1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,42 Mb.
bet4/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish - bu uning fan bo’lishiga olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.

  • Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.

  • Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari);

  • Ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi, ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va o’z sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQShda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi.

    Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XIX asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo’lgan g’oyalar bilan to’ldiriladi. Aniqrog’i, ijtimoiy pedagogika g’oyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi o’ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi.
    Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan.
    Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903y) oilaning shaxs shakllanishidagi o’rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan (Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitasiyalashuvi).
    XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migrasiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat Yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQShda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan aholi ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqyeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar hayotida o’zining avvalgi mavqeyini yo’qotdi. Shu bilan birga Yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taqazo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.
    Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizasiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish oby’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sosiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf Shteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952y) - AQSh, Vilgelm Layni (1862-1926y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.

    Download 1,42 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish