Atom tuzilishi. Rezerford tajribasi va formulasi
Vaqti – 2 soat Talabalar soni: 25-30 nafar
O`quv mashg`ulotining shakli
Ma`ruza mashg`ulotining
Kirish, vizual ma`ruza
rejasi
Atom tuzilishi. Tomson modeli.
Rezerford tajribasi va formulasi.
. O`quv mashg`ulotining maqsadi: Pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalariga atom tuzilishi, Rezerford tajribasi va formulasi haqida ma`lumot berish.
Pedagogik vazifalar:
atom tuzilishi, Tomson modeli bilan tanishtirish;
Rezerford tajribasi va formulasi bilan tanishtirish.
O`quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
atom tuzilishi, Tomson modeli bilan tanishadi;
Rezerford tajribasi va formulasi bilan tanishadi.
O`qitish uslubi va texnikasi Vizual ma`ruza, aqliy hujum, bayon qilish, O`qitish vositalari Ma`ruzalar matni, axborot texnologiyasi.
O`qitish shakli Jamoa, guruh
O`qitish shart-sharoiti Komp`yuter bilan jihozlangan auditoriya
Atomning murakkab tuzilishi haqidagi tasavvur XIX asrning oxirida paydo bo`lgan. Ungacha atomni bo`linmas zarra deb qaralgan. Ushbu g`oyani grek faylasufi Demokrit ilgari surgan. XIX asr oxiridagi 3 ta buyuk kashfiyot (elektron, rentgen nurlari va radioaktivlikning kashf etilishi) atomni murakkab tuzilishga ega ekanligini ko`rsatib berdi. Shundan so`ng olimlar atom tuzilishini o`rgana boshladilar.
Atomning birinchi nazariy modelini 1903 yili Tomson taklif etdi. Uning fikriga ko`ra atom musbat zaryad bilan bir tekis to`ldirilgan sferadan iborat bo`lib, uning ichida elektron joylashgan bo`ladi. Sferaning yig`indi musbat zaryadi elektron zaryadiga teng bo`lib, atom bir butun holatda neytraldir. Atomning massasi uning butun hajmi bo`ylab bir tekis taqsimlangan. Atom ichida kuchli elektr maydon hosil bo`lmaydi.
Bu atom radiusini baholaylik. Atom chiqarayotgan spektr xarakterini tushuntirish uchun bu atomdagi elektron tebranma harakat qiladi va muvozanat holatida kvazielastik kuch bilan tutib turiladi deb qaraladi.
R radiusli atomda biror yo`l bilan muvozanat holatdan chiqarilgan elektron
tsiklik chastota bilan tebranadi. Bu ifodadan
R
ekanligini topish mumkin. Elektronning tsiklik chastotasi 2c
ni yuqoridagi ifodaga olib
kelib qo`yilsa,
hosil bo`ladi. Nurlanayotgan atom
R
0,6 mkm uzunlikdagi nur chiqarayotgan bo`lsa, bundan
tashqari
e 4,8·1010 SGSe z. b.,
m 9,1·1028 g,
c 3·1010 sm/s ekanligi hisobga olinsa, u holda
0
R 3 A
ekanligini topish mumkin. Demak, atom radiusining tartibi 10
-10
m ni tashkil qiladi. U
atomning gazokinetik o`lchamlari bilan mos tushadi.
Ushbu modelning to`g`riligini tekshirish maqsadida Rezerford tajriba o`tkazdi. Rezerford
bunda zarralar oqimi bilan oltin fol`gani bombardimon qildi. Atomning Tomson modeli
to`g`ri bo`lsa, bunday zarralar fol`gadan ta`sirlashmasdan o`tishi kerak edi. Tajribadan shu narsa
ma`lum bo`ldiki, oltin fol`ga orqali o`tayotgan zarralar fol`gadan turli burchaklarga sochila
boshladilar. Sochilgan zarralar orasida 1800 burchakka sochilganlari ham bo`ldi. Tajriba natijalaridan kelib chiqqan holda Rezerford atom Tomson modelining noto`g`ri ekanligini aniqladi. U shu natijalar asosida Rezerford atomning planetar modelini taklif qildi. Bu modelga asosan, har qanday atom uning massasining asosiy qismini o`zida mujassamlashtirgan va musbat zaryadlangan yadro hamda uning atrofida doiraviy orbita bo`ylab harakatlanadigan elektronlardan tashkil topadi. Ushbu model` Quyosh sistemasiga o`xshab ketganligi sababli uni atomning planetar modeli deb ataldi.
Tajriba natijasining to`g`riligini Rezerford o`zining nazariy formulasi orqali ham isbot
qilib berdi. Biror yadroning kulon maydonida
, d burchakka sochilgan zarralarning nisbiy
soni orqali ifodalangan Rezerford formulasi quyidagicha yoziladi:
)2 nd
bu erda n-fol`ga kontsentratsiyasi, d-fol`ga qalinligi, T-zarraning kinetik energiyasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |