xilligi bo‘lib, u turistik korxonalar (turkomplekslar, mehmonxonalar, sayohat kemalari, poyezdlar va h.k.)da amalga oshiriladi. Qaysikim, u bo‘sh vaqt uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturda ishtirok etish orqali turistlarni turli xil tadbirlarga jalb qiladi.
Animatsiya turli xil harakterli qirralarga ega bo‘lib, u quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi;

  • erkin anglanishi, ko‘ngilligi, ham bir kishi, ham turli ijtimioy guruhlar tashabbusi, faolligi bilan farq qiladi;

  • milliy, diniy, hududiy xususiyatlari va an’analar bilan bog‘langan;

  • kattalar, yoshlar, bolalar turli qiziqishlari asosida xilma-xil turlari bilan harakterlanadi;

  • o‘ta shaxsiyligi, rivojlanuvchanligi, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy harakterdaligi bilan ajralib turadi.

Animatsion faoliyatning to‘liq mohiyatini tushunish uchun uning mazmuni, maqsadi va vazifasini qarab chiqish zarur. Chunki animatsion xizmat o‘zida alohida jarayonni mujassam etib, qaysikim u mohiyati aniq qonuniyatlar bilan shartlanadi (mavzuyeligi, hissiyotliligi, faolligi, maqsad sari intiluvchanligi va h.k.). Animatsion jarayonlar, ular oldida turgan maqsad va vazifalar quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin (1-rasm).



Animator




Turist




Samara, manfaat (tanishish, madaniy-oqartuv, sog‘lomlashish, takomillashish
















Ta’sir vositasi




























Hayotiy kuch, faollik, ruhlantirish, ma’naviy oziqqa rag‘batlantirish







Download 364,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish