1. Fanning maqsadi va vazifalari Elektr uskunаlаr ekspluаtаtsiyasining umumiy muаmmоlаri



Download 0,94 Mb.
bet11/16
Sana24.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#578277
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kechki ekspluatatsiya

Nazorat savollari:
1. Katta tokli kabeli qanday himoyalovchi va izolyasiyalovchi elementlardan
tuziladi?
2. Tekshirish kabellari nima maqsadlarda ishlatiladi?
3. Elektr izolyasion materiallarning vazifasi nimadan iborat?
4. Dyubellar nima uchun va qanday ishlatiladi?


8.Mavzu: Kuch kabellarining konstruksiyasi.
Keng tarqalgan ochiq va izolyasiyalangan simlarning tuzilishi ko‘rsatilgan, ularning markalari, tavsiflari, qo‘llanish sohalari va
o‘tkazish usullari 3.1 va 3.2–jadvallarda keltirilgan.

3.1.2. Kabellar
Elektr energiyasini uzatish uchun ishlatiladigan va rezina, plastmassa,
alyuminiy yoki qo‘rg‘oshindan himoyalovchi germetik qobiqda joylashgan bitta yoki bir–biridan izolyasiyalangan simlardan iborat qurilma kabel deyiladi.
Himoya qobig‘i ustidan po‘lat lenta (zirh), yassi yoki doiraviy sim bilan qoplangan (mexanik ta’sirdan himoyalovchi) kabel zirhli kabel deyiladi. Agar himoyalovchi yoki zirhli qoplamasi tarkibiga moy shimdirilgan jut ip bilan qoplanmagan bo‘lsa, bunday kabel yalong‘och kabel deyiladi.
Kabellarninng katta tokli va nazoratli turlari bo‘ladi. Katta tokli kabellari yoritish va elektr qurilmalariga elektr energiyasini uzatish hamda taqsimlash uchun va agar kabellarning qo‘llanishi iqtisodiy yoki texnik
jihatidan simlarni qo‘llashga qaraganda samaraliroq bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Nazorat kabellari tekshirish, signalizatsiya, masofadan boshqarish
va avtomatika zanjirlarini hosil qilishda ishlatiladi.
Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan, tarkibiga moy shimdirilgan qog‘oz izolyasiyali katta tokli elektr kabellari quyidagilardan tuzilgan: sektor, doira
yoki segment shaklidagi tok o‘tkazuvchi tomirlari (9) mis yoki alyuminiydan; tarkibiga moy yoki kanifolp shimdirilgan qog‘oz izolyasiyali tomirlar (8);
tomirlar orasida quyilgan sulfat qog‘oz izolyasiya (6); alyuminiy yoki
qo‘rg‘oshindan germetik berkitib turadigan qobiq (5); ikki qatlamli bitum (4), ular orasiga sulfat qo‘yilgan; chiritmaydigan qatlamga shimdirilgan eshilgan
kabel ip (3); po‘lat tasma, kabellarning ba’zi markalarida bitum qorishmasi qoplangan yassi yoki doiraviy shakldagi ruxlangan po‘lat simlar tayyorlangan zirh (2); ustidan bor qatlami qoplangan tarkib shimdirilgan jutdan tayyorlangan kabel qoplamadan tuziladi (1). Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan qatlamiga moy shimdirilgan tomirlarining kesim yuzasi 2800 mm 2 bo‘lgan, bir, ikki, uch va to‘rt tomirli kabellar bo‘ladi. Katta tokli kabellarga ularning tuzilishlariga mos holda markalaydigan harfiy belgilar qo‘yiladi, bu belgilarda: birinchi harf qobiq materialini (S–qo‘rg‘oshin, A–alyuminiy, N va NR–yonmaydigan rezina, VR–polivinilxlorid), ikkinchi harf himoyalovchi qoplamini (A–asfaltlangan, B–zirh lentali, G–ochiq, ya’ni himoyalovchi qoplamasiz, K–doiraviy simlar bilan zirhlangan, P–yassi simlar bilan zirhlangan) bildiradi. Alyuminiy tomirli boshlanadi, har bir tomir alohida qo‘rg‘oshin qobig‘i bilan himoyalangan
kabellarning markasi O harfidan boshlanadi.
O‘rnatiladigan va mahkamlaydigan buyumlar
Elektr tokini o‘tkazuvchi simlarni montaj qilish da ishlatiladigan turli xil vtulkalar, voronkalar, klipslar, qismalar, uzun qutilar, biriktiruvchi va
tarqatuvchi qutilar va fitinglarni o‘rnatiladigan buyumlar deb atash qabul qilingan. Turli xil detallar, simlar va tayanch tuzilmalarni qurilish
elementlariga mahkamlash uchun ishlatiladigan buyumlar mahkamlovchi buyumlar deb ataladi. Mo‘‘tadil muhitli xonalarda qurilish konstruksiyalarining yuzalaridan o‘tkaziladigan po‘lat trubalar ichidan simlarni o‘tkazish uchun
silindr shaklidagi quyma uzun cho‘yan qutilari o‘rnatiladi. Quti korpusga ikkita vint bilan mahkamlanadigan shtamplangan qopqoq
bilan yopiladi. Qopqoq bilan qutining korpusi orasiga rezinadan yoki kartondan zichlantiruvchi qistirma qo‘yilgan. Qutining patrubkasi ularga po‘lat trubalarni
biriktirish uchun rezba bilan ta’minlangan. Patrubkalarning diametri ¾ – ½. To‘g‘ri burchakli po‘lat qutilar mo‘‘tadil muhitli va zax xonalarda ochiq
holda o‘rnatilgan po‘lat trubalarga simlarni tarmoqlash uchun ishlatiladi. O‘ta zax va portlash xavfi bo‘lgan xonalarda simlar fininglar ichida
biriktiriladi va tarmoqlantiriladi. Elektr o‘tkazuvchi simlarni montaj qilish da skobalar, to‘qali po‘lat taxtachalar, knopkali tasmalar va teshilgan poloslar mahkamlaydigan detallar hisoblanadi.
Elektr tuzilishlar, tayanch va mahkamlovchi detallar bino va inshootlarning
qurilish elementlariga dyubellar vositasida qotiriladi. Tashqi M6, M8 va M10 rezbali detallarni bino va inshootlarning g‘isht, beton, temir–beton va po‘lat yuzalarda titramay ishlaydigan elektr o‘tkazish tuzilishlari va detallarni qotirib mahkamlash uchun ishlatiladi. Dyubellar 25–80 mm uzunlikda tayyorlanadi. Qurilish yuzalariga tuzilish va detallar dyubellar bilan SPM va PS to‘pponchalari yordamida qotiriladi. Olinadigan detallarni mahkamlash uchun ishlatiladigan kerilma gaykali dyubel M4–M16 vintlari bilan birga tayyorlanadi. Olinadigan detallarni mahkamlash uchun tolali to‘ldirgichi bor metall dyubellar ishlatiladi. Bu dyubellarning uzunligi 25–70 mm, 5 va 8 mm qilib tayyorlanadi. Burama mixlar uchun diametri 3,5–14 mm, vintlar va boltlar uchun diametri 7–20 mm va uzunligi 25100 mm li plastmassa (kapron, polietilen va h.k.) dyubellar ko‘p ishlatiladi. Tuzilish va detallarni kerma dyubellar bilan mahkamlashda ular qurilish asosida oldindan tayyorlangan, dyubelning diametri va uzunligiga mos bo‘lgan uyalarga qo‘yiladi. Gilzaga bolt, vint yoki burma mix buralganda Gilza diametrining kengayishi natijasida dyubel uyada mahkam o‘rnashib qoladi.






Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish