1. Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot



Download 0,59 Mb.
bet2/18
Sana26.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#705767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Dialektologiya#039;ruza-1.2022

O‘zbek dialektologlyasi [Uzbek dialectology] - o'zbek sheva- larini ilmiy ravishda o‘rganadigan fan.
Sheva [pronounciation, accent, dialect] - o‘zbek tilining kichik ritoriyadagi muomala vositasi.
Dialekt [dialect] - o‘zaro bir-biriga yaqin shevalar tizimi.
Lahja [dialect] - shakllanishi jihatidan umumiy tarixga ega bo‘lgan dialektlarjami.
Qarluq - chigil - uyg‘ur lahjasl [Karluk - chigil - uygur dialect] - o‘zbek tilining shu nomlar bilan ataladigan urug' - qabila ittifoqi negizida shakllangan sheva va dialektlar to'dasi.
Qipchoq lahjasi [Kipchok dialect] - o‘zbek tilining qipchoq urug‘ va qabilalari negizida shakllangan sheva va dialektlar to'dasi.
O‘g‘uz lahjasi [Uguz dialect] - o‘zbek tilining o‘g‘uz urug‘ va qabilalari negizida shakllangan sheva va dialektlar to'dasi.


Turkiy xalqlar tarixi juda ham qadimiydir. Bu qadimul avval tarixning raqamini hech kim aniq belgilab bergan emas. O‘zoq yillar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlar (Toshkent So‘g‘diyona – Afrosiyob kabi) Bobotog‘ (Surxondaryo, Sherobod tumani), Bitikchashma yodgorligi, tog‘da topilgan uchquch (samolyot), raketa qanotlari, uning uchish maydonlari kabilar ajdodlarimizning g‘oyat ishbilarmon, fan-texnika ustasi, didli bunyodkor, uzoq kelajakni tasavvur eta olgan kishilar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Bu yodgorliklar qoyalarda, odamzodning qo‘li yetishi mushkul bo‘lgan joylardagina saqlanib qolgan. Kim biladi deysiz, pastliklardagi nodir yodgorliklar Iskandar, Chingizxon kabi bosqinchilar tomonidan yer bilan yakson qilib tashlangan bo‘lishi mumkin. O‘sha davrlardan buyon oradan qariyb 30 ming yil o‘tgan deb taxmin qilinadi. Ehtimol, bundan ham ko‘proqdir. Eng muhimi ana shunday tarixiy dalillar, noyob yodgorliklar bizning ona diyorimiz, jonajon O‘zbekiston Respublikasi zaminida bo‘lganligidadir.
Tarixning, tarix sohasidagi tadqiqotchilarning guvohlik berishlaricha, eng qadimiy urug‘-qabila hisoblangan skiflar bilan turkiy xalqlar o‘rtasida bevosita aloqalar bo‘lgan. Ularning bir-birlari bilan qavm-qarindosh bo‘lganliklarini tarixiy haqiqatlar isbotlamoqda. Chunki, ularning turmush tarzida mushtarak tomonlar juda ko‘pdir. Lekin bu haqiqat hamon sir saqlanib kelinmoqda. Qanday bo‘lmasin, qanchalik sir saqlanmasin, qanday shaklda tadqiq etilmasin, baribir tarix tilga kirishi muqarrardir.
Parfiya, Amazonka va Baqtriya kabilar skiflar nomi bilan uzviy bog‘liqdir. Baqtriya zamini esa hozirgi Qashqadaryo, Surxondaryo, Tojikis ton, Afg‘oniston, Hindiston singari yurtlarni o‘z ichiga olgan. Bu haqda “Avesto” kitobida ham ma’lumotlar bor.
Demak, tarixda uchraydigan Targ‘itoy, Bilka Hoqon-Qoon, Kultagin kabi shahzodalarning barchasi skifmassagetlar, qadimgi turkiy xalqlar ajdodlari tarixiga borib taqaladi. Bu esa o‘z navbatida turkiy urug‘-qabilalarning qadimgi davrda ham keng joylarda, hisob-chegarasiz makonlarda yashaganliklarini ko‘rsatadi. Bizning ajdodlarimiz hozir yashab turgan muqim joylarida, ularning ayrim qismlari esa Xitoy, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Iordaniya, Suriya, Livan, Saudiya Arabistoni, AQSH va boshqa ko‘pgina chet mamlaktalarda, sobiq ittifoqning turli joylarida hayot kechirmoqdalar.
Ilgari matbuotda qiziq bir fakt e’lon qilingan edi. Unda aytilishicha, filologiya fanlari doktori Abror Karimulin quyidagilarni maroq bilan hikoya qilib beradi:
“Amerika qit’asida Siyu degan hindlarning bir qabilasi bizga tushunarli tilda so‘zlashadilar. Ular ham “yosh” ni “yash”, “baqa” ni “baqa”, sanoq sonlarni “bir”, “ikki”, “uch” deb aytadilar. Ularning hali to‘la shakllanmagan lug‘at fondida 500 dan oshiq turkiy so‘zlarni uchratdik. Turkiy tilda so‘zlovchi elatlar Yaponiyada ham, Okeaniyada ham, xullas, dunyoning barcha qit’alarida uchraydi”.
Dastlabki yozma manba sifatida turkiy-runik yoki Urxun-Enasoy yozma yodgorliklari nomi bilan mashhur bo‘lgan durdona manba, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” nomli asari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” nomi bilan mashhur bo‘lgan ajoyib asari, shundan so‘nggi davrdan Alisher Navoiy davrigacha yozilgan turkiy yozma yodgorliklar, bobokolonimizning umumbashariy merosi, Abulg‘ozi Bahodirxonning yozgan qimmatli tadqiqotlari va nihoyat, keyingi davrga xos manbalarning barchasi turkiy xalqlar adabiyotlari, tillari va lahjalarini o‘rganish, mutolaa qilish va tadqiq etishda asosiy manbalar hisoblanadi.
Demak, turkiy xalqlar ham, ularning tillari ham eng qadimgi tarixga ega. Hozirgi vaqtda skif-turkiy tilida 200 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Bu til xitoy, hind, ingliz va arab tillaridan keyingi o‘rinni egallaydi. Shunga qarab, skif-turkiy tilining boshqa tillarga ta’siri, ularning lug‘at boyligida tutgan o‘rni salmoqlidir.
Rus tili lug‘at boyligining katta qismini ham turkiy so‘zlar tashkil etadi. Bu holni “Igor jangnomasi”, “Jonli rus tilining izohli lug‘ati” kabi yozma yodgorliklar: “Turkiy lahjalar tadqiqotidan tajribalar” (V.V.Radlov), “Yoqut tili lug‘ati” (E.K.Pekarskiy, 1907,1930), “Chuvash tili lug‘ati” (N.I.Ashmarin, 1928-1950) kabi “turkologiyaning oltin fondini tashkil etuvchi” (A.N.Kononov) ajoyib lug‘atlar ham isbotlab turibdi. Men, shaxsan E.V.Sevortyanning ko‘p jildli “Turkiy tillarning etimologik lug‘ati” ni (1978-1989) ham shular qatoriga qo‘shib sanashni istardim.
Endi sibirlik o‘zbeklar haqida bir-ikki og‘iz so‘z aytsak. Toshlardagi bitiklarning dalolat berishicha, turkiy tillarning hukmron holatga ega bo‘lishi V-VI asrlar bilan bog‘liq. Undan oldingi tarixi haqida aniq ma’lumot yo‘q yoki bunday yozma manba bizgacha yetib kelmagan. Har holda, eramizgacha bo‘lgan IV-III asrlarda Sibir va uning atroflarida turkiy xalqlar o‘troq holda hayot kechirib kelganlar. Ular turli tarixiy davrlarda “Sabr turki” deb atalgan, hozirgi “Tyumen” degan nom ham turkiy so‘z bo‘lsa ajab emas. “Tyumen” bilan bir qatorda, Tobolsk shahrida va Sibirning boshqa joylarida o‘zbeklarning ham yashab kelayotganliklarini bilamiz. Bu esa uzoq tarixni eslatadi. Chunki XVI asrda T.Yermak Sibirni bosib olib (1582 yil oktabr oyi), uning poytaxti Kashlikni egallaganda, u yerlar Esker (Askar) nomi bilan mashhur bo‘lgan turkiy davlatga birlashgan bo‘lib, uning davlat boshqaruvchisi buxorolik Murtazoxonning o‘g‘li Ko‘chimxon edi. Ko‘chimxon dastlab T.Yermakdan yengilgan bo‘lsa ham, qaytadan kuch to‘plab, u bilan shiddatli jang qiladi va dushman askarlarini qirib tashlaydi. Rossiyadan qancha yordam kelmasin T.Yermak o‘zini o‘nglab ololmaydi va qamalda qolib, kichik guruhdagi kuchlar bilan dengizga cho‘kib ketadi (1585).
Xuddi ana shu davrlarda (XV-XVI asrlar) Sibirga – Tyumen, Tobolsk va boshqa joylarga o‘zbeklarning ko‘chib borishi ko‘paygan va ular o‘troqlashib qolgan bo‘lishlari tabiiydir. Bu ajdodlarimizning, ya’ni turkiy xalqlarning umumiy va ajralmasliklarini ko‘rsatadi. Ularning turli xalqlar va millatlar bo‘lib shakllanishlari esa nisbatan so‘nggi davrning mahsulidir. Bu ko‘p qirrali chuqur tadqiqotlar olib borishni talab etadi.
Turkiy tillardagi noyob qadimiy yozma yodgorliklarning o‘n qirrasidan bir qirrasigina ochilgan xolos. Bu esa oliy maktablarimizda ularni maxsus fan sifatida, maxsus ixtisos kursi va amaliyot sifatida chuqur o‘rgatish, ularning mag‘zini talabalarga singdirish, ulardan kelgusi tadqiqotchilarni tayyorlab yetkazishni taqozo etadi. Tarixiy yozma yodgorliklarga talabalarning qiziqishini orttirish: ularni mustaqil ravishda mutolaa qilishga odatlantirib borish har bir filologning, har bir turkologning muqaddas burchi deb qarashlari darkor.
Turkiy tillarni o‘rganish va tadqiq etishning so‘nggi bir asrlik tarixiy bosqichida mashhur turkologlar Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Mamedov, Sheraliyev, Ulug‘ Tursunov, Samit og‘a Kenesboyev, Z.N.Gajiyeva, A.K.Kononov, Payg‘am Azimov, N.A.Baskakov, A.R.Tenishev, Alibek Rustamov, Farhod Zaynalov, Muhammad Isayev, Bozor O‘rinboyev, Hamid Ne’matov, Iristoy Qo‘chqortoyev kabi olimlarning qalamiga mansub asarlar ilmiy tadqiqotlar yaratishda, dasrlik va qo‘llanmalar yozishda qo‘l kelmoqda.
Shunday qilib, turkiy xalqlarning tarixi, kelib chiqishi, tomiri umumiydir. Bunga qadimiy yozuvlarimiz, yozma yodgorliklarimiz, xalq og‘zaki ijodi durdonalari ham guvohlik beradi. Masalan, turkiyalik qardoshlarimiz qadimgi Sirdaryo vohasida yashaganliklari bilan faxrlanadilar. Ular Turkistonni, O‘zbekistonni ota yurtimiz, ona vatanimiz deb ataydilar. Aytishlaricha, ularning xaloskori, ustozi va dohiysi Mustafo Ota Turk o‘zining qabr yodgorligiga “Mening vatanim Turkistondir” deb yozib quyishni vasiyat qilgan ekan.
Ma’lumki, o‘zbek tilining qipchoq lahjasi qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, tatar kabi tillar bilan aloqador bo‘lsa, uning o‘g‘uz lahjasi turkman, ozarbayjon va turk singari tillar bilan umumiy tomonlarga ega. Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi esa bevosita uyg‘ur tiliga yaqindir. Bugina emas, hatto u yoki bu turkiy til tarkibida urug‘-qabilaning qismlari mavjud. Masalan, naymanlar nomi bilan yuritiluvchi katta toifa qozoq xalqining asosini tashkil etgan holda, o‘zbeklarning ham katta tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoraqalpoqlar nomi bilan aytiluvchi aholi mazkur respublikadan tashqari, yana Farg‘ona, Samarqand kabi viloyatlarda ham keng tarqalgan. Turkman millatining asosini tashkil etuvchi chandirlar Qashqadaryo, Samarqand kabi viloyatlarda ham hayot kechiradilar. Qo‘ng‘irotlar o‘zbeklar va qrim tatarlarining tarkibini tashkil etadi. Bunday dalillarni istagancha keltirish mumkin.
Ma’lumki, ajdodlarimiz dastlabki davrlarda guruh-guruh, urug‘-urug‘ bo‘lib yashaganlar. Bulardan qabilalar va qabila ittifoqlari, so‘ng esa xalq va millatlar paydo bo‘lgan. Har bir xalq yoki elatning o‘ziga xos tillari mavjud edi. SHevalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi urug‘ hamda qabilalarning, milliy tillarning yuzaga kelishi va taraqqiyoti esa qabilalar hamda qabila ittifoqlari va xalqlarning aniq tarixi bilan izohlanadi.
Turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilashda, o‘tmishdagi urug‘, qabila va qabila ittifoqi tillarini o‘rganishda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holni u o‘z asarida alohida ta’kidlab ko‘rsatgan: “Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug‘lari bor, men bulardan asosiysini yozdim, shaxobchalarni taxladim”.
Keyinchalik esa qabilalarning bir-biri bilan aralashib, qo‘shilib ketishlari natijasida, ularning tillari ham aralashib, qorishib ketgan. Bunday birlashishlar qarindosh qabilalarning o‘zaro qo‘shiluvidan iborat bo‘ladi va qabila ittifoqlarining a’zolari uchun umumiy bo‘lgan tillari ham vujudga keladi. Qabilalar o‘zlarini tashqi dushmandan himoya qilish uchun birlashar edilar. Jamiyatning shundan so‘nggi taraqqiyot bosqichidan qabilalar va qabila ittifoqlari o‘zaro birlashish jarayonini o‘z boshidan kechira boshladilar. Shunga qarab, ularning tillari ham bir-birlariga yaqinlashib, qo‘shilib bordi. Natijada, o‘zbek xalqi va xalq tili kelib chiqdi.
Ana shu turkiy qabilalar va qabila ittifoqlaridan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq xalqlari va ularning tillari paydo bo‘lgan va rivojlanib, hozirgi holatga yetib kelgan. Shuning uchun, Urxun – Enasoy daryolari yoqasidan topilgan yozma yodgorliklar boshqa turkiy xalqlar tillari bilan bir qatorda, o‘zbek tilining ham eng qadimgi yozma manbalaridan deb qaraladi. Chunki ma’lum bir zaminda bir qancha qabila birlashmalari yuzaga keladi. Ana shu qabila ittifoqlarining birlashishi o‘z navbatida xalq va xalq tilining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Sinfiy jamiyatning shundan keyingi taraqqiyotida madaniy va savdo markazi sifatida shaharlarning ahamiyati osha boradi, xalqlarning shakllanishi davom etadi, feodal yerlari va feodal davlati paydo bo‘ladi.
IX-X asrlar davomida va undan keyin ham Markaziy Osiyoda turkiy tilda so‘zlashuvchi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar yashagan. Xususan, O‘zbekiston shaharlaridagi aholi qadimdan, asosan, turkiy tilda so‘zlashadi. Ular ko‘chmanchi turkiy hamda o‘troq eron tilida so‘zlashuvchi xalqlar (xususan, tojiklar) bilan doimiy aloqada bo‘lgan. IX-XI asrlarda o‘troq turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar asosida o‘zbek xalqi va tili shakllanadi.
O‘zbeklar xalq bo‘lib shakllanayotgan bir vaqtda turli xil turkiy va turkiy bo‘lmagan qabila ittifoqlari aralash holda yashar edi. Binobarin, o‘zbeklarning xalq bo‘lib shakllanishida hozirgi O‘zbekiston yerlaridagi turkiy xalqlardan tashqari, eron qavmlari ham turkiy xalqlar bilan bir xil iqtisodiy sharoitda hayot kechirgan, tashqi dushmanlarga qarshi birgalikda kurash olib borgan edilar. Ular o‘zbeklarning urf-odati, madaniyati va tilini qabul qilib, birgalikda yashay boshladilar. Boshqacha qilib aytganda, eroniy qavmlardan bo‘lgan so‘g‘diylarning o‘zbeklashuvi, mo‘g‘ullarni o‘zbeklarning tarkibiy qismiga aylanib ketishi, ulardagi etnografik birlik saqlanib qolmaganligi kabilarni aytish mumkin.
Turkiy tillar tasnifi. Yer sharida 30 dan ortiq turkiy tilli millatlar va elatlar mavjud bo‘lib, 70-yilning boshlarida ularning umumiy soni sobiq Ittifoqda 70 millionga yaqin hisoblanardi. Ayrim manbalarda esa turkiy tillarning miqdori 51 ta deb ko‘rsatiladi. Bunda qoraxoniy – uyg‘ur tili, xorazm – qarluq tili, mumluk-qipchoq tili, X-XI asrlardagi ug‘o‘z tili, Urxun-Enasoy yozuvlari tili, turklar tili, xuroson turkiy tili, chig‘atoy tili, uyg‘ur tili, sariq uyg‘ur tili, qadimgi uyg‘ur tili kabilar alohida turkiy tillar nomlari bilan beriladi. Bularni hozirgi vaqtda aholida turkiy xalqlar tillari deb ajratish o‘rinli bo‘lmasa kerak.
Masalan, uyg‘ur tilini qadimgi uyg‘ur tili va qoraxoniy – uyg‘ur tili deb ajratishga hech qanday hojat yo‘q. Buning ustiga «sariq uyg‘ur» deb ishlatilishi ortiqchadir. Bularning hammasi ham uyg‘ur tilining turli bosqichlaridagi ko‘rinishlaridir. «Chig‘atoy tili» deyish esa umuman ma’qul emas. Chunki bunday tilning o‘zi bo‘lmagan. Lingvistik adabiyotlarda «Chig‘atoy tili» atamasining paydo bo‘lishi Xerman Vamberining «Chig‘atoy tili dasrligi» (1867) chiqishidan boshlab rasmiy tusga kirib qoldi(chig‘atoy adabiyoti kabi). Bu atama N.I.Ilminskiy (1822-1891) va boshqa turkologlarda ham ishlatiladi. U Sulaymon Buxoriyning (1921-1882) lug‘atida ham qo‘llanilgan. Bu lug‘atda o‘zbek urug‘lari va shevalari 92 ta deb ko‘rsatib o‘tiladi. G‘ozi Olim Yunusovning “O‘zbek lahjalarining tasnifidan bar tajriba” (1935) tadqiqotida ham o‘zbek urug‘-qabilalari va ularning tillari 92 ta deb qayd etiladi. Xalqimiz tarkibi va har bir tarkibiy qismning tillari-shevalari haqidagi raqamlar 92 ta deb belgilanishi turli shajaralar va so‘nggi ayrim tafsilotlarda o‘z ifodasini topib kelmokda.
Turkiy xalqlardan 12 tasi (tatar, qozoq, qirg‘iz, boshqird, qoraqalpoq, qo‘miq, qrim-tatar, qorachoy, balqar, oltoy, no‘g‘ay, qaraim) 15 milliondan ko‘proq bo‘lib, ular qipchoq guruhi turkiy tillarni tashkil etadi. Turkiy tillardan 11 tasi (turk, ozarbayjon, turkman, afshar, qashqar, Eronning janubi-sharqidagi turkiy xalqlar, shaxsevon, gagauz, qaraparax, kadjor, krimchak) 37 milion kishini o‘z ichiga olgan bo‘lib, turkiy tillarning o‘g‘uz guruhiga kiradi. 55 millionli turklar (Turkiya) ham o‘g‘uz guruhiga taalluqlidir.
5 xalq (o‘zbek, uyg‘ur, salar, sariq uyg‘ur, xo‘tan) 15 milliondan ortiqdir. Bular turkiy tillarning qarluq guruhini o‘z ichiga oladi. Chuvashlar (1,7 million) bulg‘or guruhini va 8 xalq (yoqut, tuva, hakas, tog‘li oltoyliklar, sho‘r-shor, do‘lg‘an, ko‘k cho‘lutanlar, tofalar-karagas) Sibir guruhi (0,6 million) deb yuritiladi.
Bular 1980-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlardir (123,3 mln). Oradan 15 yilcha vaqt o‘tgach, turkiy xalqlar qariyb 200 million kishi deb hisoblanmokda. Aholining bunchalik tez ko‘payishining sababi, bir tomondan, aholining o‘sishi va ikkinchi tomondan, chet ellardagi turkiy xalqlar xaqidagi ma’lumotlarning aniqlanib borishi bilan bog‘liqdir. Masalan, 1979 yilda O‘zbekistonda yashovchi o‘zbeklar 13mln. ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib 19 milliondan oshdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hududida 22 mln dan ko‘proq kishi yashaydi. Ma’lumki, turkiy xalqlarning yarmidan ortig‘i sobiq Ittifoq hududida hayot kechiradi. Ularning soni 100 millionga yaqindir. Turkiy xalqlarning 100 milliondan ko‘prog‘i chet mamlakatlarda yashaydi.
Demak, turkiy xalqlarning umumiy sonini 200 mln. va undan ham ko‘proq deb belgilashga to‘g‘ri keladi. Ularning 19 milliondan ko‘prog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi. O‘zbeklarning o‘zlari singari tillarining tarixi ham qadimiydir. Ularning yozuvlari ko‘p asrlik tarixga ega. Bu tarixni kamida 2400-2500 yil deb belgilash mumkin.
Yozuvlarning eng qadimiysi so‘g‘d yozuvidir. U bir qancha ko‘rinishlarga ega bo‘lib, tarixan oromiy yozuvlari belgilari bilan bevosita aloqadordir. So‘g‘d yozuvining moniy va suryoniy turlari turkiy xalqlarda keng ishlatilib kelinganligi tarixdan ma’lumdir. Ular eramizgacha bo‘lgan V-IV asrlarga borib taqaladi. Xorazm yozuvi va dulbarjin yozuvlarining ahamiyati ham kattadir. Bularni shartli ravishda yozuvlarni qo‘llashdagi birinchi davr deyish mumkin. Ikkinchi davr arab va uyg‘ur yozuvlari bilan bog‘lanib ketadi. Nihoyat, lotin yozuvi va amaldagi kirill yozuvidan foydalanishni uchinchi davr deb yuritish o‘rinlidir. Bular shartlidir, albatta.
Turkiy tillarni o‘rganish sohasida Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Ulug‘ Tursunov, Mamed og‘a SHeraliyev, Smit og‘a Kenesboyev, Ayyub G‘ulomov, A.N.Kononov, Solih Mutallibov, Olim Usmonov, N.A.Baskakov, Dilora Tumasheva, Farhod Zaynalov, Muhammad Isayev, G‘ani Abdurahmonov, Alibek Rustamov, Hamid Ne’matov, Bozor O‘rinboyev, Iristoy Qo‘chqortoyev, Ergash Fozilov va boshqa ko‘pgina tilshunos olimlarning o‘zlariga yarasha xizmatlari bor. Ularning ayrimlari mavjud turkologiya manbalariga asoslangan holda o‘z tasniflarini ham taqdim etmoqdalar. Bu jihatdan ozarbayjonlik professor Farhod Zaynalovning xizmati alohida ko‘zga tashlanib turadi.
Turkiy tillarni quyidagicha tasniflarga ajratish mumkin: Mahmud Koshg‘ariy tasnifi; N.A.Baskakov tasnifi; Farhod Zaynalov tasnifi; Muhammad Isayev tasnifi; Olim Usmon tasnifi; Ulug‘ Tursunov tasnifi; G‘ani Abdurahmonov tasnifi; Hamid Ne’matov tasnifi.
Muhammad Koshg‘ariy tasnifi. Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariy yashagan XI asrda turkiy qabilalar va qabilalar ittifoqi o‘zaro birlashib, xalqni shakllantira boshlagan davr edi. Olimning to‘liq ismi Mahmud Ibnulhusayn ibn Muhammadil Koshg‘ariydir. U til, madaniyat, tarix va adabiyot kabi turli sohalarga oid ko‘plab qimmatli ilmiy asarlar yaratgan buyuk olim edi. Uning («Turkiy tillarning nahv qoidalari») va «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy tillarning lug‘atlari qomusi») asarlari mavjud. Afsuski, mazkur ilmiy asarlarning birinchisi avlodlarimizga yetib kelmagan. 1960 yilning boshiga kelib Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari arab alifbosi va arab tilining bilimdoni Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Tajriba jarayonida olimning «XI asr yozma yodgorliklarida fe’l kategoriyasi» (1955), «Leksika va morfologiya tarixidan qisqacha ocherk» (1959) kabi bir qancha ilmiy asarlari yuzaga keldi.
«Devonu lug‘otit turk» ning ilmiy qimmati beqiyosdir. Chunki, «Devon» ni yaratish uchun muallif uzoq yillar davomida turkiy xalqlar yashaydigan shaharlar va qishloqlarni kezib chiqdi, materiallar to‘pladi va ularni chuqur qiyosiy tahlil qildi. «Men bu ishlarni, - deb yozadi Mahmud Koshg‘ariy, - til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim…» (44-bet)
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar va lahjalarini yigirmata qabilaga mansub deb ko‘rsatib, ulardan har birining son-sanoqsiz urug‘lari borligini qayd etadi. Demak, yigirmata qabila va ko‘plab urug‘larning tillari ham saqlanib qolgan. «Devon» da ana shu yigirmata til birma-bir sanab o‘tiladi: bәjәnәk, qipchoq, o‘g‘uz, yәmek, bashg‘irt, basmiil, qay, yabaqu, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘ma igraq, yaruq, yumul (ba’zan chumul va jumul shakllarida ham uchraydi), uyg‘ur, tungut, xitoy, tabgach (64 bet).
Yana kitobning turli sahifalarida yuqoridagi yigirmata turkiy tillar va lahjalar hisobiga kiritilmagan boshqa qabilalar tillari ham tilga olinadi: pramut (157-bet), bulg‘or (68-91-betlar), bulak (360-bet), kanjak (66-bet), suvorlar (67-68-betlar), qarluq (86-43-betlar), argu (488-bet), turk (484-bet) kabi.
Mahmud Koshg‘ariy ayrim hollarda turkiy qabilalarning yashaydigan joylarini ham aniq ko‘rsatadi. Masalan, chigillarning Barsag‘an quyisidagi Quyas shaharchasida, Tiroz yaqinidagi shaharchada va Koshg‘ardagi bir qancha qishloqlarda yashashlarini ko‘rsatib o‘tgan. (374-bet).
«Devon»da o‘g‘uz qabilasi turklarning bir qabilasi deb ta’kidlanadi. So‘ngra, shu o‘g‘uz qabilasining tarkibida 22 ta urug‘ borligi aytiladi, ularning nomlari va mollariga qo‘yilgan tamg‘alar birma-bir sanab o‘tiladi (89-91-betlar).
Birinchi turkolog, xususan lug‘atshunos, etnograf va xalq og‘zaki ijodchisi, tarixchi va jug‘rofiya bilimdoni Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asari bilan turkologiyaga asos soldi. U birinchi bo‘lib turkiy tillarning qoidalarini yaratadi. Bu asar turkiy tillarning qiyosiy grammatikasini o‘rganishda yagona manba bo‘lishi bilan diqqatga sazovordir. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» nomli ko‘p qirrali asarida turkiy tillarning dastlabki tasnifini bergan. U turkiy tillar va lahjalarini tasnif qilganda, ikki ilm-fan qoidalariga asoslanib ish ko‘rgan: 1) qabilalar va qabila ittifoqlari tillarining sofligiga (to‘g‘riligiga) ko‘ra: 2) qabilalar va qabila ittifoqlari tillaridagi fonetik va morfologik farqlarga ko‘ra.
Mahmud Koshg‘ariy tillarning sofligi tushunchasi deganda, turkiy bo‘lmagan tillarning ta’sir darajasini tushunadi, shunga ko‘ra, turkiy tillarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganadi: a) sof turkiy til: b) aralash turkiy qabila tillari.
Sof turkiy tilda fors va boshqa o‘lkalar bilan aloqa qilmaydigan yag‘mo, tuxsi va itl (Volga), yamar (Irtish) daryolari bo‘ylaridan boshlab, uyg‘ur shaharlarigacha bo‘lgan zaminlarda yashovchi qabilalar va «Xoqoniy turkchasi» tilini kiritadi. Bundan tashqari, qirg‘iz, o‘g‘uz, chigil, iroq, jaruq, bulg‘or, suvor, pecheneg qabilarining tilida ham turkiy bo‘lmagan tillarning ta’siri sezilmaydi (DLT, 1,66-bet).
Aralashgan turkiy qabila tillarini Mahmud Koshg‘ariy o‘z navbatida ikki guruhga bo‘ladi:
Bu guruhga so‘g‘d tili ta’sirida sugdak, kanjak, argu qabilalarining tilini kiritadi. Bundan tashqari, Bolosog‘un, Tiroz, Madinatulbayzo shaharlari aholisi tili kiritiladi.
Ikki tilli bo‘lgan turklashgan xitoy-tibet xalqlari: xo‘tanliklar, tibetliklar (tubut) va tangutlar tillari bu guruhga kiritiladi (DLT, 1,165-bet). Ular turkiy tilni yaxshi tushunadilar. Lekin erkin gaplasha olmaydilar. Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillarning boshqa tillar ta’siri darajasiga ko‘ra tasnifi asoslari hozir ham shevalar tasniflarida qo‘llaniladi.
U turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif qilishda tillarning jug‘rofiy tarqalish asoslarini ham ko‘zda tutadi. U fonetik va morfologik asoslarni hisobga olib, turkiy tillarni ikki guruhga bo‘ladi:
Chigil, yag‘mo, tuxsi, qarluq, uyg‘urlardan boshlab, yuqori Chingacha (Mochin-Chingacha) bo‘lgan qabilalar tillari.
O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, tatar, yamaq, suvor va rusdan Vizantiyagacha (Rimgacha) joylashgan qabilalar tillari.
Shartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni esa g‘arbiy tillar deb atash mumkin. Sharqiy va g‘arbiy turkiy qabilalar tillari orasida bir qator fonetik hamda morfologik farqlar mavjud. Bu shaklda tasnif qilish 1969 yilda tilshunos olim Hamid Ne’matov tomonidan tavsiya etilgan edi. Shundan so‘nggi nashrlarda uning mulohazalari asos qilib olindi.
Fonetik jihatdan sharqiy turklar tilida so‘z boshida jarangsiz t tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida d tovushi keladi; tag-dag, tuya-duya kabi. Sharqiy turklar tilida i tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida j tovushi bilan i tovushi juft qo‘llaniladi: yinju-jinju, yyelkin-jelkin kabi.
Sharqiy turklar tilida lab-tish v tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida lab-lab v (w) tovushi keladi: tovar-towar kabi.
Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, sharqiy guruh tillari uchun tor unlilar (bardim, sen, tevay), g‘arbiy guruh tillari uchun esa keng unlilar xosdir (bardim, san, tavay). Maxmud Koshg‘ariyning ta’kidlashicha, ayrim sharqiy turklar tilida so‘z oxirida y tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tarkibiga kiruvchi arg‘ular tilida n keladi: qoy-qon, yig‘ay-yig‘an (DLT, 1, 67).
Morfologik jihatdan sharqiy va g‘arbiy turklar tilidagi quyidagi farqlar ko‘rsatiladi:
Zamon, makon va qurol nomi sharqiy guruh tillarida – g‘u,-gu,-qu,-ku qo‘shimchasi bilan yasalsa, g‘arbiy guruh tillarida –asi, - әsi qo‘shimchasi bilan yasaladi: bargu-barasi, kelgu-kelәsi (DLT, 1,69:11,71).
Shaxs oti sharqiy turklar tillarida, -g‘uchi, -guchi, -kuchi, -kuchi qo‘shimchasi bilan yasalsa, g‘arbiy guruhlarda –dachi, -dәgi, -tachi, -tәchi, qo‘shimchasi bilan yasaladi: barg‘uchi –bardachi, turguchi-turdәchi kabi (DLT,II, 56-58).
Sharqiy tillardagi –gan, -gәn, -kan, -kәn sifatdosh shakliga g‘arbiy guruhlarda –(y) an, -(y) әn shakli muvofiq keladi: bargan-baran kabi (DLT,II, 57-58).
Sharqiy guruh tillarida o‘tgan zamon –di va shaxs –son ko‘rsatkichlari bilan yasalsa, g‘arbiy guruhdagi turli shaxslarda sifatdoshning –dYk, -duk shakli bilan aralash tarzda keladi: mәn yay qurdum – bәn yay qurduq.
Shunday qilib, Maxmud Koshg‘ariy XI asrdagi turkiy tillar va lahjalar tasnifi uchun 6 fonetik va 4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan. Bu esa mashhur turkologning turkiy tillarning asosiy xususiyat larini, ular orasidagi o‘xshashlik va farqlarni yaxshi tushuna olganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarining uchala kitobida ham lug‘atshunoslik asosiy o‘rinni egallaydi.
«Devon» da tillar va lahjalarga oid so‘zlar aniq aytilib, ba’zan ularning qaysi manbaga taalluqliligi ham ko‘rsatib o‘tiladi. Demak, ona tilimizning hozirgi holati uchun uni takror-takror o‘rganish foydalidir. Ayniqsa, til tarixi, shevashunoslik, etimologik va umuman filologik lug‘at tarzi uchun mazkur asarning qimmati g‘oyat kattadir.
Asarning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati ham bundan kam emas. Hatto, olimning birgina f, x undoshlariga doir mulohazalari, fe’lning o‘zagi to‘g‘risidagi aniq fikri, XI asrda tilda faol ishlatiladigan lug‘at qatlami haqida aytganlari, umuman, tilni uning xususiyatlariga qarab, uchga bo‘lib o‘rganishga doir tavsiyalarining o‘zi ham buni ochiq-oydin isbotlab turibdi. Biz o‘z navbatida bu durdonani o‘rganish, mutolaa qilish orqali quyidagicha guruhlarga bo‘lib, tasnif etib ko‘rishga harakat qildik: qarluq-chigil-uyg‘ur guruhi, qipchoq guruhi, o‘g‘uz guruhi.
1. Qarluq –chigil-uyg‘ur guruhiga kiruvchi tillar va lahjalar: chigil (chigil/jigil), yag‘mo, ig‘roq, jaruq/yaruq, to‘xsi(turklarning bir toifasi), tungut, uyg‘ur, qarluq, arg‘u, aramut, tavg‘ach, barxan, tubut, qashg‘ar, barsag‘on, turk, ko‘chat, tat, sug‘dak, uch ayg‘ir.
Namunalar: ezgish/ekzish, xalach, urzulanib, yuksәk tag‘in og‘laq, chatar, uyg‘ur tanin yufg‘a alib yumg‘in satar. – Tog‘ tepasiga joylashib, har vaqt echki bolasini ko‘ziga birlashtiradi, ya’ni u cho‘pon bo‘lgani holda uyg‘urlarga bosqinchilik qiladi. Ulardan bir narsalar olib sotadi (II,340-341).
Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida Chin, ya’ni Xitoy uch qismdan iborat ekanligi qayd etilgan: Yuqori Chin, O‘rta Chin va Quyi chin. Barxan Quyi Chin ma’nosida kelib, o‘sha yerda yashayotgan kishilar ma’nosini ham bildiradi.
Ig‘roq sari tig‘roq,
Yemi aning ug‘loq,
Suti o‘za sog‘roq,
Yeri taqi ag‘loq.
(Ig‘roq qabilasi g‘ayratli, botir odamlardir. Ularning oziqlari quruq (suvsiz) ovqatlardan. Qimiz tog‘oralari ustidan kosa arimaydi. Holbuki, ularning yerlari o‘tsiz yerlardir. (1,487).
Bu guruhga kiruvchi tillarga doir misollar Alisher Navoiyda ham ko‘plab uchraydi:
Chigil birla YAg‘moni aylab ubur.
«Saddi Iskandariy»
Yuzni ne vasfin deding huri chigil,
Balg‘ami qondin esa oqu qizil.
«Lisonut Tayr»
Qipchoq guruhini tashkil etuvchi tillar va lahjalar: basmil, qay, yaboqu, qipchoq, tarar, qangli, boshqird, qirg‘iz, bulg‘ar, suvor (in), yamoq, jumul (yumul/chumul).
Misollar:
Basmil sysin qulitti,
Barcha kelib yumitti.
Arslan taba emitti,
Qorqub bashi tezginүr.
(Basmillar askarlarini bizga qarshi ko‘rashga otlantiradi. Hammalari to‘planishdilar. Arslon tomonga yurishdilar. Bizlarni ko‘rgach, ko‘zlari qorong‘ulanib, boshlari aylandi (II, 361).
Bo‘zrach yәmә kudurdi.
Alpag‘uti mazirdi.
Sүsin yana qadirdi,
Kelgelimet irkashүr.
(Buzraj yaboqular begining oti u askarlarga yuzlandi, botirlarni saraladi, kelish uchun to‘plandi (II, 161).
Bichg‘as bitik qilurlar,
Endkay yama berүrlar,
Xandan basut tilarlar,
Basmil chumul tirkashүr.
(Bizning odamlar (ya’ni yaboqular) podshoga qarshilik qilmaslik uchun mushohada (ahdnoma) yozdilar. Hozir basmil va jumul qabilalari biz bilan urushmoqqa yig‘ildilar. Hoqon ularga yetishdi, hatto, ularning qonlarini to‘kdi va asir qildi (1, 427).
3. O‘g‘uz guruhiga quyidagi yigirma ikki urug‘-qabilalari tillari va lahjalari kiritildi: qiniq (qiniq), qayig‘ (qayig‘), bayundur (bayun), ava//iva, solg‘u/ salg‘ur, afshar (afshar), beg tili (bek tili), bukduz (buktuz), bayat (bayot), yazg‘ir (yozg‘ir), eymur (әymur), qarabeluk (qorabuloq), alqabeluk (olqabo‘luk), igdәr (igdar), urәg‘ir (urakir), tutirqa (tutirqa), ulayundlug‘ (ulayundlug‘), tegәr (to‘gar), bәjәnәk (bajanak), yuvaldar (juvaldor), jәpni (japni), jaruqlug‘ (jarug‘luq). “Devonu lug‘otit turk” sahifalarida yana bo‘lak, kanjak nomlari ham qabilalar va ularning tillari sifatida berilganligini qayd etish o‘rinlidir. Shunday qilib, “O‘g‘uz” guruhidagi urug‘-qabilalar va ularning tillarini yigirma to‘rtta deb hisoblashga to‘g‘ri keladi.
O‘zbek tili xususida ikki og‘iz so‘z. Ko‘p sonli turkiy xalqlardan biri o‘zbek xalqi hisoblanadi. Uning tarixi bir necha o‘n minglab yilni o‘z ichiga oladi. Hali u vaqtlarda bizning ajdodlarimiz urug‘-urug‘ va qabila-qabila bo‘lib yashar edilar. Garchand, XI-XII asrlarda qabilalar va qabilalar ittifoqlari birlashib, o‘zbek xalqini tashkil etgan bo‘lsa ham, ularning ayrim xususiyatlari, ko‘rinishlari saqlanib qolgan edi. Buni Alisher Navoiyning «Muhokamatul lug‘atayn» asarida ham aniq ko‘rish mumkin. Ana shunday yirik qabila ittifoqlaridan biri «o‘zbek» nomi bilan yuritilardi. Bu hol, ayniqsa, «Xazoyinul maoniy», «Saddi Iskandariy» kabi asarlarda aniq ko‘zga tashlanib turadi.
U paytlarda o‘zbeklar xalq sifatida to‘la birlashib yetgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zlarining bir umumiy davlatlariga ega emas edi. Chunki ular Movarounnahr, Xuroson, Dashti Qipchoq kabi zaminlarda bo‘lingan holda hayot kechirar edilar. Hatto, asrimizning 60-yillarigacha ham o‘zbeklar kam sonli edi. So‘nggi 35 yil ichida o‘zbeklarning miqdori bir necha baravar oshdi. Bu o‘zaro birlashish va tug‘ilishning hisobiga bo‘ldi.
Turkiy tillarning yirik guruhlaridan biri hisoblangan o‘zbek tili quyidagi qismlarga: hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘zbek tili tarixi, o‘zbek shevashunosligi. Uning har uchala qismi ham o‘zaro mustaqil bog‘langan holda o‘rganiladi va bir-birini to‘ldirish, boyitish uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘zbek shevalari materiallari o‘zbek tili turixi uchun ham o‘zbek adabiy tili uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki til tarixining taraqqiyot yo‘llarini faqat sheva materiallari asosida belgilash, aniqliklar kiritish mumkin.
Dialektologiya tilshunoslik fanining bir sohasi bo‘lib, biror tilning mavjud dialektlarini, ya’ni mahalliy lahja va shevalarni o‘rgatadi. Dialektologiya atamasi ikki elementdan iborat bo‘lib, grekcha, dialektos –sheva, jonli so‘zlashuv, logos-ilm. Demak, dialektologiya jonli so‘zlashuv haqidagi ilm (fan) dir.
Dialektologiya biror milliy til tarkibidagi mahalliy dialekt va shevalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning adabiy tildan va bir-biridan farqlarini, shevalarning adabiy tilga bo‘lgan munosabatini, uning adabiy tilni boyitishdagi ahamiyatini, shuningdek o‘rganilayotgan shevalar ning qanday guruhlarga bo‘linishi kabilarni o‘rganadi.
O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan hamma dialekt va shevalarni o‘rganadi. U faqat O‘zbekiston hududidagi shevalarnigina emas, balki boshqa hududlarda (Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qoraqalpog‘iston va boshqalar) joylashgan o‘zbek tilining turli dialekt va shevalarini ham tekshiradi.
Hozirgi zamon milliy tilining tuzilishi murakkab bo‘lib, bir tomonda qayta ishlangan, sayqal berilgan adabiy til va ikkinchi tomonda dialektlardan tuzilgan.
Sheva va dialektlar o‘zaro va adabiy tildan fonetik, morfologik, sintaktik, leksik tomondan farq qilib umumxalq tilini tashkil qiladi.
Dialektologiya obyektni qanday o‘rganishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
a) tasviriy dialektologiya (dialektografiya);
b) tarixiy dialektologiya.
Lahja va shevalarni tarixiy jihatdan tekshirganda, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyot yo‘llari va hozirgi holatga yetganga qadar qanday rivojlanish jarayonlarini bosib o‘tganligi bayon etib beriladi. Demak, shevalarni tarixiy o‘rganish muhim ahamiyatgan ega.Chunki til bir qancha davrlarning mahsudi bo‘lib, u yuzlarcha avlodlar tomonidan yaratilgan.
Tarixiy dialektologiyaning vazifasi – jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lgan umumxalq tilining urug‘lar tillaridan qabilalar tillariga va, nihoyat, xalq tiliga hamda xalq tilidan milliy tilga tomon bo‘lgan taraqqiyotning hamma bosqichlarini o‘rganishdan iborat.
Tarixiy dialektologiya esa tildagi turli xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlardagi o‘zgarishini aniqlaydi.
SHevalarni o‘rganish til turixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki ma’lum darajada o‘zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalarning dastlabki ko‘rinishlari mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o‘rganish uchun juda ahamiyatlidir. Ba’zi dialektal farqlar eng qadimgi davlarda paydo bo‘lgan.
Dialektal xususiyatlarning ba’zilari qadimda umuman butun tilimizga xos edi, lekin ba’zi shevalarda, xususan adabiy tilimizga asos bo‘lgan shevalarda keyinchalik unutilgan bo‘lishi mumkin. O‘sha xususiyatlar saqlangan shevalarni o‘rganish hozirgi adabiy tilimizdagi ko‘pgina til hodisalariga aniqlik kiritadi. Til taraqqiyoti qaysi yo‘nalish bilan borganligini ko‘rsatadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi , rivojlanishi, turli davrlarda o‘zgarishi, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning ishtiroki kailarni o‘rganadi.
Birinchidan, adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki ma’lum darajada o‘zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan deyarli til tarixini o‘rganish uchun juda qimmatlidir.
Shuningdek, o‘zbek dialektologiyasi ham o‘zbek tili tarixini o‘rganish, uning ayrim grammatik formalari mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Uning ayrim noaniq masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir. Qadimda yozma yodgorliklarning biz uchun noaniq bo‘lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi zamon o‘zbek shevalarining xususiyatlarini o‘rganish bilan (shu sheva materiallari yordamida) aniqlashimiz, to‘ldirishimiz mumkin. Dialektlarni o‘rganish ham ilmiy, ham praktik axborotga ega. SHevalarni o‘rganish o‘zbek adabiy tilining fonetik, leksik grammatik normalarini belgilash uchun, shuningdek o‘zbek orfografiyasi va orfoepiyasini stabillashtirish uchun ham katta yordam beradi.
SHevalarni o‘rganish xalq tarixi, etnografiyasi uchun ham muhimdir. Masalan: shevalarni o‘rganish orqali o‘tmishdagi urug‘-qabilalarning joylashish hududlarini aniqlash, toponimlar, gidronimlar va shu kabi nomlar vositasida xalq tarixining ayrim kartinalarini yaratmoq mumkin bo‘ladi.
Ikkinchidan, dialektologiya o‘zbek tili o‘qituvchisi uchun ahamiyatlidir. O‘qituvchi o‘quvchini to‘g‘ri yozishga, uning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishiga yordam berishi kerak. Lekin turli hududdagi o‘qituvchilar nutqida mahalliy sheva xususiyatlari ko‘p uchraydi. O‘qituvchilarga sheva xatolarini to‘zatish uchun o‘qituvchining o‘zi mahalliy dialekt adabiy tildan qanday farqlanishni bilishi kerak va chora ko‘rishi lozim. Ba’zi fonetik jarayonlar masalan, K bilan bitgan so‘zga egalik affiksi qo‘shilganda K o‘zgarishi va o‘zgarmasligi kabi.
Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya mahalliy lahja va shevalarga xos fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug‘at boyligining hozirgi holati, uning hozirgi taraqqiyot bosqichidagi mavqei haqida to‘laroq ma’lumot beriladi. Bunda ayrim fonetik o‘zgarishlar va jarayonlar, grammatik shakl va qo‘shimchalarning qanday yuzaga kelganligini, ulardagi o‘zgarishlarni tarixiy jihatdan tekirish tadqiqotchining asosiy diqqat markazida bo‘lmaydi. SHeva va lahjalarning hozirgi holatini tekshirganda, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan shevalar vakillarining og‘zaki nutqi va o‘sha aholi orasida keng tarqalgan turli xalq og‘zaki ijodiyoti materiallarining tili ni tekshirish uchun asos qilib olinadi. Chunki xalq og‘zaki ijodiyotida ham ko‘pgina shevalarga xos xususiyatlar saqlangan bo‘ladi. Shuningdek, tarixiy faktlarni o‘zida aks ettiruvchi an’anaviy shevalar vakillarining nutqlarini o‘rganish va ularni hisobga olish ham foydalidir.
Sheva, dialekt va lahja terminlari. O‘zbek dialektologiyasida mavjud bo‘lgan ilmiy adabiyotlarda sheva, dialekt va lahja terminlarining turlicha qo‘llanilib kelganligini ko‘ramiz.
O‘zaro ba’zi farqlarga ega bo‘lgan shevalar birlashib dialektni tashkil qiladi. Ikki yoki bir necha dialekt birgalikda milliy til asosiga olinadi. Shunday qilib, shevalar bir-biriga juda ham yaqin va juda o‘xshash bo‘lgan holda tilimizning eng kichik birligini tashkil etadi.
Sheva – aslida forscha so‘z bo‘lib, ovoz, til, so‘zlashish, odat, yo‘sin, ravish kabi ma’nolarni bildiradi. SHevalar o‘zbek tilining o‘ziga xos ba’zi bir fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ega bo‘lgan kichikroq bir qismi bo‘lib, o‘zlarining jug‘rofiy o‘rinlari bilan bir-birlaridan ajralib turadi.dir.
Sheva – eng kichik bo‘lgan kichikroq hududda joylashgan so‘zlovchilarning tilidir.
Boshqacha qilib aytganda, bir tilda so‘zlashuvchi kishilar bir-birlari bilan so‘zlashganlarida nutqda fonetik, grammatik va leksik farqlar to‘sqinlik qilmasa, u bir sheva hisoblanadi. Sherobod (qatag‘on, gilambop shevalari).
Lahja. Lahja aslida arabcha so‘z bo‘lib, ifoda, so‘z, sheva, ovoz kabi ma’nolarni o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zbek dialektologiyasida lahja shevalardagi asosiy xususiyatlarni o‘zida birlashtiruvchi shevalar yig‘indisini bildiradi. Bu esa lahja atamasining keng ma’noda qo‘llanilishidir.Masalan, o‘zbek tilining qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g‘uz lahjasi.
Demak, lahjalar milliy tilning quyi bosqichi bo‘lib, uning yirik tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Lahjalar o‘zining grammatik qurilishi va lug‘at boyligiga ega bo‘lishi bilan ijtimoiy jargonlardan tubdan farq qiladi. Lahjalar o‘rtasidagi farqli tomonlar fonetika, grammatika va lug‘at tarkibi doirasida hozirgi vaqtda ham yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Lekin bu farqlar keskin bo‘lmaydi. Lahja atamasining ba’zan tor ma’noda, ya’ni sheva ma’nosida qo‘llanilishi uchraydi.
Ruscha lingvistik adabiyotlarda shevalar yig‘indisi ma’nosida narechiye (lahja) termini ham qo‘llanadi.
Bir xil xususiyatiga ega bo‘lgan turli joylarda joylashgan shevalar yig‘indisi lahja deyiladi.

Dialekt. Dialekt lotncha so‘z bo‘lib, shevaga nisbatan keng ma’noda qo‘llaniladi. Adabiy tildan o‘zining ba’zi bir xususiyatlari (fonetik, leksik, grammatik) bilan ayrilgan biror tilning yirikroq bo‘lagiga dialekt deyiladi. Mas.,Samarqand-Buxoro dialekti, Janubiy Xorazm dialekti, jelanuvchi dialektlar.


Demak, dialekt tilning eng kichik bo‘lagi sanalgan shevalarning bir qanchasini o‘z ichiga oladi, ya’ni u shevalarning yig‘indisidan tashkil topadi. Ba’zan dialekt termin tor ma’noda, sheva ma’nosida ham qo‘llaniladi. Toshkent dialekti, Farg‘ona dialekti kabi.
Dialekt ma’lum hududda joylashgan shevalar yig‘indisidir.
Demak, dialekt termini keng ma’noda («narechiye» – shevalar yig‘indisi ma’nosida) ham, tor ma’noda (govor – sheva ma’nosida ham qo‘llanaveradi.
Dialektologiyaning asosiy vazifasi. Dialektologiya fanining obyekti mahalliy dialekt, lahja va shevalar bo‘lib, maqsadi va vazifasi quyidagilardan iborat:
ayrim sheva va dialektlarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarini har tomonlama yozib chiqish;
milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o‘rni va shu milliy tilga asos bo‘lgan shevalarni aniqlash;
shevalarning o‘zaro munosabatini, shuningdek, ularning adabiy til va qardosh tillarga bo‘lgan munosabatlarini belgilash;
o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash;
umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalarning ma’lum hududda tarqalish atlaslarini tuzish va shevalarni tasnif qilish.
Adabiyotlar:

  1. Аванесов Р.И. Очерки русской диалектологии Ч./М. 1949.

  2. Аширбоев Самихон “Ўзбек диалектологияси” (Лекция матни) Т.2000.

  3. Решетов В.В. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси Тошкент, 1978.

  4. Решетов В.В.Узбекский язык, г. Ташкент, 1959 .

  5. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги. Тошкент,“Ўқитувчи” 1996.

  6. Набиева Д.А. Ўзбек тилида лисоний бирликларининг инвариант-вариант муносабати. Номзодлик диссертацияси автореферати. Т. 1998.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Sheva deb nimaga aytiladi?

  2. Dialekt deb nimaga aytiladi?

  3. Lahja deb nimaga aytiladi?

  4. O‘zbek shevalarining murakkab tarkibi qaysi sabablar bilan bog‘langan?

  5. O‘zbek shevalari qaysi metodlar bilan o‘rganilgan?

  6. O‘zbek dialektologiyasi fani qaysi fanlar bilan o‘zaro bog‘langan?

3 - ma’ruza


O‘ZBEK SHEVALARINING TARIXIY OQIMI

Reja:


1. Qarluq, qipchoq va o’g’uz lahjalari tasnifi
2. O’zbek shevashunosligining fan sifatida shakllanishi
3. Til egasi va sheva egasi tushunchasi.
4. O‘zbek dialektologiyasining tilshunoslik va boshqa fanlarga aloqadorligi.
5. O‘zbek shevalarini o‘rganish metodlari.
SHEVA, LAHJA VA DIALEKT.

O’zbek shevashunosligida mavjud bo’lgan ilmiy adabiyotlarda,sheva, lahja va dialekt atamalari turlicha ma`nolarda qo’llanib kelmoqda. Bu atamalarning ma`nosi ham har xil emas.Chunki o’zaro ba`zi farqlarga ega bo’lgan shevalar birlashib, lahjani tashkil qiladi. Ikki yoki bir necha lahja birgalikda milliy til asosiga aylanadi.Shunday qilib shevalar bir-biriga juda yaqin va o’xshash bo’lganliklari holda, tilimizning eng kichik bo’lagini tashkil qiladi. Dialekt atamasi keng va tor ma`noda qo’llaniladi. Bu jihatdan «lahja» atamasi ham «dialekt» ga teng keladi.
Sheva. U forscha so’z bo’lib, ovoz, til, so’zlashish, odat, yo’sin, ravish kabi ma`nolarni bildiradi.Shevalar o’zbek tilining o’ziga xos fonetik, grammatik va leksik
xususiyatlarga ega bo’lgan kichik bir qismi bo’lib, o’zlarining jug’rofiyo o’rinlari bilan bir-birlaridan ajralib turadi. Masalan, O’zbek tilining qorluq- chigil- uyg’ur guruhiga
kiruvchi Toshkent. Andijon, Marg’ilon, Samarqand, Buxoro, Kattaqurg’on, Jizzax, Qarnob, Qarshi, Parkent, Urgut singari kichik tarmoqlari shevalarni tashkil etadi. Yoki qipchoq guruhini tashkil etuvchi ming, Mang’it, yuz, saroy, nayman, qipchoq, qoraqalpoq, xitoy, jaloyir, chig’atoy kabilar ham o’zbek tilining eng kichik bo’laklaridandir.Shevalar o’zaro birikib, lahjani yuzaga keltiradi. Lahja va shevalar o’zbek milliy tili tarkibida o’rganiladi. Chunki o’zbek milliy tilining qo’llanilish doirasi kengdir.
Lahja va shevalar o’zbek adabiy tili tushunchasiga kirmaydi. Biroq ular o’zbek tilining quyi shakli tarmoqlari hisoblanib, o’zbek adabiy tilini boyitish uchun xizmat qiladi. Bu ayniqsa leksika bobida yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Chunonchi hozirgi paytda adabiy tilimizda ham «beda» deb yuritiladigan tuyimli ozuqa qipchoq lahjasini tashkil etuvchi shevalarda «yungichka», «o’t», «beda» kabi nomlar bilan yuritiladi. Demak, «yungichka» so’zini adabiy til me`yoriga kiritish foydadan holi bo’lmaydi. Yana «bula», «kilamik», «bo’tana», «ungir» singari so’zlari ham adabiy til doirasida keng iste`mol qilishni uylab ko’rish foydali bo’lishi mumkin. Lahja. Lahja aslida arabcha so’z bo’lib, ifoda, so’z, sheva, ovoz kabi ma`nolarni o’zida mujassamlashtiradi. O’zbek shevashunosligida lahja shevalardagi asosiy xususiyatlarni o’zida birlashtiruvchi shevalar yig’indisini bildiradi. Bu esa lahja atamasining keng ma`noda qo’llanilishidir. Masalan, o’zbek tilining qarluq-chigiluyg’ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o’g’uz lahjasi.
Dealekt. Dialekt lotincha so’z bo’lib, shevaga nisbatan keng ma`noda qo’llaniladi.
Adabiy tilda o’zining ba`zi bir xususiyatlari (fonetik, grammatik, leksik) bilan farqlanadigan biror umummilliy tilning yirik roq bo’lagi dialekt deb yuritiladi. Amaliy hayotda esa o’zaro anglashish va anglashilmaslik hisobga olinadi. Masalan, o’zbek tilining o’g’uz dialekti, qipchoq dialekti kabi.

O‘ZBEK SHEVASHUNOSLIGINING FAN SIFATIDA TASHKIL TOPISHI.



Turkiy tillar lahjalarini o’rganishga bo’lgan qiziqish eng qadimgi davrdan boshlangan. Hali u vaqtlarda turkiy xalqlar vakillari urug’-urug’ va qabila- qabila bo’lib yashab kelar edilar. Ulardan qabilalar ittifoqlari va xalqlar shakllanadi.Shuning uchun ham O’rxun-Enasoy daryolari yoqasidan topilgan yozma yodgorliklar boshqa turkiy xalqlar ilan birgalikda o’zbeklarning ham eng qadimgi yozma manbalaridan deb qaraladi. Bu yozma yodgorliklar o’zbek shevashunosligi tarixini o’rganish uchun ham muhim bo’lgan boy materiallar beradi.
Ularni o’rganishda « Qadimgi turkiy yozma yodgorliklari» (1951), « Qadimgi
turkiy til» (1982) kabi asarlarning ahamiyati kattadir. Ular ilmiy tadqiqotlarni bajarish
uchun ham oliy o’quv yurtlarida talabalarni o’qitish uchun ham birday qimmatlidir.
Chunki bu yozma manbalar barcha turkiy xalqlarning, jumladan o’zbek tilining ham
qadimgi zamonlarda boy adabiy til an`analariga ega bo’lganligini va O’rxun-Enasoy
yozuvi hozirgi o’zbek tilining ham qadimgi yozma yodgorliklardan biri ekanligini
ko’rsatadi. Ma`lumki, A. Navoiy asarlarining tili qarluq-chigil- uyg’ur guruhiga kiruvchi
shevalar tiliga, ayniqsa Andijon shevasiga, yaqin keladi. Hatto shoir asarlaridan bir
necha asr oldin yuzaga kelgan asarlar ham ana shu guruhga mansub qabila tillarida
yozilgan. Masalan, Yusuf Xos Xojibning « Qutadg’u bilig» nomli yirik asari chigil
qabilasi tilida yozilgan. Bu esa chigil qabilasi tiliga asos bo’ladi. O’zbek xalq shevalarini
o’rganish natijasida adabiyot tarixi va xalq og’zaki ijodiyotiga taalluqli ko’pgina
qimmatli materiallarga ega bo’lish mumkin. Chunonchi, bundan qariyb o’n asr ilgari
maydonga kelgan M. Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit turk», Y. X. Hojibning «
Qutadg’u bilig» asarlari o’zbek adabiyoti tarixi, o’zbek shevashunosligi va til tarixi uchun
ham zarur manba bo’lib xizmat qiladi. Shevashunoslik fani sohasida yetarli
ma`lumotga ega bo’lish har bir yozuvchi, shoir hamda dramaturg uchun suv va havo
singari zarurdir.
Mahalliy lahja va shevalar xususiyatlarini yaxshi bilgan shoir, dramaturg va
yozuvchilar asar qaxramonining bilim saviyasi, madaniyat darajasi, uning adabiy tilda
yaxshi gaplasha bilishi yoki uni yetarli bilmasligi, qaysi shevada gapirishi, mashg’uloti
kabilar to’g’risida uzundan- uzoq tushuntirishlar va izohlar berish yo’li bilan tasvirlab
o’tmasdan, shu umumiy xususiyatlarning hammasini bir xususiyat orqali, ya`ni personaj
tilida qo’llaniladigan sheva orqali ochib berish mumkin. Muqimiy, Furqat, A. Qodiriy, H. H. Niyoziy, H. Olimjon,G’. G’ulom, Oybek, A.Qahhor, M. Ismoiliy, K. Yashin kabi san`atkorlar o’z asarlarida o’zbek tili boyliklaridan yaxshi foydalanganliklari o’quvchilarning diqqatini o’ziga jalb etadi.Shuning uchun ham bu asarlar kitobxonning qo’lidan tushmaydigan sevimli
asarlariga aylanib qolgan. O’zbek shoir-yozuvchilari asarlaridan ba`zilarini qayd etish o’rinlidir. Masalan, A. Qahhorning «Qo’shchinor chiroqlari» romani va «Sinchalak» qissasi Farg’ona shevalariga xos xususiyatlar, Oybekning «Qutlug’ qon», «Oltin vodiydan shabadalar» romanlarida Toshkent va ularga o’xshash shevalarning xususiyatlari; M. Ismoiliyning «Farg’ona tong otguncha» romanida Farg’ona shevalarining o’ziga xos belgilari; J.Sharipovning «Xorazm» romanida janubiy Xorazm shevalarining xususiyatlaridan foydalanib ish ko’rildi.
Dialektologiyaning asosiy vazifasi. Dialektologiya fanining ob’ekti mahalliy dialekt, lahja va shevalar bo‘lib, maqsadi va vazifasi quyidagilardan iborat:

  1. ayrim sheva va dialektlarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarini har tomonlama yozib chiqish;

  2. milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o‘rni va shu milliy tilga asos bo‘lgan shevalarni aniqlash;

  3. shevalarning o‘zaro munosabatini, shuningdek, ularning adabiy til va qardosh tillarga bo‘lgan munosabatlarini belgilash;

  4. o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash;

  5. umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalarning ma’lum hududda tarqalish atlaslarini tuzish va shevalarni tasnif qilish.

O‘zbek tilining murakkab dialektal tarkibi


ProfessorYe.D.Polivanov asrimizning birinchi choragidayoq o‘zbek tili ko‘p shevaligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida o‘zining ilmiyi shlarida ma’lumot bergan edi. Professor V.V.Reshetov o‘zbek tili dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidirish lozimligini uqtiradi. Qadimda turkiy urug‘ va qabilalarni miqdori ancha ko‘p bo‘lgan. Ulardan o‘zbek tili va uning shevalari shakllanishida qarluq, chigil, uyg‘ur, qipchoq, o‘g‘uz urug‘lari, qangli, qatag‘on urug‘ va qabilalar birlashmalarining tarixiy taraqqiyoti katta rol o‘ynagan.
O‘zbek tili dialektal tarkibi o‘ziga xosligiga qadimgi urug‘ va qabilalar tilining turli hududlarda alohida shu urug‘ va qabilalarning mustaqil yashashlari muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, ayni zamonda o‘zbek tili boshqa tillardan ajralib mustaqil taraqqiy eta boshlagan davrdan boshlab, unga turkiy va eroniy tillarning ta’siri ham bo‘lgan. Jumladan, Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalariga (Xorazm shevalariga) turkman tilining, shimoliy o‘zbek shevalariga qozoq tilining, Qirg‘izistondagi o‘zbek shevalariga qirg‘iz tilining, Samarqand, Buxoro, Namangan, Sariosiyo va Tojikistondagi o‘zbek shevalariga tojik tilining ta’siri kuchlidir. Shu tufayli ham bu shevalar boshqa shevalardan farqlanib qolmoqda va o‘ziga xoslikni vujudga keltirmoqda. Avvalgi satrlarda aytilganidek, o‘zbek shevalari yirik uchta lahjani qamrab olgan, lekin har bir lahja orasiga ba’zan qat’iy chegara qo‘yib bo‘lmaydi, ya’ni aksariyat shevalar ayni bir til qonuniyatlariga amal qilishi mumkin, masalan, singarmonizm har uchala lahjada uchraydi, shuningdek, unlilarning birlamchi cho‘ziqliklari qarluq va o‘g‘uz lahjalarida ham qayd qilinadi va h.k.
O‘zbek dialektologiyasining tilshunoslik va boshqa fanlarga aloqadorligi. O‘zbek dialektologiyasi tilshunoslik fanlaridan biri sifatida, avvalo, «Hozirgi o‘zbek tili» fani nazariy ma’lumotlariga tayanadi, qolaversa, «Qadimgi turkiy til», «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi», «O‘zbek adabiy tili tarixi» fanlariga ham asoslanuvchi ma’lumotlarni beradi, ham ularning nazariy va amaliy materiallariga asoslanadi. To‘g‘ri, tilshunoslikning bu fanlari o‘quv rejalaridan keyingi kurslarda joy olgan, demak bu fanlar bo‘yicha nazariy, amaliy ma’lumotlarni olish o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha tegishli mavzularni mustaqil tayyorlash jarayonida, ulardan qo‘shimcha ma’lumotlar olish chog‘ida o‘rganib boriladi.
O‘zbek dialektologiyasi geografiya fani bilan uzviy aloqador, ya’ni har bir sheva haqida ma’lumot to‘plaganda, shu sheva vakillari joylashgan hududning ko‘lami, aholisining miqdori, shu hudud iqlimi va boshqa ma’lumotlar ham to‘planadi, ya’ni geografik muhiti ham yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek dialektologiyasi o‘zbek xalqi tarixi, adabiyoti, etnografiyasi, san’ati fanlarining ma’lumotlariga ham tayanadi va ular uchun boy material beradi.
O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan fandir. Bu fan bo‘yicha olingan nazariy bilimlar keyingi kurslarda o‘tiladigan fanlarga nazariy asos bo‘lib xizmat qilsa, ayni zamonda, til va adabiyot o‘qituvchilarini o‘zbek shevashunosligi bilimlari bilan qurollantirib, o‘z faoliyatida dialektal xatolar ustida ishlash uchun amaliy ahamiyat ham kasb etadi, ya’ni o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqida uchraydigan dialektal xatolarning manbalarini belgilab, to‘g‘ri yo‘l tanlashga yordam beradi.
O‘zbek shevalarini o‘rganish metodlari. O‘zbek shevalari hozirga qadar o‘zbek adabiy tiliga qiyosan o‘rganib kelindi va bunda tavsifiy va qiyosiy metoddan foydalanilgan. Bu metodda shevalarning fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari keng miqyosda o‘rganildi ham boy material to‘plandi. O‘zbek shevalarini o‘rganishda XIX asrning oxirlarida paydo bo‘lgan qiyosiy-tarixiy metoddan ham foydalanilgan. Bu metodga ko‘ra o‘zbek shevalari materiallari «Devonu lug‘otit turk», «Qutadg‘u bilig», Alisher Navoiy asarlari tiliga qiyoslab borilgan, lekin bu metod asosiy metod hisoblangan emas, balki tahlil talab o‘rinlardagina va ayrim til tarixiga oid maqola va asarlarda uchrab turadi. Shuningdek, o‘zbek dialektlari fonematik tizimini sistem metod orqali o‘rganish ham tajriba qilindi. Jumladan, o‘zbek tili birliklarini variant – variant munosabatida o‘rganish jarayonida o‘zbek shevalari fonologik tizimi ham sistem jihatdan tahlil qilingan ishlar yuzaga kelmoqda.
Adabiyotlar:

  1. Аванесов Р.И. Очерки русской диалектологии Ч./М. 1949.

  2. Аширбоев Самихон “Ўзбек диалектологияси” (Лекция матни) Т.2000.

  3. Решетов В.В. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси Тошкент, 1978.

  4. Решетов В.В.Узбекский язык, г. Ташкент, 1959 .

  5. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги. Тошкент,“Ўқитувчи” 1996.

  6. Набиева Д.А. Ўзбек тилида лисоний бирликларининг инвариант-вариант муносабати. Номзодлик диссертацияси автореферати. Т. 1998.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Sheva deb nimaga aytiladi?

  2. Dialekt deb nimaga aytiladi?

  3. Lahja deb nimaga aytiladi?

  4. O‘zbek shevalarining murakkab tarkibi qaysi sabablar bilan bog‘langan?

  5. O‘zbek shevalari qaysi metodlar bilan o‘rganilgan?

  6. O‘zbek dialektologiyasi fani qaysi fanlar bilan o‘zaro bog‘langan?

II variant savollari:


1.Sheva deb nimaga aytiladi ?
2.Dialekt deb nimaga aytaladi ?
3.Lahja deb nimaga aytiladi ?
4.O’zbek shevalarining murakkab tarkibi qaysi sabablar bilan bog’langan ?
5.O’zbek shevalari qaysi metodlar bilan o’rganiladi ?
6.O’zbek dialektologiyasi fani qaysi fanlar bilan o’zaro bog’langan ?
7.Shevaning o’zbek adabiy tiliga ta’sir ko’rinishlarini aniqlang ?
8. Yozma yodgorliklarda hozirgi kunda shevada qo’llaniladigan qanday so’zlar
uchraydi ?



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish