1. Ishsizlik tushunchasi va uning paydo bo'lish sabablari. Ishsizlik turlari, shakllari


ISHSIZLIK TASNIFI VA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISHNING ASOSIY YOʻLLARI



Download 352,44 Kb.
bet11/21
Sana05.07.2022
Hajmi352,44 Kb.
#742810
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
qwert

ISHSIZLIK TASNIFI VA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISHNING ASOSIY YOʻLLARI


Friktsion ishsizlik. Ishsizlik – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa bo’lib, ishchi kuchini taklif etish bilan unga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham nomuvofiqlikni (ortiqchalikni) aks ettiradi.
Paydo bo’lish sabablariga ko’ra, ishsizlik friktsion, tarkibiy, mavsumiy, davriyga va h.k. turlarga bo’linadi.
Birinchi tur friktsion ishsizlik bo’lib, uni odamlarning xususiy jihatlari va qiziqishlari belgilaydi. Friktsion ishsizlik – ishchilarning hududiy, kasbiy yoki yosh jihatidan o’zgarishlar (yangi yashash joylariga ko’chib o’tishlari, yangi malaka yoki mutaxassislikka ega bo’lishlari, o’qish, ayollarning bolaga qarashlari va h.k.) sababli eski ish joylaridan bo’shab, to yangisiga joylashgunga qadar oraliq vaqtdagi ishsizlikdir. U o’z mazmuniga ko’ra ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi va barcha mamlakatlarda mavjud bo’ladi.
Friktsion ishsizlik jamiyatdagi mavjud ishchi kuchlarining ma’lum qismini ish joylari bo’yicha qayta taqsimlab, ulardan samarali foydalanishga shart-sharoit yaratadi, ya’ni eski ish sharoitlaridan (ish joyining uzoqligi, ish haqining pastligi, ish kuni davomiyligining nisbatan uzunligi va boshqalar) qoniqmagan ishchilar yangi ish joylarini qidiradilar. Ularga ega bo’lgach, bu mehnatdan nisbatan ko’proq ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishadilar. Friktsion ishsizlikning bo’lishi ma’lum darajada iqtisodiy jihatdan zaruriy va tabiiy holdir. [6, 80-bet].
Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik. Ishsizlikning ikkinchi turi tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik bo’lib, u iqtisodiyotning ba’zi tarkibiy tuzilma va sohalaridagi o’zgarishlar natijasida vujudga keladi. Ba’zi bir mahsulot yoki xizmat turlariga bo’lgan ehtiyojning qisqarib, hatto umuman yo’qolib borishi bu mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishni qisqartirilishga yoki umuman to’xtalishiga natijada uni ishlab chiqaruvchilarning ishsiz qolishiga olib keladi.
Friktsion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikda ma’lum o’xshashliklar va farqli jihatlar mavjud. O’xshashligi shundaki, har ikkala ishsizlik har qanday iqtisodiyot uchun, xatto barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyot uchun ham xos bo’lib, ularni umuman bartaraf etib bo’lmaydi. Asosiy farqi shundaki, friktsion ishsizlikda xodimlarda ma’lum tajriba mavjud bo’ladi va ular bu tajribadan foydalanib, qisqa vaqt ichida o’z ishchi kuchini sotishi yoki ish topishi mumkin. Tarkibiy ishsizlikda ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddat ichida ish topa olmaydi. U malakasini o’zgartirishi, qayta malaka oshrishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim. Ayrim hollarda xatto yashash joyini o’zgartirishga ham to’g’ri keladi. Friktsion ishsizlikda ishchi kuchi qisqa vaqtda ish bilan ta’minlanishi mumkin bo’lsa, tarkibiy ishsizlikda ishchi kuchi uzoq davr mobaynida qayta ma’lumot oladi va jiddiyroq qayta tayyorlanadi.
Tarkibiy ishsizlikka yaqin o’n yil ichida guvohi bo’layotgan jarayonni oddiy misol sifatida keltirish mumkin: komp’yuter texnikasining keng yoyilishi bugungi kunda yozuv mashinalarida ishlovchi texnik xodimlarni, bosmaxonalardagi harf teruvchilarni ishsiz qoldirmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’ati sharoitida bunday misollarni yana juda ko’plab keltirish mumkin.

Download 352,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish