1. Falsafaning predmeti va asosiy masalasi. Dunyoqarashning mohiyati va tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari



Download 44,9 Kb.
bet2/15
Sana15.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#675603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma'ruza matni

Falsafaning predmeti. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan kishining о‘ziga ma’lum bilimlar va tajriba,, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson о‘z qiziqishi obyekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bо‘lishi mumkin bо‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. Shu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto, uning falsafasi tо‘g‘risida sо‘z yuritish mutlaqo о‘rinli bо‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Har qanday falsafa о‘z davrining mahsuli sifatida davr ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning uchun insoniyat tarixining turli bosqichlarida turli falsafiy qarashlar mavjud bо‘lgan va shunga mos ravishda uning predmeti va vazifalari ham о‘zgarib borgan.
Dastavval aniq fanlar mustaqil tarmoqqa ajralib taraqqiy topmagan vaqtda falsafa barcha bilimlarni о‘z ichiga qamrab olib, fanlarning fani “umumiy sistema” vazifasini bajarib kelgan edi. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat fanlarining asochilari bо‘lganlar. Shuning uchun ham dastlabki kezlarda falsafa bir butun ta’limot kо‘rinishida bо‘lgan. Falsafani maxsus bilimlar bilan birlashtirish qadimgi davrga xos xususiyat bо‘lgani uchun u tabiat falsafasi, ya’ni “naturfilosofiya” deb ham hisoblangan. U tabiy fanlar tushunchalariga asoslangan holda tabiatni yaxlit tasvirlab berishga qaratilgan bо‘lib, kishilik jamiyatining ilk bosqichida keng taraqqiy etgan mifologik tasavvurlarni siqib chiqarishga asos yaratadi. Qadimgi davr falsafasida olamni yaxlit izohlab berish bilan bir qatorda narsa va hodisalarning eng umumiy taraqqiyot qonunlarini о‘rganuvchi – dialektika, bilish nazariyasi hamda ijtimoiy fikrlar (axloq-odob, davlatni boshqarish masalalari) ham katta о‘rin olgan.
Tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarning rivojlanib borishi alohida fanlar paydo bо‘lishiga, mustaqil sohalari ajralib chiqishiga olib keldi. Uyg‘onish davridan, ayniqsa, XVII asrdan boshlab tabiat haqidagi fanlar, jumladan, tajribaga asoslangan tabiatshunoslik, astronomiya, matematika, fizika, mexanika, kimyo muvaffaqiyatli rivojlana boshladi. Ijtimoiy tajribaning, xо‘jalikning, ayniqsa, sanoatning rivojlanishi, savdo ishlarining о‘sishi aniq fanlar bilan bir qatorda bir qancha ijtimoiy-gumanitar fanlarning tarix, til, adabiyot, san’at, iqtisod, huquq va hokazolarning ham rivojlanishiga zamin yaratadi.
Bularning hammasi о‘z navbatida falsafaning eskirgan mavqeini va uning predmetini о‘zgartirishga zamin hozirlaydi. Endilikda falsafa fani tabiatni yaxlit о‘rganish muammolari bilangina emas, balki fan taraqqiyotida ilmiy bilishning ahamiyati, bilish jarayonining asosiy bosqichlari, aniq fanlarda qо‘llanadigan uslublarning roli, fan taraqqiyotida mantiqiy, tafakkurlashning qonuniyatlari va shakllari kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, inson va jamiyat insonning erki va huquqlari, axloq-odob, davlat muammolari ham keng о‘rin oladi.



Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish