1. Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot



Download 0,59 Mb.
bet1/18
Sana26.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#705767
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Dialektologiya#039;ruza-1.2022


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI



fanidan tayyorlangan





TERMIZ – 2022


1-ma’ruza
O‘ZBEK DIALEKTOLOGIYASI FANINING MAQSAD
VA VAZIFALARI

Reja:
1.Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot.


1.O‘zbek dialektologiyasining asosiy vazifasi.
3.O‘zbek tilining murakkab dialektal tarkibi.
4. Til va sheva…
5. O’zbek shevalarini o’rganishni davrlashtirish masalasi.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
Dialekt, sheva , lahja, turkiy tillar, turkiy dialektologiya, qardosh tillar, fonetik xususiyatlar, morfologik va leksik belgilar, dialektografiya, tasviriy dialektologiya, tarixiy dialektologiya. Mahalliy shevalar, grammatik shakllar, lingvogeografik usullar, fonetik norma, leksik norma, grammatik normalar , orfografiya va orfoepiya, Urug‘- qabilalar, joylashish hududi, onamastika, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar, qarnoq shevasi , turk shevasi, xalqaro atama, umumlingvistik tushuncha, ravish, tarz, yo‘sin, shevalarning tarqalish chegarasi, o‘xshash lingvistik xususiyatlar, tarqalish kartasi, shevalarni kartalashtirish, lingvistik atlas, jo‘nalish va O‘rin-payt kelishiklari, transkripsiya, qayta yozuv, an’anaviy alifbo, transliteratsiya, fonetik va fonologik transkripsiya, fonema, turkshunos va russhunoslar, qattiq va yumshoq unli , indifferent tovush, oraliq tovush, old qator, orqa qator, singarmonizmli shevalar, baynalminal so‘zlar, lablangan va lablanmagan tovushlar, akustik jihati, chuqur va sayoz til orqa, diftonglashish, kombinator variant, frikativ(sirg‘aluvchi) tovush, portlovchi tovushlar, qorishiq(affrikat) tovush, burun tovushi, yon tovush, diakritik belgilar va shartli ifodalar, spirantizatsiya, konvergensiya (birlashish), palatalizatsiya yumshalish, reduksiya.
«O‘zbek dialektologiyasi» kursi universitetlar va pedagogika institutlarining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarida tilshunoslikning alohida bir sohasi sifatida o‘qitiladi. O‘zbek tili dialektlari xilma-xil va juda murakkabdir.
Oliy o‘quv yurtini tugatgan ona tili o‘qituvchisi o‘zining ish faoliyatida turli dialect vakillari bilan uchrashadi. Shuning uchun o‘qituvchi mashg‘ulotlarni o‘zbek tilining. Adabiy normasida olib borish bilan birga shevalarning asosiy xususiyatlarini yaxshi bilsa, o‘quvchilarga adabiy til va sheva o‘rtasidagi farqni tushuntirishda, ularda uchraydigan dialectal xatolarning oldini olishdaq iynalmaydi.
O‘zbek tili juda boy adabiy traditsiya (hikoya qilib berish, yetkazish, an’ana )ga ega. O‘zbek xalqining butun tarixi davomida yaratgan yozma yodgorliklari o‘zbek tilini o‘rganish uchun, uning turli davrlardagi taraqqiyot bosqichlarini belgilash uchun boy material beradi. Ammo o‘zbek tilining o’ziga xos ba’zi xususiyatlari (ayniqsa, fonetikaga xos xususiyatlari) bu yozuv yodgorliklarida o‘z aksini topmagan, chunki arab alifbesida yozilgan yozma yodgorliklarda ayrim so‘z va formalarning talaffuzi ifodalanmagan. O‘zbek shevalarini barcha sohalari bo‘yicha o‘rganish esa bu xususiyatlarni aniqlash va ularni qayta tiklash uchun katta yordam beradi. Ayni vaqtda dialektologik kuzatishlar yozuv yodgorliklarid auchraydigan ayrim sheva materiallari va ularning xususiyatlarini to‘g‘ri izohlash imkonini ham beradi. Sheva materiallari o‘zbek tili tarixi mutaxassislari uchungina emas, balki tarixchilar uchun ham o‘zbek xalqi etnogenezi masalalarini hal qilishda yordam beradi. Chunki xalq shevalari o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatini, yodgorliklarda qayd etilmagan ayrim faktlarni bizning davrimizgacha olib kelgan bo‘lishi mumkin. Demak, sheva materiallari faqat tilshunoslik uchungina emas, balki tarix, etnografiya va boshqa sohalar uchun ham muhimdir. Avtorlar bu ishda o‘zbek shevalarini o‘rganish sohasida qilingan ishlardan oliy maktab qo‘llanmasi uchun eng zarurlarini tanlab, sistemalashtirib berishga harakat qildilar. Avtorlar materiallarni o‘zbek dialektlari bo‘yicha berish ortiqcha qaytariqlarga sabab bo‘lishini ko‘zda tutib, qo‘llanmada shevalarning fonetik, morfologik va leksik xususiyatlariga umumiy xarakteristika berishni lozim topdilar. Berilgan tekstlar o‘rganilayotgan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlarni mustahkamlash, o‘zbek adabiy tili hama xalq shevalari orasidagi farqlarni aniqlash imkonini beradi. Matnni o‘qish jarayonida qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan dialectal so‘zlar uchun maxsus lug‘at ilova qilinadi.
Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot. Dialektologiya (grekcha, “ dialekct — sheva so‘zidan) tilshunoslikning bir sohasi bo‘lib, u biror tilning mavjud dialektlarini, ya’ni mahalliy lahja va shevalarini o‘rgatadi.
Dunyoda mavjud tillarning deyarli barchasi o‘ziga xos ichki sheva yoki shevachalardan iborat. Turkiy tillarning har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi ma’lum. Biroqo‘zbektiliturkiytillarichidao‘ziningko‘pshevaliligidialektliligibilanfarqlanadi. Shevashunoslik bilimdonlaridan biri professor Y.D. Polivanov: «... turkey tillarning birortasi ham shevalararo o‘zbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi, demak,... birorta turkey til ham shu qadar spesifik, dialectal xilma-xillik xususiyatiga ega emasdir. Bu esa, tabiiy, adabiy til uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyat darajada og‘irlashtiradi», degan edi.
O‘zbek dialektologiyasi fani O‘zbekiston territoriyasi (hududi)dagi va qardosh respublikalardagi (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojiknston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘istondagi) o‘zbek tilining turli dialekt, lahja va shevalarini tekshiradi. Obyektni o‘rganish jihatidan dialektologiya ikki turlidir:
1) tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya;
2) tarixiy dialektologiya.

Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya mahalliy sheva va lahjalarga xos fonetik va leksik, morfologik xususiyatlarni qayd etadi, yozib oladi va ularni kartaga tushiradi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarga xos fonetik va leksik – Grammatik xususiyatlarni qayd qilish bilan chegaralanadi.


Tarixiy dialektologiya tilning dialectal xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o‘zgarish, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning ishtiroki kabilarni o‘rganadi.




Keyingi yillarda barcha o‘zbek shevalarini areal va lingvogeografik usullar bilan o‘rganish ham tarixiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Dialektologiyaning shevalarni o‘rganishi esa til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi. Chunki, adabiy tilde allaqachonlar yo‘q bo‘lib ketgan yoki o‘zgarishga uchragan so‘zlar, ayrim Grammatik shakllar mahalliy shevalarda saqlanib qolganligi tabiiy. Ularni topib adabiy tilga olib kirish yoki uni boyitish juda muhimdir.
O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek tili tarixidagi ayrim noaniq masalalarni oydinlashtirish, hal qilish uchun asosiy manba beradi.
Shevalarni o‘rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki ma’lum darajada o‘zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o‘rganish uchun juda ahamiyatlidir.
Shuningdek, o‘zbek dialektologiyasi ham o‘zbek tili tarixini o‘rganish, uning ayrim noaniq masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir. Qadimiy o‘zbek yozma yodgorliklarining biz uchun noaniq bo‘lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi zamon o‘zbek shevalarining xususiyatlarini o‘rganish bilan (shu sheva materiallari yordamida) aniqlashimiz, to‘ldirishimiz mumkin. Dialektlarni o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shevalarni o‘rganish, o‘zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik normalarini belgilash uchun, shuningdek, o‘zbek orfografiya va orfoepiyasini stabillashtirish (doimiy) uchun ham katta yordam beradi.
Shevalarni o‘rganish xalq tarixi, etnografiyasi uchun hammuhimdir. Masalan, shevalarni o‘rganish orqali o‘tmishdagi urug‘– qabilalarning joylashish hududlarini aniqlash, toponimlar, va shu kabi nomlar vositasida xalq tarixining ayrim kartinalarini yaratmoq mumkin bo‘ladi.
O‘zbek dialektologiyasining asosiy vazifasi: Dialektologiya fanining makoni (ob’ekti) mahalliy sheva dialekti va lahjasi bo‘lib, maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
— sheva va dialektlarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarini har tomonlama tavsif qilish;
— milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o‘rni va shu milli ytilga asos bo‘lgan shevalarni aniqlash;
— shevalarning o‘zaro munosabatini, ularning adabiy til va qardoshtillarga bo‘lgan munosabatlarini belgilash;
— o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash;
— umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalarning ma’lum hududdagi tarqalish kartalarini tuzish va shevalarni tasnif qilish;
— o‘rganilgan shevalarni kartalashtirish asosidagi lingvistik atlasini tuzish va boshqalar.
O‘zbek tilining murakkab dialektal tarkibi. Professor E.D.Polivanov “O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili” nomli asarida (1933) o‘tgan asrning birinchi choragidayoq o‘zbek tili o‘zining ko‘p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida ma'lumot bergan edi. Keyingi tadqiqotlar buni tasdiqlagan. Uning tub sabablari bir necha omillarga bog’liqdir. Professor V.V.Reshetov o‘zbek tili dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidirish lozimligini uqtiradi. Tariximizga oid adabiyotlar qadimda turkiy urug‘ va qabilalar miqdori ancha ko‘p bo'lganligi to‘g‘risida xabar beradi. Ular ichida o‘zbek tili va uning shevalari shakllanishida qarluq, chigil, uyg‘ur, qipchoq, urug'lari, qangli, qatag‘on urug‘ va qabilalari birlashmalarining tarixiy taraqqiyoti katta rol o'ynagan.
O‘zbek tili dialektal o'ziga xosligiga qadimgi urug’ va qabilalar tilining turli territoriyada alohida-alohida mustaqil yashashlari muhim ahamiyat kasb etgan. Ijtimoiy hayot tarzi, territorial mustaqilligi, kasb- kori, etnografik xususiyatlari ulaming tilida aks etmay qolmas edi va bu holat tilda umumiylikni saqlab qolgan holda, boshqa territoriyada yashovchi o‘zbeklar tilidan ko'pgina xususiyatlari bilan farqlanishiga olib kelgan, bu esa shevaning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan. Sheva va dialekt xususiyatlarining tobora qat'iylashishiga aholi punktlarining bir-biridan uzoq joylashishi muhim rol o‘ynagan. Shu tariqa bir til ichida turli shevalarning shakllanishiga olib kelgan. Tarixchi olim K. Shoniyozovning ko'rsatishicha, qarluqlar va ularga qon-qardosh bo'lgan chigil, xalaj qabilalari Ili daiyosi havzasida, Sirdaryoning janubiy oqimlari, Isfijobda va Farg‘ona vohasiga tarqalgan keng territoriyada yashaganlar. Turgesh qabilalari ittifoqi Yettisuvni egallagan. 766-yilda bu territoriyalar qarluqlar tomonidan ishg‘ol qilingan. IX-X asriarda o‘g‘uzlar Sirdaryoning quyi va o‘rta havzalarini hamda Orol bo‘ylarini ishg‘ol qilgan. Qipchoq qabilalari esa, asosan, Oltoy o‘lkasida, Irtish bo‘ylarida yashaganlar va keyinchalik ular Sibir, Gurjiston, Volga, Dunay daryolari bo‘ylari hamda Markaziy Osiyoga tarqalganlar.
O‘zbek tilida sheva va dialektlaming kuchli farqlanib qolganligiga o‘zbek tili boshqa tillardan ajralib mustaqil taraqqiy eta boshlagan davrdan boshlab, unga turkiy va eroniy tillaming kuchli ta’siri ham sabab bo‘lgan. Jumladan, Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalariga qoraqalpoq va qozoq tillarining, Toshhovuz o‘zbek shevalariga (Xorazm shevalariga) turkman tilining, shimoliy o‘zbek shevalariga qozoq tilining, Qirg‘izistondagi o‘zbek shevalariga qirg‘iz tilining, Samarqand, Buxoro, Namangan, Sariosiyo va Tojikistondagi o‘zbek shevalariga tojik tilining ta’siri kuchlidir. Shu tufayli ham bu shevalar boshqa shevalardan farqlanib qolmoqda va o‘ziga xoslikni vujudga keltirmoqda.
O‘zbek tili yirik uchta lahjani qamrab olgan, lekin har bir lahja orasiga ba'zan qat'iy chegara qo‘yib bo‘lmaydi, ya’ni aksariyat shevalar ayni bir til qonuniyatlariga amal qilishi mumkin, masalan, singarmonizm har uchala lahjada uchraydi, shuningdek, unlilaming birlamchi cho‘ziqliklari qarluq va o‘g‘uz lahjalarida ham qayd qilinadi.
Dialektologiya fanining o‘zbek tilini o‘qitishdagi ahamiyati. O‘zbek shevalarining asosiy xususiyatlarini yaxshi bilish o‘qituvchilar, ayniqsa onatili o‘qituvchisi uchun juda zarur. Hozirgi kunda sheva xususiyatlari adabiy til ta’sirida juda tez birlashib, tekislanib borayotganiga qaramay, bu xususiyatlar faqat qishloqlarda emas, qatto shaharlarda ham ma’lum darajada saqlanib turibdi. Shu sababli o‘quvchilar nutqida ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yozuvida uchraydigan xatolar sheva ta’sirida sodir bo‘lmoqda. Shuning uchun o‘qituvchilar, ayniqsa ona tili o‘qituvchisi, o‘zbek adabiy tili normalarini yaxshi bilishi, bu normalari o‘quvchilarga o‘rgatishi. Ularning yozma va og‘zaki nutq madaniyatini o‘stirish ustida tinimsiz mashg‘ulot olib borishi zarur hamda o‘quvchilar nutqida uchraydigan kamchiliklarni (sheva ta’siridagi) tuzatmoq uchun barcha o‘zbek shєvalariga xos xususiyatlarni yaxshi bilmog‘i kerak.
Masalan, o‘quvchilarning nutqida fonetik (aynalmoq adabiy- orfografiyada aylanmoq; эsna//adabiy - orfografiyada эnsa),morfologik (qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishiga affiksini ishlatish: nonni ushog’i // ad.-orf. Nonning ushog‘i. Jo‘nalish va o‘rin –payt kelishiklarini farqlamaslik: Buxoroga turadi // ad. - orf. Buxoroda turadi ;, leksik ad.-orf. chaqaloq o‘rnida buvak, bobak; ad.-orf. chumoli o‘rnida: mo‘rcha, qarinja kabi sheva xususiyatlari uchrab turadi. O‘quvchilar nutqida uchraydigan bunday xatolarni tuzatish uchun o‘qituvchi shu xatolarni kelib chiqish sababini bilmog‘i kerak.
Takrorlash uchun savollar:
1. Sheva deb nimaga ataladi?
2. Dialekt deb nimaga ataladi?
3. Lahja deb nimaga aytiladi?
4. O‘zbek shevalarining murakkab tarkibi qaysi omillar bilan bog'langan?
5. O‘zbek shevalari qaysi metodlar bilan o'rganilgan?
6. O‘zbek dialektologiyasi fani qaysi fanlar bilan o'zaro bog'langan?
Adabiyotlar:

  1. Avanesov R.I. Ocherki russkoy dialektologi .Ch./M. 1949.

  2. Ashirboyev Samixon“O‘zbek dialektologiyasi” (Leksiya matni) T.2000.

  3. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent, 1978.

  4. Reshetov V.V. Uzbekskiy yazik, g. Tashkent, 1959 .

  5. Rajabov N. O‘zbek shevashunosligi. Toshkent,“O‘qituvchi” 1996.

  6. Nabiyeva D. A. O‘zbek tilida lisoniy birliklarining invariant-variant munosabati. Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati. T. 1998.

2 -ma’ruza


“O‘ZBEK DIALEKTOLOGIYASI” NING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Reja:
1. Sheva, dialekt, lahja tushunchalari definitsiya(ta’rif)si.


2. Turkiy tillarning tasnifi sharhi
3. Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya
4. Dialekt va lahja tushunchalari
5. Shevalarning o’ziga xos jihatlari.

Tayanch tushunchalar ta’rifi :



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish