1. Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot


Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi



Download 0,59 Mb.
bet14/18
Sana26.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#705767
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Dialektologiya#039;ruza-1.2022

Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi
1. Lahjaning qisqacha tarixi va tarqalishi.
2. Lahjaning fonetik xususiyatiari.
3. Lahjaning morfologik xususiyatiari.
4. Lahja leksikasidan namunalar.
Lahja tarixan qarluq urug‘larining rivojlanishi asosida shakllangan va ular qadimgi tukyu (turk) qabila birlashmasiga mansub bo‘lib, uzoqo'tmishda Oltoyning g‘arbiy tumanlarida yashaganlar, Turk xoqonliginingtashkil topishi bilan (552 yilda) g‘arbiy Oltoydan chiqib, Irtish daryosi sohillarini, Jung‘oriyani, Mo‘g‘ul tog‘ining janubiy yon bag‘ridan to Lie daryosining shimoligacha bo’lgan hududni egallaydilar. Qarluqlarningkatta qismi VI asr o‘rtalarida Sharqiy Turkistonni, Farg‘onani,Toxaristonning ayrim hududlarini egallagan edilar. X asrda Yettisuvniishg‘ol qilgan va katta territoriyada hukmronlik qilganlar. Shunday qilib,VIII-X asrlarda lie daryosidan to Sirdaryogacha, hozirgi Chimkent shahridan to Sharqiy Turkistongacha bo‘lgan o‘lkada yashagan barchaturkiy qabilalar qarluqlar hukmronligi ostida bo‘lgan. Qarluqlaming tilishu o‘lkadagi barcha qabilalar uchun umumiy til bo‘lib qolgan.Yettisuv, Farg‘ona vodiysi, Sharqiy Turkistonning Torim daryosigacha bo‘lgan territoriyada qarluqlar bilan birga chigil, xalaj,yag‘mo qabilalari ham yashaganlar. Uyg‘urlar ham qarluqlar tarkibidabo’lgan.Chigil qabilasi IX-X asrlarda lie aryosining janubida, Issiqko‘latroflarida yashaganlar.
Mazkur lahja vakillari, asosan, shahar va shahar tipidagi shevalami vadialektlami qamrab oladi. Fanda bu lahja qisqacha qarluq lahjasi deb ham yuritiladi. Bu lahjaga kirgan shevalaming aksariyati turkiy tillarga xosbo‘lgan singarmonizmni yo‘qotgan. Bundan shimoliy o‘zbek shevalarigina mustasnodir. Bu lahjaning boshqa lahjalardan farqi uning singarmonizmnisaqlashiga ko‘ra ikki guruhga ajralishidir, ya’ni shahar va shahar tipidagishevalarda singarmonizm qonuni amal qilmaydi (uning ayrimko‘rinishlarigina mavjud bo‘ladi), shimoliy o‘zbek shevalarida esasingarmonizm saqlanadi. Shuning uchun ham shahar va shahar tipidagishevalarda unlilar 6, 7 tadan (э/а, o/o, y/u, /i, e/e, a/a, э/a) oshmaydi,shimoliy o‘zbek shevalarida esa 9, 10 unli а(э)/а(а), э/а, o/o, e /б, y/u, y/u, ы(ь)'1'('1') и(ъ)/i:(i), e/e qatnashadi.Bu lahja shevalari 5 va 4 kelishikli shevalardir. Bundan shimoliy o‘zbek shevalari mustasno bo‘lib, Chimkent shahar shevasigina 5kelishiklidir. Lahjaning boshqa singarmonizmli shevalarida 6 kelishiksaqlanadi. Fe’l shakllarida ham o‘ziga xosliklar mavjud. Bu lahja shevalari uch guruhga bo‘linadi:
Mahalliy dialekt va shevalar har biri o‘ziga yarasha grammatik qurilishi, o‘ziga xos leksik tarkibi va ichki imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin, ular ana shu imkoniyatlar asosida taraqqiy etadi va milliy adabiy tilga xizmat qiladi. Vaqti kelganda ana shunday xususiyatlariga ko‘ra mahalliy dialekt yoki xalq shevalaridan birortasi alohida rivojlanib borib, hatto milliy adabiy tilning yuqori formasi darajasiga ko‘tarilishi, ya’ni adabiy tilga asos bo‘lishi ham mumkin. Har bir adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, o‘zbek adabiy tilining shakllanishida shevalarning barchasi u yoki bu darajada ishtirok etadi, lekin ma’lum shevalar adabiy til uchun asos tayanch (baza) vazifasini bajaradi, ya’ni o‘zbek adabiy tili muayyan sheva va shevalardan leksik, fonetik, grammatik xususiyatlarini adabiy til fakti sifatida oladi hamda o‘sha sheva va shevalar guruhi taraqqiy etishi bilan birga taraqqiy etishi, chunki sheva jonli til bo‘lib, u doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladi, shu tufayli ham adabiy til shu sheva yoki shevalar guruhi rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda taraqqiy etib boradi, aksincha adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega bo‘lmasa, u bora-bora muomaladan chiqib ketadi. Muomaladan chiqqan til fanda «o‘lik til» degan termin bilan yuritiladi. Tillar tarixida «o‘lik tillar» mavjudligi haqida ma’lumotlar ko‘p.
Adabiy til hamma shevalar uchun umumiy bo‘lgan tildir. U ma’lum va mezonga – maromga ega bo‘ladi,shuningdek,jonli tildagi holatlarni yozuv orqali ham bera oladi(jonli til esa yozuvga ega emas).Adabiy tilning asosida yotadi.Adabiy til shevalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘ymaydi, uni til qoidalari asosida tartibga soladi.
O‘zbek adabiy tili o‘zbek milliy tilining tarkibi uchta komponent, uchta katta lahjaning birlashuvi asosida yuzaga kelgan. Bu haqda YE.D.Polivanov shunday degan edi: «O‘zbek tili (o‘zbek dialektlarining bir butun yig‘indisi sifatida) yagona sistemaning dialektologiyasi parchalanishi yo‘li bilan emas, balki til sistemalarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan».
O‘zbek tili adabiy tilining uch dialekt asosida tashkil topganligi (qarluq – chigil – uyg‘ur, qipchoq, o‘g‘uz)va uning ba’zi xususiyatlari.
Ma’lumki, o‘zbek milliy tili tarkibida uch katta lahja bordir. Bular qarluq-chigil-uyg‘ur, qipchoq, o‘g‘uz lahjalaridir. Bu lahjalarning har qaysisi o‘ziga xos ma’lum fonetik va leksik – grammatik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi.
Bu lahja shahar shevalarini va boshqa shahar tipidagi qishloq shevalarini o‘z ichiga oladi. Xususiyatlari:
6 unli fonemaga ega.
so‘z boshida t tovushi ch bilan almashadi: chusht’// (tushdi) ch’sh (tush);
o‘zak va affikslarda so‘z oxiridagi k/q – g/g‘ undoshlarining saqlanishi: kichik/ tәr’q; sәr’g‘, tәr’g‘
turli holatda ham q/x undoshlarining almashinishi: Tosh. Nam. toqta// toxta, baqtuk// baxtuk;
l//n undoshlarining almashinishi: kөynek// kөylәk// kөnglek. Toshk. koynәk//koylәk//koynәy;
to‘liq progressiv assimilyatsiya: Toshk. oshsh’-oshn’//oshn’ng;
qaratqich va tushum kelishiklari uchun bitta -n’ affiksining mavjudligi;
hozirgi zamon davom fe’li formasi: Toshk. borvotmәn; Nam. borut t’mәn; And. baryәppәn; Samarq. Boropman; Park. Boovott’m.
Qipchoq lahjasi.
9 unli mavjud. Singarmonizmli shevalar bo‘lganligi uchun kontrast juft unlilarning borligi. u/ү, o/ө, i/i, a/ә
so‘z boshida kelgan o‘rta ko‘tarilish unlilarning diftonglashuvi ie, ue, uo, (iet,uot,uet);
so‘z boshida y ning dj, v < g, y < g o‘tishi: djigit < yigit, djɔsh b, q>g‘ ning jaranglashuvi: qabiso‘z oxirida k, q ning tushib qolishi. kichchiMorfologik xususiyatlari:
a) 6 ta kelishik mavjud. Qaratqich va tushum kelishiklari affiksida i\d\t tovushlarining (affiksida) almashinishi. -ning//-ning, -ding//-ding, -ting//-ting, -ni//ni -di//-di, -ti//-ti;
b) shaxs olmoshlarining jo‘nalish kelishigi shakli: meңe, seңe, voңa (darsliklarda mag‘an, sag‘an, ug‘an) deb beriladi;
v) hozirgi zamon davom fe’li formasi -yɔtir- yәpti (darsliklarda – djatir (man) deb berilgan).
O‘g‘uz lahjasi.
1) kontrast juft unlilar mavjud. Qisqa va uzun unlilarning farq lanishi, qadimgi turkiy uzun unlilar (birinchi darajali cho‘ziq unlilar) ning mavjudligi. at (hayvon), a:d (ism): ot (o‘simlik), o:t (olov);
2) so‘z boshida t va k tovushlarining jaranglashishi: dil, gel – ad.-orf. til, kel;
jo‘nalish kelishigi affiksining -a/-ә-yә formasida ishlatilishi: uyinә vɔr;
4) qaratqich kelishigi affiksining -in// -ing formasida ishlatilishi koping riziqi kol;
5) bol fe’lidagi b ning tushishi:bol - ol kabilar.
O‘zbek adabiy tiliga asos qilib yuqoridagi sanab o‘tilgan lahjalardan qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga kiruvchi Toshkent shevasi fonetik tomondan, Farg‘ona tip shevalari esa morfologik tomondan asos qilib olingan, deb hisoblanadi.
Lekin o‘zbek tiliga bo‘lgan lahjalar haqida gap ketganda hamma lahjalar ham baravar ishtirok etganligini ta’kidlash o‘rinli.
O‘zbek tili turkiy tillar tasnifiga ko‘ra turkiy tillarning uch gruppasiga kiritilgan. Buning sababi o‘zbek tili o‘zining fonetik strukturasi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibiga ko‘ra turkiy tillar bilan umumiy xususiyatlarga va shuningdek, u tillardan farq qiladigan o‘ziga xos ba’zi xususiyatlarga ham egadir.
O‘g‘uz lahjasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarning janubiy-g‘arbiy guruhiga kirsa, qipchoq lahjasi shimoliy-g‘arbiy guruhiga kiradi. Shahar shevalariga asoslangan qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi esa janubiy-sharqiy guruhiga kiradi.
O‘zbek adabiy tilida 6 unli tovush bor, boshqa turkiy tillarda esa 9 ta unli mavjud. Qirg‘iz, qozoq tillarida singarmonizm hodisasi kuchli, qirg‘iz tili (koldor, tulku tulkulore), o‘zbek tilida esa singarmonizm hodisasi yo‘q.
Undoshlar tizimi bilan ham o‘zbek tili boshqa tillardan farqlanadi. M., O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan y tovushi qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqalarda dj va j tovushi bilan beriladi. O‘zb. yol, yoq. qoz. jol, joq; qirg‘, djol,joq.
O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan t tovushi turk, ozarbayjon, turkman va boshqa tillarda d bilan beriladi: o‘zb. t’l, tosh; turkm, ozarb, turk, dil, dash.
O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan k tovushi o‘g‘uz guruhidagi tillarda g bilan beriladi: o‘zb. koz, kel; turkm, ozarb, turk, gөz,gel; o‘zb. tɔg‘, bɔg‘; qoz. tau, bau; qirg‘. too, boo.
Ayrim so‘zlar oxirida keladigan sh tovushi qozoq va qoraqalpoq tillarida s tovushi bilan beriladi: o‘zb. bɔsh, tɔsh; qoz, qq. bas, tas.
O‘zbek tilidagi ch tovushi esa qozoq, qoraqalpoq tillarida sh bilan beriladi: o‘zb. ɔch, kuch; qoz. qq. ash, qush kabilar.
Ayrim urug‘ va qabilalar orasidagi qardoshlik aloqalarining mavjudligi, xalqlarning uzluksiz ravishda aralashib turishi murakkab etno – lingvistik taraqqiyotga va ayrim millatlar tili bilan birinchi navbatda o‘zbek tilidagi dialektlarni turli-tuman bo‘lishiga olib keladi.
Turkiy va turkiy bo‘lmagan tillar orasida til aloqasi mavjud bo‘lib va kengayib borishi shu jarayon natijasida turkiy tillarda paydo bo‘lgan ba’zi bir fonetik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy ham juda to‘g‘ri ko‘rsatib bergan edi. O‘zbek shevalarining boshqa sistemasidagi tillar bilan, birinchi navbatda tojik tili bilan o‘zaro munosabati juda ham muhim masalalardan biridir.
Turkiy bo‘lmagan tillar ta’siri natijasida tipik turkiy vokalizmda yuz bergan o‘zgarishlar asta-sekin singarmonizmning zaiflashuviga, sanoat markazlari bo‘lgan ilg‘or shaharlar shevalarida esa singarmonizmning butunlay yo‘qolib, turkiy tillarning fonologiya sistemasiga xos bo‘lmagan tovushlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Konvergensiya (orqa va oldingi qator unlilarining birlashishi) o‘zgarishlari singarmonizmlar shevalarga xos bo‘lgan oldingi qator ә, ү, i hamda orqa qator o,u,i kabi turg‘un juft unlilarining vazifasi jihatidan birlashishlariga olib keladi. Natijada Toshkent shevasi tipidagi ilg‘or shahar shevalarining unlilar sistemasi tojik tilining unlilar sistemasiga yaqinlashdi.
O‘zbek xalq shevalarini o‘rganishda rus turkologlarining ishtiroki. O‘zbek dialektologiyasining lingvistik fan sifatida yaratilishi, o‘sishi va rivojlanishi prof. YE. D. Polivanov, Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasining akademigi K. K. Yudaxin, sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining korrespondent ya’zosi prof A.K.Borovkov, RSFSR Pedagogika Fanlar Akademiyasining akademigi prof. V. V. Reshetov va boshqa rus turkolog-olimlarning ilmiy-todqiqot ishlari milliy kadrlarni tayyorlash faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘zbek dialektlarini o‘rganish sohasida 1920-1937 yillar orasida prof. Y.D.Polivanov tomonidan juda ko‘p ishlar qilindi. Prof. Y.D.Polivanov Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Turkiston va boshqa bir qator o‘zbek shevalari haqida qimmatli asarlar yozdi.O‘zbek shevalarini har tomonlama tavsif qilish natijasida o‘zbek shevalarini tasnif qildi. Ayrim kamchiliklardan qat’i nazar prof. Y.D.Polivanov shu sohaga eng birinchilar qatorida o‘z hissasini qo‘shdi.
O‘zbek shevalarini atroflicha o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri prof. K. K. Yudaxindir. 1925 yildayoq prof. K. K. Yudaxinning eski turkiy cho‘ziqlik va qadimgi morfologik formalarni o‘zida saqlagan o‘zbek shevasini o‘rganishga bag‘ishlangan “Qorabuloq shevasining ba’zi bir xususiyatlari” degan ishi bosilib chiqdi. Bundan tashqari “Laylak materiallaridan” kabi asarlari fan uchun ahamiyatlidir. Prof. K. K. Yudaxin o‘zining bu asarlarida o‘zbek shevalarining genezisini o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zbek-uyg‘ur va qirg‘iz-o‘zbek-tojik tillari orasidagi o‘zaro munosabatlar masalaga alohida e’tibor berdi.
O‘zbek dialektologiyasida o‘zining mazmuni va salmog‘iga ko‘ra prof. A. K. Borovkov ilmiy ishlari alohida o‘rin tutadi. Prof. A. K. Borovkov o‘zbek shevalarining ikki xil tasnifini berdi. Uning birinchi tasnifi o‘zbek shevalarining fonetik xususiyatlariga asoslangan holda tuzilgan bo‘lsa, ikkinchisi esa, tarixiy-lingvistik asosda tuzildi. Prof.A.K.Bo rovkov bir qator o‘zbek shevalarini tekshirish bilan birga o‘zbek dialektlarini o‘rganishda eng muhim nazariy masalalardan biri bo‘lgan o‘zbek-tojik tillarining o‘zaro munosabatini ham muvaffaqiyatli yoritdi. O‘zbek xalq shevalari atlasini yaratish uchun shevalarning fonetik va leksik-grammatik xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan 65 so‘roqdan iborat “O‘zbek sheva lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” anketasi ham prof. A. K. Borovkov tomonidan tuzildi.
O‘zbek dialektologiyasi sohasida katta ishlar qilayotgan dialektolog –olimlardan yana biri prof. V. V. Reshetovdir. U shahar shevalarini tavsif qildi(“O‘zbek tilining Marg‘ilon shevasi”, ”O‘zbek tilining Namangan shevasi haqida”). Shu bilan birga, prof. V. V. Reshetov o‘zbek dialek tologiyasining bir qator muhim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy asarlar yozdi.(O‘zbek xalq shevalarini o‘rganish masalasiga doir”, ”Transkripsiya haqida”, “O‘zbek milliy tilining dialektal asosi” va boshqalar). U o‘zbek shahar shevalarini o‘rganish natijasida shevalarning adabiy tilga bo‘lgan munosabatini yoritib, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan shevalarni (Toshkent va Farg‘ona shevalari) ham aniqlab berdi.
Prof. V. V. Reshetov faqat shahar shevalarini tekshirish bilan cheklanmay, balki qipchoq shevalarini ham o‘rgandi. Bu sohada u Toshkent vohasidagi qurama shevalarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Toshkent oblastidagi qurama shevalari(fonetik va morfologik sistema)” degan monografik asar yozdi. Unda prof V. V. Reshetov butun qurama shevalari bo‘yicha to‘plagan materiallari asosida quramaliklarning genezisini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, quramaliklarning til xususiyatlarini atroflicha yoritib berdi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish